sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.91K subscribers
1.75K photos
312 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
#BizningJamoa
💁🏻‍♀️ Tanishing! Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi “Ish Plus” loyihasi imo-ishora tili tarjimoni — Shaxnoza Abduvaliyeva.
“Eshitishida nogironligi bo‘lgan shaxslarni, qiynayotgan masalalar, ularga qanday yordam berishi kerakligi haqida o‘ylab, imo-ishora tilini rivojlantirishimiz zarur.” - deydi Shaxnoza Abduvaliyeva


🖥 Butun jamoamiz haqida vebsaytimizda batafsil ma'lumot olishingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/biz-haqimizda/#sharoit-team
Tifloizoh: Shaxnoza Abduvaliyeva profil suratlarida kul rang fonda jilmayib turibdilar va oq rang kiyimdalar. Matnda iqtiboslari keltirilgan. Pastki chap burchakda SHAROIT PLYUS rasmiy ramzi joylashtirilgan.
Barcha uchun qulay sharoitlar!

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3
#loyiha

⚖️👩🏻‍🦽Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish va ular uchun qulay formatlarda birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish

🇺🇿🇺🇳🇫🇮O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda qonun ustuvorligini va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etilgan va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan «Bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar» dasturida Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi g‘olib bo‘ldi.

Ushbu dasturda O‘zbekiston Respublikasi 11 viloyati, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan jami 37 ta nodavlat notijorat tashkilotlar (NNTlar) murojaat qildi. Tanlov komissiyasi tomonidan arizalar har tomonlama ko‘rib chiqilgach, 2024-yilda loyiha takliflarini amalga oshirish uchun 9 nafar NNTlar tanlab olingan bo‘lib, tashkilotimiz ham g‘oliblar qatoridan joy oldi.

📌 Batafsil vebsaytimizda o‘qing: https://sharoitplus.uz/nogironligi-bolgan-shaxslarning-huquqiy-savodxonligini-oshirish-va-ular-uchun-qulay-formatlarda-birlamchi-yuridik-yordam-korsatish/

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Audio
#loyiha

⚖️👩🏻‍🦽Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish va ular uchun qulay formatlarda birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish

🇺🇿🇺🇳🇫🇮O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda qonun ustuvorligini va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etilgan va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan «Bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar» dasturida Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi g‘olib bo‘ldi.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
👍2
Forwarded from huquqplus.uz
📣 Huquq+ podkastimizni boshladik!

Podkastimiznng birinchi qismida (30 daqiqa atrofida) bugungi mehmonimizga mavzuga oid biz tayyorlagan savollarni beramiz.

Ikkinchi yarmida (30 daqiqa atrofida) siz ham qo‘lingizni ko‘tarib bugungi mavzu nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishni rasmiylashtirish haqida savollaringizni bersangiz bo‘ladi.

Ovozli chatga ulanish uchun havola:
👉 https://news.1rj.ru/str/huquqplus?livestream

Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube
📅 Joriy yilning 23-fevral kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jahon banki bilan hamkorlikda NNT vakillari bilan ijtimoiy xizmatlar sonini, uning sifatini oshirish hamda bu xizmatlarni nodavlat sektori tomonidan amalga oshirish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

🇺🇿 Tadbirda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 25 dan ortiq faol NNT vakillari qatnashib, "Aholining zaif guruhlari uchun innovatsion ijtimoiy himoya tizimini integratsiya qilish" loyihasi doirasida inklyuzivlikni ta’minlash, "Inson" markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va ushbu xizmatlarni amalga oshirishda nodavlat sektorining ahamiyati xususida mulohazalar olib borildi.

🤝 Uchrashuv yakunida Jahon banki ekspertlari tomonidan NNT vakillari bildirgan taklif va muammolar umumlashtirildi va loyiha bo‘yicha keyingi qadamlar belgilanib olindi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Audio
Hurmatli obunachilar!

🎙 23-fevral “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishni rasmiylashtirish tartibi qanday?” mavzusida Raximov Miryoqub Aktamovich bilan bo’lib o’tgan Huquq+ podkastni o’tkazib yuborgan bo’lsangiz, yozib olingan audioni tinglang.

Ovozli chatda mutaxassisimiz tomonidan quyidagi savollarga batafsil javob berildi:

2:00 Nogironligi bo’lgan shaxslarga ish o’rinlarini ajratishda mehnat kodeksi va huquqiy-normativ hujjatlarda qanday imtiyozlar bor?
8:23 Mehnat shartnomasini rasmiylashtirish nogironligi bo’lgan shaxslar uchun farq qiladimi va ish beruvchilar qaysi jihatlarga e’tibor berishlari kerak?
15:39 Mehnat shartnomasida sinov muddati belgilanadimi? Sinov muddati nogironligi bo’lgan shaxslar uchun farq qiladimi?
25:12 Nogironligi bo’lgan shaxs mehnat shartnomasini rasmiylashtirmasdan ishlashda davom etganda qanday yo’l tutish kerak?

Suhbat davomida podkast qatnashuvchilarining ham mavzuga aloqador savollariga javob berib o’tildi.

🔗"Mehnat huquqi" Telegram kanaliga obuna bo‘ling: https://news.1rj.ru/str/mehnathuquqi
Kanal orqali mehnat, nafaqa va boshqa sohalarda, yangiliklaridan xabar topasiz, savolingizga javob olasiz bepul asosda; olimlarning ilmiy ishlarini kuzatishingiz mumkin.

▶️ Bundan tashqari YouTube kanalda Miryoqub Raximov Mehnat kodeksining har bir moddasiga og‘zaki sharh beryaptilar: https://www.youtube.com/@miryoqubraximov9466

Telegram | Instagram | YouTube

#podkast
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from huquqplus.uz
Assalomu alaykum!

Xabaringiz bo’lsa 23-fevral Toshkent davlat yuridik universiteti "Mehnat huquqi" kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, "Mehnat huquqi" Telegram kanali hamkor administratori — Raximov Miryoqub Aktamovich bilan Huquq+ podkastni tashkil qilgan edik.

Sizlarga qo‘shimcha ma'lumot sifatida Miryoqub Raximov
Mehnat kodeksining 3-§. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari 423-431-moddalari tahlilini havola etamiz.

▶️ YouTubeda tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=_sEeJ7o2W4E

Ushbu sharh orqali siz nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatidan ularga sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma bo‘lgan ishlarda foydalanishni taqiqlash, majburiy tibbiy ko‘riklari, I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi, I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimning ish haqi saqlanmagan holda ta’til olish huquqi va boshqa masalalar haqida batafsil huquqiy ma’lumot olasiz.

🤖 Bepul huquqiy maslahat uchun: https://news.1rj.ru/str/huquqplus_bot

Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | YouTube

#mehnat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from huquqplus.uz
🧑🏻‍🦽📗Nogironligi bo‘lgan yoshlarning «yoshlar daftarida»gi imtiyozlari

🔹
«Yoshlar daftari» nima va unga kimlar kiradi?
🔹«Yoshlar daftari»ga kirish uchun nima qilish kerak?
🔹«Yoshlar daftari»ga kiritilganlar uchun o‘qish xarajatlari qoplab beriladimi?
🔹«Yoshlar daftari»dan qanday holatlarda chiqarish mumkin?

HuquqPlus.uz loyihasi huquqshunosi Bekjon Ismailov tayyorlagan huquqiy materialda barcha javoblarni topishingiz mumkin.

Batafsil havolaga bosib o’qing:
👉 https://huquqplus.uz/materials/nogironligi-bolgan-yoshlar/1008

🤖 Bepul huquqiy maslahat uchun:
https://news.1rj.ru/str/huquqplus_bot

Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | YouTube

#yoshlardaftari #avtomaktab #imtiyozlar
👍1
#reportaj

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17-yanvar kuni Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) Yuridik klinikasi bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzolangan edi.

Ushbu hamkorlikning asosiy maqsadi nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish sohasida uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, ekspertlarni, TDYU dan iqtidorli talabalarni va malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlashga oid qoshma loyihalarni amalga oshirish.

YouTube kanalimizda tomosha qiling: https://youtu.be/078LpbG4vT0

Barcha uchun qulay sharoitlar!

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Respublika bolalar kutubxonasi professional hamjamiyat doirasida tajriba almashish va inklyuziv loyihalarni ishlab chiqishning turli ssenariylarini muhokama qilish maqsadida “Garaj” muzeyining inklyuziv dasturlar jamoasi tomonidan o‘tkaziladigan “His-tuyg‘ular muzeyi 0+” xalqaro anjumani hamkori bo‘ldi. Bu yil anjuman 19–21-aprelda Toshkentda bo‘lib o‘tadi!

Bu yilgi mavzu – bolalar va o‘smirlar bilan ishlashda inklyuziv amaliyotlar. Xalqaro tajriba almashish lozim, axir mutaxassislar hamfikrlarning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘lib turgan bir vaqtda, ko‘plab tashabbuslar tarqoq holda mavjud bo‘lib kelmoqda. Biz turli tajribaga ega bolalar va oʻsmirlar uchun loyihalarni amalqa oshirish, uslub yoki ishlab chiqilgan uslub asosida tadbirlarni oʻtkazishni muhokamaga taqdim etishga tayyor muzey xodimlari, oʻqituvchi, uslubchi, rassomlar hamda taʼlim amaliyoti va inklyuziyaga qiziqqan boshqa mutaxassislarni izlamoqdamiz.

2024-yil 3-martgacha loyihalaringiz haqidagi hikoyalarni intiqlik bilan kutamiz. Tafsilotlar acdflibrary.uz’da.

Республиканская детская библиотека стала партнером международной конференции «Музей ощущений 0+», которую проводит команда инклюзивных программ Музея «Гараж» для обмена опытом внутри профессионального сообщества и обсуждения различных сценариев развития инклюзивных проектов. В этом году конференция пройдет с 19 по 21 апреля в Ташкенте на нашей площадке!

Тема этого года — инклюзивные практики в работе с детьми и подростками. Международный обмен опытом необходим, ведь многие инициативы существуют изолированно, в то время как специалисты нуждаются в поддержке единомышленников. Мы ищем музейных сотрудников, педагогов, методистов, художников и других специалистов, интересующихся образовательными практиками и инклюзией, готовые предложить к обсуждению реализацию проекта, методику или провести мероприятие по разработанной методике для детей и подростков с различным опытом.

Мы очень ждем рассказы про ваши проекты до 3 марта 2024 включительно. Подробности на acdflibrary.uz.
Live stream scheduled for
#podkast

🦮👨🏻‍🦯 O‘ZBEKISTONDA KO‘RISH BO‘YICHA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN YO‘LBOSHLOVCHI ITLAR XIZMATI KERAKMI?

🕔 1-mart (juma) soat 17:00 da Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi mehmonlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasida (UNFPA) inklyuziya bo‘yicha mutaxassisi — Shavkat Yarmuxamedov, “Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati direktori — Saida Turabekova.

🎙Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov

🔔 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://news.1rj.ru/str/sharoitplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying!

Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
Audio
#podkast

🦮👨🏻‍🦯 O‘ZBEKISTONDA KO‘RISH BO‘YICHA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN YO‘LBOSHLOVCHI ITLAR XIZMATI KERAKMI?

🕔 1-mart (juma) soat 17:00 da
Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi mehmonlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasida (UNFPA) inklyuziya bo‘yicha mutaxassisi — Shavkat Yarmuxamedov, “Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati direktori — Saida Turabekova.

🎙Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov

🔔 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://news.1rj.ru/str/sharoitplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying!

Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Forwarded from huquqplus.uz
Assalomu alaykum!

🎙 Ertaga 1-mart soat 15:00 da "Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan umumta’lim maktablarning o‘qituvchilariga kotiba ajratish tartibi qanday?" mavzusida O‘zbekiston davlat milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti katta o‘qituvchisi, falsafa fanlari doktori (PhD) — Ismailov Bekjon Salixovich bilan ovozli chat tashkil etamiz.

🎤Boshlovchi: Dilmurod Yusupov

🔗 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://news.1rj.ru/str/huquqplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying!

Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring.

Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | YouTube

#podkast
Assalomu alaykum, hurmatli tinglovchilar!

🔜 Eslatib o‘tamiz, bugun juma 1-mart 17:00 da “O‘zbekistonda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yo‘lboshlovchi itlar xizmati kerakmi?” mavzusida UNFPA tashkilotida inklyuziya bo‘yicha mutaxassisi — Shavkat Yarmuxamedov va “Mehr va Oqibat” Hayvonlarni himoya qilish jamiyati direktori — Saida Turabekova bilan ovozli chat qilamiz.

Ochiq suhbatimizning yana bir mehmoni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi kinologiya xizmati boshlig'i — Inomjon Nasrullayev bo‘ladilar.

Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring: https://news.1rj.ru/str/sharoitplus/2794

🔔 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu https://news.1rj.ru/str/sharoitplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo'ying!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus