MohirDev.uz – Telegram
MohirDev.uz
17.5K subscribers
1.64K photos
424 videos
2 files
1.39K links
Mohirdev — O‘zbekistondagi 1-raqamli onlayn ta’lim platforma.

🚀 Xalqaro tajribaga ega ustozlar
💻 Dasturlashga oid kurslar: 50+
🎯 Jami o‘quvchilar: 70,000+

📨 @mohirdevsales_bot
📞 (78) 113-62-72

Kurslar bilan tanishish: https://mohir.dev/tel
Download Telegram
Future Processing kompaniyasi tadqiqotiga ko'ra, 2021-yil oxirida dunyoda 26.8 million dasturchi bo'lgan ekan. 2030 yilga qadar esa bu son 45 millionga yetishi kutilmoqda.

Eng mashhur dasturlash tillari:
- Javanoscript - 16.5 million dasturchi
- Python - 11.3 million
- Java - 9 million
- PHP - 7.3 million (veb dasturlashda JS dan keyin 2-o'rinda)
- C# - 6.8 million

Dasturchilar ikkinchi til sifatida nimani o'rganayaptilar?
- Go
- Python
- Kotlin
- Typenoscript
- R
- Scala
- Swift

Dasturchilar uchun yangi yo'nalishlar:
- Robototexnika - 53% dasturchilar shu sohada ishlab boshlashgan
- Computer vision - 51.5%
- Mini dasturlar (mikroservislar) - 50.8%
- Kirptovalyuta - 49.4%
- Blockchain - 47.9%
👍69🔥93🤔1🤩1
Forwarded from Sariq Dev
Data Science va Sun'iy Intellekt kursimizning bitta Machine Learning qismining o'zi 160-ta slayd, 50 ga yaqin video bo'libdi. Bunday moduldan yana 7 ta bor.

Ilm berish ham, olish ham oson emas. Bir zumda aqlli yoki boy bo'lib ketishning formulasi yo'q. Qunt qilib, soatlab, haftalab, oylab o'qish kerak. O'qiganini amalda qo'llash kerak.

Odamlarga ham hayron qolaman, 3 soatlik, hech narsa bermaydigan trenigni 500$ desang yugurib boradi. Oylab vaqt sarflanib, yana shuncha vaqt o'qish talab qilinadigan, lekin oxirida haqiqiy hunar o'rgatadigan kursni 150$ desang "Muncha qimmat, savobga ham ishlash kerakda" deydi.

Yaqinda bitta dasturchi, "Hadeb pul deyavermay, savobga ham kurs yozinglar debdi". Epam kompaniyasida senior iOS dasturchi ekan. "Marhamat, siz iOS kurs yozib bersangiz, platformamizda bepul tarqatimiz" degan edim, qaytib qorasi ko'rinmadi.

Xullas, yig'ilib qolgan ekan, bitta postda hamma dardimni aytib oldim, aybga buyurmaysiz.
👍210😁35👏15🔥7🤯2🤔1
Barchangizga Ramazon Hayiti muborak bo’lsin!
👍7119🎉17🤩2
​​Dasturchi sifatida mantiqiy fikrlashingizni oshirishga yordam beruvchi 5 ta maslahat.

Mantiqiy fikrlash — yaxshi dasturchining eng asosiy quroli hisoblanadi.

1. Har kuni yangi masalalarni yeching.

Muammolarga yechim topishni odat qilganingizdan keyin, yangi masala va muammolarni yechish uchun kamroq vaqt sarflashni boshlaysiz. Miyangiz tayyor boʻlib turadi bunga. Real hayotga oid masalalarni ishlash, haqiqiy loyihalarda chiqishi mumkin boʻlgan muammolarni tezda yechishingizga yordam beradi.

Dasturlashga doir masalalar yechish uchun baʼzi saytlar:

- LeetCode
- Codewars
- Exercism

2. Maʼlumotlar tuzilmasi va Algoritmlarni oʻrganing

Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar mantiqiy fikrlashni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar nafaqat dasturchi sifatida yaxshi mantiqiy fikrlashni shakllantiradi, balki muammolarga yechim topish koʻnikmasini ham yaxshilaydi. Agar siz u bilan muntazam ravishda shugʻullansangiz, bu sizning muammolarga yechim topish koʻnikmangizni va mantiqiy fikrlash qobiliyatingizni oshiradi.

3. Bosqichma-bosqich oʻting

Birinchi oson masalalar bilan mashq qiling. Ularni yechib boʻlgach, keyingisiga oʻting.

4. Masalalarni kichik boʻlaklarga boʻlib oling

- Birinchi, masalaning mohiyatini tushunishga harakat qiling.
- Qogʻoz va ruchka olib, masalani yechish uchun kerak boʻladigan taxminiy qadamlarni yozib chiqing
- Barcha holatlar, qadamlar, inpu va oʻzgaruvchilarni oʻylab koʻring.
- Yechim bo'lishi mumkin bo'lgan algoritm yozishga vaqt ajrating va undan soʻng, kod yozishga kirishing.

5. Boshqalarni kodlaridan oʻrganing

- GitHub, Stackoverflow dagi boshqa dasturchilar yozgan kodlarini oʻqib, ulardan oʻrganishga harakat qiling.
- Boshqalarning kodini oʻqib, bir muammoga turli xil rakursdan qarashga oʻrganasiz.

6. Loyihalar qiling

- Haqiqiy loyihalar qilish dasturlashda yaxshiroq boʻlishga yordam beradi.
- Xohlang, kalkulyator, elektron tijorat yoki portfolio sayt, farqi yoʻq.
- Biror loyihani qilayotganingizda, juda koʻp qiyinchilik va buglarga duch kelasiz. Bularni yechish davomida dasturchi sifatida mantiqiy fikrlashingizni shakllantirib borasiz.

Bonus

- "Ma'lumotlar tuzilmasi va algoritmlar" bepul kursini o'rganing
- "Algoritmlar: Leetcode da masala yechish" kursini bepul o'qing

Va hech qachon motivatsiyani yoʻqotmang. Siz ishlolmaydigan masala yoki muammoga duch kelganingizda, ruhingiz choʻkmasin, aksincha bu sizni yangi bilimlar egallashga ruhlantirsin, oldinga undasin.

Asosiysi, oʻrganishdan toʻxtamang.

Telegram | Instagram | Youtube
👍78🔥15
​​Nima uchun Golangni o'rganish kerak?

1. O'rganish oson

Go yangi dasturchilar tez o'rganib ketishi va buglarni kamaytirishga yordam berish uchun Google tomonidan juda sodda va o'rganish oson qilib ishlangan. Agar siz hech qachon dasturlash sohasiga kirib ko'rmagan bo'lsangiz, birinchi Godan boshlang. Sababi Godagi kalit so'zlar ataylab kam qilingan va sintaksisi qiyin emas. Atiga 25 ta kalit so'zga ega.

2. Concurrency

Go tili Google tomonidan katta loyihalarni boshqarish uchun yaratilgan. Shundan kelib, Go 100minglab bir vaqtda keladigan requestlarni "ko'tara oladi".

3. Juda tez

Tezlik borasida faqatgina C, C++ va Rust tillaridan ortda qolishi mumkin.

4. Golang cross-platform til

Goda yozilgan kodlar Windows, Mac va Linuxda birday ishlaydi.

5. Package Manager

Godagi package manager yordamida bitta buyruq bilan loyihangizga yangi funskiyalar qo'shishingiz mumkin.

6. Tez ommalashyotgan til

2009-yil Go faqatgina Google uchun ishlab chiqilgan bo'lsa, hozirgi kelib boshqa yirik kompaniyalar ham Godan foydalanishmoqda. Xususan, Twitter, SpaceX, Dropbox, Alibaba, Netflix va boshqalar.

Praktikum kursi orqali Golangni o'rganing

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
👍49🤯5👏42
​​Full Stack Javanoscript (MERN) praktikum kursida qanday loyihalar qilinadi?

Davomiyligi 130 soatdan oshadigan praktikum kursida o'quvchilar 7 ta katta loyiha qilib ko'rishadi va bu loyihalarni portfoliolarida ko'rsatishlari mumkin:

1-loyiha. JavaScript yordamida

Ushbu loyiha yangi dasturlashga kirib kelayotganlar uchun fundament desa ham bo'ladi. Sababi biz siz bilan JavaScriptda kod yozish orqali katta bir loyiha qilamiz. Loyiha davomida JavaScriptda sal kam 600ga yaqin kod yoziladi va amaliyot qilib, Javanoscript aslida real loyihalarda qanday ishlashini bilib olasiz. Keyin ushbu loyihani WebPack, Babel & CoreJS kutubxonalar bilan qanday qilib ishlatish va loyiha yig'ishni o'rganasiz. Bundan tashqari server bilan qanday ishlash va ma'lumotlarni serverga yuborishni ham o'rgatiladi.

2-loyiha. ReactJS yordamida: Single Page Application (SPA)

Ushbu loyihamiz Single Page Application(SPA) yasashdan iborat bo’ladi. Oddiy vebsaytlarda ko’ramizki,har bir sahifadan boshqa sahifaga o'tayotganda, qanchadur vaqt bizning sahifamiz yuklanadi. Lekin biz bunday muammolarni ReactJS bilan hal qilamiz, ya'ni bizning katta loyihamizda juda ko'p sahifalar bo’lsada, lekin bir sahifadan boshqa sahifaga o'tayotganimizda, sahifalarimiz yuklanmaydi. Bu bilan foydalanuvchilarning vaqti tejaladi.

3-loyiha. ReactJS & Redux yordamida

Ushbu loyihamizda biz State Managment real loyihalarda qanday ishlashini bilib olamiz va albatta o'zimiz ham loyiha qilib ko'ramiz. State Managment hozirgi kunda ko’p loyihalarda juda keng qo’llanib kelinmoqda. Serverga ma'lumot yuborish, uni olish va shu kabi kerakli ma'lumotlarni ham bilib olasiz. State Managmentni boshqarishni bir qancha usullarini ham o'rganasiz.

4-loyiha. NextJS & GraphQL yordamida

Demak biz Full Stack dasturlash olamiga qadam bosdik, ya’ni Frontend va Backend. Bu ikki texnalogiya Bu loyihada ajoyib va juda tez ishlaydigan full stack dastur yasaymiz. Ushbu dasturni boshqarish uchun GraphCMS dan foydalanamiz. Keyin esa Fully Responsive bo'lish uchun, minimum vaqt ajratib juda sifatli veb dasturni hostinga deploy qilamiz. Albatta bularni hammasini 0 dan professional darajagacha modul davomida o’rgatiladi.

5-loyiha. NodeJS, ExpressJS & MongoDB yordamida

Ushbu loyihada biz asosan Backend qismi bilan ishlaymiz. Restfull API qanday yozilishi, ma'lumotlar bazasiga kerakli ma'lumotlarni saqlash, File lar bilan ishlash, formalarni validatsiya qilish, har bir foydalanuvchining o'zini shaxsiy profilini tuzish, unga faqat o'ziga kerakli ma'lumotlarni chiqarish kabi amaliyotlar bajarialdi. ecommerce sayt qilinadi.

6-loyiha. MongoDB, ExpressJS, ReactJS & NodeJS yordamida

Bu loyihada haqiqiy ijtimoiy tarmoq yasaymiz. Ichida deyarli hamma funksiyalar bo'ladi. Xususan Follow Unfollow, Like Dislike, Comment va boshqalar. Biz bilan qilgan bu loyihangizni kelajakda rivojlantirsangiz ham bo’ladi.

7-loyiha. TypeScript & Webpack yordamida

Ushbu loyihada biz Google uchun Extension yasaymiz. Murakkab extension, o'z ichiga hamma kerakli funksiyalarni qamrab oluvchi extension bo'ladi. Bu extensionni biz Webpack yordamida yig'ib, productionga chiqaramiz.

Yuqoridagi loyihalarni bemalol o’zingizni portfoliongizda ko’rsatishingiz mumkin. Bu loyihalar ishga kirishingizni deyarli kafolatlaydi. Faqat kursni yaxshi o’qib, darslarni to’liq bajarsangiz albatta. Bundan tashqari, yana kichik loyihalar ham kurs davomida qilinadi. Yuqorida faqat eng katta va haqiqiy tajriba beradigan loyihalar ro'yxati berilgan.

MERN stack nima ekanligini bilmayapsizmi? Mana bu maqolani o'qing.

Kursga ro'yxatdan o'tish: app.mohirdev.uz

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍34😢6🔥41
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Go dasturchilariga O'zbekiston sharoitida ish bormi?

Bu savolga Saud Abdulvahed javob beradi.

Go Praktikum kurs sahifasi: go.mohirdev.uz

Praktikumdan ro'yxtadan o'tish: app.mohirdev.uz

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍21🔥5🎉3
Bir necha soatlik kod yozishdan keyin ko’zingiz qamashib, o’qishga qiynalib ketayapsizmi?

Juda ko’pchilik bu muammoga duch kelguncha, shriftini o’zgartirishni o’ylab ko’rmaydi.

1000 lab kod qatorlarni o’qishga qiynalayotgan bo’lsangiz, balki yangi shriftga o’tish vaqti kelgandir.

Avvalo, dasturchilar uchun yaxshi shrift qanday bo’lishi kerak:

- O’qishga oson va qulay. 100 lab kodni o’qiyotgan payt, ko’zni og’ritmasligi kerak

- O’xshash belgilarni aniq ajralib turadigan bo’lishi kerak. Masalan, “0” soni bilan “O” xarfi yoki kichik “L” bilan “1” soni farqlanib turishi zarur

- Ba’zi belgilarning turli versiyalari bo’lishi. Istalgan payt o’zingizga mosini olib ishlatishingiz mumkin

Siz uchun o’qish oson bo’lgan va ko’zni og’ritmaydigan bepul shriftlarni jamladik.

Ro'yxat bilan tanishish:
mohirdev.uz/bepul-shriftlar

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
👍38🔥5😢3🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturchida bo'lishi kerak bo'lgan 3 jihat

Muvaffaqiyatli dasturchi bo'lishni xohlaysizmi? Unda bu videoni ko'rishingiz kerak.

Speaker: Ulug'bek Samigjonov

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍37🔥24🤩2
Juda ko’pchilikdan keladigan savollar shunga o’xshash: “Hozir C ni o’rganayapman, lekin bu tildan ko’nglim to’lmayapti. Uning o’rniga C# yoki C++ ni o’rganishim kerakmi ?

Men bilmayman. Bu sizning nima xohlayotganingizga bog’liq.

Tasavvur qiling, siz doktor bo’lmoqchisiz. Qanday turdagi doktor bo’lmoqchisiz?

Kardiolog? Unda qon tomirlari va yurak haqida o’rganasiz.
Tish shifokori? Unda tish haqida o’rganasiz.

Psixiatr? Unda ruxiy salomatlik haqida o’rganasiz.

Nimaga shama qilayotganimni tushungandirsiz?

Qanday turdagi dasturchi bo’lmoqchisiz?

iOS dasturchi? Unda Objective C va Swiftni o’rganing.

Android dasturchi? Unda Java va Kotlinni o’rganing.

Backend? Unda Python/ Java/ Ruby/ C#/ PHP va boshqalardan birini o’rganing.

Frontend? Unda HTML, CSS, JavaScript va boshqalarni o’rganing.

Past darajadagi tizim dasturlash ? Unda C va C++.

Windows dasturlash? Unda C#ni o’rganing.

Bularning barchasi dasturlash/dasturlash yo’nalishlari. Yo’nalish tanlang, undan keyin esa tilni.

Muallif: Jahongir Rahmonov

Orginal post: ingliz tilida

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍57🔥10😁3🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Matematika dasturchilar uchun qay darajada kerak?

Juda ko'pchilik dasturlashni boshlaymi, yo'qmi deb ikkilanishadi. Sababi matematikani yaxshi bilishmaydi.

Ko'pchilikni qiynagan savolga Ilk Qadam va Go Praktikum o'qituvchisi Saud Abdulvahed javob beradi.

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍31👏5🤔2🔥1
​​Siz uchun 15 ta bepul hosting provayderlarini bir joyga jamladik.

O'qing, o'rganing, loyihalar qiling.

1. GitHub sahifalari
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Veb sayt hajmi 1 GB gacha bo’lishi mumkin.
- Bandwidth: oyiga 100 Gb.
- CNAME orqali domen ulashingiz mumkin.
- HTTPSni qo’llab-quvvatlaydi.

2. Glitch
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Soatiga 4000 ta so’rovni taqdim qiladi.
- Xotirasi 512MBgacha.
- Cheksiz statik saytlar.
- Github import/eksport funksiyasini qo’llab-quvvatlaydi.
- Kamchiliklari: Sizning kodingiz va loyihangiz avtomatik ravishda ommaga ochiq turadi.

3. Fleek
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Domenni tahrirlashni qo’llab-quvvatlaydi.
- HTTPSni qo’llab quvvatlaydi.
- 3 GB xotira.
- Cheksiz veb saytlar.
- Gitda avtomatik joylashtirish.
- Bandwidth: 50GB.
- Bepul SSL sertifikati.

4. Netlify
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Bandwidth: oyiga 100 GB.
- Veb saytlar soni: Cheksiz.
- Sayt versiyalarini qayta tiklay olish
- Bepul CLI taqdim etadi.

5. Render
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Bandwidth va xotira: oyiga 100 GB.
- Tezkor CDN.
- SSL funksiyasini ulay olash.
- Gitda avtomatik joylashtirish.

To'liq ro'yxat: https://mohirdev.uz/bepul-hosting/

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
👍25🔥13👏1
Dasturlashda qaysi yo'nalishni tanlagan yaxshi?

Albatta dasturchilik sohasiga kirib kelayotgan deyarli barchani shu savol qiynab keladi.

Aynan shu mavzu bo'yicha bugun 13-may soat 18:30 da @mohirdev youtube kanalida ochiq suhbat bo'lib o'tadi.

Suhbatni dasturlash sohasida 15 yillik tajribaga ega, Universiti Sains Islam Malaysia oliygohi Kompyuter Texnologiyalari kafedrasi yetakchi mutaxassisi Anvar Narzullayev olib boradi.

LINK: https://youtu.be/rEK3Tq-cUD4

Jonli efirda o'tuvchi suhbatni o'tkazib yubormang!

Telegram | Instagram | Youtube
👍24🔥8👏1🎉1
console.log("Hello world!")
😁70👍17🤩10🎉85
"Hello, world"

Senior yoki middle, hamma "Hello, world" dan boshlagan.

Junior sifatida qiyinchiliklar bormi? Sabr qiling, o'qing, izlaning.

Muhimi harakatdan to'xatamang.

Albatta, siz ham ertami-kechmi mutaxassis bo'lib yetishasiz.

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka hamma erisha oladi
👍16317🔥12👏4😁2🎉2
6 oyda 2 000 000 dollarlik kompaniya qanday qurildi?

Hech qanday katta byudjetlarsiz oddiy g'oyadan boshlangan bu loyiha hozirda 30 000 ta o'quvchilarga ta'lim bermoqda.

Aynan mohirdev haqida bugun 14-may soat 20:00 da @mohirdev telegram kanalida ovozli suhbat bo'lib o'tadi.

Suhbatda mohirdev asoschilari Anvar Narzullayev va Muhammad Xalil qatnashadilar.

Suhbatni o'tkazib yubormang!
👍70🔥11👏74🤩3🤯2😁1😢1
Live stream scheduled for
👍25🔥11😢4🤩1
Mohirdev kurslarini o'g'rincha sotayotganlar haqida

Mohirdev platformasidagi kurslarni o'g'irlab tarqatayotganlarni ko'rsangiz, bizga xabar bering: @mohirdev_bot

Kurslar "Mohirdev"ning intellektual mulki hisoblanib, qonun himoyasidadir. Kurslarimizdan noqonuniy yo'llar bilan foydalanganlar tegishlicha javobgarlikka tortiladi.

Kurslarimizni sotib olish bilan o'quvchilar biz bilan shartnoma tuzgan hisoblanadi: mohirdev.uz/ommaviy-oferta

Bog'lanish: @mohirdev_bot

Eslatma: "Mohirdev" platformasi tashkil topgandan buyon, nogironligi bor va boquvchisini yo'qotgan insonlarga o'z kurslarini tekinga taqdim etib keladi. Undan tashqari, bir necha marta grant dasturlarini e'lon qilgan
👍858🔥5🤯2