PDP EcoSystem – Dunyoni yaxshi tomonga o'zgartiring! – Telegram
PDP EcoSystem – Dunyoni yaxshi tomonga o'zgartiring!
645 subscribers
192 photos
20 videos
19 links
Ushbu sahifada PDP EcoSystem loyihalari haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin

Hozirgi loyihalarimiz:
- PDP Junior
- PDP School
- PDP Academy
- PDP University
Download Telegram
🤝 Yana bitta xalqaro hamkorlik uchrashuvi

Yaponiyaning "Ringo Entertainment Inc" va "H&K" kompaniyalari rahbarlari Tomohito Hirasawa va Ando Koki, shuningdek, "Yosh Ziyokor" tashkiloti rahbari Rasul Kusherbayev PDP University’da mehmon bo'lishdi.

Uchrashuv davomida talabalarimizni dasturlash yo'nalishida 'outsource' loyihalarda ishga qabul qilish bo'yicha hamkorlik xaritasi ishlab chiqildi.

1️⃣ @pdpecosystem - Ezgulik yo'lida zamonaviy ta'lim!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣ PDP EcoSystem asoschisi Odilbek Mirzayev boshchiligida kecha, 5-iyul kuni navbatdagi katta yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda jamoamiz yangi loyiha bo‘yicha muhokama o‘tkazdi, yangi talabalar qabulini ko‘rib chiqdi va talabalarimizning yanada yaxshiroq natijalarga erishishi uchun nimalar qilishimiz kerakligi haqida fikr almashdi.

🎯 Yig‘ilish davomida har bir loyiha rahbarlari o‘zining muvaffaqiyatlari va duch kelgan qiyinchiliklarini tahlil qilib, kelgusi oy uchun aniq rejalar belgilab oldi.

1️⃣ PDP EcoSystem jamoasi sifatida biz barchamiz birgalikda yuqori marralarga erishish uchun yana bir qadam tashladik.

🔛 Yaqin kunlarda yangi loyihamizni e’lon qilamiz, bizni kuzatib boring!

1️⃣ @pdpecosystem
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👍4👏2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📑 Yana bir sermahsul oy yakunlangani munosabati bilan PDP EcoSystem jamoasi keng ko‘lamdagi “Mothly meeting"ga yig‘ildi.

📌 2-avgust kuni iyul oyi hisobotlari bo‘yicha tahlil o'tkazish va yangi loyihalar muhokamasi uchun oylik yig'ilish tashkil etildi. Bu yig'ilishda PDP EcoSystemning barcha TOP menejerlari ishtirok etishdi va bir qator muhim masalalar yuzasidan qizg'in suhbat bo'lib o'tdi.

🤝 PDP EcoSystem jamoasining har bir qabul qilayotgan qarorlari hozirgi vaqtda o’qib turgan va kelajakda bizning loyihalarimizda ta’lim oladigan minglab yoshlarning hayotlarini yaxshi tomonga o’zgartirishga sababchi bo’lishiga aniq ishonamiz.

1️⃣ @pdpecosystem
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2
🤝PDP University Buyuk Britaniyaning Pearson BTEC tashkiloti vakillari Annabel Lawday, Ollie Wintle hamda mazkur tashkilotning Markaziy Yevropa va O‘rta Osiyodagi regional direktori Abdurashid Yakubov ishtirokida yana bir hamkorlik uchrashuvini o'tkazdi.

📑PDP University 2022-yildan buyon Buyuk Britaniyaning Pearson BTEC dasturi bo'yicha o'z talabalariga ta'lim berib kelmoqda va bitiruvchilar xalqaro diplomga ham ega bo'lishadi.

📈Tashkil etilgan suhbat davomida xalqaro diplom egalari bo'lgan talabalarni tayyorlash jarayonidagi yutuq va kamchiliklar, yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan fikrlar va turli takliflar o'rtaga tashlandi. Barcha masalalar atroflicha ko'rib chiqildi va istiqboldagi rejalar bo'yicha kelishib olindi.

📌Xalqaro hamkorlik ishlari universitetimizning ta'lim berish va kelajak kadrlarini tayyorlashdagi salohiyatini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.

1️⃣ @pdpecosystem
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2
❗️Kuni kecha PDP EcoSystem jamoasi uchun mehmonimiz Shuhrat Xoltayev ishtirokida maxsus seminar-trening tashkil etildi.

📈 Bir necha soat davom etgan jarayon mobaynida, qadriyatlarga asoslangan kompaniya yaratish va shu orqali yuqori natijalarga ko'tarilish, to’g’ri jamoa shakllantirish borasida bir qator muhim mavzular muhokama qilindi.

🌐 AQSHning eng yirik kompaniyalarida faoliyat olib borgan, ko'p yillik tajribaga ega mehmonimiz bilan tashkil etilgan mazkur treningda qatnashchilar o'z qarashlarida yangi burilish yasadi deyish mumkin.

🤝️️️️️️ Tashrif uchun Shuhrat Xoltayevga PDP EcoSystem jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

1️⃣ @pdpecosystem
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥6🥰3😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔊 Dam olish kunlari davomida PDP EcoSystem TOP menejerlar jamoasi ishtirokida kelajakdagi qator loyihalar muhokamasiga bag'ishlangan strategik sessiya tashkil qilindi.

📌 Menejerlar jamoasi tabiat qo'ynida, do'stona muhit va yuqori kayfiyatda kelajak uchun rejalar qilishdi va joriy vaqtdagi vazifalar yuzasidan fikr almashishdi.Bu kabi tadbirlar PDP EcoSystemning fidoyi xodimlari orasidagi birdamlikni yanada mustahkamlash hamda o'zaro hamjihatlikda faoliyat yuritishga va rivojlanishga katta yordam berishi shubhasiz.

🤝 Shuningdek mazkur tadbirni tashkil etishda yaqindan yordam bergan Timurbek Yadgarovga PDP EcoSystem nomidan chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

1️⃣ @pdpecosystem
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍3👏2😍1
⛺️"Strategy session" qanday o'tdi?

⚡️Tashkil etilgan tadbir davomida jamoamiz bilan turli mashg'ulotlar o'tkazdik. Kelajak rejalari haqida ochiq oydin muloqot qilindi va barcha o'z qarashlari va takliflarini bayon qildi.

🎯Butun bir jamoa yagona katta oilaga birlashdi. Sessiyaning har bir ishtirokchisi PDP EcoSystem'dagi o'rni va vazifalarini chuqur anglagan holda, o'zi uchun yangi ko'rsatmalar oldi.

🔋Kechki salqinlikda, olov atrofida o'tkazilgan suhbat, ayniqsa, oila davrasidagi fayzli muhitni yaratdi, deyish mumkin. Umuman aytganda sessiya o'ziga xos va barcha uchun birdek unutilmas bo'ldi.

1️⃣ @pdpecosystem
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍3❤‍🔥1🕊1