sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.9K subscribers
1.75K photos
312 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
sharoitplus.uz
#podkast Xabaringiz bor, 🕒 21-fevral (seshanba), soat 15:00da 2023-yilda birinchi Sharoit+ podkast bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Ammo byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armalari tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar sababli taklif etilgan mehmonimiz Olmazor…
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!

💁🏻‍♂️ Eslatib o‘tamiz, ertaga juma 24-fevral soat 15:00 da "Nogironlik pensiyasi qanday qayta hisoblanadi?” mavzusida Olmazor tumani Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi katta inspektori — Xadjibayeva Gulnoza Saxidjanovna savollaringizga javob beradilar.

Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring: https://news.1rj.ru/str/sharoitplus/2040

🔔 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://news.1rj.ru/str/sharoitplus?voicechat qo‘ng'iroqchani bosib qo‘ying!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Forwarded from ishplus.uz
#ishgajoylashgan

II guruh eshitish boʻyicha nogironligi boʻlgan www.ishplus.uz veb-portali foydalanuvchisi Olga Shokalo "NOVA PLUMBING SOLUTIONS" MChJga 1-toifali sanitariya-texnik vositalarni yig'uvchi-qadoqlovchi lavozimiga ishga joylashgani bilan tabriklaymiz!

Bizni qo‘llab-quvvatlang:
https://ishplus.uz/support-project?lang=uz

www.ishplus.uz

Barcha uchun ish topiladi!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @ishplus_uz
👍1
Forwarded from ishplus.uz
#трудоустроенные

Поздравляем пользователя веб-портала www.ishplus.uz Ольгу Шокало с инвалидностью по слуху II группы. Она была принята на работу сборщиком-упаковщиком санитарно-технических изделий (1-разряда) в ООО «NOVA PLUMBING SOLUTIONS».

Поддержите нас:
https://ishplus.uz/support-project?lang=ru

Работа найдется для всех!

Подписывайтесь на наш канал:
👉 @ishplus_uz
👍72
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Nogironligi boʻlgan shaxslarga berilgan imtiyozlarning yagona roʻyxati shakllantiriladi

📝 Qarorga koʻra, 2023-yil 1-iyungacha nogironligi boʻlgan shaxslar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchilarga berilgan imtiyozlarning yagona roʻyxati shakllantiriladi.

🌐 Mazkur roʻyxat “Advice.uzhuquqiy portaliga joylashtiriladi.

🏫 2023/2024 oʻquv yilidan “Maxsus pedagogika, defektologiya” yoʻnalishida magistratura uchun toʻliq davlat granti beriladi.

🗒 2023/2024 oʻquv yilida:

▫️ abituriyentlar uchun moʻljallangan qabul tartibiga oid maʼlumotlar nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay formatda boʻladi;
▫️bunda videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etiladi.

Oʻqiyotgan nogironligi boʻlgan talabalarga taʼlim jarayonida koʻmaklashish uchun uning yaqinlaridan biriga OTMda yonida birga boʻlish uchun sharoit yaratiladi.

📌 Joriy yilda Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari robotlashtirilgan lokomat majmuasi va boshqa zamonaviy reabilitatsiya uskunalari bilan taʼminlanadi.

📄 Qarorga koʻra shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

⚠️ Mazkur hujjat Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://news.1rj.ru/str/huquqiyaxborot_lotin
👍6
Ногиронлиги бўлган шахсларни қўллаб-қувватлаш тизимини такомиллаштиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори

📍https://uza.uz/posts/458012

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
👏7👍1🤔1
#yangilik

2023-yil 7-mart kuni Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda "Inklyuzivlik bo‘yicha muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda jurnalistlar, blogerlar, jurnalistika bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar nogironligi bo‘lgan shaxslar va ular kundalik hayotiga duch kelayotgan jamiyatimizdagi munosabat va shart-sharoitlar bilan bog’liq to’siqlarni OAVlarida yoritish, inklyuziv reportaj va maqolalar tayyorlash uchun zarur ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar.

📌 Davomini vebsaytimizda o‘qing va tadbir lavhalarini tomosha qiling: https://sharoitplus.uz/inklyuzivlik-boyicha-muloqot-konikmalarini-rivojlantirish-seminar-treningi/

Barcha uchun qulay sharoitlar!

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Bizning sahifalarimiz:
🕊@sharoitplus 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
sharoitplus.uz pinned «#yangilik 2023-yil 7-mart kuni Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda "Inklyuzivlik bo‘yicha…»
🌐🤝 O‘tgan haftada Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi (@massmediauz) hamda Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi (@sharoitplus) bilan hamkorlikda nogironlik mavzusida inklyuziv muloqot bo‘yicha trening o‘tkazdi. Tadbirda 30 ga yaqin jurnalist, bloger va jurnalistika fakulteti talabalari ishtirok etdi.

👨‍🦯🧑‍🦽Jahon banki, SHAROIT PLUS mutaxassislari hamda taklif etilgan mutaxassislar trening ishtirokchilarini nogironlik bilan bog‘liq atamalar, shuningdek, inklyuziv materiallar va nogironligi bo'lgan shaxslar keng foydalana oladigan kontent tayyorlash metodologiyasi bilan tanishtirdilar. Ilgari OAVda nogironligi bor shaxlar to'g'risida chiqarilgan intervyu va maqolalardan namunalar tahlil qilindi.

💬 Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli trening ishtirokchilarini qutlash nutqida quyidagilarni ta’kidladi:

“Jahon banki Oʻzbekistonga 2021-yilda Nogironlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilishda ko'maklashdi. Biz Konvensiyani amalga oshirish boʻyicha manfaatdor davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikni davom ettirmoqdamiz. Xususan, bunga nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun to‘siqlarsiz muhit yaratish, malakasini oshirish va bandligini ta'minlash maqsadida zarur shart-sharoitlar yaratish, turli davlat xizmatlari, shu jumladan ta'lim, sog'liqni saqlash, ijtimoiy himoya va xizmatlar va boshqalar kiradi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarida nogironlik va inklyuzivlik masalalariga oid materiallar hali ham kam. Bugungi trening - bu nogironligi bor shaxslar uchun muammolar va imkoniyatlarga bag'ishlangan sifatli kontent yaratish ko'nikmalarini rivojlantirishga qo'shayotgan hissamizdir. Ishtirokchilarning inklyuziv kommunikatsiya sohasida olgan bilimlari ushbu sohadagi nashrlar soni va sifatini oshirishga yordam beradi, deb umid qilaman”.
👍4👏1
🌐🤝 На прошлой неделе представительство Всемирного банка в Узбекистане в сотрудничестве c Фондом поддержки и развития национальных масс-медиа (@massmediauz) и Общественным объединением инвалидов города Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС» (@sharoitplus) провели тренинг по инклюзивной коммуникации на тему инвалидности. В мероприятии приняли участие около 30 журналистов, блогеров и студентов, изучающих журналистику.

👩‍🦽 Специалисты Всемирного банка, «ШАРОИТ ПЛЮС», а также приглашенные эксперты, ознакомили участников тренинга с терминологией, связанной с инвалидностью, а также методологией подготовки материалов инклюзивного контента и контента, доступного людям с инвалидностью. Были проанализированы примеры раннее опубликованных интервью и статей, посвященных людям с инвалидностью.

💬 В своем приветственном слове к участникам тренинга глава представительства Всемирного банка в Узбекистане Марко Мантованелли отметил:

«Всемирный банк содействовал Узбекистану в ратификации Конвенцию о защите прав инвалидов в 2021 г. Мы продолжаем работу с заинтересованными госорганами и неправительственными организациями для реализации Конвенции. В частности, способствуем разработке мер государственной политики, направленных на защиту прав и интересов людей с инвалидностью, создание безбарьерной среды для маломобильных групп граждан, создание необходимых условий для развития навыков и увелечения занятости, доступ к различным государственным услугам, включая образование, здравоохранение, социальную защиту и услуги и т. д.

Материалов, посвященных вопросам инвалидности и инклюзии, все еще мало в местных СМИ. Сегодняшний тренинг – наш вклад в развитие навыков производства качественного контента, посвященного вызовам и возможностям для людей с инвалидностью. Надеюсь, что знания в области инклюзивной коммуникации, полученные участниками, помогут увеличить количество и качество публикаций в этой области».