Otabek’s I/O – Telegram
Otabek’s I/O
1.92K subscribers
64 photos
4 videos
92 links
I write about Backend, Infrastructure, Math, ML/AI, and Computer Science.

The views are my own and do not represent my employer.
Download Telegram
Emotional damage 😂
🤣20
Hamma dasturchilarni oylik olishga shunday ketasa kerak deb o’ylaydi menimcha 🥲

@otabekswe
🤣27
Amazonga topshirgan paytim recruiterlar men tahminan shunday ko’rishgan.

P.S: Amazonga Internshipga topshirganman

@otabekswe
😁4👍32
Qaysi dasturlash tili zo'r?

Bu savolni eshitsam kulgim keladi, sababi juda oddiy. Bu savolni yo o'ylamay berishadi yoki o'ylay olmaganlari uchun berishadi.

Javobim: Usta xonada qurollar juda ko'p. Hammasini o'z o'rni va joyi bor ishlatish uchun. Hech biri, hech biridan na ustun emas na a'lo.

Keling bu savolni berishni to'xtataylik. Sizga dasturlash tili emas tajriba muhim bo'lsin.

Hozirgi kungacha men shaxsan C, Java, Go, Swift, Python, JavaScript, yaml, TypeScript kabi dasturlash tillaridan foydalanganman. Har birini o'z o'rni va joyi bor.

Hech biri, hech biridan ustun emas. Python AI, Data bo'yicha qolganlaridan biroz yaxshiroq ammo eng zo'ri emas.

Swift Apple ecosystem uchun qolganlaridan yaxshiroq ammo eng zo'ri emas.

Ko'rib turibsizki har taraflama zo'ri mavjud emas.

Ustaga qaysi qurolni ishlatish emas, qaysi quroldan qanday muammoni hal qila olish muhim.

Muammoni hal qilish esa odatda tajribadan kelib chiqadi.

O'sha eski vasiyatni davom etaman: Problem solvingni kuchaytiring

@otabekswe
🔥7👍2👨‍💻21
Abstraction - Abstraksiya

Abstraksiya – Computer Sciencedagi bir tushuncha bo‘lib, asosiy e’tiborni eng muhim detallarga qaratish va keraksiz detallarni yashirish orqali murakkab tizimlarni soddalashtirish imkonini beruvchi konsept desak bo'ladi.

Buni xaritaga o'xshatsak bo'ladi. Xarita sizga joylashuvning muhim xususiyatlari (masalan, yo'llar, binolar va diqqatga sazovor joylar)ni ko'rsatadi, lekin u sizga barcha tafsilotlarni ko'rsatmaydi (masalan, uylarning ranglari yoki derazalar soni).

Xarita real hayotdagi abstraktsiyasidir va u sizga faqat bilishingiz kerak bo'lgan narsalarni ko'rsatadi.

Dasturlashda abstraksiya murakkab tizimlarning soddalashtirilgan modellarini yaratish uchun qo'llaniladigan tushuncha. Shuning uchun u bilan ishlash oson bo'ladi.

Dasturlashda funksiyalarni yaratishdan maqsadlardan biri aynan abstraction xisoblanadi.

Masalan: Pultli moshina sotib oldingiz va uning pultida 4 ta tugmacha bor ekan ⬆️⬇️⬅️➡️.

Biz ⬆️ ni bosganimizda moshina oldinga yurayabdi. Bizga ⬆️ bosganimizdagi ichkarida yuz beradigan jarayon muhim emas, moshinani yurishi muhim. Aynan shu narsani abstraction deb olsak bo'ladi.

Bu yerda ⬆️ bosilganda up() degan funksiya ishga tushishi mumkin. Ammo aytganimdek bizga uning qanday ishlashi emas moshinani yurishi muhim.

Abstraktsiya dasturlashda kuchli vosita deb bilaman. Chunki u sizga, u bilan ishlashni, tushunishni va to'g'irlashni osonlashtirish imkonini beradi.

Agar postni foydali deb topsangiz share qilishni unutmang.

Keyingi epizodda ko’rishguncha poka-poka!

@otabekswe
🔥11👍3
Roses are red
Violets are blue
Always test your code
Before it tests you

😌 Do it

@otabekswe
🤣10
DSA.UZ

🎉 Va nihoyat biz kutgan kun keldi. Data Structure and Algorithms mavzusidagi o'sha ajoyib va qiziqarli qo'llanmaga start berildi.

Darsliklar har hafta Juma kuni soat 12:00da chiqadi.

Contribute qilmoqchi bo'lganlarga doim pull request eshiklarimiz ochiq.

Xato kamchiliklarni to'ldirib borishga harakat qilamiz. Agar xato topsangiz Issues bo'limida New Issue ochishni unutmang!

Sizdan bitta Star bizdan tinimsiz ajoyib darsliklar 😉

@otabekswe
🔥12👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Booking.com'dan offer oldim🎉

Ko'plab rejactlar va stresslar oxir oqibat natijaga olib keldi. Interviewlar biroz qiyin bo'ldiku ammo amalladik.

Yana boshqa yaxshi xabarlarni tez orada e'lon qilsh nasib qilsin.

Amsterdamda ko'rishguncha Booking.com ✈️

Happy Fools' Day fam!

@otabekswe
🤣6👍1🔥1
Clean Code

Bugungi postimiz clean code ya'ni toza kod yozish haqida bo'ladi.

Clean code yozish o'zi oson ammo ko'pchilik uni o'ziga-o'zi qiyinlashtiradi.

Bugun sizlar bilan clean code yozish uchun tips ko'rib ketamiz.

Agar bu aytganlarimga amal qilsangiz, o'zingizni clean coder deb e'lon qilaversangiz bo'ladi.

Let's Go 🚀

@otabekswe
🔥21
Follow Coding Standards

Har qanday dasturlash tilida o'z standartlari mavjud.

Ular sizga maksimal ravishda yaxshi kod yozishga yo'l ko'rsata oladi.

Bu qo'llanmaga ergashish orqali siz Clean Coderga aylanasiz.

Standartlarni o'qing va ularda berilgan tiplarga amal qiling.

Ba'zi tiplarni misol qilib oladigan bo'lsak:

💻 Python: PEP8
💻 JavaScript: Airbnb JavaScript Style Guidline
💻 Java: Oracle Java Code Conventions.
💻 Rust: Rust Style Guide.
💻 C: Linux Kernel Coding Style.
💻 C++: Google C++ Style Guide.
💻 Swift: Swift API Design Guidelines.

@otabekswe
1
Use meaningful names

Ko'p kuzatiladigan xolatlardan biri bu Variable, Function va Classlarga noto'g'ri va ma'nosiz nomlar berilishi.

Berilayotgan nomlar qanchalik noto'g'ri bo'lsa shunchalik dasturni tushunish va debuq qilish qiyinlashadi.

Gap faqat o'zingiz haqingizda emas balkim boshqa dasturchilar haqida ham ketayabdi.

Ularni ham, o'zingizni ham ishiningizni osonlashtirish uchun ma'noli va vazifasidan kelib chiqib nomlang.

x = "John"

name = "John"

@otabekswe
🫡1
Write comments

Odatda jamoaviy ishda kodimizni faqat o'zimiz emas balkim boshqalar ham o'qiydi, ko'radi.

Shu holatda boshqa dasturchilarga ushbu kod nima vazifani bajarishini comment qilib ketsangiz bo'ladi.

Bu orqali boshqalarni ham o'zingizni ham vaqtini tejaysiz.

Nafaqat vaqt tejash balkim boshqa dasturchiga bitmagan ishni bildirib ketsangiz bo'ladi.

@otabekswe
White space

Ba'zi odamlar shu darajada erinchoqki xatto space bosishga ham erinadi.😅

Xullas kichik maslahat bo'sh joy tashlab turingda hay.

To'g'ri kodingizda hech qanday o'zgarish bo'lmaydi ammo boshqa odam o'qiganda tushunmay qolishi mumkin.

Misol uchun:

hello=lambda x: "World" if x==None else x

hello = lambda x: "World" if x == None else x

@otabekswe
🫡1
DSA.UZ

🎉 Bugun vada qilinganidek Array mavzusida qo'llanma chiqdi.

Siz ushbu qo'llanmani yaxshilab o'qib chiqib o'z tushunchalaringizni oshirishingiz mumkin.

Biz mashqlar bilan berib borishga harakat qilayabmiz.

Ba’zi dasturlash tillarini yoza olmadim vaqt yetishmovchiligi bo’lib qoldi.

Agar yozib bera olsangiz va contribution qilmoqchi bo’lsangiz, pull request eshiklarimiz ochiq

Tez orada web formatga o'tkaziladi.

@otabekswe
👍2
Backendga sayohat

Bismillah! Aytilgan gap otilgan o'q.

Vaqt muammo bo'lib ba'zan to'xtab qolsak ham bizni tark etmaysiz degan umiddamiz.

Qo'ldan kelgancha tushunchalarni sodda, jaydari va vizuallashtirishga urunayabmiz.

Postni foydali deb topgan bo'lsangiz ulashib qo'ying, sizdan faqat bitta click ketadi.

Post haqida feedback qoldirib ketsangiz, uni yaxshilashga yordam qilgan bo'lardingiz.

@otabekswe
🔥6👍21
Otabek’s I/O
Backendga sayohat Bismillah! Aytilgan gap otilgan o'q. Vaqt muammo bo'lib ba'zan to'xtab qolsak ham bizni tark etmaysiz degan umiddamiz. Qo'ldan kelgancha tushunchalarni sodda, jaydari va vizuallashtirishga urunayabmiz. Postni foydali deb topgan bo'lsangiz…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Access Network chiqdi 🎉

Ushbu qismda biz qanday qilib internetga ulanish haqida qisqacha ko'rib o'tganmiz.

Kelasi qismlarda Advanced topiclarga to'xtalamiz.

Postni foydali deb topgan bo'lsangiz share qilib qo'yishni unutmang🙃

Post haqida feedbacklarni kommentda yozib keting. Bu orqali xatolarimizni to'g'irlashga yordam qilasiz.

@otabekswe
🔥6👍2
Tree

Frontendni o'rganayotgan paytlarim "HTML Tree" desa g'alati eshitilar edi.

HTML Tree bekorga tree emasligini DSA o'rganib tushundim.

Tree data structureda "leaf" degan termin mavjud ya'ni "barg".

Undan tashqari internal node va external node lar ham bor (bularni to'liqroq "dsa.uz"da gaplashamiz).

Binary Tree ni uzog'i ikkita yoki umumman bolasi bo'lmasligi mumkin.

Yuqoridagi rasmda keltirilgan misolda siz HTML treeni va Treeni ko'rishingiz mumkin.

HTML Treeni Binary Treedan farqi u ko'p leaflarga egalik qila olishida.

Siz ishlatayotgan ammo bilmaydigan ko'plab narsalar shular asosida qurilgan.

Misol uchun browserda yangi pagega o'tish va ortga qaytishni "Stack" bajaradi va h.k.z

DSA o'rganish sizni nafaqat problem solving qobilyatingizni rivojlantiradi.

Balkim siz o'rganayotgan yoki o'rganib bo'lgan bilimlaringizni asosini ko'rsatib beradi.

@otabekswe
👍9🔥1
OSI Model chiqdi 🎉

Qo'llanma yozishda ba'zi xatoliklarga yo'l qo'ygan bo'lishimiz mumkin.

Iltimos uni izohlarda yozib to'g'irlab keting.

Qatiyatli bo'ling va o'rganishda charchamang.

Post foydali bo'lsa, ulashishingiz mumkin!

@otabekswe
🔥8👍3
Best practices

Shaxsiy fikrim inson nimanidir qilishga boshidan odatlanishi juda yomon agar u haqiqatdan yomon narsa bo'lsa.

Yomon kod yozishga boshidan o'rgansa keyin yaxshilashi uchun juda ko'p vaqt ketadi.

Boshlagan ishini oxiriga yetkazmasa, keyin to'g'irlash juda qiyin bo'ladi.

Shuni inobatga olib boshidan o'zini shu narsaga o'rgata olsa bu uning eng katta yutug'i bo'ladi deb o'ylayman.

Daraxt o'sib bo'lgandan keyin uni to'g'irlash juda katta muammolar keltirishi, sinishlar yuzaga kelishi mumkin.

Ammo nixol paytida qiyshiqlikni to'g'irlash hech qanday zarar yetkazmaydi.

Chiroyli va tushunarli kod yozishga odatlaning. Bilmasngiz o'rganing.

Mana bu sizga oz-moz yordam berishi mumkin.

@otabekswe
🔥5