sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.88K subscribers
1.76K photos
313 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
Buxoroda kar va soqov qizni og‘iz-qo‘llarini skotchlab, zo‘rlagan shaxsga sud hukmi o‘qildi. U bundan oldin ham turli jinoyatlari uchun 9 marta sudlangan

“Shuncha yillar davomida qamalaverib, hali ozodlikka chiqqaniga bir yil to‘lmagan shaxs bu gal jismonan nochor va nogiron qizning hayotini barbod qilgan. U o‘ta xavfli retsedivist deb topildi”, — degan sud raisi.

Batafsil — http://dy.uz/2aZTC

So‘nggi yangiliklar 👉 @Daryo
🥰1
#yanglik

🧏🏻‍♂️ O‘ZBEKISTONDA IMO-ISHORA TILINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI QABUL QILINADI

📣Vazirlar Mahkamasining “Shaxslar o‘rtasida muloqot vositasi sifatida ishlatiladigan imo-ishora tilini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

📰 Batafsil o'qing: https://kun.uz/uz/news/2022/02/03/ozbekistonda-imo-ishora-tilini-yanada-rivojlantirish-chora-tadbirlari-qabul-qilinadi

📥 Qaror loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/56302

‼️Shoshiling! Takliflar 2022-yil 17-fevralga qadar qabul qilinadi.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik

👨🏻‍🔧"SHAROIT PLYUS" NJB A'ZOSI ORTIQ KARIMOV "MAISHIY TEXNIKALARGA XIZMAT KO‘RSATISH USTAXONASI"DA ISHNI BOSHLADI

👨🏻‍🦽 Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy siyosatda nogironligi bo‘lgan shaxslarga alohida eʼtibor qaratish va ularning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishiga ko‘maklashish asosiy vazifalardan biri etib belgilangan.

🏢 Bu borada “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan tumandagi nogironligi bo‘lgan fuqarolarga har tomonlama yordam berib kelinmoqda. Jumladan, “2-Katta Chilonzor” mahallasida yashovchi fuqaro Ortiq Karimovga “O‘zeltexsanoat” uyushmasi homiyligi ostida "Maishiy texnikalarga xizmat ko‘rsatish shahobchasi" qurib foydalanishga topshirildi.

📺 O‘zbekiston 24 tayyorlagan lavhani tomosha qiling.

🎉Ortiq akaga birlashmamiz nomidan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
🎉3👍2
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

💰Бандликка кўмаклашиш давлат жамғармаси маблағлари ҳисобидан ногиронлиги бўлган шахсларни ишга қабул қилган иш берувчиларга ҳар бир ходим учун 6 ойда БҲМнинг 1,5 бараварида (405 минг сўм) субсидия берилади.

🔘 Шунингдек, Ёшларга оид давлат сиёсатини қўллаб-қувватлаш жамғармаси маблағлари ҳисобидан ҳар йили 500 нафаргача ногирон ёшларга қуйидагилар учун субсидия ажратилади:

● ахборот технологиялари, компьютерда дастурлаш амалиёти, умумтаълим фанлари ва хорижий тилларни ўргатиш;
● тадбиркор ёки ўзини ўзи банд қилган шахс сифатида давлат рўйхатидан ўтганларга асбоб-ускуна ва меҳнат қуролларини харид қилиш учун.

Каналга уланиш👇👇👇
https://news.1rj.ru/str/huquqiyaxborot
👍1
📣 Diqqat, e'lon!

💁🏻‍♂️ 5-FEVRAL SOAT 14:00 DA "SHAROIT PLYUS" NOGIRONLAR JAMOAT BIRLASHMASI UMUMIY YIG'ILISHI BO‘LIB O‘TADI

Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmamiz tashkil topganligiga 5 yil bo‘lganligi munosabati bilan 2022-yil 5-fevral soat 14:00 da tashkilotimiz Umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu onlayn yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
🔸5 yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar hisoboti;
🔸 Kelgusi 5 yillikda amalga oshiriladigan ish rejasi;
🔸 Jamoat birlashmasining raisini qayta saylash;
🔸 Jamoat birlashmasining Kengashini qayta saylash;
🔸 Taftish komissiyasini qayta saylash.

📺 Umumiy yig‘ilishni YouTube orqali jonli efirda tomosha qiling: https://youtu.be/KbVaAubhnmo

Hurmat bilan "SHAROIT PLYUS" NJB,

Barcha uchun qulay sharoitlar!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
👍3🥰1
sharoitplus.uz pinned «📣 Diqqat, e'lon! 💁🏻‍♂️ 5-FEVRAL SOAT 14:00 DA "SHAROIT PLYUS" NOGIRONLAR JAMOAT BIRLASHMASI UMUMIY YIG'ILISHI BO‘LIB O‘TADI Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmamiz tashkil topganligiga 5 yil bo‘lganligi munosabati bilan 2022-yil 5…»
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Необходимо, чтобы общество поддерживало людей с инвалидностью, чтобы мы были как одно целое, тогда и инструменты заработают, в том числе универсальный дизайн», - считает Мирсаид Мухторов, студент Университета мировой экономики и дипломатии, советник по инклюзивным проектам Центра современного искусства, а также четырехкратный призер Узбекистана по параатлетике.
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Ногиронлиги бўлган шахсларнинг бандлигини таъминлаш масаласи кўриб чиқилди
#7feb #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
👍3🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📞Март ойидан кар-соқов ва кўзи ожиз аҳоли учун 24/7 режимдаги “Call-марказ” ва “Сall back” тизими ишга туширилади. Бунинг учун 18 нафар мутахассис тайёрланмоқда

📌 Ногиронлиги бўлган шахслар ишлари бўйича идоралараро кенгашининг фаолияти ва амалга оширилаётган ишлар

📌"Яшил", "сариқ", "қизил" тоифаларга НБШларни ажратиш ва уларга ёрдам кўрсатиш тартиблари

📌Ногиронлиги бўлган шахслар демографияси

📌Ногиронлиги бўлган шахсларни хатловдан
ўтказиш ҳолати бўйича маълумотлар
〰️〰️〰️

АОКАда Тиббий ижтимоий хизматларни ривожлантириш агентлиги директорининг биринчи ўринбосари Баҳодир Каримов иштирокида ўтказилган брифинг тафсилотлари.

🌀Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
👍1🥰1
#yanglik

🧏🏻‍♂️ SURDOTARJIMONLARNI TAYYORLASH DAVLAT MARKAZI TASHKIL ETILADI

Prezidentning “O‘zbekistonda surdotarjimonlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

📰 Batafsil o'qing:
https://kun.uz/uz/news/2022/02/09/surdotarjimonlarni-tayyorlash-davlat-markazi-tashkil-etiladi

📥 Qaror loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting:
https://regulation.gov.uz/uz/d/56761

‼️Shoshiling! Takliflar 2022-yil 23-fevralga qadar qabul qilinadi.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Qani qizim, sizning taklifingiz" — Shavkat Mirziyoev ko‘zi ojiz bolalar bilan suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoev Samarqand shahridagi 59-son ko‘zi ojizlar maktab-internatiga tashrif buyurdi.

"Oliygohni tugatganlaringdan keyin har bir davlat idorasida sizlar uchun ish o‘rni bo‘lishi kerak, bu adolatdan bo‘ladi", - dedi davlat rahbari o‘quvchilar bilan suhbatda.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
👍2
"Ҳар бир университет кўзи ожизлар учун алоҳида квоталар ажратади" — президент

Шавкат Мирзиёев кўзи ожизлар учун квота ажратиш ва ҳар бир мактаб-интернатда болалар боғчалари қуришни назарда тутувчи лойиҳа ишлаб чиқиш бўйича топшириқ берди.

Батафсил: 👉 https://uznews.uz/uz/posts/ar-bir-universitet-kzi-ozizlar-ucun-aloida-kvotalar-azratadi-prezident

@uznewsuzb
Forwarded from UzNews.uz
Президент: в каждом вузе будут выделять отдельные квоты для незрячих

Шавкат Мирзиёев поручил разработать проект, предусматривающий выделение квот для незрячих и строительство детсадов при каждой школе-интернате.
https://uznews.uz/posts/prezident-v-kazdom-vuze-budut-vydelyat-otdelnye-kvoty-dlya-nezryacix

@uznews
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

⚡️ Боқувчисини йўқотганлик нафақасини олиш ёши узайтирилди

“Фуқароларнинг ва тадбиркорлик субъектларининг ҳуқуқлари кафолатлари янада кучайтирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги Қонун (ЎРҚ–752-сон, 09.02.2022 й.) Президент томонидан имзоланди.

Киритилган қўшимчаларга мувофиқ, ногиронлик пенсиялари Чернобил АЭСдаги авария оқибатида III гуруҳ ногирони бўлган шахсларга ҳам тўланади.

Илгари фақат I ва II гуруҳ ногиронларига тўланиши белгиланган.

👉 Оиланинг меҳнатга қобилиятсиз аъзолари (болалар, ака-укалар, опа-сингиллар ва набиралар) ёши 18 ёшгача этиб белгиланди. Илгари 16 ёшгача эди.

👉 Ўқувчилар ва талабалар ўқиши давомида, 23 ёшгача боқувчисини йўқотганлик нафақасини олиши мумкинлиги белгиланди. Илгари 18 ёшгача эди.

💼 Болани парваришлаш таътилининг иш стажига қўшиладиган даври 6 йил этиб белгиланди. Илгари жами 3 йилдан кўп бўлмаган давр киритилган.

Қонунга кўра, автомобиллар электрон аукцион орқали ижарага берилганда шартномани нотариал тасдиқлаш талаб этилмайди.

🔰 Шунингдек, қуйидагиларнинг қўшилган қиймат солиғидан озод қилиш муддати 2022 йил 30 апрелгача узайтирилди:

Ўзбекистонга ўсимлик ёғи, кунгабоқар ва зиғир уруғи, шунингдек соя данагини олиб кириш;
ўсимлик ёғини (пахта ёғидан ташқари) ишлаб чиқариш ва (ёки) реализация қилиш бўйича айланма.

Илгари 2021 йил 31 декабргача эди.

Каналга уланиш👇👇👇
https://news.1rj.ru/str/huquqiyaxborot
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!

Siz Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmamizga a'zo bo‘lishni istaysizmi? Bo‘lmasam quyidagi onlayn arizani to‘ldiring:

📥 https://forms.gle/fGmSbHGFBJqFCRyBA

Tashkilotimiz Ustavining 4.2. bandiga muvofiq Birlashma a’zoligiga 18 yoshga to‘lgan va tashkilot Ustavini tan oladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi yo‘q shaxslar va chet el fuqarolari qabul qilinishi mumkin. Birlashma a'zoligiga qabul qilish yakka va jamoaviy tarzda amalga oshiriladi.

A'zo bo‘lish haqida savollaringiz bo‘lsa Birlashma raisi bilan bog'laning:

☎️Telefon: +998 (99) 817-24-64
📩Email: sharoitplus@gmail.com
📍Manzil: 100114, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Hiyobon ko‘chasi, 43-uy, “Bobodehqon” mahalla fuqarolar yi’gini

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
👍1🔥1
sharoitplus.uz pinned «Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar! Siz Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmamizga a'zo bo‘lishni istaysizmi? Bo‘lmasam quyidagi onlayn arizani to‘ldiring: 📥 https://forms.gle/fGmSbHGFBJqFCRyBA Tashkilotimiz Ustavining 4.2. bandiga…»
sharoitplus.uz
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar! Siz Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmamizga a'zo bo‘lishni istaysizmi? Bo‘lmasam quyidagi onlayn arizani to‘ldiring: 📥 https://forms.gle/fGmSbHGFBJqFCRyBA Tashkilotimiz Ustavining 4.2. bandiga…
Hurmatli obunachilar!

Birlashmamizga a'zo bo‘lsangiz, siz qanday yordam va manfaat topishingiz mumkin?

❗️Birlashmamiz Ustavining 4.6. bandiga muvofiq, Birlashma a’zolari quyidagi huquqlarga ega:
– Birlashma faoliyati haqida ma’lumot olish;
– Birlashma tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish;
– Birlashmaning rahbar organlarini saylash va saylanish (Kengash raisligiga saylanish mazkur ustavning 5.3.1-bandi talabiga asosan);
– Birlashma rahbar organlariga uning faoliyatiga oid takliflarni kiritish va ularni ko‘rib chiqish;
– ixtiyoriy a’zolikdan chiqish.

Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi Ustavini ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin:

🔗https://sharoitplus.uz/wp-content/uploads/2018/12/Sharoit_Plus_USTAV.pdf

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
🔥1
Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
O‘zbekistonda endi nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan shaxslarga nogironlik maqomi qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazilmasdan muddatsiz davrga belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Batafsil — http://dy.uz/8Mk24

So‘nggi yangiliklar 👉 @Daryo
👍4