Sariq Dev – Telegram
Sariq Dev
13.2K subscribers
1.26K photos
382 videos
4 files
852 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Karantinda uydan ishlab zerikkan dasturchilar virtual ofis yaratishibdi.
Ofisda turli xonalarda birga ishlash, majlislar o'tkazish, birga ovqatlanish ham mumkin (choy-kofe hamma o'ziga damlaydi 😀).

Sizga balki kuglulidir, lekin yangi g'oya allaqachon 1.5 million dollar investitsiya jalb qilishga ham ulguribdi.

Shunaqa gaplar. Dasturchilar havodan ham pul qilishni biladi.

python.sariq.dev darslarimizga a'zo bo'lsangiz, kim biladi, vaqti kelib siz ham million dollarlik g'oya muallifi bo'lasizmi.

@sariqdev
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Jonli" vritual menyuga nima deysiz? Ovqatni har tomondan aylantirib, yoki o'zingizga yoqqanday o'zgartirib buyurtma berish mumkin ekan.
👍2
18-dars matni tayyor. Xudo xohlasa ertaga video yoziladi.
👍2
Shu o'rinda savol tug'iladi:
Matnlarni videodan oldin chop etaveraymi yoki darslarni davom etish uchun videoni kutasizmi?
Anonymous Poll
40%
Dars matnini avvalroq chop etavering
38%
Videoni kutaman
22%
Farqi yo'q
👍2
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Navbatdagi darsimiz YouTubega yuklandi: https://www.youtube.com/watch?v=1XOYa0BlF54

Bugungi mavzu: while tsikli yordamida ro'yxat va lug'atlar bilan ishlash

Darsni tugatib, sahifamizdagi mashg'ulotlarni bajarishni unutmang:
https://python.sariq.dev/while/18-while-lists

YouTubedagi videolarni yuklab olish uchun @SaveYoutubeBot botidan foydalaning.
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu ketishda dizaynerlar ham ishsiz qolmasaydi...
👍1
Malayziyada ham qovun hokimlar bor.

Kedah viloyati sudyasi (malaychada sudya hakim bo'ladi), Ariff Md Noor yangi stadionga mutlaqo tushunarsiz, Ffira Mikah deb nom beribdi.
Odamlar ma'nosini so'raganda esa "ffira" grekchada "buyuk", "mikah" esa arabchada Mikoil farishtaning ismi debdi (ikkisi ham yolg'on).
Odamlarning e'tirozidan so'ng stadion nomi olib tashlandi.
Qovun nimadaligini tushunmagan bo'lsangiz stadion nomini teskarisiga o'qing 😂.
👍6
Video darslarimizni ham bo'limlari borligini bilasizmi? Dars davomida istalgan bo'limni ochib ko'rishingiz mumkin.
👍1
Capella Space kompaniyasi yer sharining istalgan nuqtasini katta aniqlik bilan "suratga" oluvchi sputnik xizmatini taklif qilyapti.

Boshqa xizmatlardan farqli ravishda Capella Space sputniklari tasvirni kamera yordamida emas, maxsus radio to'lqinlar bilan oladi. 9.65GHz chastotalik to'lqinlar bulut, tuman, yomg'irni ham bemalol "yorib" o'tib, hatto tim qorong'uda ham yuqori sifatli (50sm anqilikdagi) tasvirni jonli efirda ko'rsatib turadi. Ba'zi holatlarda esa devor ortidagi (tom ostidagi) narsalarni ham ko'rish mumkin (rentgen kabi).

Xizmat pullik bo'lib, istalgan odam yerning istalgan nuqtasini jonli rejimda kuzatishni buyurtma berishi mimkin.

@sariqdev
👍2🤔1
Forwarded from PYTHON DASTURLASH TILI
​​🐍Python🐍

🔺Python oddiy tuzilgan dasturlash tili bo'lib, aniq sintaksisga;
🔸Barcha platformalarda bir xil ishlaydigan interfeysga;
🔻Hamda 200 mingdan ortiq to'plamdan iborat kutubxonaga ega;
🔺Python dasturlash tilini o'qish, o'rganish, yozish va testdan o'tkazish oson va qulay;
🔸Python katta dasturlarga yanada yaxshi tuzilish va qo’llab-quvvatlash imkonini beradi;

Shuncha afzalliklarni bilgandan so'ng sizni ham "Python dasturlash tiliga" bo'lgan qiziqishingiz oshdimi?😍
Lekin qayerda qanday qilib yoki kimdan o'rganishni bilmaysizmi? O'zbek tilida bu dasturlash tili haqida kerakli maqola, kitob va qo'llanmalarni topishda qiynalayabsizmi?

👨‍💻 Unda ishbu kanal siz uchun !!! 👩‍💻

𝗣𝗬𝗧𝗛𝗢𝗡 𝗗𝗔𝗦𝗧𝗨𝗥𝗟𝗔𝗦𝗛 𝗧𝗜𝗟𝗜 kanali sizga xuddi biz sariq.dev platformasi kabi mana shunday imkomiyatni taqdim etadi. Kanalda siz Python dasturlash tiliga oid O'zbek tilida maqola, qo'llanma va kitoblarni topishingiz mumkin. Sizga ushbu kanal judayam yoqadi degan umiddaman !!! 🤗
👍3