sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.9K subscribers
1.75K photos
312 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
Audio
🔈"Nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat transportidan foydalanishda qanday imtiyozlar bor?" mavzusidagi huquqiy materialni koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan obunachilarimiz audio formatda tinglashlari mumkin.

🔗 Manbaga havola: https://huquqplus.uz/sections/transport/403

❗️Nogironligi boʻlgan shaxslarga taalluqli foydali huquqiy ma’lumotlarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna boʻlishni unutmang.

Kanalimizga ulanish uchun:
👉 https://news.1rj.ru/str/huquqplus

#transport #imtiyozlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BizningJamoa

💁🏻‍♀️ Tanishing! Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi Kengashi a‘zosi, “Sharoit+” podkast muharriri va boshlovchisi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti magistranti Ulug‘bek Mamatxanov.

"Inklyuziya — mening fikrimcha, turli toifadagi va holatdagi insonlarning birontasi kamsitilmasligidir. Bir toifa insonlar uchun mo‘ljallangan taklif boshqa barcha toifadagilar uchun ham mos kelsa bu inklyuziyadir. Qachonki birinchi o‘rinda insonlarning ongi inklyuziyani tan olmas ekan, yoki buni majburiyat deb bilmas ekan bunday jamiyatda inklyuziya bo‘lishi mumkin emas. Inklyuziyani topish uchun avval fikrlashimizni o‘zgartirib, so‘ng xayrixoh bo‘lishimiz talab etiladi", deydi Ulug'bek Mamatxanov.

🖥 Butun jamoamiz haqida vebsaytimizda batafsil ma'lumot olishingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/biz-haqimizda/#sharoit-team

Barcha uchun qulay sharoitlar!

Tifloizoh: Ulug‘bek Mamatxanov profil suratlarida jilmayib turibdilar va havo rang kiyimdalar. Matnda Inklyuziya bu - "Turli toifadagi va holatdagi insonlarning birontasi kamsitilmasligidir" deb yozilgan va tagida Ulug‘bek Mamatxanov Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi Kengash aʼzosi. Pastki chap burchakda SHAROIT PLYUS rasmiy ramzi joylashtirilgan.

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A‘zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72
#yangilik

🎤👩🏻‍🦽Media Plus kursi nogironligi bo‘lgan yoshlarni media savodxonligini oshirdi

2023-yil 11-noyabr kuni «GroundZero» Kitob Olami kovorking markazida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi va Yoshlar ishlar agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Media Plus – nogironligi bo‘lgan yoshlarni mediasavodxonlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish” loyihasining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

2 oy davomida 17 nafar yoshlar kursni muvaffaqiyatli yakunlab media sohasi va uning turlari haqidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishdi.

🖥 Batafsil vebsaytimizda o‘qing: https://sharoitplus.uz/media-plus-kursi-nogironligi-bolgan-yoshlarni-media-savodxonligini-oshirdi/

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A‘zo bo‘ling

Barcha uchun qulay sharoitlar!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
👍7🔥1
"Mission Inclusion" Yevrosiyo jamg‘armasi va USAID ko‘magida Markaziy Osiyoda inklyuzivlik chegaralarini kengaytiruvchi ijodiy tanlovda ishtirok etishni taklif qiladi!

Tanlovda: 7 yosh va undan katta bolalar ishtirok etishi mumkin.

📌TANLOV SHARTLARI
"Mission Inclusion"ning asosiy maqsadi stigmani kamaytirish va nogironlar haqida to‘g‘ri tasavvurlarni tiklashdir. Shuning uchun biz tomoshabinlarning xohish-istaklarini va sizning hikoyalaringizni eshitishni xohlaymiz. Siz inklyuziya dunyosini qanday ko‘rishingiz haqida video yaratishingiz, rasm chizishingiz, she‘r yozishingiz mumkin. Siz uchun nima muhim? Siz bilan qanday odamlar do'stlashishlari kerak? Birga nima qilmoqchisiz yoki sinab ko'rmoqchisiz?🤔

Ijodiy ishlaringizni
25-noyabrgacha https://news.1rj.ru/str/MissionInclusionCA ga yuboring. 30-noyabr kuni tanlovimiz g‘oliblarini e‘lon qilamiz.

Kanalimizga obuna boʻling:
👉 @sharoitplus
1
Live stream scheduled for
#podkast

🧑🏻‍🦽 IQLIM O‘ZGARISHI NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA QANDAY TA‘SIR O‘TKAZMOQDA?

🇺🇿19-24 noyabr kunlari O‘zbekiston nogironlar jamoat birlashmalarining bir guruh vakillari AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirilgan va Yevroosiyo Jamg'armasi tomonidan tashkillashtirilgan "Markaziy Osiyoda nogironligi bo‘lgan shaxslarga iqlim o‘zgarishining ta'sirini yumshatish" treningida ishtirok etib qaytishdi.

🕔 Ertaga 26-noyabr (yakshanba) soat 17:00 da ushbu treningda ishtirok etgan O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi rais o‘rinbosari — Abdulla Abduhalilov Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi mehmoni bo‘ladilar.

💁🏻‍♀️ Podkast davomida O‘zbekistondagi iqlim o‘zgarishining asosiy ko‘rinishlari va ularning nogironligi bo‘lgan shaxslarga ta'siri, iqlim o‘zgarishiga qarshi milliy siyosatda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish choralari va nogironlar jamoat birlashmalarining bu jarayonlardagi o‘rni haqida trening ishtirokchilari bilan ochiq suhbat qilamiz.

🎙Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov

🔔Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://news.1rj.ru/str/sharoitplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying!

Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🤬2
Assalomu alaykum, hurmatli tinglovchilar!

💁🏻‍♂️ Eslatib o‘tamiz, bugun yakshanba 26-noyabr 17:00 da “Iqlim o‘zgarishi nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday ta‘sir o‘tkazmoqda?” mavzusida O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi rais o'rinbosari —Abdulla Abduhalilov.

Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring: https://news.1rj.ru/str/sharoitplus/2539

🔔 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu https://news.1rj.ru/str/sharoitplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo'ying!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉@sharoitplus
📣 Diqqat! 

💁🏻‍♂️ 1 soatdan so‘ng soat 17:00 da Sharoit+ podkastni boshlaymiz!

🎙Ovozli chatga ulanish uchun havola: https://news.1rj.ru/str/sharoitplus?livestream

‼️ Iqlim o‘zgarishi nogironligi boʻlgan shaxslarga qanday ta‘sir o‘tkazayotgani haqida batafsil ma‘lumot olish imkoniyatini boy bermang.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
#yangilik

📚🎙“Kitob Plus” – koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar uchun audiokitoblar onlayn kutubxonasi taqdimoti boʻlib oʻtadi

🗓 2023-yilning 30-noyabr kuni soat 14:00 dan 16:00 gacha Yoshlar ishlari agentligining press-klubida Oʻzbekistonda birinchi koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay va bepul audiokitoblarning birinchi onlayn kutubxonasi “Kitob Plus” loyihasining gibrid formatdagi taqdimoti boʻlib oʻtadi.

📌 Taqdimot haqida batafsil oʻqing: https://sharoitplus.uz/kitob-plus-taqdimoti-bo%ca%bblib-o%ca%bbtadi/

📍Manzil: Toshkent sh., Alisher Navoiy koʻchasi, 11A (lokatsiya: https://yandex.ru/maps/-/CDezyF~d)

📺 YouTubeʼda jonli efir: https://www.youtube.com/c/SharoitPlus/

Loyiha taqdimotida ishtirok etish uchun quyidagilar taklif etiladi:

🔹mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, shuningdek, blogerlar;
🔹koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar, ularning oila aʼzolari va ularning huquq va manfaatlarini ifodalovchi jamoat tashkilotlari;
🔹taʼlim, axborot texnologiyalari va koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish sohasida faoliyat yurituvchi davlat organlari vakillari;
🔹hamkorlar va “Kitob Plus” loyihasini qoʻllab-quvvatlashdan manfaatdor biznes vakillari.

☎️ Oflayn rejimda qatnashish uchun quyidagi telefonlar orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish kerak: +998 (97) 708-73-31, +998 (99) 831-69-83.

Kanalimizga obuna boʻling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
sharoitplus.uz
#yangilik 📚🎙“Kitob Plus” – koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar uchun audiokitoblar onlayn kutubxonasi taqdimoti boʻlib oʻtadi 🗓 2023-yilning 30-noyabr kuni soat 14:00 dan 16:00 gacha Yoshlar ishlari agentligining press-klubida Oʻzbekistonda birinchi…
Audio
#yangilik

📚🎙"Kitob Plus – ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun onlayn audio kutubxona yaratish" loyihasi taqdimoti haqida koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan obunachilarimiz audio formatda tinglashlari mumkin.

📌 Taqdimoti haqida batafsil: https://sharoitplus.uz/kitob-plus-taqdimoti-bo%CA%BBlib-o%CA%BBtadi/

☎️ Tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi telefonlar orqali oldindan roʻyxatdan oʻting: +998 (97) 708-73-31, +998 (99) 831-69-83.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#новости

📚🎙Состоится презентация проекта Kitob Plus — первой онлайн библиотеки аудиокниг для лиц с инвалидностью по зрению

🗓 30 ноября 2023 года в зале пресс-клуба Агентства по делам молодежи в гибридном формате состоится презентация проекта Kitob Plus – первой в Узбекистане доступной и бесплатной онлайн-библиотеки аудиокниг для людей с инвалидностью по зрению.

📌 Читайте подробно о презентации: https://sharoitplus.uz/ru/sostoitsya-prezentacziya-proekta-kitob-plus/

📍 Адрес: город Ташкент, улица Алишера Навои, 11А (локация: https://yandex.ru/maps/-/CDezyF~d)

📺 Прямая трансляция в YouTube: https://www.youtube.com/c/SharoitPlus/

К участию в презентации проекта приглашаются:

🔹местные и зарубежные СМИ, а также блогеры;
лица с инвалидностью по зрению, члены их семей и общественные организации, представляющих их права и интересы;
🔹представители государственных органов, осуществляющих деятельность в сфере образования, информационных технологий и социальной защиты людей с инвалидностью по зрению;
🔹представители бизнеса, заинтересованные в сотрудничестве и поддержке проекта Kitob Plus.

☎️ Для участия в режиме офлайн необходима предварительная регистрация по телефонам: +998 (97) 708-73-31, +998 (99) 831-69-83.

Kanalimizga obuna boʻling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🙏1