𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 – Telegram
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎
294 subscribers
855 photos
119 videos
1 file
348 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems

Savol va takliflar uchun: @mediumdagiaziza
Download Telegram
Eng ko‘p uchraydigan 12 ta fobiya

Araxnofobiya — o’rgimchaklardan qo’rqish

Ofidiofobiya — ilonlardan irratsional qo’rqish

Akrofobiya — balandlikdan qo’rqish.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, akrofobiya nevrozning yengil darajasi hisoblanadi.

Agorafobiya — odam gavjum joylardan qo’rqish

Sinofobia — Itlardan qo’rqish

Klaustrofobiya — tor va yopiq joylardan qo‘rqish

Misofobia — mikroblardan qo’rqish

Aviafobiya yoki aerofobiya uchishdan qo‘rqish.

Glossofobiya — omma qarshisida nutq so’zlashdan qo’rqish

Atixofobiya — muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqish

Ornitofobiya — qushlardan qo’rqish

Akvafobiya — suvdan qo‘rqish va suzishdan qo‘rqish

Fobiyalar haqida batafsil

@pslog
👍9💯21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tekis, ravon yo’ldan emas, aksincha, o’nqir-cho’nqirliklardan yurganimizda marraga tezroq yetishimizni ko’rsatuvchi eksperiment.

Pastga qulaganimizda yuqoriga intilish uchun kuch yig’ayotgan bo’lamiz. Yangi narsalarni o’rganamiz, o’zimiz uchun xulosalar chiqaramiz.

To'g'ri yo'l qanchalik mashaqqatli bo'lmasin, uning yakuni, albatta, hayrlidir.

Past-u balandliklar belingizni bukib qo’yishiga yo’l qo’ymang, doimo olg’a intiling!

@pslog
👍5🔥3💯1
Dunyo faqat charaqlagan quyosh va kamalaklardan iborat emas…

“Kel, senga o’zing bilgan bir narsani aytay. Dunyo faqat charaqlagan quyosh va kamalaklardan iborat emas, u juda yomon va rasvo joy. Qanchalik kuchli ekanligingning ahamiyati yo’q, u seni urib tiz cho’ktiradi va qarshilik qilmasang abadiy tiz cho’kkan holingda saqlab turadi. Sen, men yoki boshqa hech kim hayot urganchalik qattiq urolmaydi! Gap sening qanchalik qattiq ura olishingda emas, qanchalik qattiq urishganda harakatni davom ettira olishingda, qanchalik zarbalarni olib… yo’lingda davom eta olishingda. G’alabaga mana shu yo’l bilan erishiladi! Agar o’zing nimaga arzishingni bilsang, bor va o’zing arziydigan narsani qo’lga kirit! Ammo sen zarbalarni olishga tayyor bo’lishing kerak va zarba yeganda, u tufayli shunday bo’ldi, bu tufayli shunday bo’ldi deb boshqalarga barmoq o’qtalmasliging kerak. Qo’rqoqlar shunday qiladi va sen qo’rqoq emassan! Sen ulardan yaxshiroqsan!”

Rocky filmidan
Manba: azamat.uz

@pslog
❤‍🔥2👍2
All about psychology saytining Facebook sahifasida o’tkazilgan so’rovnomada sahifa a’zolaridan o’zlari yoqtirgan psixologik filmlarni aytish so’ralgan. So’rovnomada 2000 nafardan ziyod insonlar qatnashdi va ko’pchilikka manzur bo’lgan psixologik kinolarning top o’ntaligi e’lon qilindi. E’tiboringizga ulardan ayrimlarini havola etaman. 😊

https://link.medium.com/waUN2QfKsub
6👍1
Million dollarlik fikrlar

➀ Tanasida «Alloh» yozuvi bor baliqlar – so‘qirlar uchun. Aql egalari uchun baliqning o‘zi ham bir mo‘’jiza!

➁ Inson amal qilgan sari taqvosi oshadi, taqvosi oshgan sari, keyinchalik amali ham yanada oshib boraveradi.

➂ Kinolardagiga o‘xshash ta’sirli voqealar hayotda ham uchrab turadi. Faqat muzika chalinmagani uchun sezmay qolamiz.

➃ Har qanday bahsdan oldin o‘lchovlarni aniqlab olish kerak. Siz «bu 1 kilo» deb turgan narsangizni u «yo‘q, bu 2 metr» desa foydasi yo‘q.

➄ Odam o‘zi tushunmagan narsasini falsafa deb nomlaydi.

➅ Insonni yig‘lata oladigan sababga qarab o‘sha insonning saviyasini bilsa bo‘ladi.

➆ Ba’zilarga «odamga o‘xshasang-chi», degim keladi… Lekin uniyam qiynashni istamayman.

➇ Arzon insonlar bilan munosabatlar sizga qimmatga tushadi…

Manba: zamin.uz

@pslog
8👍3🔥2👎1
Turli kasbdagi insonlarning qalamlari ✏️

@pslog
6👍1🤔1
Ishonch — tabiiy narsa.

Hech kim ishonchsizlik bilan dunyoga kelmaydi. Go’daklarga e’tibor bersangiz, ular o’z-o’zidan emaklay boshlaydi, qiziquvchanlik bilan atrofidagi narsalarga qo’lini cho’zadi. Qo’rquv, xavotir ular uchun begona.

Ishonchsizlik keyinchalik paydo bo`ladi. U orttirilgan muammo.

https://link.medium.com/hOoYpBFuQub
7👍1