Ramzbek Nurkulov — BLOG – Telegram
Ramzbek Nurkulov — BLOG
413 subscribers
246 photos
52 videos
3 files
83 links
Tadbirkor. Enter Marketing Agency rahbari

Shaxsiy: @nurqulov
Download Telegram
Instagram'da Namangandagi Avto moyka reklamasi chiqyapti.

Tasavvur qiling, men Qarshidan Namanganga borib moshinamni yuvdirib kelsam😅

👉🏻 @ramzbek
😁16😱4
Forwarded from Sardor Sodikov - Blog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Osmondagi bolalar” loyihasida Sardor Sodikov — suhbatdan parchani tomosha qiling!

Bebaho o'n yil haqida

Nihol uchun o'z vaqtida berilgan e'tibor uning kelajakda yuksak daraxt bo'lib unishi uchun xizmat qiladi. Farzand tarbiyasi uchun safrlangan vaqt ham uning kelajagi uchun shunchalik ahamiyatli — Sardor Sodikov.

Osmondagi bolalar” ning ushbu yangi soni premyerasi 14-yanvar, juma kuni, soat 20:00 da bo'lib o'tadi.

🔗 Youtube orqali koʻrish uchun havola: https://youtu.be/ko28rBgQoQo

👉🏻 @sardorsodikov
👍4🔥1
Marketingni oʻrganish qiyinmi?

Yaxshi yangilik: uni bir kunda o'rganish mumkin.
Yomon yangilik: uni butun umr oʻrganish mumkin.

Filip Kotlerning «Marketing A dan Z gacha» kitobidan lavha!

⌛️
2/50 jarayonda…

#yangikitob #parcha

👉🏻 @ramzbek
🔥8🤩3👍2
Ustozimiz va akamiz Sardor SodikovOsmondagi bolalar” loyihasining navbatdagi sonida mehmon boʻldilar.

🚀 27 yoshli Sardor akaGlobal Education” oʻquv markazi rahbari (kamina ushbu markazning marketologi hisoblanadi) va asoschisi, “Shuhrat” medali sohibi, eng yosh Prezident maktabi direktori va 75 000 $ mukofot yutgan startap asoschisi

Ushbu suhbat barchamizga manfaatli boʻladi degan umiddamiz!

💥 Suhbat premyerasi, bugun, soat 19:30 da bo’lib o’tadi. Videoni ko’ring va uni do'stlaringizga ham tavsiya qiling. Zero, bu suhbat ular uchun ham manfaatli bo’lishi mumkin!

Premyeraga havola: https://youtu.be/E8h-C01iQEw

Premyerani o'tkazib yubormaslik uchun havola orqali o'tib, eslatish tugmasini bosib qo'ying!

👉🏻
@ramzbek
👍11
Narxni koʻrsatmaslik haqida

Ijtimoiy tarmoqlarda yoki Telegram'da biror bir reklamani koʻrdingiz, masalan aksessuar reklamasi.

1. Narx yozilmagan, direct'ga yozishga majbur boʻlasiz.

2. Bu esa kommunity menejerlarning ishini koʻpaytiradi. Ya’ni mahsulotni sotib olishga qurbi yetadigan ham, qurbi yetmaydigan ham murojaat qiladi.

3. Natijada ish koʻpayadi. Agar reklama postida narx yozilsa, faqat maqsadli kuzatuvchilar murojaat qilishadi va ular individual ishlashga arziydi 😉

Taklif va maslahat: Agar siz SMM mutaxassis boʻlsangiz, taklifimiz va maslahatimiz postda imkon qadar mahsulot yoki xizmat narxini yozib qoldiring 🙂

#maslahat

@ramzbek
👍8🔥3👏1
SMM'da koʻp narsa kuzatuvlar natijasida boʻlar ekan!

Agar siz SMM mutaxassisi boʻlsangiz koʻproq kuzating, boshqalar nima qilyapti va asosiysi izlanishdan toʻxtab qolmang! SMM bu doimiy izlanish talab qiladigan soha!

P.S. Sohadagi 2 yillik tajribamizdan kelib chiqib, tajribalarimizni ulashib borishga harakat qilamiz!

#tajriba

@ramzbek
👍103👏1
Ishni yangi boshlayotgan SMM menejerlariga maslahat: ishni nimadan boshlash kerak?

Ha, loyihani endi boshlayotgan SMM mutaxassisida bu savol tugʻilishi aniq – haqiqatdan ham ishni nimadan boshlash kerak🤔

1. Shaxsiy oʻrganishlarimizdan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, ishni, oʻrganishdan va kuzatishdan boshlash kerak!

Shu oʻrinda savol tugʻiladi: nimani oʻrganish kerak?

2. Siz yuritadigan loyihani bir nechta raqobatchilarini topasiz va ularni oʻrgana boshlaysiz, ya’ni:

– ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini qanday yuritadi
– dizaynini qanday qilyapti
– maqolalari qanday yozilyapti
– kuzatuvchilariga qanday ma’lumotlar beryapti
– mahsulotini qay usulda reklama qilyapti
– kuzatuvchilar oʻsha kompaniyaga qanday qarashyapti, izohlarda nimalar yozishyapti
– kuzatuvchilarga qanday postlar koʻp yoqyapti, qaysilari yoqmayapti
– va boshqalar

3. Shunday qilib oʻzingizni yoʻlingizni topib olishingiz mumkin va oʻzingizga uslub oʻylab topish ancha oson boʻladi.

#maslahat

@ramzbek
👍10👏2🤩1
SMM sohasini o’rganmoqchi bo’lganlardan nimalar talab qilinadi?

1. Qiziqish, ehtiyoj, sabr va harakat

Bu narsalar sizda yo’qmi, demak, SMM – siz uchun emas)

2. Kompyuter

Oddiy foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarga qo’l telefonlaridan kirishadi, telefonda esa ijtimoiy tarmoqlarning hamma funksiyasi va imkoniyatlaridan foydalanish mavjud emas va noqulay — shu sabab ham, SMM menejerlarida albatta kompyuter bo’lishi kerak!

3. Internet va telefon

#foydali

@ramzbek
👏7👍4😱1
Instagram stories'larga layk bosish funksiyasini qoʻshibdi

@ramzbek
🤔8👏1
Telegram kanallarda reklama berishda nimalarga e’tibor berish kerak?

1. Auditoriya mos tushadimi yoʻqmi — birinchi shuni aniqlashtirib olgan ma’qul.

2. Kanal faolligi va reklama narxi — bu ham albatta muhim.

100k obunachi bor, ammo koʻrishlar soni 5-10k.

30k obunachi bor, koʻrishlar soni esa 10-15k — norm.

Ikala holat ham analiz qilib koʻriladi.

3. Taniqli kanallardan, bloglardan reklama sotib olish — masalan taniqli xuquqshunos, jurnalist va blogerlardan.

Bu yerda reklama narxi qimmat, sifatli auditoriya, aqlli va ziyoli odamlar boʻladi. Mahsulot sifatli boʻlsa, yaxshi natija olasiz.

Telegram kanallarni reklama qilish esa faqat brendga ishlaydi, katta ehtimol bilan koʻp qamrovli obunachi qoʻshilishini kutmang.

4. Reklama postlari. Reklama posti auditoriya mos kelishi kerak, masalan shaxsiy bloglarda reklama berilgan vaqti reklama posti muallif nomidan yozilgan yaxshi.

Ya’ni:

4.1. “Men bu mahsulotni xarid qildim, menga yoqdi, tavsiya qilaman”.

4.2. “Ushbu xizmatdan foydalanib koʻrdim, juda qulay, hammasi sodda”

4.3. Kanal reklamasi uchun: “Men koʻproq ushbu kanalni kuzataman, postlari oʻzgacha formatda, aktiv. Taklif qilaman”

Hammasi tajribalar asosida yozildi. @OlimjonHaydarov kanalida reklama berish uchun kamina @nurqulov'ga murojaat qiling!

Keyingi post uchun taklif bering: @nurqulov

#tajriba @ramzbek
👏8👍1
⚡️ Tezkor: @crosser_bot'ni hoziroq kanal adminligidan olib tashlang!

😱 Ayni vaqtda koʻplab Telegram-kanallarga ushbu bot spam xabarlar yubormoqda. Kanal yaratuvchilaridan ushbu botni adminlikdan olishlarini soʻraymiz.

Crosser bot — vazifasi asosan Telegram-kanallardagi faol boʻlmagan obunachilarni tozalash uchun ishlatilar edi.

UPD: bot hakkerlar tomonidan vzlom qilingani aytilmoqda.

👉🏻 #spam @ramzbek
👏5👍4🔥1
Telegram'da reklama boʻyicha shugʻullanuvchilar koʻp ishlatadigan jumlalar

1. Post — kanal admini joylaydigan xabar yoki e’lon.

2. TOP — oxirgi e’londan soʻng, koʻrsatilgan muddatgacha hech qanday post qoʻyilmaydi.

3. 0/24 yoki 1/24 — reklama topsiz 24 soat kanalda turadi yoki reklama 1 soat top bilan 24 soat kanalda turadi.

4. «Pin» — kanal sahifasining yuqorisiga biriktirib qoʻyiladigan xabar.

5. ERR% — sizning xabarlaringizni ko‘radigan obunachilar foizidir.

#foydali @ramzbek
👍15
Telegram'da nega blog yuritish kerak?

1. SMM menejeri, kopirayter yoki matbuot kotibi boʻlmoqchimisiz — unda blog yuriting.

2. Faqat shu soha egalari boʻlish uchun emas, balki, oʻzi umuman fikrlarni matn holatga keltirish ham aslida bir san’at.

3. Yuqoridagi aytilgan yoʻnalishlarni egallamoqchi boʻlsangiz: shunchaki blog oching va hayotingiz haqida, qiziqqan narsalaringiz haqida yoza boshlang. Fikrlaringizni yoza bilishni oʻrganing.

4. Nechta obunachi sizni kuzatishi qiziq emas, asosiysi 200 ta obunachi boʻlsa ham, ularning sizga sodiqligi muhim😉

#maslahat @ramzbek
🔥16👍4🤩2👏1
Qiziqishlar…

Yaqinda AliExpress'dan smartfonlar uchun stabilizator buyurtma qilgan edim. 20 kun ichida keldi — bu men buyurtma qilgan narsalar ichida eng tez kelgani boʻldi 🙂

Stabilizator nomi — Zhiyun Smooth X (SM108). Oʻzimizda 1 mln 300 ming soʻm ekan. AliExpress'dan 40$ ga buyurtma qildim. Xullas menga juda yoqdi 🙃

@ramzbek
👍14🔥2
Ishingizdan ayrilib qolsangiz…

SMM menejerlari bir kunda ham ishidan ayrilib qolishi mumkin. Tasavvur qiling ijtimoiy tarmoqlar Oʻzbekistonda bloklandi, siz kimsiz? — hech kimsiz :)

Bugun Rossiyada Facebook ortidan Instagram ham bloklanibdi. Rossiyalik Instagram b/vlogerlarni va SMM menejerlarini tasavvur qilayotgan boʻlsangiz kerak.

Ortiqcha gapirib oʻtirmaymiz.

@ramzbek
😱13👏2👍1🤯1😢1🤮1
🤔 Qiziqarli holat. Instagram stekirlarni yangilabdi.

Endi Instagram'da stories qoʻyish vaqtida stekirlar qidiruv boʻlimiga “Putin” deb soʻrov bersangiz, sizga Ukraina bayrogʻi stekirlari va yigʻlayotgan Putin koʻrinadi.

#instanews @ramzbek
👍8👎6😱2
“Soxta” SMM menejerlarini qanday aniqlash mumkin

1. Yangi loyiha olgan SMM menejeri sizga koʻplab, ya’ni 1 oyda “bunaqa” natijaga chiqarib beraman deb va’dalar beryaptimi? Demak u bilan ishlamaganingiz ma’qul.

Yangi loyihani shunchaki oʻrganib chiqish uchun ham 1 oy kamlik qiladi, natijani koʻrsatish uchun esa kamida 3-4 oy kerak boʻladi.

2. “Soxta” SMM menejerlar odatda oldin sahifalari umuman yuritilmagan, hatto sahifalari ham ochilmagan, noldan boshlanadigan loyihalarni olishadi va biznes egalari bilan 2-3 oyga shartnoma qiladi.

- Biznes egasi uchun sahifa ochilgani;
- U qadoqlangani;
- Sahifalarga 4-5 ta post tushgani — ishdek koʻrinadi.

Sodda qilib aytganda, u “mutaxassislar” 2-3 oydan keyin qanday kontent qilishni, loyihani qanday yuritishni shunchaki bilmay, yoʻlini topolmay qoladi :)

Hozircha shular🙂

@ramzbek
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar siz ishingizni sevsangiz undan hech qachon zerikmaysiz!

Ertaga “Ish vaqtida oʻzingizga qulay muhit yaratish” haqida post qilamiz🙃

#ishtime @ramzbek
🤩7👍3👏1