sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.91K subscribers
1.75K photos
312 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
Audio
#podkast

💁🏻‍♂️ Xabaringiz bor, 20-dekabr “Nogironligi bo‘lgan shaxslar protez ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan qanday ta‘minlanyapti va kelgusidagi rejalar qanday?” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori — Mansurbek Olloyorov va mutaxassislar M.Niyazov, I.Muhitdinov, A.Narzullayevlar bilan ochiq suhbat qilgan edik.

E‘tiboringizga yozib olingan podkastni taqdim etamiz.

🎙Boshlovchi:
Ulug‘bek Mamatxonov

📲 Podkastlarimizga obuna bo‘ling:
Yandex.Музыка | Google Podcasts | Apple Podcasts |

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Hurmatli obunachilar!

📚🎙Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 30-noyabr kuni Kitob Plus — nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun onlayn audio kutubxona taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi. Hozirda kutubxonamizda 673 ta audio kitoblar va radio spektakllar joylashtirilgan.

"Kitob Plus" foydalanuvchilari uchun yana bir ajoyib yangilik!

📲 iOS va Android tizimlari uchun ishlab chiqilgan Kitob Plus mobil ilovasining 2.0 versiyasi chop etildi va kitobxonlarimiz uchun quyidagi qulayliklar yaritildi:

🔹Kitoblarni offline tinglash imkoniyati qo‘shildi; Buning uchun tinglash oynasida "Yuklab olish" tugmasini bosish yetarli.

🔹 Asarlarga izohlar qoldirish imkoniyati qo‘shildi;

🔹 Asar bir nechta janrga tegishli bo‘lganida, ularni alohida ko‘rsatilishi taʼminlandi. Endi siz ularning har biriga kirib, kitoblarni ko‘ra olasiz;

🔹 Endi kitoblarga "Yoqdi-Yoqmadi" belgilarini qo‘ya olasiz;

🔹 Ro‘yxatdan o‘tish paytida voice over bilan bog‘liq muammolar bartaraf etildi;

🔹Bundan tashqari baʼzi xato va kamchiliklar tuzatildi.

Mobil ilovalarni qayta yuklab yangilab oling:

🔗 Android uchun: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.kitobplus.app

🔗iOS uchun: https://apps.apple.com/us/app/kitobplus/id6470842246

Vebsayt: https://kitobplus.uz/

Agar siz ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, sizdan qayta ro‘yxatdan o‘tish so‘ralsa, telefon raqami va tasdiqlash kodini kiritishingiz yetarli. Ro‘yxatdan o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo‘lsangiz +998 (90) 808-73-31; +998 (99) 831-69-83 telefon raqamlariga murojaat qiling.

Kitob Plus - siz uchun maxsus!

Loyiha kanaliga obuna bo‘ling:
👉 @kitobplus_uz
👍2🎉2
#BizningJamoa
💁🏻‍♂️ Tanishing! Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasiKitob Plus — nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun onlayn audio kutubxona” loyihasi rahbari — Mirali G‘iyosov.

“Nogiron odam qachon nogiron? Qachonki unga sharoit yaratilmagan joyda u nogironga aylanadi.” - deydi Mirali G‘iyosov

🖥 Butun jamoamiz haqida vebsaytimizda batafsil ma'lumot olishingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/biz-haqimizda/#sharoit-team

Tifloizoh: Mirali G‘iyosov profil suratlarida jilmayib turibdilar va oq rang kiyimdalar. Qora ko‘zoynak taqib olganlar. Matnda Miralining iqtiboslari keltirilgan va tagida Mirali G‘iyosov Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi “Kitob Plus” loyihasi rahbari deb yozilgan. Pastki chap burchakda SHAROIT PLYUS rasmiy ramzi joylashtirilgan.
Barcha uchun qulay sharoitlar!

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72
Forwarded from huquqplus.uz
🏥👩🏻‍🦼 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning tibbiyot muassasalarida davolanishlari uchun order olish tartibi qanday?

Bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy parvarish qilish maqsadida ularga imtiyozli bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun elektron shaklda yo‘llanmalar taqdim etilmoqda. Yangi mexanizmi asosida nogironligi bo‘lgan shaxslar yo‘llanma (order) olish uchun nimalar qilish kerak?

💁🏻‍♂️ Ushbu savollaringizga HuquqPlus.uz loyihasi huquqshunosi Shoxrux Mamatqulov tayyorlagan huquqiy materialda toʻliq javoblarni topasiz.

🖥 Batafsil havola orqali oʻqing: https://huquqplus.uz/sections/tibbiy-xizmatlar-va-reabilitasiya/704

Huquqplus.uz nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portali.

Kanalimizga ulanish uchun:
👉 https://news.1rj.ru/str/huquqplus

#order
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Forwarded from huquqplus.uz
Assalomu alaykum, do‘stlar!

📣 Biz ajoyib yangilik bilan bo‘lishmoqchimiz!

🤖 Nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul huquqiy maslahat beruvchi Huquq+ Telegram botni ishga tushirdik.

💬 Endi barcha huquqiy savollaringizni matn, Audio yoki video formatida bot orqali yuboring va HuquqPlus.uz veb-portali malakali yuristlaridan javoblarni oling.

➡️ https://news.1rj.ru/str/huquqplus_bot

🔜 Odatda 1-2 ish kunida javob berishga harakat qilamiz.

HuquqPlus.uz — nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portali.

Kanalimizga ulanish uchun:
👉 https://news.1rj.ru/str/huquqplus
👍6👏5
#vakansiya

📣 MediaPlus – O‘zbekistonda inklyuziv va ijtimoiy rivojlanish haqida xabardorlikni oshirish platformasi” yangi loyihasi doirasida "Bosh muharrir" vakansiyasini e'lon qilamiz.

🔗 Vakansiya haqida batafsil: https://hh.uz/vacancy/91748068

♿️ Ushbu vakansiyalarga nogironligi bo‘lgan va nogironligi bo‘lmagan shaxslar ham ko‘rib chiqiladi.

📩 Iltimos vakansiyaga arizangizni HH.uz rekruting vebsayti orqali yoki tashkilotimizning sharoitplus@gmail.com elektron manziliga rezyume, motivatsion xat va portfolio yuboring.

Arizalar 2024-yil 29-yanvarga qadar qabul qilinadi.

❗️Iltimos telefon orqali ortiqcha bezovta qilmang!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
sharoitplus.uz
#vakansiya 📣 “MediaPlus – O‘zbekistonda inklyuziv va ijtimoiy rivojlanish haqida xabardorlikni oshirish platformasi” yangi loyihasi doirasida "Bosh muharrir" vakansiyasini e'lon qilamiz. 🔗 Vakansiya haqida batafsil: https://hh.uz/vacancy/91748068 ♿️ Ushbu…
#вакансия

📣 В рамках нашего нового социального проекта "MediaPlus.uz - платформа для повышения осведомленности об инклюзивном и социальном развитии" объявляем вакансию "Главный редактор".

🔗 Подробно о вакансии: https://hh.uz/vacancy/91748068

♿️ На данную вакансию рассматриваются также лица с инвалидностью.

📩 Если вы готовы внести свой вклад в социальное развитие через развитие доступного медиа-контента, отправьте ваше резюме, мотивационное письмо и портфолио через HH.uz или нам на эл. почту: sharoitplus@gmail.com.

Мы приглашаем талантливых профессионалов стать частью нашей команды и совместно создавать информационное пространство для всех граждан, независимо от их способностей и возможностей.

Заявки принимаются до 29 января 2024 г. включительно.

❗️Пожалуйста, не беспокойте по телефону.

Подписывайтесь на наш канал:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#yangilik

👩🏻‍🦼⚖️ "SHAROIT PLYUS" Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

🤝✍️ Joriy yilning 17-yanvar kuni Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) Yuridik klinikasi bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladi.

👉 Batafsil o‘qish uchun havola: https://sharoitplus.uz/sharoit-plyus-toshkent-davlat-yuridik-universiteti-bilan-hamkorlikni-yolga-qoydi/

Barcha uchun qulay sharoitlar!

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍93
sharoitplus.uz
#yangilik 👩🏻‍🦼⚖️ "SHAROIT PLYUS" Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi 🤝✍️ Joriy yilning 17-yanvar kuni Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) Yuridik klinikasi…
Audio
#yangilik

👩🏻‍🦼⚖️ "SHAROIT PLYUS" Toshkent davlat yuridik universiteti bilan yo‘lga qo‘ygan hamkorlik haqida koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan obunachilarimiz audio formatda tinglashlari mumkin.

📌 Tadbir haqida batafsil: https://sharoitplus.uz/sharoit-plyus-toshkent-davlat-yuridik-universiteti-bilan-hamkorlikni-yolga-qoydi/

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from huquqplus.uz
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!

🎙 Huquqplus.uz nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portalida chop etilgan huquqiy materiallarni sizlar bilan muhokama qilish va savollaringizga javob berish maqsadida Huquq+ podkastni davom etamiz!

🔜 20-yanvar soat 17:00 da "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning tibbiyot muassasalarida davolanishlari uchun order olish tartibi qanday?" mavzusida HuquqPlus.uz huquqshunosi Shoxrux Mamatqulov bilan ovozli chat tashkil etamiz.

🎤Boshlovchi: Aziz Abdullayev

🔗 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://news.1rj.ru/str/huquqplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying!

Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 https://news.1rj.ru/str/huquqplus

#podkast
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 • Toshkent davlat yuridik universiteti qator tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzoladi

👉 Batafsil va FOTOlar...

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 • Ташкентский государственный юридический университет подписал меморандум о сотрудничестве с рядом организаций

👉 Подробнее и ФОТОграфии...

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 • Tashkent State University of Law signed a memorandum of cooperation with new partners

👉 More & PHOTOs...

👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #hamkorlik #сотрудничество #cooperation
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
#BizningJamoa
💁🏻‍♂️ Tanishing! Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi Kengashi a‘zosi va Loyihalar rahbari — Dilmurod Yusupov.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarga xayriya qilish bilan kifoyalanmasdan, ularga sifatli ta‘lim, munosib ish joylari va to‘laqonli ijtimoiy ishtirokini ta‘minlashimiz kerak” - deydi Dilmurod Yusupov.


🔗 Oʻzbekistonda inklyuziv rivojlanishni targʻib qiluvchi Dilmurod Yusupov blogiga obuna boʻling: https://news.1rj.ru/str/dilmurad_me

🖥 Butun jamoamiz haqida vebsaytimizda batafsil ma'lumot olishingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/biz-haqimizda/#sharoit-team

Tifloizoh: Dilmurod Yusupov profil suratlarida yashil fonda jilmayib turibdilar va novvot rang kiyimdalar. Matnda Dilmurod Yusupovning iqtiboslari keltirilgan va tagida Dilmurod Yusupov Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi Kengashi a‘zosi va loyihalar rahabri deb yozilgan. Pastki chap burchakda SHAROIT PLYUS rasmiy ramzi joylashtirilgan.
Barcha uchun qulay sharoitlar!

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
#ijtimoiyrolik

💳👩🏻‍🦽NOQULAY BANKOMAT SABABLI PULLARIMNI YO‘QOTMASLIGIMGA KIM KAFOLAT BERADI?

Ushbu ijtimoiy rolikda birlashmamiz a'zosi Axmaral Mamanova misolida barcha nogironlik aravachasidan foydalanuvchi shaxslarni qiynab kelayotgan muammoli vaziyatni ya‘ni bankomatlar balandligi va undan mustaqil foydalana olmaslik holatlarini ko‘rsatishga harakat qildik.

📺 YouTube kanalimizda tomosha qiling: https://youtu.be/04fT7uMOps0

Siz ham bankomatdan foydalanganda shunda to‘siqlarga duch kelasimizmi? Izohlarda fikrlaringizni qoldiring.

Barcha uchun qulay sharoitlar!

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏3
#reportaj
🪞“KO‘ZGU” qisqa metrajli ijtimoiy film premyerasi bo‘lib o‘tdi

🎬 Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 23-dekabr kuni nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida a‘zolarimiz bilan hamkorlikda suratga olingan “KO‘ZGU” qisqa metrajli ijtimoiy film premyerasi va ijtimoiy roliklarimiz taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi.

📺 Ushbu tadbir haqida qisqa reporatajimizni tomosha qiling: https://youtu.be/5I8aNWMQryU

▶️ Hali filmni tomosha qilmagan bo‘lsangiz YouTube kanalimizda tomosha qiling: https://youtu.be/SknokLrbQS0

Barcha uchun qulay sharoitlar!

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
#loyiha

💁🏻‍♀️🖥 MediaPlus.uz – inklyuziv va ijtimoiy rivojlanish haqida xabardorlikni oshirish platformasi

Xabaringiz bo‘lsa, o‘tgan yili "Media Plus – nogironligi bo‘lgan yoshlarni mediasavodxonlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish" loyihasi doirasida 2-oylik kurs davomida nogironligi bo‘lgan yosh mutaxassislarni media sohasi va uning turlari haqidagi bilimlarini oshirgan edik.

Ushbu loyihani mantiqiy davomi sifatida biz MediaPlus.uz innovatsion veb-platformasini ishlab chiqish orqali O‘zbekistonda inklyuziv va ijtimoiy rivojlanish haqida xabardorlikni oshirmoqchimiz. Yaratilayotgan platformada sohaga oid yangiliklar, reportajlar, tahliliy materiallar qulay formatlarda (matn, audio, video) turli shakldagi nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy zaif toifalari uchun tayyorlanadi.

📌 Loyiha haqida batafsil: https://sharoitplus.uz/mediaplus-uz-inklyuziv-va-ijtimoiy-rivojlanish-haqida-xabardorlikni-oshirish-platformasi/

Loyiha Yevroosiyo jamg‘armasi ko‘magida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirilgan “Markaziy Osiyoda ijtimoiy innovatsiyalar” dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

🔗 Loyihaning Telegramdagi sahifasiga obuna bo‘ling: https://news.1rj.ru/str/media_plus_uz

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM