Ramzbek Nurkulov — BLOG – Telegram
Ramzbek Nurkulov — BLOG
414 subscribers
246 photos
52 videos
3 files
83 links
Tadbirkor. Enter Marketing Agency rahbari

Shaxsiy: @nurqulov
Download Telegram
🤷‍♂ Bizning bozorlarimizda bo‘ladigan chegirmalarni shunday tasavvur qilish mumkin.

🚀 @ramzbek
👍2
🚀2021-yil yanvar oyining o‘zidayoq 90 million foydalanuvchi Telegram'dan ro‘yxatdan o‘tibdi.

🙄Taqqoslash uchun: 2016-yilga kelib 100 million faol foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tgan edi.

P.S. Bu degani Telegram'ning davri keldi, Telegram'dan kanal ochib, mablag‘ ajratib, yaxshigina daromad qilsa bo‘ladi va buning uchun men bilan ishlashingiz mumkin.

👨🏻‍💻 Administrator bilan bog‘lanish.

#statistika@ramzbek
​​🎯 Boy va kambag‘al o‘rtasidagi farqlar:

1. Kambag'allar hamma ishlab topgan pulini sarflaydi, boylar esa ishlab topgan pullarini investitsiya qiladilar.

2. Boy odamda hech qachon ortiqcha pul bo‘lmaydi, kambag‘alda doimo bo‘ladi.

3. Boylar daromad keltiradigan narsalarga, kambag‘allar xarajatlarni ta’minlaydigan narsalarga sarmoya kiritadilar.

4. Kambag‘al pul haqida o‘ylaydi va gapiradi - boylar bu haqda sukut saqlaydilar.

5. Kambag‘allar uchun pul - bu hayotdagi maqsadlari, boylar uchun pul - bu imkoniyat.

6. Haqiqiy boy odam, hamma narsani yo‘qotib, o‘zgarmaydi.

7. Kambag‘al boyni yomon ko'radi, boy kambag‘alga munosabat bildirmaydi.

8. Boy kambag‘alni tinglaydi, ammo kambag‘al boyni eshitmaydi.

🚀 @ramzbek
Vaqtni boshqarishning eng yaxshi usullari

🎯 Bugungi kuningizni bir kun oldin rejalashtiring — yotishdan oldin keyingi kun uchun vazifalar ro‘yxatini tuzing. Oldindan rejalashtirish orqali siz kelajakdagi muammolarga ruhiy jihatdan yaxshiroq tayyorlanasiz.

🎯 Kuningizni eng muhim topshiriq bilan boshlang — ro‘yxatdagi eng muhim va qiyin narsani ajratib oling. Buni amalga oshirganingizdan so‘ng, siz muvaffaqiyat qobiliyatini his qilasiz va g‘ayratni kuchaytirasiz, bu keyingi natijalarga ijobiy ta’sir qiladi.

🎯 Vaqt cheklovlarini o‘rnating — ishdan vaqtida tanaffus ham qiling. Pomodoro texnikasidan foydalaning.

🎯 Chalg‘itadigan narsalarni yo‘q qilish — telefoningizdagi bildirishnomalarni o‘chirib qo‘ying, barcha ijtimoiy tarmoqlardan chiqing. Vazifalarga to‘liq e’tiboringizni qaratadigan muhit yarating.

🎯 Delegatsiya — ishni bajarish uchun kerakli ko‘nikmalarga ega kishini toping. Unga aniq ko‘rsatmalar bering. To‘liq muddatni aniqlang. Agar o'zingiz buni qila olmasangiz, unda — delegat.

🚀 @ramzbek
Forwarded from FEATURE.UZ
Diqqat firibgarlar!

Oxirgi 10-15 kun ichida bir nechta oʻzbek Telegram kanallari (nomlari sir tutilmoqda, katta auditoriyaga ega kanallar ham bor) adminlariga virusli xabar kelishi natijasida kanal egalari akkauntlariga hakkerlar kirib olishgan va «Delete account» qilishga ham ulgurib kanalni olib qoʻyishgan.

Ushbu virusli (.pdf, .zip va boshqa) taklif kabi tarqatilgan va shunchaki qurilma xotirasiga tushgan ushbu fayl hammasini hal qilgan. Shaxsan tanishlarim katta auditoriyaga ega oʻz kanallaridan ayrilishdi.

Ehtiyot boʻling, ushbu holatni oldini olgan holda hamma tanishlaringizni ogohlantiring, tarqating. Biz bilgan oʻz kanallaridan ayrilgan oʻzbek Telegram-kanallari 10 tadan oshiqni tashkil qilyapti.

Qanday himoyalanish kerak va boshqa elementar usullarni @featureuz'da post shaklida qoldiraman.
👍1
Shu kabi xabarlarni tarqatishni bas qilaylik, bu xabarlar feyk ya’ni spam xabarlar hisoblanadi.

Siz qilgan arzimagan ish yoki oʻsha xabarni tarqatganingiz uchun bepulga katta soʻmmalik smartfon yoki boshqa sovgʻani shunchaki berib qoʻyishmaydi.

Ozgina aqlni ishlatib fikrlaylik, shu kabi xabarni sizga ham yuborishgan boʻlsa, mana shu postni javob tarzida yuborishni oʻzi kifoya😉

🚀 @ramzbek
👍1
FEATURE.UZ
Photo
Menga ham bogʻlanishdi, adashmasam! Vaziyatni kuzatamiz!
Google translate orqali yozyapti shekilli! Shunga majbur qildim :))
👍1
Yubordi, mendan kompyuter orqali kirishim soʻralgandi. Telegramning desktop versiyasida faylni ochishingiz bilan virus kompyuterga oʻrnashib oladi va akkaunt buziladi.
🎯 Instagram istoriya qoʻshish uchun alohida tugmani sinab koʻrmoqda

🚀 @ramzbek
📌 Yaqinda Facebook ham postlarni profilingizda «pin» qilish imkonini berishi mumkin.

🚀 @ramzbek
👍2
Bir necha kun oldin bir biznes egasi bogʻlandi, ish boʻyicha ancha narsani soʻrab oldi, hammasini aytdim.

Soʻz oxirlab borib, Telegram kanalini ham rivojlantirib, kanalga 10k obunachi jalb qilish uchun qancha mablagʻ ketishini soʻradi.

Mavzu hammaga ham qiziq emas, obunachi toʻplash mashaqqat edi. Buni bilgan biznes egasi nakrutka urib berishimni soʻrayapti🤬(Xuddi men yoki SMM menejeri nakrutkachidek)

Shu paytning oʻzida hammasini bekor qildim! Bunaqa mijozlar bilan ishlay olmaymiz. SMM menejeri nakrutkachi emas)))

@ramzbek
😁2
Post joylash uchun yaxshi vaqtlar

🏃🏻 Ertalab qisqa, yengilroq va koʻngilni koʻtaradigan post qoʻyilgani yaxshi, sababi odamlar ishga, oʻqishga shoshib uzun narsani oʻqishmaydi.

🍽 Abetda esa insonlar kunlik ishlarining qandaydir qismini bajarishgan boʻladi va bu vaqtda oʻrtacha, sodda mazmundagi postlar qoʻl keladi.

☕️ Kechgi vaqtda esa hamma uyida oʻz ishlaridan holi boʻladi, bu vaqtda auditoriya faol boʻladi, reklamalar ham yaxshi effekt beradi, uzun postlaringiz boʻlsa agar aynan shu vaqtda joylangani maqsadga muvofiq.

❗️Bundan tashqari post joylash kontent mavzusiga va vaziyatga qarab ham oʻzgaraveradi. Bu aynan shu vaqtlarda joylash kerak degani emas.

@ramzbek
👍1
​​Hammasi kuzatuvlar natijasida boʻladi

SMM sohasida ish yuritib, oʻqib va izlanib shu narsani tushundim — koʻp narsa kuzatuvlarga bogʻliq boʻlarkan.

Raqobatchilaringiz kim, ular qanday yoʻl tutyapti, sahifalari qanday yuritilyapti va boshqalarni kuzatish va aqlni ishlatish orqali ishni qaysidir ma’noda toʻgʻri yuritar ekansiz!

Shunchaki, kuzating, oʻrganing va aqlli boʻling!

Agar siz raqiblaringizni, SMM menejerlarini kuzatib analiz qilolsangiz sizdan yaxshi mutaxassis chiqadi, albatta😉

@ramzbek
👍1
Forwarded from 🍎 Bite of apple
Ramazon Hayiti muborak boʻlsin!

• Sinab koʻring:

Xabarlarga kirib, ixtiyoriy chatga «Eid mubarak» jumlasini SMS tarzida yuboring va hodisani kuzating!

Faqat iPhone uchun ishlaydi.

@biteofapple
👍1🔥1
Brendlar logotiplarining rivojlanishi

P.S. Men qaytdim :))

🤨 Yildan yilga dunyoga mashxur boʻlgan brendlarning logotiplari qanday oʻzgarib borayotganini kuzatish juda qiziq.

👍🏻 Koʻrinib turibdiki, kompaniyalar oʻzlarining logotiplarini soddalashtirishga intilishadi – soyalar, ortiqcha narsalarni yoʻqligi, ranglarning kamligi va hk.

🤷🏻‍♂️ Yana 20 yildan keyin bularning barchasi qanday koʻrinishga kelar ekan? Hayronman :))

@ramzbek
👍1