𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 – Telegram
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎
294 subscribers
855 photos
119 videos
1 file
348 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems

Savol va takliflar uchun: @mediumdagiaziza
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sun’iy intellekt insonda ayni damda kechayotgan hıs-tuyg’ularni o’qiy olishi haqiqatga aylandi.

Videoda aktyor Uil Smit ko’rinishidan ancha xotirjam!

Yuzimizdagi imo-ishoralar sun’iy intellektni chalg'itishi mumkinmi?

Ushbu ajabtovur loyiha muallifi – Rondinelli Morais

@pslog
👍91
Stereotiplarning zararli ta’siri – ulardan qanday qutulish kerak?

Ushbu maqola aynan shu haqida: https://link.medium.com/DNpX5QBZtwb
👍7💯21
Ichki olamimizni fikrlarimiz bilan barpo qilamiz, ya’ni biz – o’z fiklarimiz mahsulimiz. Insonni inson qiladigan ham, insoniylikdan judo qiladigan ham uning fikridir.

@pslog
👍91
Friderix Vilgelm Nitsshe;

Otasi vafot etganida yig’lamadi.
Vagner unga atab o’n yillab kitob yozganini eshitganida yig’lamadi.
Rafiqasi uni tark etganida, Salomeyedan rad javobi olganida ham yig’lamadi.

Ammo, Nitsshe qamchilangan bir ot bolasini ko’rgach, unga “men sening ahvolingni tushunaman.” “Ona, men bir ahmoqman.” degancha, uni quchoqlab ko’zlariga yosh oldi. Shu voqeadan so’ng, u aqlidan ayrildi.

Nitsshe hayotni boshqalarga qaraganda teranroq his etgan. Ushbu falsafiy hayot yo’lining siri shunda:

Og’riqni his qilyapsan, demak, tiriksan.
Birovning og’rig’ini his qilyapsanmi, demak, INSONSAN


Yig’layapsanmi, demak, tushunyapsan…

@pslog
👍81
Piter Pen sindromi haqida eshitganmisiz?

Psixologiyada bu atama ruhan ulgʻaymagan va bolalik davriga bogʻlanib qolgan odamlarni tasvirlash uchun ishlatiladi.

Ushbu sindrom haqida birinchi marta psixoanalitik doktor Dan Kiley tomonidan 1983-yilda nashr etilgan "Piter Pen sindromi: hech qachon ulgʻaymaydigan erkaklar" kitobida ma’lumot berilgan. Doktor Kiley “Piter Pen sindromi” iborasini J. M. Barrie spektaklidagi mashhur qahramon, ulgʻayish va mas’uliyatni qabul qilishda qiyinchilikka uchrayotgan Pıter Pen ismli bolakay nomidan olgan.

Piter Pen sindromi ruhiy kasalliklar diagnostikasi va statistik qoʻllanmasida (DSM-5) kasallik sifatida tan olinmagan.

@pslog
🔥4👍31🕊1
Bir bolaning uchta ota-onasi bor. Onasi, otasi va bu ikkala inson o'rtasidagi munosabat. Uchinchi ota-onaning ta'siri har ikkisinikidanda kuchliroqdir. (Bayron Norton)

Bolaning uchta ota-onasi bo’ladi. Onasi, otasi va ota-ona o’rtasidagi oilaviy munosabatlar. Biz insonlar orasidagi ilk munosabatlarni aynan ota-onamiz munosabatlarida ko’ramiz. Atrofdagi insonlarga qanday munosabatda bo’lishni ikkisining munosabatlaridan kuzatib o’rganamiz. Oiladagi qo’pol va qo’rs muomala, sovuqqonlik va zaharli muhit bolada chuqur ruhiy jarohat qoldiradi. Uning izlari yangi qurilayotgan hayotga ko'chmasligiga kim kafolat beradi?!

@pslog
👍7🔥21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aslida, tabiiylikdan qanchalik uzoqlashsak, o'zligimizdan ham shunchalik yiroqlashib boramiz. Mana kapitalizm asiriga aylangan ayol...

@pslog
💯101👍1🌚1
Har doim ham biz o'ylagandek bo'lavermaydi.

@pslog
👍12💯43
Dostoyevskiydan go'zal bir savoi:

Nega inson ichidagilarni ochiqchasiga aytmaydi?

@pslog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yorug’lik borligini bilishing uchun, tabiiyki, zulmat kerak. Bir surat solish uchun qayta-qayta qarama-qarshi ranglardan foydalanish kerak bo'ladi: oq va qora, qora va oq. Tamoman oq rang bilan hech narsaga erishmaysan. Faqat qora ranglar bilan jilvakor rasmlar chiza olmaysan. Hayot ham shunga o'xshaydi. Baxtli kunlarga yetganingni bilishing uchun ba’zi-ba’zida qayg’uli damlardan o'tishing kerak. Men o’sha yaxshi kunlarga intizorman.” ... Bob Ross 🤍

@pslog
😍3
Psixologiya haqida bilishingiz kerak bo’lgan yetti narsa

1️⃣. Agar siz psixologiyadan xabardor bo’lsangiz, odamlar sizni fikrlarni o’qiy oladi deb o’ylashadi. Ularga boshqachasini tushuntirishga harakat qilmang, aks holda buning qizig’i qolmaydi.

2️⃣. Wikipedia sahifasi ma’lumotlariga qaraganda, ingliz tilida psixologiya so’zini psycology shaklida qo'llash holatlari ko’p uchrab turar ekan.

3️⃣. Psixologiya yordamida ko’plab fobiyalarni davolash mumkin. Ayniqsa, kouchlar sharofati bilan kresloda o’tirishdan irratsional qo’rquvni davolash imkoni paydo bo'ldi...

4️⃣. Oddiy qilib aytganda, psixolog va psixiatr o’rtasidagi farq: dorilar va yiliga 20 ming dollar.

5️⃣. Odatda psixolog va sotsiolog bir-biridan faqat soqoli bilan ajralib turadi.

6️⃣. Psixologiya yo’nalishidagi talabalarning aksariyat qismini ayollar tashkil etadi, bu fandan dars beruvchi o’qituvchilarning aksariyat qismini esa erkaklar tashkil etar ekan.

7️⃣. Ters psixologiyadan hech qachon foydalanmang. U sariq chaqaga ham arzimaydi. Uni qo’llash mantiqsiz va odobsizlikdir. Iltimos, quyidagi videoning ustiga bosmang.

https://youtu.be/wsBon3DTwIY
👍5💯1
Bolalarning ko'zlari chiroyli bo'ladi..
Nega...deysizmi?
Chunki , ularning ko'zlarida...na g'azab va na nafrat bor..

@pslog
😍5
Har birimiz uchun 6 ta foydali Ted ma'ruza

@pslog
🔥63👍2