sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.91K subscribers
1.75K photos
312 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
Forwarded from huquqplus.uz
Assalomu alaykum!

🎙 Ertaga 1-mart soat 15:00 da "Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan umumta’lim maktablarning o‘qituvchilariga kotiba ajratish tartibi qanday?" mavzusida O‘zbekiston davlat milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti katta o‘qituvchisi, falsafa fanlari doktori (PhD) — Ismailov Bekjon Salixovich bilan ovozli chat tashkil etamiz.

🎤Boshlovchi: Dilmurod Yusupov

🔗 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://news.1rj.ru/str/huquqplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying!

Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring.

Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | YouTube

#podkast
Assalomu alaykum, hurmatli tinglovchilar!

🔜 Eslatib o‘tamiz, bugun juma 1-mart 17:00 da “O‘zbekistonda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yo‘lboshlovchi itlar xizmati kerakmi?” mavzusida UNFPA tashkilotida inklyuziya bo‘yicha mutaxassisi — Shavkat Yarmuxamedov va “Mehr va Oqibat” Hayvonlarni himoya qilish jamiyati direktori — Saida Turabekova bilan ovozli chat qilamiz.

Ochiq suhbatimizning yana bir mehmoni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi kinologiya xizmati boshlig'i — Inomjon Nasrullayev bo‘ladilar.

Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring: https://news.1rj.ru/str/sharoitplus/2794

🔔 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu https://news.1rj.ru/str/sharoitplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo'ying!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
📣 Diqqat! 

💁🏻‍♂️ 1 soatdan so‘ng soat 17:00 da Sharoit+ podkastni boshlaymiz!

🎙Ovozli chatga ulanish uchun havola: https://news.1rj.ru/str/sharoitplus?livestream

‼️ O‘zbekistonda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yo‘lboshlovchi xizmatlari haqida batafsil maʼlumot olish imkoniyatini boy bermang.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
👍2
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Forwarded from mediaplus.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muhim hamkorlik memorandumi imzolandi

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti va Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi NNT o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori Bahrom Mirqosimov va Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi NNT rahbari Muhabbat Rahimova birgalikda ijtimoiy-siyosiy va g‘oyaviy-ma’rifiy sohalarda ijtimoiy sheriklik munosabatlarini kuchaytirish to‘g‘risida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

#yangiliklar

@media_plus_uz
#kurs

📣 Mustaqil daromad topish sari qadam tashlang!

Fotografiya saboqlarini o‘rganish orqali daromad topishni yoki shaxsiy blogingizni rivojlantirishni istaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!

Nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi moliyaviy ko‘magida tashkil etilayotgan fotografiya kursida ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting.

📸 Fotografiya asoslari kursi davomida siz:
foto-kompozisiya;
foto-ekspozitsiya;
fotosuratlarni tahrirlash;
maxsus foto-loyihalar ustida ishlash;
mijozlar bilan ishlash;
OAV bilan hamkorlik kabilarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirasiz.

Kurs nazariy va amaliy darslardan iborat bo'lib:
- auditoriyada nazariy dars;
- uyga vaziga, vazifa nazorati va tahlili;
- amaliy mashg'ulotlar o'z ichiga oladi.

📌 Kurslarda qatnashish mutlaqo BEPUL. Hozircha loyiha faqat Toshkent shahrida amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.

❗️Ishtirok etish uchun arizangizni
@sharoitcreative_uzbot orqali ro’yxatdan o’tkazishingiz kerak. Arizalar 2024-yil 15-martga qadar qabul qilinadi.

✉️ To‘liq ma’lumot uchun loyiha koordinatori m.muhammadyunusova@sharoitplus.uz ga murojaat etishingiz mumkin.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BizningJamoa

Assalomu aleykum, hurmatli obunachilar!

💁🏻‍♀️ Xabaringiz bo‘lsa, tashkilotimiz Institutsional rivojlanish dasturi doirasida xodimlarimiz dasturiy faoliyati, jamoaviy ruhini va malakasini oshirish loyihasini amalga oshiryapti.

Ushbu loyiha doirasida kuni kecha 2-mart tashkilotimiz xodimlari “Stresslarni boshqarish” mavzusida trening o‘tkazildi. Treningni HR maslahatchisi, ALPHA spikeri va TM Sherin HR direktori Go‘zal Mo‘minova olib bordi.

Trening amaliy mashg‘ulotlar asosida interaktiv tarzda bo‘lib, xodimlar ko‘plab o‘z ustlarida ish olib borishdi. Stress nima? Stressning sabablari? Stressga qanday yechim topamiz? Savollariga xodimlarimizning ajoyib takliflari yechim bo‘la oldi.


DISC metodi esa, xodimlarimizni yanada bir-birlarini o‘rganishga, kelishib ishlashga imkoniyat berdi. Spiker Go‘zal Mo‘minovadan bizga yana qayta trening o‘tib berishlarini so‘radik.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉@sharoitplus
👍41
Forwarded from UNDP Uzbekistan
🎉O‘zbekistondagi to‘qqizta NNT bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar oladi.

🇫🇮 BMT Taraqqiyot Dasturi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan Kichik grantlar dasturi mamlakatimizning 11 viloyatida, jumladan, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolik jamiyati tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi. 2024-yilda saralangan NNTlar axborot kampaniyalari, seminarlar, targ‘ibot va huquqiy yordam kabi qator loyihalarni amalga oshiradi.

⚖️Dasturdan maqsad nodavlat notijorat tashkilotlarining salohiyatini mustahkamlash va O‘zbekistondagi ijobiy ijtimoiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shishdan iborat. Ushbu tashabbus ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarning jamiyatga qo'shilishini rag'batlantirish orqali ularning imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda.

Batafsil: https://bit.ly/3TecLZx



🎉Девять ННО в Узбекистане получат малые гранты для предоставления бесплатной юридической помощи.

🇫🇮Программа малых грантов, организованная ПРООН в Узбекистане с Министерством юстиции Республики Узбекистан и финансируемым Министерством иностранных дел Финляндии, поддерживает инициативы гражданского общества в 11 регионах страны, включая Ташкент и Республику Каракалпакстан. В 2024 году отобранные ННО реализуют ряд проектов, таких как правовая помощь, информационные кампании, семинары, и адвокация.

⚖️Цель программы - укрепление потенциала ННО и внесение вклада в позитивные социальные изменения в Узбекистане. Ожидается, что данная инициатива расширит возможности уязвимых групп, содействуя их вовлечению в жизнь общества.

Подробнее: https://bit.ly/3URFyEH

#FreeLegalAid #HumanRights #WorldNGODay
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3