𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 – Telegram
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎
294 subscribers
854 photos
119 videos
1 file
347 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems

Savol va takliflar uchun: @mediumdagiaziza
Download Telegram
Guruch donalariga yozish san'ati haqida eshitganmisiz?

Men eshitgandim-u, lekin unchalik qiziqmagandim.

Istanbul Arter san'at muzeyidagi o'zgachalik va soddalik, san'at va musiqa, barmoqlar va ranglar, ranglar va yorug'lik uyg'unligi esa meni o'ziga tortdi.

🎞 Güzellik ve Çoküş | Beauty and Decay deb nomlangan yuqoridagi ikki kartina boshdan-oyoq guruch donalaridan yasalgan ekan. Birinchi kartina Güzellik deb nomlanishiga sabab, undagi asosiy mavzu go'zallik va nafosat. Keyingisi, Çokuş esa o'tkinchilik haqida.

Aziza's Psychology Blog
😍7👌2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har kuni shkafdan kiymingizni tanlagan singari fikrlaringizni ham saralashni o'rganing. Bu qobiliyatni odam o'zida rivojlantirishi mumkin. Agar o'z hayotingizning bekasi bo'lishni istasangiz, miyangizdan boshlang. Idrokni boshqara bilish kerak. Fikrlarimiz qat'iy emas.

📹 Eat Pray Love filmidan

Aziza's Psychology Blog
🔥3👍2
Bugun Xalqaro uzr so'rash kuni ...

Ba'zi insonlar kechirim so'rashni ortga suradi. Ba'zilar esa umuman kechirim so'ramaydi, chunki o'z xatosini tan olmaydi. Uzr so‘rar ekanmiz, shu inson bilan munosabatlar va uning fikri - biz uchun qadrli ekanini bildirgan bo‘lamiz.  

Siz qanday fikrdasiz?  Kechirim so'ragan yaxshimi yoki xatosini tan olmagan ma'qulmi?

Aziza's Psychology Blog
9👍3🔥1
Bitta maqola yozish uchun ...

internet titkilaysan;

qiziqroq mavzu izlaysan;

uni topgandan so'ng, o'qib oldin o'zing "xazm qilasan"

tarjima qilishda qancha so'zlar, yangi terminlarga duch kelasan va yana internet titkilaysan ...

yo'l-yo'lakay qanchadan-qancha maqolalarni o'qiysan – mavzuni chuqurroq anglash uchun.

Xullas, ozgina bo'lsa ham mehnat qilasan — ter to'kasan!

Keyin, kimdir o'sha maqolalaringni YOPPASIGA ko'chirishni boshlaydi ...

@kitob_ombori elleriniza sağlık 🙏 qo'llaringiz dard ko'rmasin!
👍14🤣7
Vinni Puh va uning do'stlaridan olgan xulosalarimizdan atigi bittasi 🍯

Aziza's Psychology Blog
👍11🙏52🔥2
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎
Photo
Alan Aleksandr Milne "Vinni Puh" asarini urushdan keyingi davrlarda yozgan. Urush xunrezliklarini o'z ko'zi bilan ko'rgan yozuvchining o'zi ham ruhiy hastalik – PTSD(Post-travmatik stress)dan aziyat chekkan. 

Bu haqida "Alvido, Kristofer Robin" nomli film ham ishlangan: https://youtu.be/uQq3aFSijRg

P.S Yuqoridagi postga bildirgan fikr va reaksiyalaringiz uchun rahmat ❤️
4👏2🔥1
Bola qachon o'zini tanishni boshlaydi?

18 oylikdan boshlab bolalar o'zini alohida shaxs sifatida anglay boshlaydi va bu jarayon 3-4 yoshgacha davom etadi. Ammo, qaysidir ma'noda, biz kattalar ham shaxs sifatida o'zimizning yangi qirralarimizni kashf etishdan to'xtamaymiz.

O'zini alohida shaxs sifatida anglay olgan bola ko'zgu qarshisida o'z qiyofasini taniy oladi. Buni aniqlash uchun psixologiyada maxsus test mavjud. Bu testni uy sharotida har bir ota-ona o'z farzandida sinab ko'rishi mumkin. Buning uchun kichkintoyingizni oyna qarshisiga olib keling. Uning burni ustiga yoki yuzining biror qismiga yorqin rangli bo'yoq surib qo'ying. Agar u o'zini tanishni boshlagan bo'lsa, ko'zgudagi qiyofasiga emas, yuzidagi bo'yoqqa qo'lini cho'zishga harakat qiladi.

Manba: https://youtu.be/M2I0kwSua44

#buqiziq #psixologiktest
6👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tasavvur bilimdan kuchli. Bilimda chegara bor, tasavvurda esa yo’q. Ammo bilim tasavvurimizni kengaytiradi.

Albert Eynshteyn shunday degan edi. Lekin, u (AI)Sun’iy Intellektdan foydalanmagan;)

Insonning zakovati u biladigan faktlar miqdorida emas,
balki ular vositasida dunyoviy muammolarni qanday yo’l bilan kreativ hal qila olish mahoratida.

Bugungi kunda AI(Suniy Intellekt) yordamida har qanday formula,
istalgan ilmiy ma’lumotni bir zumda izlab topishimiz va ilg’or hisob-kitoblarni bajarishimiz mumkin.

Har qanday odam butun boshli ensiklopediyani o’qib bilimli bo’lishi mumkin. Lekin hamma ham ilmiy muammolarga yechim izlab, fanda kashfiyot qilavermaydi.

Ilmi bilan tanilgan Bill Geyts, Mark Zukerberg va Larry Ellisonlar universitetni bekamiko’st tamomlay olishmagan. Agar insonning ilmi universitetda olingan bilim bilan o’lchanadigan bo’lganda edi, bu uchala jentelmen dunyodagi eng bilimdon insonlar ro’yhatiga hech qachon kirolmasdi.

Tasavvur qilishdan, orzu qilishdan to’xtamang! 😌


@pslog
🔥72😍2👍1
#ghosting

Bir insonning hech qanday sababsiz ikkinchi inson bilan munosabatlarni uzib qo’yishi ghosting deb ataladi.

Davomi: https://azizapulatova.medium.com/ghosting-nima-erkak-kishi-nega-unga-qol-uradi-92202e15505a
👍5👀3
Aytingchi, go'zallik o'zi nima?

Go’zallik xususida hamma ayni fikrdami?

San’atning nima keragi bor?

Ijodkor ijod jarayonida mustaqil fikrlay oladimi?

Har bir inson ijodkormi?

kabi bir-biridan qiziq savollarga ushbu maqola orqali javob topasiz.

https://azizapulatova.medium.com/gozallik-va-san-at-nima-6a0b1ae121c0
5👍2
Insonlar borki,
Hayotimizga kelib, ketadilar.
Qaysi birlaridir zilzila bilan,
Qaysi birlaridir chaqmoqlar bilan ketadilar...
Men esa qolganlar tarafidaman.
Ketmaganlarning sadoqati va sabrini,
Quchoqlab, qoʻyib yubormaganlarning taftini
Sevaman...


Shams Tabriziy

Aziza's Psychology Blog
10