sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.9K subscribers
1.75K photos
312 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
3 декабрь - Халқаро ногиронлиги бор шахслар куни. У 1992 йилда БМТ Бош Ассамблеяси томонидан жорий қилинган.
БМТ Аёллар ташкилотига кўра, аёллар ўртасида ногиронлик даражаси ўртача 19,2 фоизни ташкил қилади. Яъни, ҳар бешинчи хотин-қизда у ёки бу ногиронлиги бор. Эркаклар орасида бу кўрсаткич сезиларли даражада паст - 12 фоиз.

Ногиронлиги бор хотин-қизлар зўравонликнинг турли шаклларига ҳам кўпроқ дуч келишади, жумладан:
- мажбурий ҳомиладорлик ёки стерилизация;
- тиббий муолажаларни уларнинг розилигисиз амалга ошириш;
- қайтариб бўлмайдиган жарроҳлик аралашувлардан фойдаланиш;
- ногирон оналарни фарзандларидан ажратиш.

Ногиронлиги бор аёллар жинсий ва маиший зўравонликка учраш эҳтимоли кўпроқ, чунки улар қаршилик кўрсатиш ёки шундай ҳолат ҳақида хабар бериш имконига эга эмаслар. We Decide статистик маълумотларига кўра, ногиронлиги бўлган ёш аёлларнинг 40-68 фоизи 18 ёшгача жинсий зўравонликка дучор бўлган.

Ўзбекистонда ногиронлиги бор шахслар кенг қамровли дискриминацияга учрайди. Озиқ-овқат харид қилиш, жамоат транспортида юриш ва ишлаш каби оддий нарсалар кўп ҳолларда улар учун имконсиз бўлиб қолмоқда.

Агар биз тенглик ва инсон ҳуқуқларига амал қилинадиган жамиятда яшашни хоҳласак, барча учун инклюзив муҳит яратилишини талаб қилишимиз керак ва ногиронлик ҳамда инклюзивлик масаласига барчамиз кириб боришимиз шарт.

#СукутСақлама
👍2
♿️ Har yili 3-dekabr kuni butun dunyoda Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni nishonlanadi. Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda uch yosh va undan katta yoshdagi aholining 13,5 foizi turli shakldagi nogironliklarga ega, 3,5 foizi esa jiddiy nogironlikka ega.

📊 Soʻrovnomalar shuni koʻrsatdiki, Oʻzbekistondagi uy xoʻjaliklarining 45 foizida nogironligi bo‘lgan shaxslar, 14 foizida esa nogironlikning og‘ir shakliga ega bo‘lganlar yashaydi. Nogironlikning tarqalganligi yosh bilan chambarchas bog'liq, chunki 60 va undan katta yoshdagi odamlarning 54 foizi nogironlikning ma’lum bir shakliga ega.

🌐🇺🇿 Jahon banki nogironligi bo‘lgan shaxslar holatini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston hukumati va fuqarolik jamiyati bilan faol hamkorlik qiladi. Jumladan, 2023-yil yanvar oyida biz ushbu mavzuga bag‘ishlangan “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani amalga oshirish bo‘yicha texnik ma’lumotlar” hisobotini chiqardik.

Unda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz va inklyuziv muhit yaratish, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jamoat hayotida ishtirok etish va hokazolarni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Batafsil: https://tinyurl.com/mvkmjyz6

🤝 O‘tgan hafta biz hamkorlarimiz – Toshkent shahridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini faol himoya qiluvchi “Sharoit Plyus” (https://sharoitplus.uz/) nogironlar jamoat birlashmasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdik. Mazkur nodavlat notijorat tashkiloti raisi Muhabbat Rahimova bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda nogironligi bo‘lgan shaxslar duch kelayotgan mavjud qiyinchilik va to‘siqlar hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini muhokama qildik.
🤩4
#podkast

Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!

🧑🏻‍🦽“Iqlim o‘zgarishi nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday ta‘sir o‘tkazmoqda?” mavzusida O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari — Abdulla Abduhalilov bilan ochiq suhbat qilgan edik.

📌 Batafsil vebsaytimizda o‘qing va tinglang: https://sharoitplus.uz/podkast-iqlim-ozgarishi-nogironligi-bolgan-shaxslarga-qanday-tasir-otkazmoqda/

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
👍4
Live stream scheduled for
#intervyu

🧑🏻‍🦽 Siz “universal dizayn” nima ekanligini bilasizmi?

Ushbu savolga Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi Kengashi a'zosi, O‘zbekistonda nogironlik masalalari bo‘yicha ekspert Ulug'bek Mamatxanov javob beradi. Yevroosiyo jamg‘armasining Kommunikatsiyalar bo‘yicha mutaxassisi - Saida Turabekova intervyu olgan.

📺 YouTubeda intervyuni tomosha qiling: https://youtu.be/Fs1ViWIEJwI

🇺🇳 BMT Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiyaning 2-moddasida: “Universal dizayn” — barcha odamlar uchun moslashtirish yoki maxsus dizaynni talab etmaydigan holda eng yuqori imkoniyat darajasida yaroqli qilishga da’vat etilgan buyumlar, sharoit, dastur va xizmatlar dizaynini anglatadi. “Universal dizayn” zarurat bo‘lganda aniq bir nogironlar uchun assistiv qurilmalarni istisno etmaydi.


🔗Ulug‘bek Mamatxanov rasmiy telegram kanali: https://news.1rj.ru/str/ulugbekmamatkhanov

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
🔥1
sharoitplus.uz pinned «#intervyu 🧑🏻‍🦽 Siz “universal dizayn” nima ekanligini bilasizmi? Ushbu savolga Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi Kengashi a'zosi, O‘zbekistonda nogironlik masalalari bo‘yicha ekspert Ulug'bek Mamatxanov javob beradi. Yevroosiyo…»
Forwarded from huquqplus.uz
Nogironlik belgisiga koʻra kamsitish nima va undan qanday himoyalansa boʻladi?

Huquqplus.uz nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portali yuristi Ismailov Bekjon Salixovich tayyorlagan huquqiy materialda batafsil javob topasiz.

🖥 Batafsil oʻqing: https://huquqplus.uz/lawyers/ismailov-bekjon-salixovich/530

Ushbu materialda siz quyidagilar haqida batafsil ma'lumot olasiz:
🔹 Nogironlik belgisiga koʻra kamsitish nima va u qanday koʻrinishlarda boʻlishi mumkin?
🔹 Ta'lim va mehnat sohasida nogironlik belgisi boʻyicha kamsitishning ochiq yoki yashirin koʻrinishlari
🔹Agar siz shunday kamsitishga uchrasangiz, nima qilsangiz boʻladi?

Nogironligi boʻlgan shaxslarga taalluqli foydali huquqiy ma’lumotlarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna boʻlishni unutmang.

Kanalimizga ulanish uchun:
👉 https://news.1rj.ru/str/huquqplus

#kamsitish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Audio
🔈"Nogironlik belgisiga koʻra kamsitish nima va undan qanday himoyalansa boʻladi?" mavzusidagi huquqiy materialni koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan obunachilarimiz audio formatda tinglashlari mumkin.

🔗 Manbaga havola: https://huquqplus.uz/lawyers/ismailov-bekjon-salixovich/530

Nogironligi boʻlgan shaxslarga taalluqli foydali huquqiy ma’lumotlarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna boʻlishni unutmang.

Kanalimizga ulanish uchun:
👉 https://news.1rj.ru/str/huquqplus

#kamsitish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#podkast

🚌👩🏻‍🦽NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR JAMOAT TRANSPORTIDAN FOYDALANISHLARIDA QANDAY IMKONIYAT VA IMTIYOZLAR BOR?

🕧 11-dekabr (dushanba) soat 18:00 da Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi mehmonlari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Transport tashuvlarini muvofiqlashtirish bo‘limi mutaxassislari — Ismailov Bahtiyor, Po‘latov Alisher, Norbutayev Ollayor.
🎙Boshlovchi: Ulug'bek Mamatxonov


🔔Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://news.1rj.ru/str/sharoitplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying!

Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
👍6
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar!
8-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!
🇺🇿 Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi jamoasi xalqimizni O‘zbekiston Konstitutsiyasining 31-yilligi munosabati bilan muborakbod etadi.

🧑🏻‍🦽Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasidadir. 57-modda.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilinishi va shu qatorda nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqlari davlat o‘z zimmasiga majburiyat sifatida olyapti.

Yurtimizga tinchlik - totuvlik, oilaviy mehr - muhabbat, siz azizlarga mustaxkam sog'lik tilaymiz.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
👍4🥰2
sharoitplus.uz
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar! 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasining…
Hurmatli obunachilar!

💁🏻‍♂️ Xabaringiz bo‘lsa “Yangi Konstitutsiya nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday imkoniyatlar beradi?” mavzusida O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi — Oybek Isoqov bilan Sharoit+ podkast qilgan edik.

Yangi Konstitutsiyamizda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qanday yangiliklar qo‘shilganini bilmoqchi bo‘lsangiz, podkastimizni eshitib chiqishni tavsiya qilamiz.

📌 Vebsaytimizda batafsil o‘qing va tinglang: https://sharoitplus.uz/15-soni-yangi-konstitutsiyamizda-nogironlik-masalalari-qanday-aks-ettirilyapti/

🎙Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxanov

📲 Barcha podkastlarimizni quyidagi platformalarda tinglang:
Yandex.Музыка | Google Podcasts | Apple Podcasts |

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from huquqplus.uz
🇺🇿 Konstitutsiyamizda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qanday yangiliklar kiritildi?

🗓 Bugun 8-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan sanasi. Konstitutsiya qabul qilinganiga 31 yil toʻldi. Eslatib oʻtamiz 2022-yil-30 aprel kuni Umumxalq referendumi oʻtkazildi va uning natijalariga koʻra yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

Yangi Konstitutsiyada, nogironligi boʻlgan shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga qanday kafolatlar belgilangan?

Ushbu savollaringizga HuquqPlus.uz loyihasi koordinatori Aziz Abdullayev tayyorlagan huquqiy materialda toʻliq javoblarni topasiz.

🖥 Batafsil havola orqali oʻqing: https://huquqplus.uz/news/606

Huquqplus.uz nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portali.

Kanalimizga ulanish uchun:
👉 https://news.1rj.ru/str/huquqplus

#yangiliklar #Konstitutsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Audio
🔈"ʻKonstitutsiyamizda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qanday yangiliklar kiritildi?" mavzusidagi huquqiy materialni koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan obunachilarimiz audio formatda tinglashlari mumkin.

Huquqplus.uz nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portali.

Kanalimizga ulanish uchun:
👉 https://news.1rj.ru/str/huquqplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#BizningJamoa

💁🏻‍♀️ Xodimimiz Zilola Toshpulatova Huquqiy va gender media salohiyatini oshirish bo‘yicha bilim-ko‘nikmalarini oshirdilar

Tashkilotimizning ishplus.uz loyihasi ish izlovchilar bilan ishlovchi koordinatori Zilola Toshpulatova “Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi” tomonidan amalga oshirilgan "LegalLab" loyihasi doirasida 5 kunlik treningda ishtirok etdilar.

Gender munosabatlarini, jurnalistika sohasida ayollarga bo‘lgan zo‘ravonliklar, oiladagi zo‘ravonliklarni jurnalistikada qay darajada to‘g‘ri yoritayotganliklari haqida unutilmas tajriba va bilim-ko‘nikmalarni o‘rgandilar. Trening dasturi davomida loyihalar ustida ish olib borilganda Zilolaning loyihasi naʼmunali deb eʼtirof etildi.

Zilolani butun jamoamiz nomidan ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusi o‘qishlariga va ishlariga yana-da ko‘proq rivoj va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A‘zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Assalomu alaykum, hurmatli tinglovchilar!

💁🏻‍♂️ Eslatib o‘tamiz, ertaga dushanba 11-dekabr 18:00 da “Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat transportidan foydalanishlarida qanday imkoniyat va imtiyozlar bor?” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Transport tashuvlarini muvofiqlashtirish bo‘limi mutaxassislari — Ismailov Bahtiyor, Po‘latov Alisher, Norbutayev Ollayor.

Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring: https://news.1rj.ru/str/sharoitplus/2606

🔔 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu https://news.1rj.ru/str/sharoitplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo'ying!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉@sharoitplus
📣 Diqqat! 

💁🏻‍♂️ 1 soatdan so‘ng soat 18:00 da Sharoit+ podkastni boshlaymiz!

🎙Ovozli chatga ulanish uchun havola: https://news.1rj.ru/str/sharoitplus?livestream

‼️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat transportidan foydalanishlarida qanday imkoniyat va imtiyozlar borligi haqida batafsil maʼlumot olish imkoniyatini boy bermang.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
👍4
Live stream started
Live stream finished (1 hour)