sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.9K subscribers
1.75K photos
312 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
#yangilik

🌐👨🏻‍🦼“SHAROIT PLYUS” Jahon banki vakillari bilan hamkorlik uchrashuvini o‘tkazdi

2023-yil 29-noyabr kuni Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi raisi Muhabbat Raximova O‘zbekistondagi Jahon banki vakolatxonasi vakillari bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar duch kelayotgan mavjud to‘siqlarni va ularga yechim topish yo‘llarini muhokama qilishdi.

📌 Vebsaytimizda batafsil o‘qing: https://sharoitplus.uz/sharoit-plyus-jahon-banki-vakillari-bilan-hamkorlik-uchrashuvini-otkazdi/

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BizningJamoa

💁🏻‍♀️ Tanishing! Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi Kengashi a‘zosi, tashkiliy ishlar bo‘yicha va jamoatchilik bilan ishlovchi koordinator, "Matonatli onam" nogironligi bo‘lgan farzandlari bor onalar klubi koordinatori — Sofiya Akramova.

“Nogironligi bo‘lgan farzandingizga har qanday vaziyatda ham teng munosabat, eʼtibor va sharoitlar yaratib bering – ular ulg‘ayib jamiyatimizda o‘z o‘rinlarlarini topishsin!”, deydi Sofiya.

🖥 Butun jamoamiz haqida vebsaytimizda batafsil ma'lumot olishingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/biz-haqimizda/#sharoit-team
Barcha uchun qulay sharoitlar!

Tifloizoh: Sofiya Akramova profil suratlarida jilmayib turibdilar va oq xijob romol, oq rang kiyimdalar. Matnda Sofiyaning iqtiboslari keltirilgan va tagida Sofiya Akramova Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi Kengashi a‘zosi, Kamoatchilik bilan ishlovchi koordinator deb yozilgan. Pastki chap burchakda SHAROIT PLYUS rasmiy ramzi joylashtirilgan.

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🥰1
Forwarded from huquqplus.uz
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!

🆕 Endilikda biz Huquqplus.uz nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portalida chop etilgan huquqiy materiallarni sizlar bilan muhokama qilish va savollaringizga javob berish maqsadida Huquq+ audio-podkastlarini boshlaymiz!

🎙 16-dekabr soat 17:00 da "Nogironlik belgisiga koʻra kamsitish nima va undan qanday himoyalansa boʻladi?" mavzusida HuquqPlus.uz yuristi Ismailov Bekjon Salixovich bilan ovozli chat tashkil etamiz.

🎤Boshlovchilar: Dilmurod Yusupov va Aziz Abdullayev

🔗 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://news.1rj.ru/str/huquqplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying!

Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 https://news.1rj.ru/str/huquqplus

#podkast
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2
Audio
Hurmatli obunachilar!

🎙 16-dekabr "Nogironlik belgisiga koʻra kamsitish nima va undan qanday himoyalansa boʻladi?" mavzusida huquqshunos Ismailov Bekjon Salixovich bilan boʻlib oʻtgan Huquq+ podkastni oʻtkazib yuborgan boʻlsangiz, yozib olingan audioni tinglang.

Huquqplus.uz nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portali.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 https://news.1rj.ru/str/huquqplus

#podkast
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Assalomu alaykum, hurmatli tinglovchilar!

🔜 Eslatib o‘tamiz, ertaga chorshanba 20-dekabr 18:00 da “Nogironligi bo‘lgan shaxslar protez - ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan qanday ta‘minlanyapti va kelgusidagi rejalar qanday?” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori — Mansurbek Olloyorov va mutaxassislar M.Niyazov, I.Muhitdinov, A.Narzullayev

Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring: https://news.1rj.ru/str/sharoitplus/2623

🔔 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu https://news.1rj.ru/str/sharoitplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo'ying!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉@sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#yangilik

🪞🎬 “KO‘ZGU” qisqa metrajli ijtimoiy film premyerasi va ijtimoiy roliklar taqdimoti bo‘lib o‘tadi

🔜 2023-yilning 23-dekabr soat 14:00 da Yoshlar ishlari agentligining press-klubida Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida tashkilot a’zolari bilan hamkorlikda suratga olingan “KO‘ZGU” qisqa metrajli ijtimoiy film premyerasi va ijtimoiy roliklar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

📌 Taqdimot haqida batafsil oʻqing: https://sharoitplus.uz/kozgu-qisqa-metrajli-ijtimoiy-film-premyerasi-va-ijtimoiy-roliklar-taqdimoti-bolib-otadi/

📍Manzil: Toshkent sh., Alisher Navoiy koʻchasi, 11A (lokatsiya: https://yandex.ru/maps/-/CDezyF~d)

Taqdimotida ishtirok etish uchun quyidagilar taklif etiladi:

🔹mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, shuningdek, blogerlar;
🔹nogironligi boʻlgan shaxslar, ularning oila aʼzolari va ularning huquq va manfaatlarini ifodalovchi jamoat tashkilotlari va nogironlar jamoat birlashmalari;
🔹 nogironligi boʻlgan shaxslarning ta’lim, mehnat, ijtimoiy himoya qilish va boshqa sohalarada faoliyat yurituvchi davlat organlari vakillari;
🔹 boshqa qiziqish bildirgan shaxslar va tashkilotlar.

☎️ Tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi telefon orqali oldindan roʻyxatdan oʻtishingiz kerak: +998 (93) 564-54-36 yoki sharoitplus@gmail.com elektron manzilimizga yozing.

Kanalimizga obuna boʻling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71
sharoitplus.uz
#yangilik 🪞🎬 “KO‘ZGU” qisqa metrajli ijtimoiy film premyerasi va ijtimoiy roliklar taqdimoti bo‘lib o‘tadi 🔜 2023-yilning 23-dekabr soat 14:00 da Yoshlar ishlari agentligining press-klubida Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi O‘zbekistonda…
Audio
#yangilik

🪞🎬 2023-yilning 23-dekabr soat 14:00da Yoshlar ishlari agentligining press-klubida “KO‘ZGU” qisqa metrajli ijtimoiy film premyerasi va ijtimoiy roliklar taqdimoti haqida koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan obunachilarimiz audio formatda tinglashlari mumkin.

📌 Taqdimot haqida batafsil: https://sharoitplus.uz/kozgu-qisqa-metrajli-ijtimoiy-film-premyerasi-va-ijtimoiy-roliklar-taqdimoti-bolib-otadi/

❗️ Tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi telefon orqali oldindan roʻyxatdan oʻtishingiz kerak: +998 (93) 564-54-36 yoki sharoitplus@gmail.com elektron manzilimizga yozing.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
📣 Diqqat! 

💁🏻‍♂️ 1 soatdan so‘ng soat 18:00 da Sharoit+ podkastni boshlaymiz!

🎙Ovozli chatga ulanish uchun havola: https://news.1rj.ru/str/sharoitplus?livestream

‼️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar protez - ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan qanday ta‘minlanyapti va kelgusidagi rejalar haqida batafsil maʼlumot olish imkoniyatini boy bermang.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
👍4
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
📣 Hurmatli obunachilar!

🎙 Bugun “Nogironligi bo‘lgan shaxslar protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan qanday ta‘minlanyapti va kelgusidagi rejalar qanday?” mavzusidagi Sharoit+ podkast mehmonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori — Mansurbek Olloyorov va mutaxassislar M.Niyazov, I.Muhitdinov, A.Narzullayev bilan sizlardan ko‘plab savollarni qabul qildik.

Ammo vaqtimiz cheklanganligi sababli barcha savollaringizga javob berish imkoniyati bo‘lmadi. Izohlarda siz yo‘llagan barcha savollarni jamlab Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassislaridan yozma javob olishga harakat qilamiz.

Barcha uchun qulay sharoitlar!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from huquqplus.uz
💵👩🏻‍🦼Nogironligi boʻlgan shaxslarning pensiya olishga boʻlgan huquqi

Nogironlik pensiyasi nima va u nechanchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladi? Pensiyalar va ularni tayinlash tartibi qanday? Nogironlik pensiyasini olish uchun hujjatlarni taqdim etish tartibi qanday? Hozirgi kunda nogironlik pensiyasining miqdori qancha?

💁🏻‍♀️ Ushbu savollaringizga HuquqPlus.uz loyihasi yuristi Oydin Nurullayeva tayyorlagan huquqiy materialda toʻliq javoblarni topasiz.

🖥 Batafsil havola orqali oʻqing: https://huquqplus.uz/sections/social-protection/653

Huquqplus.uz nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portali.

Kanalimizga ulanish uchun:
👉 https://news.1rj.ru/str/huquqplus

#pensiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
#вакансия

📣 В рамках программы «Формирование навыков трудоустройства молодежи Узбекистана» (YES), реализуемой совместно с Американскими советами по международному образованию в Узбекистане мы объявляем вакансию на должность Координатора проекта.

📌 Об обязанностях, требованиях и условиях вакансии можете ознакомиться подробно по ссылке: https://hh.uz/vacancy/90903431

❗️Просим подавать на вакансию через рекрутинговый портал hh.uz. Если есть дополнительные вопросы, пишите на нашу эл. почту: sharoitplus@gmail.com

🗓 Вакансия доступна до 8 января 2024 г.

🔗Дополнительную информацию о программе можете найти по ссылке: https://sharoitplus.uz/ru/programma-navykov-dlya-trudoustrojstva-molodezhi-yes-v-uzbekistane/

Подписывайтесь на наш канал:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#BizningJamoa
💁🏻‍♂️ Tanishing! Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi HuquqPlus.uz — maxsus huquqiy axborot veb-portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish” loyihasi koordinatori — Aziz Abdullayev.

"Nogironligi bo‘lgan shaxslar boshqa fuqarolar qatori o‘z huquqlarini erkin amalga oshirishlari uchun, birinchi navbatda o‘z huquqlarini yaxshi bilishlari kerak. O‘z huquqlarini yaxshi bilgan inson har qanday vaziyatlarda o‘ziga nisbatan qilingan adolatsizliklarni oldini olishi mumkin", deydi Aziz Abdullayev

🖥 Butun jamoamiz haqida vebsaytimizda batafsil ma'lumot olishingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/biz-haqimizda/#sharoit-team

Tifloizoh: Aziz Abdullayev profil suratlarida jilmayib turibdilar va oq rang kiyimdalar. Matnda Azizning iqtiboslari keltirilgan va tagida Aziz Abdullayev Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi “Huquq Plus” loyihasi koordinatori deb yozilgan. Pastki chap burchakda SHAROIT PLYUS rasmiy ramzi joylashtirilgan.
Barcha uchun qulay sharoitlar!

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
sharoitplus.uz
#loyiha ⚖️👩🏻‍🦼HUQUQ PLUS – MAXSUS HUQUQIY AXBOROT VEB-PORTALI ORQALI NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQIY MADANIYATI VA SAVODXONLIGINI OSHIRISH 2023-yil 16-may kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) yillik uchrashuvida…
#vakansiya

📣 HuquqPlus.uz – maxsus huquqiy axborot veb-portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish loyihasi doirasida "Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun o‘zbek tilidagi huquqiy materiallar muharriri" vakansiyasini e'lon qilamiz.

🔗Vakansiya haqida batafsil: https://hh.uz/vacancy/90910552

♿️ Ushbu vakansiyalarga nogironligi bo‘lgan shaxslar ham ko‘rib chiqiladi.

📩 Iltimos vakansiyaga arizangizni HH.uz vebsaytidan yoki tashkilotimizning sharoitplus@gmail.com elektron manziliga yuboring.

❗️Iltimos telefon orqali ortiqcha bezovta qilmang!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!

🔜 Ertaga 23-dekabr soat 14:00 da Yoshlar ishlari agentligining press-klubida jamoamiz suratga olgan “KO‘ZGU” qisqa metrajli ijtimoiy film premyerasi va ijtimoiy roliklar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

▶️ Film premyerasini YouTube kanalimiz orqali ham quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/SknokLrbQS0

‼️ Tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi telefon orqali oldindan roʻyxatdan oʻtishingiz kerak: +998 (93) 564-54-36

Kanalimizga obuna boʻling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2🥰1
🎬 Тошкентда ногиронлиги бўлганларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш ҳақида фильм тақдимоти бўлади

2023 йилнинг 23 декабрь соат 14:00 да Ёшлар ишлари агентлигининг пресс-клубида Тошкент шаҳар SHAROIT PLYUS ногиронлар жамоат бирлашмаси Ўзбекистонда ногиронлиги бўлган шахсларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш мақсадида ташкилот аъзолари билан ҳамкорликда суратга олинган “KO‘ZGU” қисқа метражли ижтимоий фильм премьераси ва ижтимоий роликлар тақдимоти бўлиб ўтади.

📍Манзил: Тошкент шаҳар, Алишер Навоий кўчаси, 11А.

Тадбирда иштирок этиш учун қуйидаги телефон ёки электрон манзил орқали олдиндан рўйхатдан ўтиш керак:
+998 (93) 564-54-36, sharoitplus@gmail.com.

👉 Тақдимот ҳақида батафсил маълумот шу ерда.