PDP EcoSystem – Dunyoni yaxshi tomonga o'zgartiring! – Telegram
PDP EcoSystem – Dunyoni yaxshi tomonga o'zgartiring!
644 subscribers
192 photos
20 videos
19 links
Ushbu sahifada PDP EcoSystem loyihalari haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin

Hozirgi loyihalarimiz:
- PDP Junior
- PDP School
- PDP Academy
- PDP University
Download Telegram
PDP EcoSystem: oktabr oyi sarhisob yig‘ilishi

📈 Oktabr oyining sarhisobi bo‘yicha PDP EcoSystem’ning TOP menejerlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida har bir loyiha jamoasi o‘tgan oyda erishgan natijalarini taqdim etdi, amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi va tahlil qilindi. Shuningdek, noyabr oyiga belgilangan maqsad va topshiriqlar muhokama qilindi.

🎯 Mazkur yig‘ilishning asosiy maqsadi PDP EcoSystem oldidagi strategik rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va kelgusi oy uchun yangi maqsadlarni belgilashdan iborat edi. Loyiha jamoalari o‘z faoliyatidagi yutuqlarni va duch kelgan qiyinchiliklarni baholab, kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashishdi.

🔖 Kelgusi oyda ham yangi cho‘qqilarni zabt etish uchun yangi va yuksak maqsadlarni belgilab oldik. Bularning barchasi PDP EcoSystem jamoasining fidoyiligi va yuksak intilishlari orqali amalga oshadi.

@pdpecosystem
🔥7👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bizning asosiy qadriyatimiz o‘z ustimizda tinimsiz ishlash, rivojlanish va eng asosiysi insonlar hayotini yaxshilashga qaratilgan.

💡Bu yo‘lda butun jamoa bilan doimiy tarzda fikr almashish, g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini muhokama qilish muhimdir.

🎯 PDP EcoSystem’dagi har bir xodim buni chuqur his etadi va bu yo‘lda tinimsiz mehnat qilib kelmoqda. Buni kuni kecha tashkil etilgan Teambuilding‘da ko‘rib yana bir bor amin bo‘ldik.

1️⃣ @pdpecosystem
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👍2👏2
PDP EcoSystem'da noyabr oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan an’anaviy "Big Day" yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda o‘tgan oy davomida qilingan ishlar va erishilgan natijalar tahlil qilindi.

📈 Shuningdek, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga tanqidiy yondashilib, ularni bartaraf etish uchun zarur choralar belgilandi.

🎯 Yig‘ilish yakunida kelajakdagi reja va maqsadlar aniqlanib, mas'ullarga muhim ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.

1️⃣ @pdpecosystem
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥4👏2🕊2❤‍🔥1
🏆 "Tribal Leadership" loyihasi yakunlandi!

✔️ PDP EcoSystem'da 3 oy davomida "Tribal Leadership" loyihasida ishtirok etgan rahbar va xodimlar o‘zlarining final taqdimotlarini muvaffaqiyatli o‘tkazdilar. Tadbir davomida barcha ishtirokchilar taqdirlandi va jamoaviy yutuqlar e’tirof etildi.

📊 Endilikda taqdimotda belgilangan barcha rejalar ustida ish olib borilib, 2025-yil mart oyigacha ularni to‘liq amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyiha rahbari Timur Yadgarov boshchiligida bu rejalar yangi muvaffaqiyatlar sari yo‘l ochishiga ishonamiz.

1️⃣ @pdpecosystem
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👌6👍3🤩2🕊2