Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi – Telegram
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
1.88K subscribers
87 photos
8 videos
34 links
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi

Veb-sayt: nqaae.uz
Instagram: instagram.com/nqaaeuz
Facebook: facebook.com/nqaaeuz
Download Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning taʼlim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri Matsumoto Yoxey, Fanni ilgari surish jamiyati prezidenti Sugino Suyosi hamda yetakchi universitetlari rahbarlari bilan uchrashdi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат  Мирзиёев провел встречу с министром образования, культуры, спорта, науки и технологий Японии Мацумото Ёхэем, главой Японского общества продвижения науки Сугино Цуёси и руководителями ведущих японских университетов.

#Mirziyoyev #tashrif #Yaponiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish bo‘yicha muhim yangilik!

🇺🇿Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining “Kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3726, 2025 yil 17 dekabr).

Unga ko‘ra, 7 ta yo‘nalish doirasidagi 37 ta mezon bo‘yicha kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda foydalaniladigan 203 ta indikator belgilandi.

✔️Barcha indikatorlar “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi.

Bunda:
▪️ 60% va undan ortiq indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «muvofiq»;
▪️ 50% dan 60% gacha indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «qisman muvofiq»;
▪️ 50% gacha indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «muvofiq emas» deb topiladi.

❗️Agar majburiy indikator “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qat’i nazar, mezon ham “muvofiq emas” deb baholanadi.

🔁 English

#kompleks_akkreditatsiya #indikatorlar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta'lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish bo‘yicha muhim yangilik!

🇺🇿Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining “Oliy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3732-son, 23.12.2025 y.).

Unga ko‘ra, 8 ta yo‘nalish doirasidagi 47 ta mezon bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda foydalaniladigan 272 ta indikator belgilandi.

✔️Barcha indikatorlar “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi.

Bunda:
▪️ 70% va undan ortiq indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «muvofiq»;
▪️ 50% dan 70% gacha indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «qisman muvofiq»;
▪️ 50% gacha indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «muvofiq emas» deb topiladi.

❗️Agar majburiy indikator “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qat’i nazar, mezon ham “muvofiq emas” deb baholanadi.

🔁 English

#kompleks_akkreditatsiya #indikatorlar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dunyoning yetakchi oliygohlaridan kelgan ekspertlar yurtimiz ta'lim tashkilotlarini o'rganadi

🇺🇿Ta'lim sifatini ta'minlash maqsadida ta'lim tashkilotlari davlat akkreditatsiyasidan o'tkaziladi. Ushbu jarayonlarga dunyoning yetakchi oliygohlaridan kuchli mutaxassislar jalb qilinmoqda.

⚡️Ulardan biri dunyoda 22-o'rinda turuvchi University College London (UCL) universiteti Muhandislik fanlari fakulteti dekan o‘rinbosari Marc-Olivier Coppens hisoblanadi.

Global akademik tajriba va milliy islohotlar uyg‘unligi ta’lim sifatini yangi marralarga olib chiqishiga ishonamiz.

🔁 English

#ekspertlar #UCL #muhandislik

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bo'lajak ekspertlar uchun kutilgan yangilik

⚡️ Ta'lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan o'tkazuvchi ekspertlar uchun ajoyib imkoniyat.

Endilikda, 10 nafar mahalliy ekspert Buyuk Britaniyaning nufuzli QAA akkreditatsiya agentligining malaka oshirish dasturida qatnashishi mumkin.

Buning uchun nomzodlar CV va aloqa ma'lumotlarini 2026-yil, 4-yanvarga qadar agentlikning experts@nqaae.uz elektron manziliga yuborishi kerak bo'ladi.

💫Nomzodlarga qo'yilgan talablar:

Magistr yoki ilmiy darajaga ega bo'lish;
ta’lim sifati, boshqaruv yoki akademik sohada kamida 5 yillik ish tajribasi;
Tahlil qilish, baholash, hisobot tayyorlash va mustaqil fikrlash salohiyati.

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Birgalikda ta'lim sifatini global darajaga olib chiqamiz.

🔁 English

#ekspertlar #QAA

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oliy ta'lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan o'tkazish jarayoni bilan tanishing

Learn about the state accreditation process for higher education institutions

#akkreditatsiya

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Quyosh panellarini tuzatuvchilar qanday bilim va tajribaga ega bo'lishi kerak?

⚡️ Endilikda quyosh energiyasi qurilmalarini o'rnatish, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash bilan shug'illanuvchi kasb egalarining bilim va ko'nikmalariga qo'yilgan standartlar aniq belgilandi.

💥Ushbu kasbiy standart mazkur sohadagi kasblarni o'rgatuvchilar, ish beruvchilar, ish o'rganuvchilar va ishlovchilar uchun qimmatli manba bo'lib xizmat qiladi.

👉 Kasbiy standart bilan tanishish

Kasbiy standartda quyosh panellarini oʻrnatish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha chilangar, quyosh qurilmalari montajchisi va quyosh energiyasi boʻyicha texnik xodimlarning mehnat vazifasi, bilim hamda ko'nikmalari aniq ko'rsatib o'tilgan.

🔁 English

#kasbiystandart #quyoshenergiyasi

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
San’at va madaniyat yo‘nalishlari xalqaro tajriba asosida baholanadi

🇺🇿 Yurtimiz ta'lim tashkilotlarida san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishda xalqaro tajribaga ega, malakali xorijiy ekspertlar keng jalb qilinmoqda.

⚡️ Shunday mutaxassislardan biri Ruminiyaning Konstansa san’at muzeyi direktori, san’atshunos olima Lelia Pirvan Rus hisoblanadi. U muzeydagi rahbarlik lavozimi bilan bir qatorda Konstansa shahridagi Ovidius universiteti professori sifatida ham faoliyat yuritadi.

🎓 Dr. Lelia Pirvan Rusning ko‘p yillik ilmiy va amaliy tajribasi yurtimizda san’at va madaniyat yo‘nalishlarida ta’lim sifatini oshirish va xalqaro standartlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔁 English

#ekspertlar #Ovidius #Ruminiya

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim sifati uchun barchaning fikri muhim

🇺🇿Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan professor-oʻqituvchilar, talabalar va ish beruvchilar o‘rtasida umummilliy soʻrovnoma oʻtkaziladi.

Soʻrovnoma natijalari ta’lim tashkilotlarida sifatni ta’minlash va ularning reytingini tuzishda muhim manbalardan biri boʻlib xizmat qiladi.

🔁 English

#umummilliysoʻrovnoma

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar, hurmatli ta’lim sohasi vakillari!

🎄Kirib kelayotgan Yangi yil barchangiz uchun yangi marralar, yuksak natijalar va ezgu maqsadlar sari ishonchli qadamlar yili bo‘lsin.

💫Ta’lim sifatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar Yangi yilda ham o‘z samarasini bersin. Har bir tashabbus, har bir mehnat kelajak avlodning porloq istiqboliga xizmat qilsin.

❄️Sizga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga fayz-baraka, ishlaringizga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🎗Yangi yil barchangizga muborak bo‘lsin!

🔁 English

#tabrik #yangiyil

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi

🇺🇿Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan ta’lim tashkilotlari kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi.

🏛Bitiruvchisi bo‘lgan yoki akkreditatsiya muddati tugagan ta'lim tashkilotlari kompleks davlat akkreditatsiyasidan;

📁Yangi tashkil etilayotgan ta’lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi.

📥Davlat akkreditatsiyasidan oʻtish uchun arizalar accreditation.nqaae.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

Ariza topshirish boʻyicha batafsil ma’lumot video yoʻriqnomada keltirilgan.

☑️Oliy ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayoni bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

🔁 English

#akkreditatsiya #ariza

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kimyo muhandisligi yo‘nalishlari xalqaro tajriba asosida baholanadi

🇺🇿 Yurtimiz ta’lim tashkilotlarida kimyo muhandisligi va unga yaqin yo‘nalishlardagi ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishda xorijlik ekspertlar faol jalb qilinmoqda.

⚡️ Shunday mutaxassislardan biri Myunxen texnika universiteti professori Prof. Dr. Kai-Olaf Hinrichsen hisoblanadi. U Kimyo muhandisligi sohasida yetakchi olim va professor sifatida ilmiy hamda pedagogik faoliyat olib bormoqda.

🔬 Prof. Dr. Kai-Olaf Hinrichsenning ko‘p yillik ilmiy va amaliy tajribasi mamlakatimizda muhandislik yo‘nalishlarida ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔁 English

#ekspertlar #TUM #kimyo

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sizning tajribangiz ta’lim sifati uchun muhim!

🇺🇿Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi akkreditatsiya jarayonlarida tashqi baholashni amalga oshiruvchi ekspertlar uchun tanlov e'lon qiladi.

⚡️ Agar siz ta’lim sifatini oshirish, shaffof va xolis baholash orqali ta’lim muassasalarining rivojiga hissa qo‘shishni istasangiz, sizni ekspertlikka taklif qilamiz.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

💥 Eng quvonarlisi, ekspertlar asosiy ish joyidan ajralmagan holda faoliyat yuritadi va ularga belgilangan tartibda qo‘shimcha haq to‘lanadi.

☑️Nomzodlardan oliy ma’lumot, ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi, normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilish hamda tahliliy va xolis baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lish talab qilinadi.

🔁 English

#tanlov #ekspertlar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Akkreditatsiya baholash mezonlari va indikatorlari nima?

🇺🇿Davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda ta’lim tashkilotlari belgilangan mezon va indikatorlar asosida baholanadi.

Maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda qo‘llaniladigan indikatorlar haqida batafsil:
🔹Oliy ta’lim tashkilotlari
🔹Kasbiy ta’lim tashkilotlari

Kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda qo‘llaniladigan indikatorlar haqida batafsil:
🔹Oliy ta’lim tashkilotlari
🔹Kasbiy ta’lim tashkilotlari

🔁 English

#akkreditatsiya #indikatorlar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zamonaviy zargarlik kasblari va zargarlarning vazifalarini bilasizmi?

Tarixan zargarlik obro‘li kasblardan biri bo‘lib, uni o‘rganuvchilardan nozik did hamda e’tibor talab qilingan.

☑️Bugungi kunda zargarlikning bir qancha turlari bor. Bular zargar (zargar-modelyer), zargar-bilaguzukchi, zargarlik buyumlar boʻyicha usta va zargar-zanjir yasovchi kabi kasblardir.

📕Ushbu kasblarning standartlari ham ishlab chiqilgan bo‘lib, unda zargarlarning mehnat vazifalari aniq ko‘rsatib o‘tilgan.

👉 Kasbiy standart bilan tanishish

Muhim eslatma! Zargarlik kasblarini bir qancha texnikumlarda o'rganishingiz mumkin.

🔁 English

#kasbiystandart #zargar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlari uchun muhim yangilik!

🇺🇿Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining “Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3747, 2026-yil 7-yanvar).

📘 Unga ko‘ra, maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkazishda 6 ta yo‘nalishda 29 ta mezon va 120 ta indikator belgilandi. Ushbu indikatorlarning 6 tasi majburiy, 114 tasi umumiyga ajratilgan.

🏛Kompleks davlat akkreditatsiyasidan o'tkazishda 7 ta yo‘nalishda 34 ta mezon va 147 ta indikator belgilandi. Ushbu indikatorlarning 7 tasi majburiy, 140 tasi umumiy turlariga bo'linadi.

✔️Barcha indikatorlar “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi.

Bunda:
– 60 foiz va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq”;
– 50 foizdan 60 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “qisman muvofiq”;
– 50 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq emas” deb topiladi.

❗️Agar majburiy indikatorlarning birortasi “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qat’i nazar, mezon ham “muvofiq emas” deb baholanadi.

🔁 English

#kompleks #maxsus #akkreditatsiya #indikatorlar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kasbiy ta'lim tashkilotlarining milliy reytingi qanday tuziladi?

🇺🇿Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tashkilotlarining reytingi yuritiladi.

☑️Kasbiy ta'lim tashkilotlari reytingi bo'yicha umumiy ma'lumotni video orqali bilib olishingiz mumkin.

🔁 English

#reyting

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM