MohirPool.uz - dasturlash bo'yicha ishga joylashtirish platformasi – Telegram
MohirPool.uz - dasturlash bo'yicha ishga joylashtirish platformasi
221 subscribers
3 photos
9 links
Muhandislarni ishga tayyorlash platformasi

Loyiha haqida: https://news.1rj.ru/str/mohirpool/5

Ro'yxatdan o'tish 👉 @mohirpool_jbot

Powered by @mohirdev
Download Telegram
​​Mohirpool qanday loyiha?

Loyiha maqsadi ish qidiruvchilar va ish beruvchilar oʻrtasidagi tafovutni yopish. Gap shundaki, aksar bitirvuchilar ishlash uchun yetarli bilimga ega boʻlsada, real loyihalarda ishlab koʻrmagani uchun yetarli tajribaga ega boʻlmaydilar.

Mohirpool loyihasining maqsadi 14 haftalik intensiv trening yordamida dasturchilarni ishga tayyorlash.
Mohirpool dasturi tarkibida talabalar 5 kishilik kichik guruhlarga boʻlinib, har bir guruhga uzoq yillik tajribaga ega, kuchli dasturchilar mentorlik qiladi.

Dastur davomida talabalar bir nechta bosqichdan oʻtadilar:

1. Dasturchining ish qurollari bilan tanishuv — 2 hafta

Ikki haftalik intensiv kursda talabalar ish jarayonida koʻp qoʻllaniladigan Git, Maven, Docker, Jira, Confluence, IDE va boshqa texnologiyalar bilan yaqindan tanishadilar.

2. Real va Mock loyihalarda ishlash — 12 hafta

- Talabalar mentor boshchiligida 1 ta individual va 1 ta katta, jamoaviy loyiha ustida ishlaydilar.
- Ish jarayoni har kuni mentor tomonidan nazorat qilib boriladi.
- Yozilgan kodlar taqriz (code review) jarayonidan oʻtadi.
- Har hafta mentor bilan stand-uplar oʻtkaziladi.

3. Ishga tayyorlash — 2 hafta

- Ish qidirish jarayoni (job hunting)
- Rezyume va portfolio tayyorlash.
- Rezyumelarni tahlil qilish.
- Texnik suhbatga tayyorgarlik (dasturlash texnologiyalari, OOP tamoyillari, kod yozish)

4. Mock suhbatlar — 1 hafta

Bu bosqichda dastavval talabalar oʻzaro suhbat uyushtiradilar. Keyin esa tajribali ustozlar tomonidan ishga kirish jarayonidagi kabi suhbatdan oʻtadilar.

Dastur davomida mentorlar va turli tajribali dasturchilar bilan haftalik suhbatlar va yopiq vebinarlar oʻtkaziladi.

Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchilar, Mohirdev bilan hamkorlik qilayotgan kompaniyalarga tavsiya qilinadilar.

Hozirda bir nechta kompaniyalar bilan memorandumlar imzolangan.
Mohirpoolning Frontend yo'nalishi mentori Umar Umurzokov yozyapti:

"Mohirpool'dagi *dasturchilarimizdan biri butkemp'ni tugatmasdanoq Yevropa kompaniyalaridan biriga full-stack dasturchi sifatida offer oldilar. Biz faqir bir sababchi, natijani beruvchi esa Alloh!

Do'stimizga ulkan zafarlar, kuch quvvat, sabr-matonat, ishlarida omad tilab qolamiz

Qani bollar, gazni bosamiz🔥

*Butkempga qatnashayotganlarni o'quvchi emas, dasturchi deb chaqirishni yaxshi ko'raman"

@mohirpool - muhandislarni ishga tayyorlash platformasi

Telegram | Instagram | Facebook
​​Mohirpoolga 2-qabul boshlandi

Dasturchilarni ishga tayyorlashga qaratilgan 14 haftalik intensiv trening quyidagi yo'nalishlar bo'yicha olib boriladi:

- Frontend (React)
- Java (Spring)
- PHP (Laravel)
- Python (Django)
- Android (Kotlin)
- Freelance

Qabul qanday tartibda o'tadi?

1. Roʻyxatdan oʻtish

@mohirpool_jbot orqali roʻyxatdan oʻtasiz va barcha kerakli maʼlumotlarni toʻldirasiz.

2. Onlayn test.

Roʻyxatdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga 2 bosqichli test yuboriladi.

3. Jonli suhbat (zoom yoki telegram orqali)

Testdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar bilan video/telefonda suhbat oʻtkaziladi.

Barcha bosqichlardan oʻtgan talabalar Mohirpoolga qabul qilinadi.

Mohirpoolda oʻqish narxi:

Frontend, Java, PHP, Django, Android - oyiga 1.5 mln, 4 oy davom etadi. Bittada to'lov qilinsa, 1 mln chegirma beriladi.

Freelance - oyiga 1.5 mln, 2 oy davom etadi. Bittada to'lov qilinsa, 500 ming chegirma beriladi.

Mohirpool haqida batafsil ma'lumot olish

Ro'yxatdan o'tishning oxirgi muddati: 20-iyun

Roʻyxatdan oʻtish: @mohirpool_jbot
Mohirpooldagi frilanserlik yo’nalishi haqida

Bir necha kun oldin Mohirpool loyihasining 2-qabuli boshlanganini e'lon qilgan edik.

Freelance yo’nalishidagi o’quvchillarga Upwork Platformasida Top Rated Software Engineer sifatida ishlayotgan Sabokhat Kalandarova mentorlik qiladi.

O'quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarni olishadi:

Rezyume tayyorlash va “soft skills” — 1 hafta

Bu bosqichda talabalar video rezyume ustida ishlashadi va o’z rezyumelari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, mijoz bilan muvaffaqiyatli muloqot qilishga oid maslahatlar oladilar.

Upwork profilni to’ldirish — 2 hafta

⁃ Ro’yxatdan o’tish
⁃ Profil to’ldirish sirlari (“do”s and “don’t”s)
⁃ Profil tahlil qilish va individual maslahatlar

Upworkda ish qidirish — 3 hafta

⁃ Soatlik narxni belgilash
⁃ Ish qidirish jarayoni (job hunting)
⁃ “Job proposal” yozishni o’rganish
⁃ “Job proposal”lar tahlili
⁃ Mijoz bilan suhbatga tayyorgarlik (soft skills, kod yozish)

To’lov va qo’shimcha mavzular — 3 hafta

⁃ Upwork “darajalari” haqida
⁃ “Rising Talent” darajasiga chiqish
⁃ To’lov tizimini ulash va ilk to’lovni qabul qilish
⁃ Eng ko’p qilinadigan xatolar
⁃ Q&A

Mohirpool’da qatnashish uchun minimum talablar:

- Git va Github
- O’z sohasida kamida 6 oylik tajriba
- Fikrlash qobiliyati. Codewars platformasidagi 7-8 kyu darajasidagi masalalarni yecha olish
- Ingliz tili (kamida pre-intermediate darajasida bilish afzal)
- 18 yosh yoki undan katta bo'lishi

Mohirpool Freelancer yo'nalishining narxi: oyiga 1.5 mln, 2 oy davom etadi. Bittada to'lansa, 2.5 mln (500 ming chegirma qilinadi)

Ro'yxatdan o'tish: @mohirpool_jbot

@mohirpool - muhandislarni ishga tayyorlash platformasi

Telegram | Instagram | Facebook
Ko'p berilayotgan savollarga javoblar

1. Mohirpoolda o’qish narxi qancha?
Oyiga 1.5 mln, 4 oy davom etadi. Jami 6 mln, bittada to’laganlar uchun 5 mln.

2. Amalyotdan so’ng qaysi firmalarga referral beriladi?
Hozircha 3-4 ta katta firmalar bilan memorandum qilingan. Umuman olganda, referalga ehtiyoj qolmaydigan bitiruvchilar chiqarish maqsadimiz.

3. Mohirpooldagilar uchun qolgan kurslarga chegirma bormi ya’ni foundationdan keying kurslarga?
Mohirpoolga kelganlar kurslarni tugatgan bo’lishi kerak.

4. Bitta yo’nalishga nechta odam qabul qilinadi?
10 ta.

5. Darslar qanday vaqtda olib boriladi?
Dars emas. Har kuni standup bo’ladi. Mentor va talabalar vaqtiga qaraladi.

6. Ingliz tilini qanchalik bilish talab etiladi?
Faqat Freelance yo'nalishi uchun talab qilinadi. Qolgan yo'nalishda bu ixtiyoriy.

7. Amaliyot uchun to’lovlarni bo’lib to’lasam bo’ladimi?
Ha, 4 oy davomida 4 ga bo'lib to'lashingiz mumkin.

8. Mohirpool faqat Mohirdevdagi intensiv kurslarni tugatganlar uchunmi?
Yo’q. Boshqa kurslarning bitiruvchilarini ham qabul qilamiz. Muhimi talablarga javob berishingiz kerak.

9. Mohirpoolda amalyot o’tash uchun qanday talablar mavjud?
Mohirpoolda amalyot o’tash uchun biror bir o’quv markazda taqsil olgan bo’lishingiz yoki e’lon qilingan yo’nalishlar bo’yicha texnik bilmga ega bo’lishingiz kerak.

10. Dasturlashni endi o’rganishni boshlaganlar Mohirpoolda o’qishlari mumkinmi?
Yo’q.

11. Amaliyot onlayn shakldami yoki offlayn?
Onlayn.

12. Yoshim 16 dan kichik va pasportim yo’q, Mohirpoolda o’qiy olamanmi?
Ha, pasport o’rniga metirka bilan o'qisangiz bo'ladi.

13. Mohirpoolda o’qish uchun yoshning ahamiyati qanday?
ishlaydigan yoshda bo’lish kerak.

14.Imtihon topshiriladimi amalyot o’tash uchun?
Albatta.

15. Mohirpoolda taqsil olganlar uchun Ingliz tili kursi bepul beriladimi?
Ha bepul beriladi.

16. Ro’yxatdan o’tish 20-iyungacha deb belgilanibdi. Loyiha qachondan boshlanadi?
1-iyuldan boshlanadi. Eng avvalo Project management va Github bo’yicha dars o’tiladi, so’ng bitta individual loyiha qilinadi. Undan keyin, katta loyiha boshlanadi.

17. To’lovlarni qachon qilishimiz kerak?
Oy boshidan to’lovlar qabul qilinadi ya’ni 1-iyuldan.

18. Qo’shimcha savollarim bor. Qanday bog'lansam bo'ladi?
Telegram orqali @mohirpool_jbot ga yozishingiz mumkin.
​​Mohirpooldagi Python yo’nalishi haqida

Python (Django) yo’nalishidagi o’quvchillarga EPAM Systems kompaniyasida Software Engineer sifatida ishlayotgan Maruf Karaev mentorlik qiladi. 4 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis.

O'quvchilar Maruf Karaev bilan quyidagi loyihalar ustida ishlashadi:

Individual loyiha: URL Shortener

Mohirpool’ning birinchi bosqichi, ya’ni “Shaxsiy loyiha ustida ishlash” bosqichida Django freymvorki yordamida https://tinyurl.com/app ning soddaroq varianti qilinadi. Herokuga deploy qilinadi.

Jamoaviy loyiha: Task Manager

Ikkinchi bosqichda o’quvchilar jamoalarga bo’linib, Djangoʻda tasklarni boshqaradigan loyiha qilinadi. Masalan, Trello. Har xil ficha (feature)lari boʻladi: build, izoh qoldirish, email bildirishnomalar, team management va hokazo.

Undan so'ng, o'quvchilar quyidagi bosqichlardan o'tishadi:

Ishga tayyorlash — 2 hafta

- Ish qidirish jarayoni (job hunting)
- Rezyume va portfolio tayyorlash.
- Rezyumelarni tahlil qilish.
- Texnik suhbatga tayyorgarlik (dasturlash texnologiyalari, OOP tamoyillari, kod yozish)

Mock suhbatlar — 1 hafta

Bu bosqichda dastavval talabalar oʻzaro suhbat uyushtiradilar. Keyin esa tajribali ustozlar tomonidan ishga kirish jarayonidagi kabi suhbatdan oʻtadilar.

Python yo'nalishida qatnashish uchun minimum talablar:

- Python 3.x asoslari
- Flask/Django/FastAPI frameworklardan biri
- OOP tamoyillari
- *nix terminal, git, http, algoritmlar haqida boshlang'ich tushuncha.

Mohirpoolda oʻqish narxi: oyiga 1.5 mln, 4 oy davom etadi. Bittada to'lansa - 5 mln (1 mln chegirma beriladi)

Roʻyxatdan oʻting 👉 @mohirpool_jbot

Telegram | Instagram | Youtube
​​Mohirpooldagi Frontend (React) yo’nalishi haqida

Frontend yo’nalishidagi o’quvchillarga EPAM Systems kompaniyasida Software Engineer sifatida ishlayotgan Umar Umurzokov mentorlik qiladi.

O'quvchilar mentor bilan quyidagi loyihalar ustida ishlashadi:

Shaxsiy loyiha ustida ishlash

Mohirpool’ning birinchi bosqichi, ya’ni “Shaxsiy loyiha ustida ishlash” bosqichida sizdan “toza” JavaScript dasturlash tilida, hech qanday kutubxonalarsiz 2 haftalik loyiha - dunyoga mashhur bo’lgan pomidor metodini tuzish talab etiladi. Bu 2 haftalik bosqichdan maqsad, fundamental JavaScript bilimlarni mustahkamlab, ko’z va qo’llarimizni kodga o’rgatgan holda, katta yo’lga, ya’ni ikkinchi bosqichga tayyor bo’lish.

Jamoaviy loyiha

Ikkinchi bosqichda o’quvchilar jamoalarga bo’linib, haqiqiy loyihalardagidek SCRUM metodogoliyasidan foydalangan holda 12 haftaga mo'ljallangan katta web ilova ustida ish olib boradilar. O’quvchilarning kodlarini doimiy ravishda mentor review qilib, kerakli joylarda yo’nalishlar berib turadi.

Undan so'ng, o'quvchilar quyidagi bosqichlardan o'tishadi:

Ishga tayyorlash — 2 hafta

- Ish qidirish jarayoni (job hunting)
- Rezyume va portfolio tayyorlash.
- Rezyumelarni tahlil qilish.
- Texnik suhbatga tayyorgarlik (dasturlash texnologiyalari, OOP tamoyillari, kod yozish)

Mock suhbatlar — 1 hafta

Bu bosqichda dastavval talabalar oʻzaro suhbat uyushtiradilar. Keyin esa tajribali ustozlar tomonidan ishga kirish jarayonidagi kabi suhbatdan oʻtadilar.

Mohirpool’da qatnashish uchun minimum talablar:

- HTML, CSS, JavaScript
- JavaScript umumiy ma’lumot tuzilmalari (array, object, va hokazo...)’lar bilan tanish bo’lish
- OOP
- Browser APIs, DOM, DOM events
- Asinxron JavaScript
- Git va Github
- React
- Fikrlash qobiliyati. Codewars platformasidagi 7-8 kyu darajasidagi masalalarni yecha olish
- Ingliz tili (kamida pre-intermediate darajasida bilish afzal)

Mohirpoolda oʻqish narxi: oyiga 1.5 mln, 4 oy davom etadi. Bittada to'lansa - 5 mln (1 mln chegirma beriladi)

Roʻyxatdan oʻting 👉 @mohirpool_jbot

Telegram | Instagram | Youtube
Mohirpooldan ro'yxatdan o'tish muddati 1-iyulgacha uzaytirildi.

Mohirpool qanday loyiha? https://news.1rj.ru/str/mohirpool/5

Mohirpool 2-qabul haqida: https://news.1rj.ru/str/mohirpool/8

Freelance yo'nalishi haqida: https://news.1rj.ru/str/mohirpool/11

Python yo'nalishi haqida: https://news.1rj.ru/str/mohirpool/13

Frontend yo'nalishi haqida: https://news.1rj.ru/str/mohirpool/14

Ko'p beriladigan savollarga javoblar: https://news.1rj.ru/str/mohirpool/12

Roʻyxatdan oʻtish 👉 @mohirpool_jbot

Telegram | Instagram | Youtube
Mohirpool akseleratori Frontend yo'nalishi bo'yicha bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

4 oy davom etgan dasturni 8 kishi muvaffaqiyatli tamomladi. Ulardan 2 kishi Janubiy Koreyada bo'lganligi tufayli tadbirda qatnasha olmadi.

Dastur davomida ishtirokchilar bitta individual loyiha qilib, bitta jamoaviy loyihada qatnashishdi. Undan tashqari, rezyume yozish, ishga kirish bo'yicha kerakli bilimlarni egallashdi va Mohirpool mentorlari tomonidan tashkil qilingan "mock" intervyulardan o'tishdi.

Tadbirda Anvar Narzullaev, Nodir Nazarov, Ulug'bek Samigjonov va Umar Umurzoqovlar ishga kirish va karyera qilish bo'yicha o'zlarining maslahat va tavsiyalarini berishdi.

Telegram | Instagram | Youtube