Mening sizlar bilan bo‘lgan muloqotimni, siz ham o‘z auditoriyangizga qo‘llash — bu ham sizlarga foydalidir
Men va siz — o‘rtamizdagi oddiy aloqa ham sizlarga foydali, siz ham o‘z auditoriyangizga qo‘llashingiz mumkin. Auditoriya bilan kelishib olish, bu — yaxshi. Keling, unda siz bilan kelishib olamiz. Birinchi navbatda men, auditoriyaning aktivligini yaxshi ko‘raman — post tagidagi reaksiyalar bilan aktivlik kutib qolaman.
Bu kanalimda «Telegramda rivojlanish» haqida umumiy mavzu ko‘tariladi. Shu jumladan — amaliy va nazariy jihatdan Telegram-kanallarini rivojlantirish va h.k.lar hammasi muallif tomonidan yoritib boriladi.
Amaliyot qismi — video yoki matn ko‘rinishida ya’ni maqola ko‘rinishida. Qaysi sizga ma’qul. Buni ham kelishib olgan yaxshi. Amaliyot qismi oddiy — kanalni bot bilan sozlash, aloqa botini o‘rnatish va h.k.lar. Bularni siz balki bilarsiz, balki yo‘q. Bilmasangiz noldan o‘rganamiz. Hammasi juda oddiy.
@ramzbek

👍3
Telegram-kanal ochishdan oldin nimalarga e’tibor berish kerak?
Kanalni ochish hech qanday qiyin ish emas, shunchaki, shoshilmaslik kerak, mavzuni to‘g‘ri tanlay olish — asosiysi. O‘zingiz tushungan mavzuda yuritganingiz yaxshi. Yana bir yo‘li — sizda pul bor, biznes qurmoqchisiz, ko‘proq auditoriyani qamrab oladigan mavzuni siz tushunmaysiz, mablag‘ingiz bo‘lsa, o‘sha mavzuni, sohani tushunadigan ishchi olasiz va maosh to‘laysiz.
Mualliflik kanalimi? Yoki Biror bir mavzudagi kanal yuritish kerakmi? Mualliflik kanali, ya’ni, blog yuritmoqchi bo‘lsangiz, o‘zingiz o‘sha mavzuni tushunishingiz, bilishingiz kerak. Siz uni hech kimga ishonib, topshira olmaysiz. Blog yuritishning yaxshi tomoni — auditoriya sizni taniydi, sizga ishonadi, obunachilar aktiv bo‘ladi. Eng asosiysi, obunachilaringiz sizga ishonadi, reklama narxi ham qimmat bo‘lishi tabiiy.
Biror bir mavzudagi kanal yuritishda auditoriya blogdan ko‘ra, passiv bo‘ladi. Uni o‘zingiz emas, balki boshqa birovga maosh evaziga ham topshirishingiz mumkin. Reklama narxi ham blogga nisbatan pastroq.
Qaysi sizga ma’qul, uni siz hal qilasiz. Mavzu tanlashda e’tiborliroq bo‘ling. Kelajagi borini tanlang. Agar biznes qilmoqchi bo‘lsangiz iloji boricha, ko‘proq auditoriyani qamrab oladigan mavzu yaxshi.

Yuqoridagi maslahatlarimni e’tiborga olgan holda kanalni ochishni boshlang!
Mavzuni to‘g‘ri tanlay oling. Logotipni ko‘zga ko‘rinadigan qiling. Nomni kanal mavzusiga mos qilib tanlang. Kanalga botlarni ulash haqida maqola yozishni istamadim. Sababi, YouTube'dan video ko‘rib qilganingiz yaxshi deb bildim. YouTube bilan ishlashni o‘rganing, foydali. YouTube'ga kirib, misol uchun, «Telegram kanalni sozlash» deysiz tamom. Mendan zo‘r o‘rgatib qo‘yishadi😁.
Logotipni dizaynerlarga yasatgan yaxshi, agar pulingiz bo‘lmasa, logotip yasaydigan saytlardan foydalaning. Logotip yasaydigan saytlarga misol: turbologo.ru, logomaster.ai, canva.com ...
Oldinga qadam bosdingizmi, ortga yo‘l yo’q. Reaksiyalarni bosib kanalda aktiv bo‘ling!

Saviyali auditoriya yig‘ish uchun nima qilish kerak🤔?
Auditoriyani saviyali qilib yig‘ish kerak. O‘zlari bilmasdan kanalda qo‘shilgan obunachilardan faollik kutmang. Xo‘sh, saviyali auditoriya yig‘ish uchun nima qilish kerak? Hammasi oddiy shunchaki, kanalingizni qanday kanalda (auditoriya mos tushganda yaxshi natija beradi) reklama qilishdan qat’i nazar, reklama matnida kanal haqida bor haqiqatni yozishning o‘zi kifoya.
Kanalingizga qo‘shiladigan odam bor haqiqatlarga asoslanib keladi va kanalni tark etishi ehtimoli kam. Auditoriyaga mos tushmagan kanalda reklama berish yaxshi natija bermasligi mumkin, lekin kanal haqida haqiqatni yozsangiz kam bo‘lsada saviyali odam keladi.
* Yuqoridagi postda odamlarni aldab chaqirishga undalmoqda. Odamlar endi bu lovushkaga tushmaydi. Bunaqa reklamalardan foyda yo‘q, avtomatik obuna ishlamaydi. Bu kabi reklama matnlaridan foydalanish tavsiya qilinmaydi!

❤1
ERR nima?
ERR% bu — sizning xabarlaringizni ko‘radigan obunachilar foizidir.
U quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
ERR = (ko‘rishlar / a‘zolar) * 100% —
bu erda ko‘rishlar o‘rtacha 1 ta xabarni qamrab oladi. A’zolar — kanaldagi obunachilar soni.
Obunachilar soni ko‘p bo‘lgan va ko‘p post joylaydigan kanallarda ERR kichik bo‘ladi. (Rasm)

Eng sifatli rasmlarni freepik.com saytidan olish mumkin.
Kanalga post joylashda yoki boshqa maqsadda kerak bo‘lishi mumkin.

Kanalni kirilchadami yoki lotinchada yuritgan yaxshimi?
Bu borada auditoriyaning yoshiga e’tibor berish kerak ya’ni auditoriyaga ko‘proq yoshlar qiziqadimi yoki yoshi kattalar. Agar auditoriyaning yoshi 30, 35 yoshdan katta bo‘lsa unda krillchada yuritgan yaxshi, aksincha lotin.
Yana bir narsa bor. Krill alifbosidagi harflar chiroyli, qirrali va tekis qilib tuzilgan. Shu sababli ham matn yozganingizda chiroyli chiqadi. Lotin alifbosidagi harflarning tuzilishi krill alifbosiga qaraganda xunukroq nazarimda. Bu yog‘i sizga havola🤷

Har xil aksiyalar, tanlovlar qilib, misol uchun kun.uz «Omadli kun tanlovi» kabilar bilan auditoriya to‘plashga qanday qaraysiz? Deb savol bergan edim.
@ramzbek: Aslini olib qaraganda bunaqa aksiyalar, tanlovlar tashkil qilib, reklamaga sarflangan pulga qaraganda kam pul sarf qilib, yaxshi auditoriya to‘plash mumkin, lekin kanalga qo‘shiladigan odam majburligidan qo‘shiladi, kanalingizga qiziqmaydi, o‘qimaydi. Natijada obunachi ko‘payadi lekin, kanal uxlaydi.
Aksiyalardan ham kam pul sarf qilib to‘g‘ri va yaxshi effekt olish mumkin. Aksiya shartlarini shunday o‘ylash kerakki aksiyada qatnashadigan odam kanalga majburan emas, o‘z istagi bilan qo‘shilishiga imkon qilish kerak.
Yaqin kunlar ichida yangi boshlagan bir loyihamizda shunaqa aksiya qilib, natijasini ko‘rmoqchimiz, keyin sizlarga batafsil natija haqida aytib beraman, har holda o‘zim sinab ko‘rganim yaxshi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tez pul topish, oson boy boʻlishga targʻib qiluvchi eʼlonlar anchagina. Bu kabi hirs oʻyinlariga aslo qurbon boʻlmang! Oson va tekin pishloq faqatgina sichqon qopqonida boʻladi...
Telegram orqali daromad qilishni, tez pul topishni o‘rgataman, vebinar tekin deydiganlarni ham ayrimlari o‘zlari hech qanday natijaga erishmasi sizni aldab, hech narsa o‘rgatmay turib pulingizni olishga harakat qiladi.

Reklama matnini qanday yozish kerak, shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytaman.
Shu paytgacha ko‘rgan kechirganlarim shuni isbotlayapdiki, reklama matnida kanalingiz manzilini matnning boshida yozish bu — reklama effektini kamaytirdi. Kanal manzilini reklama matnining oxirida qo‘yish yoki kanalingiz haqida yuqorida ma’lumot berilgan bo‘lsa, matn o‘rtasida ham qo‘yish to‘g‘ri bo‘ladi.
Reklama matni iloji boricha qisqa, sodda va xatosiz bo‘lsin, yolg‘on ishlatmang, kanalingiz haqida faktlar bilan yozib bo‘lajak obunachilarni ishontiring. Bularning hammasini tajribamdan kelib chiqib aytdim.

Ko‘plar bu ishni ham oxiri vebinarga borib taqaladimi, degan savollar berishyapti, yo‘q unday emas. Men o‘zim hech qanday vebinarlarda qatnashmaganman, hammasi shaxsiy tajribamdan.
Kurs va mening farqim nimada? Kursni 2, 3 oy davomida o‘rganasiz va yaxshi o‘rganolsangiz, keyin biznesingizni boshlashingiz mumkin. Orada ancha vaqt yutqazasiz. Men esa siz bilan birga ishlayman. Ish davomida barcha bilim va ko‘nikmalarni olasiz, shu jarayonda biznesingizni ham rivojlantirasiz, vaqtdan ham yutasiz.
Men natijalarim haqida oldin ham qisqacha aytib o‘tganman. Biznesni Telegram orqali boshlamoqchilar uchun yordam beraman.
Hozir Telegram'da biznesning ayni vaqti, keyin kech bo‘lishi mumkin.

Kanalingiz sifatiga e’tibor bering, postlar xatosiz, sifatli va tartibli bo‘lsin. Auditoriyaga noto‘g‘ri informatsiya bermang.
Hozirgi kunda Telegram-kanallar ko‘payib ketdi, odamlar kanallarni saralashni boshladi, o‘sha saralanganlar ichida qolishga harakat qiling.

Eng yomon ish bu — yolg‘on reklama,
ya’ni auditoriyani aldash. «Shok xabar»
va h.k.lar.
Bu reklamalarni berayotganlarning ham, qabul qilayotganlarning ham kanalining umri qisqa. Auditoriyani bir marta aldasangiz, keyin o‘sha narsani eslab qolib keyingi reklama qo‘yganingizda ishonmaydi va natija ololmaysiz, reklama narxingiz ham tushadi.

Hammasi Telegramdan va shaxsiy o‘rganishlardan boshlandi — SMM sohasiga qadam.
🧢 Menda 2015-yilda ilk Telegram'ga qiziqish uyg‘ondi. U paytlari daromad qilish haqida o‘ylashga saalgina aqlim yetmas edi. Kanal ochib, o‘chirib va shunchaki, foydalanar edim. Va bu bora-bora men uchun hobby'ga aylandi. Hozirgi kunda Telegram kanallarini yuritish, noldan biznesni Telegram orqali rivojlantirish kabi ishlar bilan shug‘ullanib kelayotgan bo‘lsam, sekinlik bilan faqat Telegram emas, umumiy SMM sohasiga qadam qo‘yayapman, bularning hammasi esa shaxsiy o‘rganishlardan.
🤓 SMM (Social Media Marketing) bu — Marketingning aynan ijtimoiy tarmoqlardagi bir turidir. Har qanday biznesingiz rivojlanishi uchun aynan SMM katta imkoniyatlar beradi.
🚀 Hali davom etamiz do‘stlar. Endi sahifamda berib borilayotgan ma’lumotlar bazasi faqat Telegram mavzusi emas, ijtimoiy tarmoqlar va xullas, kengroq bo‘ladi.
👨💻 «@ramzbek» sahifasi.

Mahsulot yoki tovarni to‘g‘ri reklama qilish kerakligi haqida ko‘rgan, kechirganlarimdan parcha:
1. Kelishuvga sabab nima?
2. Xato nima edi?
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, kunlarning birida «Futbol Tv» va «Rais Buva» Telegram-kanallari o‘zaro reklama almashibdi, ya’ni Rais Buva Futbol Tv kanalini, Futbol Tv esa Rais Buva kanalini o‘z sahifasida reklama ko‘rinishida joylab beribdi.
Rais Buva Telegram-sahifasida — 50k, Futbol Tv ni esa — 500k obunachisi bor edi, o‘sha payti. Obunachilar soni orasidagi tafovut 10 barobar farq qiladi. Bu hamkorlikka «Rais Buva»ning rozi bo‘lishiga sabab ham aynan shu edi. Natija qanday bo‘ldi deysizmi? Ha, siz “Futbol Tv obunachilari ko‘p bo‘lganliklari sababli Rais Buva yaxshi natija oldi.” — deb o‘ylayapsizmi? Yo‘q, adashasiz, aslida aksincha bo‘ldi. Rais Buvaga 300 ta qo‘shildi, Futbol Tv kanaliga esa 3000 ta a’zo qo‘shildi, natija 10 barobar farq qilyapti, obunachilar farqi esa aksincha.
Bu bilan nima demoqchiman, to‘g‘ri kelgan joydan reklama sotib olmaslik kerak, ya’ni, auditoriyani sizning mahsulot yoki tovaringizga qiziqishi, saviyasi va boshqalarga e’tibor qaratish kerak. Ko‘pchilik qiladigan xato — auditoriyaning obunachilari soniga qarab xulosa qilish🚀
Hali bundanda qiziq, foydali bo‘lgan, ish jarayonida ko‘rgan, kechirganlarim bilan ulashib boraman.
- Hozirda «Rais Buva» kanalida 59k obunachi bor, reklama narxi esa — adashmasam 2-3mln bo‘lishi kerak.
- «Futbol Tv» kanalida esa 669k obunachi bor, reklama narxi esa — 1mln dan boshlanadi.
Nimanidir o‘ylab boshladingizmi? Ha, o‘zingiz fikrlab ko‘ring, xulosa chiqaring😉!
Ma’lumot o‘rnida — Reklamadan maqsad - mijozlarni jalb qilib, mahsulotni ommaga ko‘rsatish — natija esa mahsulot yoki tovar sotuvini yanada oshirish. (Agar u sifatli bo‘lsa).
Agar 100 kishi (🙋♂) qiziqsa ko‘proq shunaqa postlardan yozaman.
🚀 @ramzbek

Tadbirkorlar uchun zo‘r plarfotma bu — Telegram. Nega biznesingizni Telegram orqali rivojlantirish siz uchun muhim?
Nimalarni ko‘rib chiqamiz?
1. Nega biznesingizni ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaga ko‘rsatish muhim?
2. Nega aynan Telegram orqali?
3. Telegram kanallari o‘zi qanday daromad qilyapti?
Biznesingizni ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaga ko‘satish bu — sizga mahsulot yoki tovaringizni sotuvini yanada kengaytirishga yordam beradi. Bu esa sizga biznesingiz uchun muhimdir. Hozirgi kunda odamlarning katta qismi ijtimoiy tarmoqlarda «o‘tiradi» — bu kompaniyalarga reklamada juda yaxshi natija olishi uchun ajoyib imkoniyat hamdir.
Nega aynan Telegram orqali reklama qilish siz uchun foyda beradi? Telegram yaxshi platforma, boshqa tarmoqlarga nisbatan aynan Telegram bizning kun tartibimizning bir qismiga aylandi — uyda, ishda va boshqa. Bu degani boshqa platformalarga nisbatan siz reklamangizdan yaxshi natija olishingiz ehtimoli katta.
Telegram kanal egalarida shunchaki reklama evaziga daromad qiladi, boshqa hech qanday manfaat yo‘q.
Tasavvur qiling, siz Android dasturlash bo‘yicha kurs tayyorladingiz, endi uni sotishingiz kerak, buning uchun uni reklama qilishingiz kerak, xo‘sh, siz buni reklama qilishingiz uchun Telegram juda qulay platforma. ITga oid kanallarni topasiz va kelishuv asosida reklama qilasiz.
Misol uchun siz sifatli bir kanalda o‘z kursingizni 500 minga reklama qildingiz, kurs narxi esa 100$, kursingizni o‘sha reklamadan keyin 5 kishi sotib oldi, siz go‘yoki, 500 ming berib 5×100$=500$ oldingiz🤷♂. Bu sizga ham, kanal egasiga ham yaxshi.

Endi Elon Musk dunyoning eng boy odami
Elon Musk Jef Bezosdan oshib, dunyoning eng boy odamiga aylandi.
• Bu muhim voqea Musk uchun g‘ayrioddiy 12 oyni tashkil etadi. O‘tgan yil davomida uning boyligi 150 milliard dollardan oshdi, ehtimol bu tarixdagi eng tez boylikni yaratish deyish mumkin.
• Amazon asoschisi Jyeff Bezos 2017 yilning oktyabridan beri birinchi o‘rinni egallab turgan edi.
Elon Mask hozirda dunyodagi eng boy odam. Endi uning boyligi 185 milliard dollarga baholanmoqda. Buning hammasi Tesla aksiyalarining deyarli 5 foizga o‘sishi tufaylidir. Bir yil oldin u 50-o‘rinda edi.
Yoshlarimiz endi “Katta bo‘lsam Elon Musk bo‘laman” deyishsa kerak :))

Biz kunimizni ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qilolmaymiz, buni rasmda muallif yaxshi tasvirlabdi.
👨🏻💻 Odamlar vaqtining katta qismini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazyapti, demak, SMMning davri keldi. Mahsulot yoki tovarni iltimoiy tarmoqlarda reklama qilib yaxshi natija olasiz, albatta bu mahsulotingiz sifatiga bog‘liq.
🙇🏻♂ Telegramsiz esa bir kunimizni tasavvur qilolmaymiz, Telegram kelajak, kanal ochib Telegram orqali biznes qilish esa ancha osssonroq. Kanal ochib auditoriya to‘plasangiz, reklama beruvchilar kela boshlaydi, siz esa muayyan bir reklama narxini belgilaysiz.
☝️Telegram orqali oyiga 100$-5000$ gacha topayotganlar ham bor, buni ko‘zim bilan ko‘rib turibman, aynan men ishlagan kanallar ham bu natijaga erishishgan va erishyapmiz ham, lekin qanday qilib? Hammasi oddiy, o‘zingizning biznesingiz uchun investitsiya kiriting va kanalingizni reklama qilib, sifatli ma’lumotlar joylab rivojlantiring, keyin esa odamlarni o‘zi sizga pul berishadi😉
Mablag‘ingiz bo‘lsa, siz ham Telegram orqali kanal ochib daromad qilishni istasangiz, men bilan birga ishlashingiz mumkin!
Ertaga emas, hozir boshlang!
✍🏻 Xabar yozish.