MohirDev.uz – Telegram
MohirDev.uz
17.6K subscribers
1.64K photos
424 videos
2 files
1.39K links
Mohirdev — O‘zbekistondagi 1-raqamli onlayn ta’lim platforma.

🚀 Xalqaro tajribaga ega ustozlar
💻 Dasturlashga oid kurslar: 50+
🎯 Jami o‘quvchilar: 70,000+

📨 @mohirdevsales_bot
📞 (78) 113-62-72

Kurslar bilan tanishish: https://mohir.dev/tel
Download Telegram
"Dasturchilar kursni bitirib, birinchi ishini qanday topishadi?"

Albatta dasturchilik sohasiga kirib kelayotgan barcha boshlang'ich dasturchilarni shu savol qiynab keladi. Aynan shu mavzu bo'yicha 19-mart soat 19:00 da @mohirdev telegram kanali voice chatida AQSHning EPAM Systems kompaniyasida Senior dasturchi hamda Toptal Freelance platformasi a’zosi Ulug'bek Samigjonov bilan ochiq suhbat bo'lib o'tadi.

Suhbatni o'tkazib yubormang!

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
👍49🔥2
Live stream scheduled for
Voice chatimiz boshlandi:

👉 https://news.1rj.ru/str/mohirdev?livestream
🤩33👍24🔥9😁1
Live stream started
Live stream finished (55 minutes)
Voice chatimiz sizga foydali bo'ldimi?
Anonymous Poll
40%
Ha, albatta
60%
Afsuski qatnasha olmadim!
👍25🔥7😁7
Yana qanday mavzuda voice chat qilishimizni xohlaysiz?

Izohda yozib qoldiring👇
👍50🔥2
Dam olish kunlarida ham bizning kurslarga ro'yxatdan o'tib, o'qishni boshlashingiz mumkin 😊

Eng yaxshi muhandislardan ta'lim olishni kechiktirmang.

Ro'yxatdan o'tish: app.mohirdev.uz

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
👍28😁9🔥5
Audio
"Dasturchilar kursni bitirib, birinchi ishini qanday topishadi?" mavzusidagi voicechatning yozib olingan audio fayli.

Voicechatimiz foydali bo'lgan bo'lsa, yaqinlaringiz bilan ulashing.

Dasturlash kurslariga ro'yxatdan o'tish: mohirdev.uz

Telegram | Instagram | Youtube
👍34🔥8🤩7
MohirDev.uz pinned a photo
​​2022-yilda oʻrganilishi kerak boʻlgan eng yaxshi 4 ta JavaScript frameworki

Keling birinchi navbatda frameworklar nima ekanligini bilib olamiz. Framework bu — oldindan yozilgan, qayta ishlatilishi mumkin boʻlgan kod boʻlib, dasturchilarga noldan kod yozmasdan kerakli natijani olishga yordam beradigan dasturiy taʼminotdir. 70dan ortiq JavaScript frameworklar mavjud. Shulardan eng yaxshi 4 ta JavaScript frameworklarini koʻrib chiqamiz

1. NodeJS

NodeJS 2010-yilda Rayan Dahl tomonidan ishlab chiqilgan. NodeJSning aFzalligi u har qanday turdagi ilovalar bilan mos ishlay oladi. Uni kichik loyihalarda ham, katta mashtabdagi proyektda ham ishlatish mumkin. Bugungi kunda dunyoda mashhur boʻlgan PayPal, LinkedIn, Medium, Yahoo va boshqa bir qancha platformalar ushbu frameworkdan foydalanishadi.

Xususiyatlari:

1. Hajmi oʻta kichik

2. Dinamik package managerga ega.

3. Ishonchli va tezkor

2. Angular

Angular — mukammallashtirilgan ochiq manbali frontend veb frameworki hisoblanadi. Google tomonidan ishlab 2010-yilda ishga tushirilgan. Upwork, Freelancer, Netflix, Intel va boshqa shu kabi bir qancha yetakchi transmilliy kompaniyalar ushbu frameworkdan foydalanishadi.

Xususiyatlari:

1 Yengil, kata mashtabdagi dasturlar uchun ishlatsa boʻladi, responsive dastur.

2.Test qilishga oson va debugging uchun qulay.

3. ReactJS

Facebook tomonidan ishlab chiqilgan. Ham kutubxona sifatida, ham framework sifatida ishlatsa boʻladi.

Xususiyatlari

1. Dinamik va yuqori darajali dastur uchun ideal hisoblanadi.

2. Tezkorlik yuqori darajada.

4. VueJS

VueJS 2014-yilda Evan You tomonidan yaratilgan va foydalanuvchi interfeysi va bitta sahifali dasturlarni yaratish uchun ishlatiladi.

Xususiyatlari:

1. Oʻrganish oson

2. Boshqa JS kutubxonalari bilan oson integratsiyaga kirishadi.

3. Bir sahifali ilovalar uchun tezkor va yuqori samaradorlikga ega

Qanday o'rganish mumkin?

ReactJS va NodeJSni MERN Praktikum kursimizda o'rganishingiz mumkin. Bundan tashqari, praktikum kursimizda Redux, NextJS, ExpressJS, MongoDB, Webpack, TypeScriptni egallaysiz.

Barchasi 1ta kursda.

Ro'yxatdan o'tish: app.mohirdev.uz

Telegram | Instagram | Youtube
👍26🔥7😁3
Audio
"Rezyumeda o'zimizda yo'q bilimlarni yozsak bo'ladimi?"

O'tgan voicechatda berilgan savollardan biriga javob.

Yaxshi rezyume tayyorlash: mohirdev.uz/yaxshi-resume

Telegram | Instagram | Youtube
👍24😁8🔥5👏1🤩1
​​Nima uchun Javani o'rganishingiz kerak?

AQSh Ish Byurosiga ko’ra, Qo’shma Shtatlarda 1,469,000 dasturchi mavjud. Statistikaga ko’ra, ularning 35.35%i Java dasturlash tilidan foydalanishadi.

Umuman, dasturchilik sohasini tanlayotganda Java dasturchisi bo’lish eng aqilli qarorlardan deyish mumkin.

1995-yil Java yaratilgandan beri, Python, Scala, JavaScript, and PHP kabi dasturlash tillari chiqqan bo’lsada, Java hozirda eng ko’p ishlatiladigan TOP 5 tildan biri bo’lib turibdi.

Hozir Javaning 4 ta versiyasi mavjud:

1. Java Card - kichik quvvatga ega qurilamlar uchun dasturlar yozish uchun ishlatiladi. (masalan, SIM karta va bankomt kartalari)
2. Java Standard Edition (Java SE), desktop va serverlar uchun dasturlar yozish uchun ishaltiladi.
3. Java Micro Edition (Java ME), mobil qurilmalar uchun dastur yozish uchun ishlatiladi.
4. Java Platform Enterprise Edition (Java EE), katta mashtabdagi dasturlar ishlab chiqish uchun ishlatiladi.

Java dasturchisi bo’lish uchun qanday ko’nikmalar kerak?

Agar siz Java dasturchisi bo;lishni niyat qilgan bo’lsangiz, bir nechta ko’nikma va texnologiyalarni ishlatishni bilishingiz kerak:

Java dasturlash

Java dasturchisi sifatida siz 0dan veb-loyiha yoki vebda bo’lmagan loyihalarni yaratishingizga to’g’ri keladi. Bu degani, siz Javani tushinishingiz va yangi proyektlarni yaratish, yangilash va buglarni to’g’rilay olishingiz kerak.

Yana:
- Java Card, Java SE, Java ME, va Java EE farqlarini bilish;
- Ko’p qo’llaniladigan Spring va Hibernate frameworklarini ishlata olish;

Testlay olish

Yangi dasturchi sifatida kod yozishni boshlar ekansiz, siz functionality testing, static code testing, unit testing kabilarni o’rganib, ularni egallashingiz kerak bo’ladi.

SQLni ishlata olish

Juda ko’p Java dasturlari databazalarni SQL yordamida yaratilib, ishlatiladi. Shu sabab, siz qanday qilib SQLni ishlatishni bilishingiz kerak. Ideal holatda, Oracle 12c, Microsoft SQL yoki MySQL dan biri bilan tanish bo’lishinigiz kerak.

Loyiha boshqaruvini tushinish

Kattaroq kompaniyada ishlamoqchi bo’lsangiz, waterfall va agile kabi loyiha boshqaruvi usullari bilan tanishib, u orqali ishlay olishingiz kerak.

Obyektga yo’naltirilgan dasturlash (OOP) haqida tushuncha

Java OOP tili bo’lgani uchun siz OOP prinsiplari va SOLID tamoyillarini tushunishingiz kerak.

Qanday o’rganish mumkin?

Bizning Java Backend praktikum kursimiz orqali Java dasturlash tilini 9 oyda 0dan o’rganishingiz mumkin.

Kursni Londonda joylashgan Safenetpay kompaniyasida Senior dasturchi sifatida faoliyat yuritayotgan G'ayratjon Rayimjonov olib boradi.

Ro’yxatdan o’tish: app.mohirdev.uz

Telegram | Instagram | Youtube
👍39🔥2
​​PHP “o’lyaptimi?”

Avvalo, PHP haqida qisqacha:

- PHP open-source til hisoblanadi.
- PHP 1994-yil Rasmus Lerdorf tomonidan yaratilgan va 2000-yillarda soddaligi sabab juda mashhur bo’lgan.
- U bilan oddiydan murakkab saytlargacha yaratish mumkin.

Qiziq fakt: W3Tech statistikasiga ko’ra, dunyodagi 77.7% saytlar PHPdan foydalanishadi. (Bu raqamga qo’shilmaydiganlar ham bor)

Mavzuga qaytsak.

Yo’q, PHP “o’lmayapti”.

To’g’ri, ko’pchilik PHPni eski til sifatida qarab, uning o’rniga Python, Go, Javanoscript kabi “fancy” tillarni ishlatishyotgan bo’lsada, haligacha PHP o’zining yaxshi tomonlari tufayli o’zbek, MDH bozorida haligacha keng qo’llanib kelinmoqda.

Nima uchun PHPni o’rganish kerak?

1. O’rganish oson — fikrimizcha, PHP o’rganish eng oson tillardan biri hisoblanadi.

2. PHPchi sifatida ish boshlash oson — o’rganish oson bo’lgani uchun ish boshlash ham oson.

3. Arzon — PHPda loyiha qilib, uni ishga tushirish, qolgan dasturlash tillaridagiga qaraganda arzonroq bo’ladi.

4. Katta forumlar — juda ko’p forumlar mavjud. PHPni o’rganayotgan odam savoliga tez javobini topib oladi.

5. Oson integratsiya — juda ko’p kutubxonalar, yordamchilar, 3-tomondagi APIlar bilan integratsiya qilishi muammo emas.

6. Ish ko’p - O’zbekistonda PHPchilarga talab ancha yuqori.

Qanday qilib o'rganish mumkin?

Yaqinda, Mohirdevda PHP Praktikum kursi ochiladi. Har doimgidek 0dan junior darajadagi kadr qilib tayyorlaymiz.

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
👍44🔥4🤩4
Ozgina statistika

Stack Overflow so'rovnomasiga ko'ra, juda ko'pchilik dasturchilar biror muammoada "qotib qolishganda", Google orqali javob topishga harakat qilishlarini aytishgan.

89.88% - Google orqali qidiradi

79.848% - Stack Overflowga kiradi

48.45% - Boshqa ishlarni bajarib, keyinroq qaytadi

46.2% - Hamkasbi yoki do'stiga qo'ngiroq qiladi

39.8% - Yuradi yoki jismoniy mashg'ulot bilan shug'ullanadi

39.39% - "Tutorial"larni ko'radi

12.22% - O'yin o'ynaydi

10.33% - Panikaga tushadi

9.62% - Meditatsiya qiladi

7.26% - Boshqa dasturchilar jamiyati saytiga kiradi

*So'rovnomada 57,910 professional dasturchi qatnashgan.

Siz "stuck" bo'lib qolganingizda, nima qilasiz?

Telegram | Instagram | Youtube
👍70🔥10🤔4🤯4😁2
​​“O’lik” tillar

1. Objective-C

38 yil oldin yaratilgan bu tildan macOS, iOS va boshqa Apple ekosistemasidagi qurilmalar uchun dastur yozish uchun ishlatilgan.

2014-yilgacha Objective-C yaqqol dominant bo’lgan. Swiftning bozorga kirib kelishi bilan Objective-Cni mashhurligi o’z nihoyasiga yetdi. Bunga sabab sifatida yangi tilning qulayliklarini ko’rsatish mumkin. Haligacha ba’zi dasturlar Objective-Cda yozilayotgan bo’lsada, bo’lajak dasturchilarga bu tilni tanlash tavsiy qilinmaydi.

2. Haskell

Haskell juda eski tillardan biri hisoblanib, asosan katta mashtabdagi tadqiqot ishlari uchun ishlatiladi. Bir qancha qulayliklari tufayli GitHub, IBM kabi kompaniyalar tomonidan ishlatilgan. Facebook esa haligacha spamga qarshi kurashish uchun bu tildan foydalanib keladi.

Tilning juda ko’pchilik tomonidan foydalanmasligini sababi qiyinligi va qiyin o’rganilishida deb hisoblanadi.

3. Coldfusion

Adobe tomonidan doim yangilanib turganiga qaramay, Coldfusion hech qachon mashhurlikka erishmagan.

Adob Coldfusion 11 versiyasini chiqargan. U bilan dasturchilar veb va mobil dasturlarni yaratib, tezlikda deploy qila olishadi.

Lekin debugging dagi qiyinchiliklar, package manager yomonligi kabi sabablar tufayli bozordagi ulushi juda kam.

@mohirdev bilan kelajagi bor dasturlash tillarini o’rganing: app.mohirdev.uz

Telegram | Instagram | Youtube
👍44🤯7🔥5😢21👏1
Qiziq fakt

Eski tillardan biri COBOLga 2020-yilda keskin talab oshib ketgan.

Gap shundaki, COVID19 sabab, talabning kattaligi tufayli Nyu Jersey shtati ishsizlik sug'urtasi dasturlarida uzilishlar kuzatilgan. Bu muammolarni yechadigan COBOL dasturchilari esa shtatda topilmagan. Shu sabab, shtat hokimiyati xatto ko'ngililarni yordamga chaqirib, e'lon bergan.

Yana, dunyo iqtisodiyoti COBOL ustiga "qurilgan"

IBM va bir qancha tashkilotlarga ko'ra, deyarli har bir bankomatdagi tranzaksiya va kredit karta to'lovlari COBOLda yozilgan dasturlar asosida ishlaydigan "mainframe" kompyuterlariga bog'liq.

"Har yili milliard qator COBOL kodlari yoziladi. Ularning asosiy qismi bor tizimlarni ushlab turish uchun yozilayotgan bo'lsada, yangi dasturlar ham yozilmoqda", deydi East Carolina University'da COBOL tilidan dars beruvchi Cameron Seay.

Telegram | Instagram | Youtube
🤯31👍17😁2👏1
Muhim e'lonlar

1. Bitta praktikum kursini sotib olgan foydalanuvchilarga ikkinchi praktikum kursi uchun 30% chegirma taklif etamiz. Chegirmani olish uchun @mohirdevsales ga bog'laning.

2. Bizda bo'lib to'lash imkoniyati mavjud emas. IMAN Invest bilan shartnoma ba'zi sabablarga ko'ra, tugatilgan.

3. Yaqin orada "Mohirdev" ta'lim platformasi ommaviy katta chegirmalar berishni rejalashtirmagan.

4. Yaqinda chiqishi kutilayotgan praktikum kurslar:

- .NET
- yangilangan English for IT
- PHP (Yii2)

5. Mohirdev Internship bo'yicha UX/UI, Frontend, Backend, iOS yo'nalishlaridagi nomzodlariga javob berildi. Sizga email kelmagan bo'lsa, "spam"ni tekshiring.

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
👍24🔥18🤩75🎉3
Android dasturlash sohasi bo'yicha suhbatlashamiz!

Bugun soat 19:30 da

Instagram sahifamiz: https://instagram.com/mohirdev?utm_medium=copy_link
👏14👍105🔥5😁1
Android bo'yicha jonli efirimiz 5 daqiqadan so'ng boshlanadi!

Jonli efirimiz shu yerda bo'ladi👇
https://instagram.com/mohirdev?utm_medium=copy_link
👍7🔥4🤩3
"Kelajak kasblari" grantining natijalari

Turkiyadagi yoshlar uchun "Kelajak kasblari" granti e'lon qilingandi

Grant doirasida 34 nafar yoshlar quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'qishni boshladi:

4 - Android
7 - Full Stack Python
10 - Data Science
8 - Digital Marketing
3 - Frontend
1 - Go
1 - iOS

Nomzodlarni saralash ishlari O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshirildi.

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
👍35🔥7👏7