𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 – Telegram
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎
293 subscribers
855 photos
119 videos
1 file
348 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems

Savol va takliflar uchun: @mediumdagiaziza
Download Telegram
– 2 yoshli bolam mehmonda “odamdek” o’tirmaydi,

– 3 yoshli farzandim har bir gapimga “yo’q” deb qaysarlik qilgani qilgan,

– 4 yoshli bolam o’yinchoqlarini o’rtoqlariga bergisi kelmaydi,

– 5 ga kirgan farzandim o’rtog’ini boshqalardan qizg’anadi,

degan shikoyatlar tez-tez qulog’imizga chalinib turadi.

Aslida, bularning barchasi bolaning yoshiga uyg’un bo’lgan xulq-atvorlardir.

Ehtimol, inson bolasi bo’lishning eng katta kamchiligi — kattalardan unchalik farqli bo’lmagan jismda dunyoga kelishimizdadir. Qurbaqa bolasidek itbaliq yoki kapalak qurti holida tug’ilganlarida edi, mitti murg’aklardan yosh chegarasidan tashqaridagi xulq-atvorlarni kutmagan bo’lar edik.

Dr. Sabiha Paktunaning "Bolalar bilan to’g’ri munosabat qurish" kitobidan

@pslog
👍8
Professor, Doktor Nevzat Tarhanning "Ayol psixologiyasi" nomli ilmiy kitobidan tarjimalar boshladim. Kitob qiziqligiga qaraganda tarjima uzoqroq davom etadi)

Kitobdan ayrim fikrlar:

Ayol va erkak o’rtasidagi farqlarni tushunish

Ikki xil jins egalari o’zlarining bir-biridan farqli bo’lishi kerakligini bilishi sog’lom munosabatlarga qo’yilgan ilk qadamdir. Aks holda, boshqa bir insonning hislari bizniki kabi bo’lishini yoki boshqalarning istaklari biznikiga o’xshashini kutamiz. Bu esa imkonsiz, to’g’ri emas, shart ham emas. Chunki, inson zoti bir xil yaratilmagan. Sevgan insonimizga qanday muomala qilsak, undan ham shunday muomalani kutish yetilmagan shaxsiyatdan darak beradi. Kimdir o’z sevgisini so’zlar bilan, yana kimdir sovg’alar bilan izhor qilishga harakat qiladi. Yana kimdir muhabbatini yordam tariqasida, ba’zilar esa quchoq, ya’ni fiziologik yaqinlik bilan ko’rsatishadi. Munosabatlarni mustahkamlash jarayonida o’rtadagi bu kabi farqliklarni tushunish muhimdir.

Sevgi abadiymi?

Ayol va erkak munosabatlarida eng dolzarb savollardan biri aynan shu bo’lsa kerak. Yangi turmush qurgan juftliklarda romantik hissiyotlar ancha kuchli bo’ladi. Keyingi bosqichda xarakter va ustunlik bilan bog’liq ziddiyatlar o’rtaga chiqa boshlaydi. Har ikki tomon aqilli yoki omadli bo’lishsa, bir-biriga bog’lanib qolish bosqichiga o’tishadi. Oiladagi ishq-muhabbatning, ya’ni romantik tuyg’ularning saqlanib qolishi o’zaro yaxshi munosabatlar qurishga bog’liqdir. Shuning uchun, sevgi —  yaxshi munosabatlarning sababi emas, balki uning mevasidir.

Sevib qolish sehirli tuyg’ular og’ushida yashash demaktir. Bu boshqa-boshqa insonlarning birlikta bo’lishi. Bu tuyg’u qarama-qarashi tomonlarning bir-biriga bo’lgan umidlarini ko’paytiradi. Erkak kishi ayolidan o’zi kabi fikrlashini kutsa, ayol kishi ham eridan aynan shuni kutadi. Ikki sevishgan jarohatlana boshlagan bu munosabatni tuzatish uchun bir-biriga kerakli vaqt ajratmasa, umidlar so’na boshlaydi.

Munosabatlari haqida qayg’urgan odam uni mustahkamlash uchun o’ziga shu savollarni berishi kerak. “Nega o’rtamizda kelishmovchiliklar kelib chiqyapti, bu kelishmovchiliklarning orqasida aslida nima turibdi?”

P.S. davomi bor

@pslog
10👍2🔥2👏1🆒1
Shaxsiy chegaraga salbiy tushuncha sifatida qaralmasligi kerak; Bu odamlarga sovuq va bee’tibor munosabatda bo’lish degani emas.

Shaxsiy chegara, bu – o’z ehtiyojlarimiz va qadryatlarimizga bo’lgan hurmatdir.

Sizning shaxsiy chegaralaringiz biror vaziyat va insonlar qarshisida qanday harakat qilishingiz kerakligini hal qiladi.
Munosabatlaringizda to’xtash kerak bo’lgan nuqtalarni yodingizga solib turadi.

@pslog
14👍1
Ginofobiya haqida hech eshitgamisiz? Izohlarda yozib qoldiring

@pslog
😱113👍1🕊1
Perfektsionizm haqida qiziq bir hikoya

O’tmishda mashxur bir haykaltarosh bo’lgan ekan. U shunday nodir haykallar yasar ekanki, ko’rganlar ularni tirik odamdan ajrata olmas ekan.

Kunlardan birida bir kohin unga o’limi yaqinlashganini aytibdi. Haykaltarosh juda qo’rqib ketibdi, yashashni xohlagani uchun o’limdan qochmoqchi bo’libdi va chorasini topibdi. Haykallar bilan Azroilni chalg’itmoqchi bo’libdi. O’ziga o’xshagan 10 haykal yasabdi.
Azroil kelishi bilan o’sha haykallar orasiga kirib olibdi va nafasini ichiga yutibdi. Azroil biroz tik turgach, shunday debdi.

“Janob, bir nuqsonni hisobga olmasak, hammasi mukammal. Ta’rifga til ojiz, lekin bir nuqtani ko’zdan qochiribsiz, kichik bir xatosi bor ekan.” Buni eshitgan haykaltarosh shu zahoti, “Qanaqa xato? Bo’lishi mumkin emas!” deya qarshilik bildirishga tushgan ekan, Azroil “Mana shu sening xatoying” debdi-yu, haykaltaroshni o’zi bilan olib ketibdi.

Bu hikoya perfektsionizm va kibr orasida ba’zan o’ta kichik farq bo’lishini ko’rsatib bergan.

@pslog
306🔥2👍1
Ko’zlar bilan teginish, so’zlar vositasida ta’m bilish sinesteziyasi o’zi nimaligi haqida “bir-ikki og’iz”…

#sinesteziya #mirrortouch

@pslog
👍8👀4🤔2
Inson miyasi xuddi kompyuterga o’xshab ishlaydi. Kompyuter ishlashi uchun unga maxsus buyruqlar va dasturlar yuklanadi. Miyangizga “natija yaxshi bo’lmaydi” degan dasturni yuklasangiz, u ham boshqachasiga ishlay olmaydi. Aksincha, “Hammasi hayrli bo’ladi” degan buyruqni bersangiz, u ham siz bilan birga ter to’kadi.

Neyrofiziologlarning fikricha, inson miyasi har bir qadamni yarim soniya oldin rejalashtiradi. Biroq, shuni ham unutmaslik lozimki, inson o’z ongini o’zi boshqaradi. Qarorlarni ongimizga o’zimiz beramiz. Ya’ni, biz miyamizni o’zimiz istagancha ishlatishimiz, fikrlarimizni tartibga solishimiz va ba’zi ishlarga yo’naltira olishmiz mumkin.

Bosh miya ustida ko’plab tadqiqotlar o’tkazilgan. Dr. Martin Seligman tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda, pozitivlik va ijobiy fikrlashning; maktabda, sportda, ish hayotida va o’zaro munosabatlarda muhim o’ringa egaligi aniqlangan. Juda ko’p narsalarning siri “ijobiy fikrlash” dadir!

Aytingchi, muvaffaqiyatli pessimistni uchratganmisiz?

@pslog
👍144
Sotsiofobiya – ko’plab insonlarni hayotdan qochib yashashga majburlaydigan, haqiqatdan ham bor bo’lgan potensialini namoyish etishdan cheklab qo’yuvchi ruhiy buzulishdir. Son-sanoqsiz insonlar ushbu darddan aziyat chekishadi. Yoshligi sotsiofobiya bilan bog’liq muammolar ichida kechgan psixolog Yildiz Burkovik ushbu kitobda o’z boshidan kechirganlarini ham bir bemor, hamda bir olima nigohidan xotirlab yozgan ekan. 

Davomini bu yerda o'qishingiz mumkin: https://azizapulatova.medium.com/sotsiofobiya-ochiq-va-yashirin-yuzlari-b64a12dbfee7

P. S. Avvalgi postlardagi ayrim fikrlarni aynan shu kitobdan olgan edim.

@pslog
🔥11👍752
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Teseyning Kema Paradoksi

Teseyning kemasi olis va mashaqqatli sayohatlarga chiqqani uchun kema qismlari vaqt o’tishi bilan eskira boshlagan. Kema ustasi kemaning parchalangan qismlarini birma-bir yangilagan va oqibatda, kemaning birorta ham asl parchasi qolmagan. Lekin, e’tibor bering: kema suzishdan to’xtamagan va kemaning barcha qismlari birdaniga yangilanmagan. Kema parchalari vaqti-vaqti bilan o’zgartirilgan. Savol quyidagicha:

Dengizga ilk bor yo’l olgan kema original kemami yoki yangi parchalari bilan qirg’oqqa qaytgan kema original kema hisoblanadimi?

@pslog
🔥11👍4
Narsissisizm va uning tarixi haqida ko'pchilik bilsa kerak. Maternal narsissizm va narsissistik oila haqida eshitganmisiz?

Bu kitob aynan shular haqida ekan.

Quickreview

@pslog
🔥10👍1👏1
“Stokholm sindromi” haqida eshitganmisiz?

@pslog
👍62
Har qalbning bir ranggi bo’ladi, uning egasi yurgan manzillarda iz qoldiradigan…

Aslida hayotda, qaysi yo’ldan yurganing, qaysi cho’qqilarni zabt etganing yoki qaysinisidan qulab tushganing muhim emas, ishon menga…

Yakunda, sen ham boshqalar yurgan so’qmoqlarni bosib o’tyapsan, shu xolos…

Asl haqiqat, shu yo’llardan o’tayotganda qoldirayotgan izlaring…

Chunki, ortingda gul qoldirsang, hidi, tikan qoldirsang, og’rig’i sendan esdalik bo’lib qoladi…

Va sen, undan o’zga bo’lmaysan…undan o’zgasi bo’lolmaysan…

Afsuski, uzundan-uzoq umrning qisqa xotimasi shunday … Tanlov seniki…

✍️ Yavuz Şen

@pslog
18👍51🤔1😐1
Psixologlarning fikricha, inson butun umri davomida 150 kishidan ortiq do’st orttira olmas ekan. Bunga “Dunbar soni” degan alohida nom ham berilgan ekan. Oksford Universititetining 76 yoshli o’qituvchisi Robin Ian MakDonald Dunbar esa har kim istagancha do’st orttira olishini, biroq ishonchli va qadrdon do’stlar chegarasini 150 kishidan oshirmaslikni ma’qullamoqda.

To'liq o'qish: https://azizapulatova.medium.com/a12adae713d3

@pslog
👍14
Birovni koʻrsatib, uni ayblayotgan paytingiz koʻrsatkich barmogʻingiz unga, qolgan uch barmogʻingiz oʻzingizga qarab turgan boʻladi. Gʻalati, shunday emasmi?

Zigmund Freyd

@sanduvoch_uz
🔥23💔5🕊1