Izlanuvchilar maktabi – Telegram
Izlanuvchilar maktabi
6.52K subscribers
44 photos
24 videos
48 files
171 links
Murojaat, hamkorlik va reklama uchun: @scientific_services


“Izlanuvchilar maktabi” — bu sizning ilm yo‘lingizdagi birinchi bekat.
Download Telegram
Qayta taqsimot 2026.pdf
1.8 MB
⚡️⚡️⚡️⭕️⭕️⭕️

Qabul kvotalaridan ortib qolgan oʻrinlar 201 ta tashkilotga qayta taqsimlandi.

Batafsil ma'lumot olishingiz uchun hujjat topshirgan tashkilotga murojaat qilishingiz mumkin.

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏15👌8🙏5👍1
👆Jadvalda dastlabki tasdiqlangan qabul kvotalari ham inobatga olingan (Raqamlar faqat qo'shimcha kvotalarga tegishli emas)

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👌4👏2
Mustaqil izlanuvchilik uchun navbatdagi qabul 2026-yil 15-yanvarga rejalashtirilmoqda.

Ushbu xabarni hujjat topshirishni rejalashtirgan barcha tanishlarizga yuboring.

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20👏5👌2
Hammasi yaxshilikkadir balki...🤔

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥12👌6👏4
Muammo aniq qo‘yilgan bo‘lishi kerak.

Dissertatsiyaning yarim qiymati muammoni qanday qo‘yganingizda. Mavzu emas, aynan ilmiy muammo hal qilinishi kerak.

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22👌7👏3
Oilaviy tinchlik topdingmi? Oilang senga e'tiborli, bolalaring quvnoq, uyda osoyishtalik bor. Bu tinchlikni har kimga gapirma. Chunki ayrimlar quvonmaydi..


@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍88🔥17👌14🎉4🙏1
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqish muddati doktorantlarning umumiy ish stajiga qoʻshiladi.

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏30👍15👌5🤩31
Hokimiyatda ekanimda olgan tajribalarimning eng muhimi - davlatlarning muammolari hech tugamas ekan. Ammo barchasining yechimi ta’limdan boshlanar ekan.

Mahathir Muhammad,
Malayziya sobiq bosh vaziri

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍47🔥7🎉6👏1
2025 yil @scientific_servicess uchun oddiy yil bo‘lmadi bu yil ilmga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirishga urinish, savollarga aniq javob berish va “ilmiy xizmat” tushunchasini foydali, halol va tushunarli shaklga keltirish yili bo‘ldi.

12 oy davomida yuzlab savollar muhokama qilindi, o‘nlab murakkab ilmiy jarayonlar sodda tilda tushuntirildi, minglab o‘qishlar va fikr almashuvlar orqali haqiqiy ilmiy muhit shakllandi. Eng muhimi, bu kanal “tayyor ish” emas, balki to‘g‘ri yo‘l, to‘g‘ri qaror va to‘g‘ri yondashuv muhimligini ko‘rsatib berdi. 2025 yil shuni isbotladiki, ilmda ham tizim bo‘lsa, natija bo‘ladi.

Endi oldinda 2026 yil. Bu yil @scientific_servicess uchun shunchaki davom emas, balki yangi bosqich bo‘lishi kerak. 2026 yil ilmiy qarorlar aniqlashadigan, rejalashtirish kuchayadigan va bilim amaliy foydaga aylanadigan yil bo‘lsin. Bu yil har bir obunachi kamida bitta muhim savoliga aniq javob topsin, kamida bitta xatodan o‘z vaqtida qutulsin va kamida bitta ilmiy qadamni ishonch bilan tashlasin.

Yangi yil sizga ilmda aniqlik, tanlovda to‘g‘rilik, harakatda barqarorlik va qilinayotgan ishlarning real samarasini olib kelsin. @scientific_servicess esa 2026-yilda ham ilmni qiyinlashtirmaydi, balki foydali qiladi.

Yangi yil muborak bo‘lsin! 🎉

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏18🎉6👌6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’limdan keyingi ta’limga ariza topshirish boʻyicha yoʻriqnoma.

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏2👌1
Hozirgi kunda stipendiyalar miqdori:

stajyor-tadqiqotchiga 6 049 960 so'm;

tayanch doktoranturada tahsil oladigan izlanuvchiga 6 834 167 so'm;

doktoranturada tahsil oladigan izlanuvchiga
8 731 770 so'm miqdorda Davlat byudjetidan stipendiya to‘lanmoqda.

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28🔥7👏6👌4
Samarador izlanuvchi qanaqa bo‘lishi kerak?

Samarador izlanuvchi ko‘p gapiradigan emas, har kuni ish qiladigan bo‘ladi. U “keyinroq boshlayman” demaydi, bugun nimani qilishi aniq bo‘ladi. Rejasiz yurmaydi, lekin rejani ham muqaddas qilib qo‘ymaydi natija bo‘lmasa, darrov tuzatadi.

Samarador izlanuvchi ustozdan faqat topshiriq kutmaydi, o‘zi savol bilan boradi. Maqola yozishni oxirgi daqiqaga qoldirmaydi, yil davomida bosqichma-bosqich tayyorlaydi. U ilmiy ishni hujjat uchun emas, natija uchun qiladi.

Eng muhimi u vaqtni ayamaydi. Har kuni kamida bir soat ilmga tegmasdan kunini yopiq deb hisoblamaydi. Bahona izlamaydi, sustlashlikni oqlamaydi, kechikishni odat qilmaydi.

Samarador izlanuvchi boshqalardan aqlli bo‘lgani uchun emas, intizomli bo‘lgani uchun oldinga chiqadi.

Savol bitta, siz izlanuvchimisiz yoki faqat ro‘yxatdagi nommisiz?

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32👏6🔥43🎉3👌1
Yaqinda orzuying ro'yobga chiqdi, uzoq kutgan narsang nasib bo'ldimi? Shukr qil, lekin bong urma.

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥62👍18👌3
❗️O'qishga kira olmagan yoki mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirishga ulgurmaganlarga hali imkoniyat bor:

- 2026-yil 15-yanvardan tizim ochiladi yana mustaqil izlanuvchilar uchun;
- shu paytdan maqola va tezislaringizni nashr qildirib qo'ying, ulgurish uchun.

Mustaqil izlanuvchilik PhD uchun - 1 ta maqola va 2 ta tezis;
Mustaqil izlanuvchilik DSc uchun - 3 ta maqola, 2 ta tezis talab etiladi.

Xorijiy til sertifikati talab etilmaydi.

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12👌6👏3
Расмийлаштириш коидалари.pdf
980.5 KB
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalari.

(Asos: Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 14-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2665)

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👌3👍2🎉2
#tavsiya

PhD uchun 12 oylik yakka tartibdagi reja shabloni (1-yil)


1-oy (yanvar) — Start va hujjatlashtirish oyi.
Mavzu (yakuniy) aniqlash va Kollegial organda tasdiqlatish;
ilmiy rahbar bilan birgalikda yakka tartibdagi reja ishlab chiqish va tasdiqlatish;
Yagona elektron tizimga reja yuklash; nazariy-metodologik dastur (dastlabki loyiha) tayyorlash va tasdiqlatishga kiritish;
adabiyotlar bazasini shakllantirish (kamida 30–50 manba: mahalliy + xorijiy), kalit so‘zlar ro‘yxati;
12 oylik “publikatsiya va seminar” taqvimini belgilash.

2-oy (fevral) — Adabiyotlar tahlili (I).
Mavzu bo‘yicha 10–15 ta asosiy manbani chuqur konspekt;
tadqiqot muammosi, maqsad, vazifa, obyekt/predmetni aniq yozish;
metodlar ro‘yxati (qaysi metod nimaga xizmat qiladi)ni tayyorlash;
1-bob skeleti (reja)ni shakllantirish; “tahliliy umumlashtiruvchi ma’lumot” uchun 1-betlik draft.

3-oy (mart) — Adabiyotlar tahlili (II) + konsept.
Nazariy asos (konseptual yondashuv)ni yozish; terminlar/ta’riflar blokini tozalash;
1-bobning 30–40% matnini yozish;
ilmiy seminarga chiqish mavzusi va taqdimot ssenariysi;
konferensiya tanlash (qaysi, qachon, tezis topshirish sanasi).

4-oy (aprel) — Metodika va instrumentlar.
Tadqiqot dizayni: tanlanma, mezonlar, ko‘rsatkichlar, savolnoma/intervyu/protokol;
etika/ruxsatlar zarur bo‘lsa hujjatlashtirish; pilot sinov (kichik namunada) o‘tkazish;
1-bobni 60–70%ga yetkazish;
konferensiyaga tezis tayyorlash.

5-oy (may) — Ma’lumot yig‘ish (I).
Asosiy ma’lumotlarni yig‘ishni boshlash;
ma’lumotlarni kodlash va tartiblash;
2-bob reja-skeleti;
konferensiya tezisini topshirish/jo‘natish;
maqola-1 uchun jurnal tanlash (talablar, format, mavzu mosligi).

6-oy (iyun) — 1-yarim yillik hisobot.
Ichki monitoring/yarim yillik hisobot: reja bandlari bajarilishi, dalillar;
tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot (2–3 bet) tayyor holatga keltirish;
ilmiy tashkilot/ta’lim muassasasi seminarida (rahbar bilan) ma’ruza qilish;
maqola-1 konturi (annotatsiya, kirish, metod, natija)ni yozib tugatish.

7-oy (iyul) — Ma’lumot yig‘ish (II) + dastlabki tahlil.
Yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil (oddiy statistika/taqqoslash/tematik tahlil);
jadval/diagrammalar;
maqola-1 to‘liq draftini yakunlash;
rahbar bilan tahrir;
2-bobning 20–30% matni.

8-oy (avgust) — Maqola-1ni topshirish.
Maqolani jurnal talabiga mos rasmiylashtirish (bibliografiya, iqtibos, plagiat tekshiruvi);
jurnalga topshirish;
konferensiyada ma’ruza qilish (yoki kuzgi konferensiya bo‘lsa tayyorgarlikni yakunlash);
2-bobni 40–50%ga yetkazish.

9-oy (sentabr) — Natijalarni mustahkamlash.
Ma’lumotlarni kengaytirish (zarur bo‘lsa);
2-bobni 60–70%ga yetkazish;
“dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi ma’lumot”ni yakuniylashtirish;
ilmiy seminarda (mustaqil yoki rahbar bilan) ikkinchi chiqish.

10-oy (oktabr) — Konferensiya + dissertatsiya bo‘limlarini bog‘lash.
Konferensiya materiallari (tezis) chop bo‘lishini nazorat; 1–2 boblar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanish;
umumiy xulosalar (dastlabki) yozish;
maqola bo‘yicha jurnal javobi kelsa tahrirlarni bajarish.

11-oy (noyabr) — Yil yakuni uchun “paket”.
Maqola “chop etildi” yoki “qabul qilindi” holatiga olib kelish;
yil yakuniy hisobotini tayyorlash;
1-bob yakuniy; 2-bob 80–90%; keyingi yil uchun (2-yil) xorijiy maqola strategiyasi: jurnal ro‘yxati + muddat.

12-oy (dekabr) — Yakuniy hisobot va reja yangilash.
Kollegial organga/ichki monitoringga yil yakuniy hisobot; reja bandlari bajarilishi bo‘yicha hujjatlar (maqola, tezis, seminar bayonnomalari);
2-yil uchun yangilangan kalendar reja;
Yagona tizimga zarur yuklamalar.

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17👏5👌3
1. Qorboboga 8 yil ishonib kelding, o'zingga hech bo'lmasa 5 daqiqa ishon.

2. Taslim bo'lganingda nimalar bo'lganini ko'rding. Endi taslim bo'lmasang nima sodir bo'lishini tomosha qil.

3. Yechimni o'zing topishing zarur, nima to'g'ri ekanligini his qil. O'zingga ishonishni o'rgan.

4. O'ziga bo'lgan ishonch shunday narsaki, u sen gapirmasingdan oldin sen hagingda atrofdagilarga signal yuboradi.

5. Birinchi o'rinda sen o'zingga qanday baho bersang, qolganlar ham senga shunaqa munosabatda bo'ladi.

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39🔥24👌81
DSc uchun 12 oylik yakka tartibdagi reja shabloni (1-yil)

1-oy (yanvar) — start: reja + boblar arxitekturasi.
mavzuni tasdiqlatish;
yakka tartibdagi reja (12 oy) tasdiqlatish va tizimga yuklash;
boblar konsepsiyasi: 1-bob (nazariy), 2-bob (tahlil), qolgan boblar konsepsiyasi; adabiyotlar bazasi (kamida 60–100 manba, xorijiy ulushi yuqori);
3 ta maqola uchun “3 yo‘nalish” (A, B, C)ni belgilash.

2-oy (fevral) — tahliliy sharh (I) + maqola-1 kontur.
Tahliliy sharh (literature review)ni yozishni boshlash (kamida 15–20 bet); muammo, ilmiy bo‘shliq, yondashuvlar kartasi;
maqola-1 kontur (kirish-metod-natija-xulosa);
1-bob skeleti.

3-oy (mart) — 1-bobni jiddiy yozish.
1-bobning 40–50% matni;
tahliliy sharhni 60%ga yetkazish;
maqola-1 draftini yakunlash; konferensiya tanlash va tezis mavzusi.

4-oy (aprel) — 2-bob start (tahlil bazasi) + maqola-1 topshirish.
2-bob uchun ma’lumot manbalari, indikatorlar, metodlar;
maqolani jurnalga topshirish;
tahliliy sharhni yakunlash;
sharh natijalari bo‘yicha seminarda chiqish (reja + taqdimot).

5-oy (may) — ma’lumot yig‘ish/tahlil + 2-maqola.
2-bobning 30–40% (tahlil, jadval, dalil);
maqola-2 mavzusi (dissertatsiya ichidagi alohida natija) va draft;
konferensiya tezisini topshirish.

6-oy (iyun) — 1-yarim yillik “natija paketi”.
1-bob 80–90%;
2-bob 50% atrofida; 2-maqolani topshirish;
konferensiya ma’ruzasi (yoki tayyorgarlik);
ichki hisobot: reja bajarilishi.

7-oy (iyul) — 3-maqolani ishlab chiqish + boblarni tugatish.
3-maqola draft;
1-bob yakuniy;
2-bob 70–80%;
tahlilni mustahkamlash, tekshirish.

8-oy (avgust) — 3-maqolani topshirish + tezis/ma’ruza.
3-maqolani topshirish;
konferensiya ma’ruza qilish; tezis “chop” jarayonini nazorat;
2-bobni 90%ga yetkazish.

9-oy (sentabr) — 1–2 bob “tayyor” statusiga chiqarish.
1–2 boblarni yakuniy tahrir;
rasmlar/jadvallar standartlari;
bibliografiya tozalash;
maqolalar bo‘yicha jurnal javoblari bo‘lsa tahrir.

10-oy (oktabr) — natijalarni hujjatlashtirish
1–2 bob “tayyor” paket;
seminarda dissertatsiya dastlabki natijalari bo‘yicha chiqish;
maqolalarning chop bo‘lish jarayonini tezlashtirish (tahrir, qayta topshirish).

11-oy (noyabr) — yil yakuniy hisoboti.
3 ta maqola bo‘yicha holatni yopish (kamida 1–2 tasi “chop etildi”, qolganlari qabul qilingan bo‘lsa nashrga chiqarish);
tezis/konferensiya dalillari;
reja bajarilishi bo‘yicha hujjatlar.

12-oy (dekabr) — Kollegial organ uchun hisobotga tayyorgarlik.
yil yakuniy hisobot;
reja yangilash (2-yilga);
2-yilda 3–4 boblar va xorijiy maqola talabini yil boshidan kalendarga qo‘yish.

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6👍3🔥1👌1
Қачон вафот этишимизни ҳеч қачон билмаймиз, "қариганимда мазза қиламан", "пенсиям учун ҳаракат қилишим керак", "пул йиғиб уй машиналарни кўпайтиришим керак" деган нарсалар билан ўзингизни қийнаб яшаманглар, мазза қилиб яшанглар, дам олиб туринглар, сайру саёҳатлар қилинглар, ҳозир осон бўлиб қолди, 300-400 долларга ҳам турлар бор. Ўзингизни қадрингизни билинглар.

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍46🔥16🤩4👌2
Yashirmang, lekin ehtiyot bo`ling. Baxtni gapirish emas, saqlash kerak. Shunda baraka oʻrnida bo'ladi, tinchlik buzilmayd...!

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥75🤩2