MohirDev.uz – Telegram
MohirDev.uz
17.5K subscribers
1.64K photos
424 videos
2 files
1.39K links
Mohirdev — O‘zbekistondagi 1-raqamli onlayn ta’lim platforma.

🚀 Xalqaro tajribaga ega ustozlar
💻 Dasturlashga oid kurslar: 50+
🎯 Jami o‘quvchilar: 70,000+

📨 @mohirdevsales_bot
📞 (78) 113-62-72

Kurslar bilan tanishish: https://mohir.dev/tel
Download Telegram
Bilasizmi?

Telegram kursimizning bepul qismida 3 ta bot yaratishni o'rganishingiz mumkin.

Bular:

- WikipediaBot. Wikipediadagi maqolalar bilan ishlovchi bot.
- speakEnglishBot. Ingliz tilidagi matnni audio ovoz bilan o'qib beradigan bot.
- imloBot. Imloviy xatolarni to'g'rilaydigan bot.

Kursning bepul qismini ko'rish

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
👍18🔥4
Mukammal Telegram bot kursi O'zbek tilidagi eng to'liq kurs.

Kursning pullik qismida qamrab olingan mavzular:

Telegram API bilan tanishuv
Python aiogram frameworki bilan tanishuv
Dastur yaratish qadamlari
Bot uchun qiziqarli API-lar
Bot uchun shablon
Handlerlar va Filtrlar
Holatlar va Tugmalar
Guruh va Kanalda ishlash
Hujjatlar, rasmlar va media bilan ishlash
Inline rejim
Bot orqali to'lov qabul qilish
Ma'lumotlar ombori (Sqlite, PostgreSQL)
Botni Serverga yuklash (Heroku, Amazon)
Elektron Bozor yaratish
Bot uchun Web Admin panel

Qisqa qilib aytganda, mukammal bot yaratish uchun barcha mavzular qamrab olingan.

Kurs davomida har bir mavzu uchun tayyor shablon-kodlarga ega bo'lasiz va bir zumda o'zingizning botingizni ishga tushira olasiz.

Narxi: 247,000
LINK 👉: mohirdev.uz/courses/telegram
Aloqa: @mohirdev_bot

O'qing, o'rganing, loyihalar qiling.

Telegram | Instagram | Youtube
👍22🔥5😁2🤩1
Instagram sahifamizga obuna bo'lganmisiz?

Savollarga javob berib borayapmiz sahifamizda.

LINK: instagram.com/mohirdev/
🔥14👍11
Referal nima?

Ishga kirish bo'yicha videolar davom etadi

LINK 👉: https://youtu.be/RP7FvCQHGLo

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
🔥7👍2
​​“Siz shunchalar zoʻr boʻlingki, ular sizni inkor qila olishmasin” (Be So Good They Canʼt Ignore You)

Hozir juda koʻpchilik yoshlar Stiv Jobs boshlab bergan “follow your passion”, “sevgan ishingnigina qil” degan balandparvoz gaplar tufayli oltinga teng vaqtlarini yoʻqotib qoʻyishyapti. Ichida yashirinib yotgan “sevgan ishi”ni qidirib, motivation videolar koʻrib oylarni sovurishmoqda.

Kel Nyuport oʻzining kitobida aynan “follow your passion” va “sevgan ishingnigina qil” degan shiorlar quruq gaplar ekanligini isbotlashga harakat qilgan.

Aslida, juda koʻpchilik odamda hech qachon yashirinib yotgan potensial sevgan ishi boʻlmaydi. Juda kam insonlargina yoshligidan nima qilishi kerakligi va nimada potensiali borligini his qilishadi. Hatto Sitv Jobsning oʻzi ham texnologiyalar olamiga kirishini oldindan bilmagan.

Unda nima qilish kerak?

Odam biror ishni qilishni boshlab, tajribasi oshib boravergan sayin, shu ish uning sevimli kasbiga aylanadi va moliyaviy qiyinchiliklar ham boʻlmaydi.

1. Bitta sohani tanlang
2. Bu sohada eng zoʻr mutaxassis boʻlish uchun eng kerakli koʻnikmalar kerakligini aniqlab oling.
3. Shu koʻnikmalar ustida 10,000 soat ishlang. (taxminan bu 3 yilga teng)
4. Sabr qiling. Oddiy ishchidan eng yaxshi mutaxassis boʻlish uchun ancha vaqt kerak boʻladi. Yarim yoʻlda tashlab ketadiganlardan boʻlmang.

Maslahat, tavsiyani oldingiz. Endi hammasi o'zingizga bog'liq.

Kutmang. Mutaxassis boʻlish uchun harakatni boshlang.

Kitob haqida ko'proq fikrlarni o'qish (Goodreads, ingliz tilida)

Telegram | Instagram | Youtube
👍27🔥14
Fullstack Javanoscript (MERN) praktikum bitiruvchisining fikrlari

Kursimiz 👉: mern.mohirdev.uz

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
🔥39👍15🤩3😁1
​​Pythondan qanday maqsadda foydalangan yaxshi?

Avvalo, hech qaysi til unviversal emas, ya’ni hamma joyda ishlatib bo’lmaydi. Vaziyatga qaraladi. Python tili ham bundan mustasno emas.

Pythonni qaysi sohalarda ishlatsak, eng yaxshi natijani olishimiz mumkin? Bular:

- API ishlab chiqish
- Data Science / Sun’iy Intellekt
- Scripting

Har biriga alohida to’xtalsak.

API ishlab chiqish

API ishlab chiqish uchun Pythonning 2 ta zo’r frameworklari bor: Django va Flask.

Ikkala framework ham ajoyib bo’lib, juda ko’p vaziyatlarda ishlasada, ular turlicha mantiqqa asoslanib ishlaydi. Ba’zilarga Flask yoqsa, boshqalar uchun Django yaxshi.

- Flask. Minimalistik framework bo’lib, u foydalanuvchiga oson, qulaylik va boshqaruvni beradi. O’zingiz talab qilgan narsani u bilan bajarishingiz mumkin.

- Django. Barcha narsani o’zida jamlagan framework. U bilan kutubxonalardan tortib, admin panel, db interface, ORMlargacha ishlashingiz mumkin.

Data Science / Sun'iy Intellekt

Agar siz ma’lumot bilan ishlab, uni tahlil qilmoqchi yoki machine learning yoki sun’iy intellekt bilan ishlamoqchi bo’lsangiz, Python sizning eng yaqin “do’stingizga aylanadi”.
Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun Pythonda juda muhim va ajoyib kutubxonalar mavjud. Ularning ba’zilari: Pandas, Numpy, Matplotlib, Seaborn, Tensorflow, Pytorch, scikit-learn, Keras, NLTK, OpenCV.

Bu kutubxonalar bilan siz data science va sun’iy intellekt bilan bog’liq tayyor loyihalarni qilishingiz mumkin.

Python bilan qilish mumkin bo’lgan ba’zi ommabop loyihalarni keltirib o’tamiz:

- Sotuv bashorati;
- Tilni qayta ishlash;
- Hissiyot tahlili;
- Tavsiya tizimlari (masalan, musiqa, videolar va boshqalar);
- Tasniflash;
- Computer vision;
Va boshqalar.

Scripting

Scripting deb vazifalarni avtomatlashtiradigan buyruqlar qatoridan tashkil topgan kichkina dasturlarga aytiladi.

Xulosa

Python juda ko’p qirrali til bo’lib, undagi framework va kutubxonalar bilan istalgan ishni qilish mumkin. Lekin shuni unutmaslik kerakki, bitta til hamma muammoga yechim emas.

Reklama vaqt: Backendga urg'u berilgan Python Praktikum kursimizni xarid qiling. Kurs oxirida Django bilan Goodreads.com'ning klonini yaratasiz. Bunday murakkab proyektga ega junior "ko'chada qolmaydi". 7 yillik tajribaga ega mutaxassisdan o'rganing.

Ro'yxatdan o'tish: app.mohirdev.uz

To-Do List qilib yurgan juniorlar orasida ajralib turing!

Telegram | Instagram | Youtube
👍45🔥11
​​Data Science Praktikum kursi o'quvchisining fikri:

"Ismim Rashidov Azamat 25 yoshdaman. Hozirda Janubiy Koreyaning Seul shaxridagi Ire Data
System
IT kompaniyasida Database Engineer lavozimida ishlab kelmoqdaman. Ushbu kompanyada bir oy internship oʻtab, shu yilning yanvar oyidan buyon toʻliq ishga qabul qilindim.

2021-yil sentyabr oyidan buyon Mohirdevdagi "Data Science va Sun'iy Intellekt" kursida oʻqib kelmoqdaman. Hozirgi ishimni topishimda ushbu kurs ancha foydali bo'ldi. Ustozlarning pedagogik bilimlari juda yaxshi, darslar barcha uchun tushunarli qilib ishlangan. Hozirgi onlayn davrda zamonaviy bilimlarni bemalol uydan turib ham organish mumkin. Mohirdevdagi kurslar ham aynan shunga qaratilgan boʻlib , hozirda o'zbek tilidagi eng yaxshi va to'liq kurs deb bemalol ayta olaman. Qolaversa narxlari ham qolgan platformalar bilan solishtirganda uncha qimmat emas ayniqsa tez-tez berib borilayotgan chegirmalar ham yurtdoshlarimiz uchun ancha yengillik beradi deb o'ylayman.

Mohirdev jamoasi o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga yetishishlikka tilakdoshman. Qolaversa biz shogirdlar ham ushbu xayrli ishlarga yordam berishlikka doim tayyormiz."

Azamat Rashidov, Ire DataSystem, Database Engineer

Kursimiz 👉: ai.mohirdev.uz

Bog'lanish: @mohirdevsales

Telegram | Instagram | Youtube
👍44🔥4
Dasturlash bo'yicha o'z savolingizni yo'llang!

Savolingizga AQSHning EPAM Systems kompaniyasida Senior dasturchi hamda Toptal Freelance platformasi a’zosi Ulug'bek Samigjonov javob beradi.

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
👍25🔥5🤔1
​​Dasturchi sifatida mantiqiy fikrlashingizni oshirishga yordam beruvchi 5 ta maslahat.

Mantiqiy fikrlash — yaxshi dasturchining eng asosiy quroli hisoblanadi.

1. Har kuni yangi masalalarni yeching.

Muammolarga yechim topishni odat qilganingizdan keyin, yangi masala va muammolarni yechish uchun kamroq vaqt sarflashni boshlaysiz. Miyangiz tayyor boʻlib turadi bunga. Real hayotga oid masalalarni ishlash, haqiqiy loyihalarda chiqishi mumkin boʻlgan muammolarni tezda yechishingizga yordam beradi.

Dasturlashga doir masalalar yechish uchun baʼzi saytlar:

- LeetCode
- Codewars
- Exercism

2. Maʼlumotlar tuzilmasi va Algoritmlarni oʻrganing

Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar mantiqiy fikrlashni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar nafaqat dasturchi sifatida yaxshi mantiqiy fikrlashni shakllantiradi, balki muammolarga yechim topish koʻnikmasini ham yaxshilaydi. Agar siz u bilan muntazam ravishda shugʻullansangiz, bu sizning muammolarga yechim topish koʻnikmangizni va mantiqiy fikrlash qobiliyatingizni oshiradi.

3. Bosqichma-bosqich oʻting

Birinchi oson masalalar bilan mashq qiling. Ularni yechib boʻlgach, keyingisiga oʻting.

4. Masalalarni kichik boʻlaklarga boʻlib oling

- Birinchi, masalaning mohiyatini tushunishga harakat qiling.
- Qogʻoz va ruchka olib, masalani yechish uchun kerak boʻladigan taxminiy qadamlarni yozib chiqing
- Barcha holatlar, qadamlar, inpu va oʻzgaruvchilarni oʻylab koʻring.
- Yechim bo'lishi mumkin bo'lgan algoritm yozishga vaqt ajrating va undan soʻng, kod yozishga kirishing.

5. Boshqalarni kodlaridan oʻrganing

- GitHub, Stackoverflow dagi boshqa dasturchilar yozgan kodlarini oʻqib, ulardan oʻrganishga harakat qiling.
- Boshqalarning kodini oʻqib, bir muammoga turli xil rakursdan qarashga oʻrganasiz.

6. Loyihalar qiling

- Haqiqiy loyihalar qilish dasturlashda yaxshiroq boʻlishga yordam beradi.
- Xohlang, kalkulyator, elektron tijorat yoki portfolio sayt, farqi yoʻq.
- Biror loyihani qilayotganingizda, juda koʻp qiyinchilik va buglarga duch kelasiz. Bularni yechish davomida dasturchi sifatida mantiqiy fikrlashingizni shakllantirib borasiz.

Bonus

- "Ma'lumotlar tuzilmasi va algoritmlar" bepul kursini o'rganing
- "Algoritmlar: Leetcode da masala yechish" kursini bepul o'qing

Va hech qachon motivatsiyani yoʻqotmang. Siz ishlolmaydigan masala yoki muammoga duch kelganingizda, ruhingiz choʻkmasin, aksincha bu sizni yangi bilimlar egallashga ruhlantirsin, oldinga undasin.

Asosiysi, oʻrganishdan toʻxtamang.

Telegram | Instagram | Youtube
👍62🔥6🤩3
​​Nima uchun Golangni o'rganish kerak?

1. O'rganish oson

Go yangi dasturchilar tez o'rganib ketishi va buglarni kamaytirishga yordam berish uchun Google tomonidan juda sodda va o'rganish oson qilib ishlangan. Agar siz hech qachon dasturlash sohasiga kirib ko'rmagan bo'lsangiz, birinchi Godan boshlang. Sababi Godagi kalit so'zlar ataylab kam qilingan va sintaksisi qiyin emas. Atiga 25 ta kalit so'zga ega.

2. Concurrency

Go tili Google tomonidan katta loyihalarni boshqarish uchun yaratilgan. Shundan kelib, Go 100minglab bir vaqtda keladigan requestlarni "ko'tara oladi".

3. Juda tez

Tezlik borasida faqatgina C, C++ va Rust tillaridan ortda qolishi mumkin.

4. Golang cross-platform til

Goda yozilgan kodlar Windows, Mac va Linuxda birday ishlaydi.

5. Package Manager

Godagi package manager yordamida bitta buyruq bilan loyihangizga yangi funskiyalar qo'shishingiz mumkin.

6. Tez ommalashyotgan til

2009-yil Go faqatgina Google uchun ishlab chiqilgan bo'lsa, hozirgi kelib boshqa yirik kompaniyalar ham Godan foydalanishmoqda. Xususan, Twitter, SpaceX, Dropbox, Alibaba, Netflix va boshqalar.

Praktikum kursi orqali Golangni o'rganing

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
👍24🔥52😁2
Digital marketing sohasi bo'yicha suhbatlashamiz!

Bugun soat 19:00 da

Instagram sahifamiz: https://instagram.com/mohirdev?utm_medium=copy_link
👍8
Bilasizmi?

FullStack Javanoscript (MERN) Praktikum kursimizning davomiyligi 132 soat, 52 daqiqa, 38 soniyani tashkil qiladi.

Shundan 2 soatdan ortig'i ishga kirish, rezyume to'ldirish, suhbatga tayyorlash kabi mavzularga bag'ishlangan.

Ro'yxatdan o'ting, biz sizga kurs haqida batafsil ma'lumot beramiz.

LINK 👉: https://forms.gle/QY6dzZGGZEwZF3dr5

Telegram | Instagram | Youtube
👍29🔥10🤩3
MohirDev.uz pinned «​​Data Science Praktikum kursi o'quvchisining fikri: "Ismim Rashidov Azamat 25 yoshdaman. Hozirda Janubiy Koreyaning Seul shaxridagi Ire Data System IT kompaniyasida Database Engineer lavozimida ishlab kelmoqdaman. Ushbu kompanyada bir oy internship…»
Kechagi bo'lib o'tgan Digital marketing bo'yicha jonli efirimiz sizga yoqdimi?
Anonymous Poll
24%
Ha, albatta
76%
Afsuski qatnasha olmadim
👍13
​​2022-yilda iOS dasturlashni o’rganish kerakmi?

iOS dasturchisi bo’lishning bir nechta ustunliklari bor: yuqori talab, yuqori maosh va odamlar muammolariga yechim berishga qaratilgan ish. IT mutaxssislar yetishmovchiligi butun dunyoda kuzatilmoqda. Bu iOS dasturlashni ham chetlab o’tmagan.

iOS dasturlashni o’rganish qiyinmi?

Agar sizda anqi maqsad va sabr-toqat bo’lsa, dasturlashni o’rganish siz o’ylaganchalik qiyin emas. Til o’rganish bo’ladimi yoki dasturlash, farqi yo’q – shuni yodda tutishingiz kerakki, bu sayohat. Kodlash juda ko’p debuggingdan tashkil topgan sayohat desak bo’ladi.

Python o’rganaymi yoki Swift?

Swift va Python ko’p tomonlama farqlanasada, Swift tezroq ishlashi bilan ajralib turadi. Agar Apple OS uchun dastur yaratayotgan bo’lsangiz, Swiftni tanlashingiz mumkin. Agar sun’iy intellekt yoki backend bilan ishlayotgan bo’lsangiz, Pythonni tanlaysiz.

iOS dasturchilarga talab bormi?

Juda ko’p kompaniyalar, banklar, elektron bozorlar, moliyaviy tashkilotlar kabilar mobil foydalanuvchilarni birinchi o’ringa qo’yayotgani bois, Apple mobil qurilmalari uchun dastur yaratidan iOS dasturchilariga talab oshsa oshadiki, yo’qolmaydi.

iOS dasturlash veb dasturlashdan osonroqmi?

Umuman, dasturchilik oson emas. Odatda biz boshlang’ich o’rganuvchilarga veb dasturlashni o’rganishni tavsiya qilamiz. Parse va Swift iOS dasturlashni osonlashtirgan bo’lsada, boshlovchilarning veb dasturlashga kirishib ketishi haligacha osonroq deb hisoblanadi.

Swiftni o’rganish kerakmi?

Swift dasturlash tili Objective-C ga qaraganda yangiroq til hisoblanadi. Swiftda kod yozishni bilish, sizga mobil dasturlar, Mac va boshqa Apple mahsulotlari uchun dasturlar tuzish imkonini yaratadi.

iOS dasturlashni o’rganishga qancha vaqt ketadi?

1 yoki 2 yil ketishi mumkin bunga. Agar sizdda yetarlicha vaqt bo’lsa, bundan ham tezroq iOS dasturlashni o’rganishingiz mumkin. Bir necha oyda fundamental bilimlarni egallab, to-do list ga o’xshash dasturlarni egallashingiz mumkin.

Qanday o'rganish mumkin?

iOS Praktikum kursimiz bilan 6 oyda 0dan junior darajaga chiqishingiz mumkin. Katta va kichik loyihalar qilib, o'z portfoliongizni shakllantirasiz. Kursda maksimum o'quvchilarning real ish muhitiga tayyor bo'lishiga urg'u berilgan.

Ro'yxatdan o'tish: app.mohirdev.uz

Telegram | Instagram | Youtube
👍26🤩1
Forwarded from Saud Abdulwahed (Saud Abdulwahed)
Pointerlar odatda dasturlash tilining eng nozik va qiyin qismidek tuyiladi. Aslini olganda unaqa emas. Reference typelarning qanday ishlashini tushinish uchun ham pointerlarning qanday ishlashini va nima ekanligini bilishimiz kerak.

Aksariyat dasturlash tillarida pointer atamasi bo'lmasa ham Reference type degan atama bor. Shuning uchun videoni ko'rishingiz zarar qilmaydi.

Video Linki: https://youtu.be/XV1wrqS7STw

Go dasturlash tilini o'rganish uchun pullik kurs: https://go.mohirdev.uz

Youtube | Linkedin | Instagram

@saudabdulwahed
👍9🔥3
MohirDev.uz pinned «​​2022-yilda iOS dasturlashni o’rganish kerakmi? iOS dasturchisi bo’lishning bir nechta ustunliklari bor: yuqori talab, yuqori maosh va odamlar muammolariga yechim berishga qaratilgan ish. IT mutaxssislar yetishmovchiligi butun dunyoda kuzatilmoqda. Bu iOS…»
Bir necha soatlik kod yozishdan keyin ko’zingiz qamashib, o’qishga qiynalib ketayapsizmi?

Juda ko’pchilik bu muammoga duch kelguncha, shriftini o’zgartirishni o’ylab ko’rmaydi.

1000 lab kod qatorlarni o’qishga qiynalayotgan bo’lsangiz, balki yangi shriftga o’tish vaqti kelgandir.

Avvalo, dasturchilar uchun yaxshi shrift qanday bo’lishi kerak:

- O’qishga oson va qulay. 100 lab kodni o’qiyotgan payt, ko’zni og’ritmasligi kerak

- O’xshash belgilarni aniq ajralib turadigan bo’lishi kerak. Masalan, “0” soni bilan “O” xarfi yoki kichik “L” bilan “1” soni farqlanib turishi zarur

- Ba’zi belgilarning turli versiyalari bo’lishi. Istalgan payt o’zingizga mosini olib ishlatishingiz mumkin

Siz uchun o’qish oson bo’lgan va ko’zni og’ritmaydigan bepul shriftlarni jamladik.

Ro'yxat bilan tanishish:
mohirdev.uz/bepul-shriftlar

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
🔥24👍21🤩2