Programmer.uz || Dasturlash haqida – Telegram
Programmer.uz || Dasturlash haqida
1.59K subscribers
157 photos
140 videos
13 files
263 links
Axborot texnologiyalariga asoslangan har qanday ma'lumotlar.

Programmer UZ loyihasining rasmiy telegram kanali.

Muallif: Bobobek Turdiyev

YouTube: http://bit.ly/pYouTube

Sayt: www.programmer.uz

Aloqa: @programmeruzadmin
Download Telegram
Dasturlash bu hayotdagi muammolarni kompyuter orqali hal etishni anglatadi.

Bu hayotiy tushuncha. Agar soha tomonlama gapirsak, dasturlashni biror-bir tizimni avtomatlashtirish yoki muammoga yechim bo'luvchi dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish deb tushunish mumkin.

🔸 Umuman olganda, dasturlashning yo'nalishlari turlicha. Bu hayotga qanday vosita orqali yordam bermoqchi ekanligingizdan kelib chiqib, tanlanadi. Masalan, mobil ilova, kompyuter dasturi yoki web-sayt.

Bulardan qaysi biridan foydalanish siz uchun qiziq ko'rinayapti? 🤔
Dasturlashni nafaqaga chiqqaningizda o'rganishni to'xtatasiz...

Mobil ilovalar yaratishda ko'p hollarda Java dasturlash tilidan foydalanar edim. Lekin, oliygohda ayni vaqtda Mobile Programming kursi o'rgatilayotgan bo'lib, beriladigan vazifalar Kotlin dasturlash tilida bajarilishi kerak.

Ish tomonlama loyihalarni yaratishda bevosita Flutter texnologiyasidan foydalanib kelayapman. Ba'zi kunlarda bir kunning o'zida 3 ta texnologiyada ham kod yozishga to'g'ri keladi, lekin natija bitta - barchasi mobil ilova.

O'zim haqimda shu yerda yakun yasayman va sizga bir fikr beraman. IT kun kelib yo'nalishingizni o'zgartirishini talab qilishi shubhasiz. Yangilanishda bo'lishingiz, doimo o'qib izlanishda bo'lishingiz shart. Aks holda, qolib ketasiz.

@programmer_uz
Oddiy misol, bir necha yil oldin, javanoscriptni bilish yetarli bo'lgan bo'lsa, hozirda uning asosida qurilgan React, Angular, Vue kabi texnologiyalarni bilmasangiz sizni keragingiz bo'lmay qoladi. Qachondir php bilan yurgan bo'lsangiz, hozirda Laravel, Yii kabi frameworklarni, python bilan yurgan bo'lsangiz, Django, Flask kabilarni bilishingiz talab etilayapti.

Shunday ekan, nimani tanlay degan tushunchani kamaytiring. Keng fikrlang va kuningizning asosiy qismini o'rganishga sarflang. O'rganib bo'lib, ishga kirish degan tushuncha mavjud emas. Ishga kirib ham o'rganishda davom etasiz, har kuni yo'nalishingizda yuzlab yangiliklar sodir etiladi.

Dasturlashni faqat nafaqaga chiqqaningizdagina o'rganishni to'xtatasiz. Mabodo, o'shanda ham ishlamoqchi bo'lsangiz, yana o'rganishingiz kerak degani.

@programmer_uz
Kompyuter dasturlash orqali siz nimalar qila olasiz? 🧐

▪️Supermarketlarni kuzatgandirsiz? U yerda xaridlar kompyuter monitorida nazorat qilib borilayapti.

▪️Yoki, Paynet orqali to'lov qilganingizda raqamingizni tekshirish uchun monitorga qaratishadi, u yerda ham kompyuter dasturidan foydalanishayapti.

▪️Har xil korxonalar faoliyati, ishchilarning nazorat qilish dasturlari - kompyuterda ishlatiladi.

▪️Bulardan ham tashqari, o'zingiz kompyuterdan foydalanganda doim qaysidir dasturga murojaat qilasiz.

Qisqasi, hayotdagi muammolarni yechimi sifatida kompyuter dasturidan foydalanilmoqda. Agar sizning mahsulotlaringizdan (dasturlaringizdan) kompyuterda foydalanishlarini istasangiz, demak, bu yo'nalish aynan siz uchun.

@programmer_uz
Mobil (telefon) dasturlash orqali siz nimalar qila olasiz? 🧐

▪️Birinchi navbatda, telefoningizni kuzating, qanday dasturlardan foydalanayapsiz?

▪️Endi o'ylab ko'ring, siz ishlatayotgan dasturlar ishlab chiqqan dasturchilarga nima tomonlama foyda keltirayapti? (reklama, xizmat sotish va hokazo)

▪️Ishlatayotgan dasturingiz foydalanuvchilari qancha bo'lishi mumkin. (Buni Google Play yoki App Storeda ko'rish mumkin)

▪️Yig'ilgan ma'lumotlar orqali bitta dastur qancha foyda olib kelayotganligini taxmin qilish qiyin emas.

Mobil dasturchilarning dunyo bo'yicha o'rtacha maoshi yiliga $107 000+ ni tashkil etadi. O'zbekiston hududida esa, tajriba va bilimga qarab bir oy uchun $1000+ atrofida daromad ko'rishlari mumkin.

@programmer_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturlashdan biroz dam olib, "Kichkina xo'jayin" filmida Alisher Uzoqov òrniga rol òynaymiz.

Quyidagi montaj sizga yoqdimi?

Bu tayyor dasturda yuzni almashtirish emas, to'liq montajda tayyorlangan kichik lavha.

Montaj darslari mutlaqo 0 dan @bobobekuz kanalida berib borilmoqda.

👉 @bobobekuz
Java dasturlash tiliga kirish

Video davomida:
- JDKni o'rnatish
- IDE haqida
- Birinchi kodni yozish ko'rib chiqiladi.

Dars 👉🏻 https://youtu.be/GRb9knDmzmU

@programmer_uz
Java dasturlash tilida o'zgaruvchilar

Video davomida:
- Izohlar
- Data type
- O'zgaruvchilar
- Kiritish chiqarish kabilar ko'rib chiqiladi

Dars 👉🏻 https://youtu.be/gDtCkFQCLMg

@programmer_uz
Java dasturlash tilida arifmetik amallar

Video davomida:
- Arifmetik amallar
- Sodda hisob-kitob
- Inkrement va dekrement
- Prefix va Postfix

Dars 👉🏻https://youtu.be/UrLvL2QsUQM

@programmer_uz
Ko’pchiligimiz shaxsiy brend haqida eshitganmiz, lekin, ayrimlar uni faqat muvaffaqiyatli loyiha egalarida mavjud bo’ladi deb o’ylashadi.

Sizning shaxsiy brendingiz – bu o’zingizni qanchalar targ’ib qilishingizni anglatadi. Boshqacha aytganda, siz biror bir soha ustasi ekanligingizni brendingiz ko’rsatib beradi.

Masalan, siz dasturchisiz va qo’lingizdan turli loyihalarni yaratish keladi. Biroq, siz ish topa olmayapsiz. Lekin sizdek mutaxasisni...

To'liq postni pastki kanalda o'qishingiz mumkin ⤵️⤵️⤵️

@bobobekuz
Java dasturlash tilida mantiqiy amallar va shart operatori

Video davomida:
- Mantiqiy amallar
- If shart operatori
- Nested if statements

Dars 👉🏻https://youtu.be/8VbzhElD2eU

@programmer_uz
Java dasturlash tilida mantiqiy operatorlar

Video davomida:
&& AND (va operatori)
|| OR (yoki operatori)
! NOT (emas operatori)

Dars 👉🏻https://youtu.be/4s9qHkUQ4rY

@programmer_uz
Java dasturlash tilida tanlash operatori

Video davomida:
- switch
- case
- break

Dars 👉🏻https://youtu.be/Us4oAZpxXmA

@programmer_uz
Sun'iy intellektga qiziqadigan 200 kishi kerak.

Universitet doirasida bir mobil ilova ishlab chiqdik.

Bu ilovada sun'iy intellekt yordamida test varoqlarini analiz qilish mumkin.

Ilova yaxshi baholanishi uchun kamida 200 kishining (like tomonlama) e'tiboriga tushishi kerak ekan.

O'zbek tilida sun'iy intellekt ma'lumotlari juda kamligi bois, imkon qadar yangidan yangi ma'lumotlar berib boraman. Sizning hozirgi 30 soniyalik harakatingiz men uchun muhim.

P.S: Video izohida qoldirilgan har bir savolga shaxsan javob beraman. Bu postni boshqalarga ham yuboring

Quyidagi havola orqali videoga kirib, unga "like" - 👍🏻 bosib qo'ying:

👉🏻 https://youtu.be/s_IX2rNBpSI
Programmer UZ dan maxsus sovg'a!

Hech qanday kodlarsiz web-sahifalar yasashga mo'ljallangan "Landing Page" kursimizni 3 kishiga sovg'a qilamiz.

Shartlar:

Quyidagi videoga kirib like (layk 👍🏻) bosasiz:
🔗https://youtu.be/s_IX2rNBpSI

Izohda fikringizni yozib qoldirasiz

Like 300 taga yetganda izohlardan 3 kishini random tariqasida aniqlaymiz va videokursni mutlaqo bepul hadya qilamiz.

- Nega layk so'ralayapti?

YouTube algoritmiga ko'ra, layk video ko'proq kishiga yetib borishiga xizmat qiladi, bu esa yangi bilimlar boshqalarga ham yetib borishiga xizmat qiladi.

Aytgancha, bu videokurs sotuvda yo'q, bepul ham berilmaydi. Faqatgina g'oliblar undan foydalanishadi.

Barchaga omad!!!

@programmer_uz
Nechta real loyihalarda ishtirok etgansiz? (ishlab chiqishda bölgansiz)
Anonymous Poll
10%
10 dan ortiq
4%
5 tadan 10 tagacha
7%
2 dan 5 tagacha
9%
1 ta
70%
Hozircha faqat örganishdaman
Barchangizga kirib kelgan Ramazon oyi muborak bo'lsin va ro'zalaringiz qabul bo'lsin.

Bu oyda bilim istaganlar uchun Programmer UZ kurslarining barchasiga -30% lik chegirma taqdim etdik.

Kurslar haqida ma'lumotlarni quyidagi havola orqali bilib olasiz:
🔗 https://programmer.uz/courses