𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 – Telegram
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎
294 subscribers
855 photos
119 videos
1 file
348 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems

Savol va takliflar uchun: @mediumdagiaziza
Download Telegram
“Stokholm sindromi” haqida eshitganmisiz?

@pslog
👍62
Har qalbning bir ranggi bo’ladi, uning egasi yurgan manzillarda iz qoldiradigan…

Aslida hayotda, qaysi yo’ldan yurganing, qaysi cho’qqilarni zabt etganing yoki qaysinisidan qulab tushganing muhim emas, ishon menga…

Yakunda, sen ham boshqalar yurgan so’qmoqlarni bosib o’tyapsan, shu xolos…

Asl haqiqat, shu yo’llardan o’tayotganda qoldirayotgan izlaring…

Chunki, ortingda gul qoldirsang, hidi, tikan qoldirsang, og’rig’i sendan esdalik bo’lib qoladi…

Va sen, undan o’zga bo’lmaysan…undan o’zgasi bo’lolmaysan…

Afsuski, uzundan-uzoq umrning qisqa xotimasi shunday … Tanlov seniki…

✍️ Yavuz Şen

@pslog
18👍51🤔1😐1
Psixologlarning fikricha, inson butun umri davomida 150 kishidan ortiq do’st orttira olmas ekan. Bunga “Dunbar soni” degan alohida nom ham berilgan ekan. Oksford Universititetining 76 yoshli o’qituvchisi Robin Ian MakDonald Dunbar esa har kim istagancha do’st orttira olishini, biroq ishonchli va qadrdon do’stlar chegarasini 150 kishidan oshirmaslikni ma’qullamoqda.

To'liq o'qish: https://azizapulatova.medium.com/a12adae713d3

@pslog
👍14
Birovni koʻrsatib, uni ayblayotgan paytingiz koʻrsatkich barmogʻingiz unga, qolgan uch barmogʻingiz oʻzingizga qarab turgan boʻladi. Gʻalati, shunday emasmi?

Zigmund Freyd

@sanduvoch_uz
🔥23💔5🕊1
Siz qaysi toifadagi prokrastinatorsiz?

Credits: The New Yorker

@pslog
10😁3😱2🤣1
They mess us up…
🥴7😢4🙈2
O’ylayapmanmi, demak mavjudman.

Haqiqiy dunyoda yashayotganimizni qanday qilib bilish mumkinligi haqida turli fikrlar mavjud. Ulardan eng mashxuri faylasuf Rene Dekartning “Cogito ergo sum” iborasidir. Borliqdagi narsalar illyuziyadan tashkil topmaganini bilishning yagona yo‘li bu – fikrlashdir.

Matritsa kinosi ham ana shu g’oya asosida yaratilgan edi: “Inson o‘zi yashayotgan dunyoni savol ustiga qo‘yayotgan ekan, demak, u simulyatsiyada emas”

@pslog
12👍4🔥4💋2
Bolaning muloqot qila olmasligi - Autizm haqida

Bola nutqi va tili rivojlanishida bolaning to'g'ri emotsional rivojlanishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Bola muloqot qilishni xohlashi kerak. Lekin muloqotdan o'zini olib qochadigan bolalar uchrab turadi. Buning sababi ko'p va turlicha bo'lishi mumkin.

Masalan, yomon oila va atrof-muhit tarbiyasi, cho'chib ketish bilan bog'liq psixik shikast, bolaning oiladan birdan ajralishi, yoki kasalxonaga tushib yolg'izlanib qolishi, duduqlanish va boshqalar.

Bolaning muloqot qila olmasligi AUTIZM deb ataladi - bunda bola umuman "o'ziga kirib ketib", atrofdagilar bilan aloqa qilmaslikni istaydi. Bu holat bolada psixologik kasallik mavjudligidan dalolat beradi. Bunday bolalar atrof-muhitga hech qanday qiziqish bildirmaydilar, qo'rquv ko'rsatkichlari bolada namoyon bo'lib turadi.

@pslog
👍6
Noma’lum tilni tushunishingiz qiyin bo‘lganidek, autizmga uchragan kishilar ham yuz ifodangizni tushunishi qiyin.
🔥5
Bolada kichikligidanoq autizm alomatlarini aniqlash mumkin:

1. Bunday bolalar kattalar bilan har qanday aloqadan o'zlarini olib qochadi, masalan, boshqa bolalar singari onasiga yopishmaydi.
2. Ko'zga tik qaray olmaydi
3. Ko'z uchi bilan qarash odati ko'p kuzatiladi.
4. Tovushlarga reaksiya qilmaydi (buni ko'pincha bolada eshitish qobiliyati pasayishi bilan adashtirish mumkin)
5. Bola muloqot qilsa ham tabassum, kulgi, mimika kabi emotsiya qilolmaydi.
6. Bola uyqusi buzulgan bo'ladi.
7. Bola suhbat qilsa ham, boshqa tomonga qarab hech kim bilan gaplashmayotgandek o'zini tutadi.
8. Bola doim nimadandir qo'rqib turadi (oddiy chiroq ham qattiq qo'rquv sabachisi bo'lishi mumkin)
9. Xatar nima ekanligini ham bilmasligi mumkin. Masalan, mashina yo'liga chopib ketadi, baland joylardan sakrab o'zini otadi.
10. Bolada atrof bilan muloqot qilishga ichidagi kuchli qarshilik yo'l qo'ymaydi. Bola doim iltimos, talab va harakatlarga qarshilik ko'rsatgisi keladi.

Ko'pincha ota-onalar autizm alomatlarini anglay olmay bola erkalik qilyapti, shoxlik qilyapti, quloq solmayapti deb bolani kuch bilan tinchlantirmoqchi bo'ladi yoki bolaga qo'yilgan talablarni bajarish uchun jazolash usullarini ham qo'llaydi. Bunday muomala bola psixikasiga battar ta'sir ko'rsatib, bolaning psixologik holatini yanada og'irlashtirib yuboradi.

Bolada autizm alomatlarini sezsangiz, uni psixiatrga ko'rsating.

@pslog
👍10🔥2
Baxt uchun ko’p narsa kerakmas. ☕️
20👍7👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tanishing, bu Sarah!

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti(JSST) tomonidan ishlab chiqilgan virtual yordamchi. Ingliz tilidan tashqari rus va yana bir qancha tillarda so’zlasha oladi.

Ruhiy va jismoniy salomatlikka oid sizni qiynayotgan savollarga javob olib suhbat qurishingiz mumkin. 💪

🔗 https://www.who.int/campaigns/s-a-r-a-h


@pslog
9👍1