sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.92K subscribers
1.75K photos
312 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
Live stream finished (1 hour)
Hurmatli obunachilar!

💁🏻‍♀️ Bugungi Sharoit+ podkastda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sanatoriyalarga yo‘llanmalar olish tartibi qanday?” mavzusida Ijtimoiy himoya milliy agentligi (IHMA) mutaxassislari bilan sizlardan kelib tushgan koʻplab savollarga javob berishga harakat qildik.

Afsuski, podkast uchun vaqtimiz cheklanganligi sababli barcha savollarga javob berish imkoniyati boʻlmadi. Tez orada yozib olingan podkastni Telegram kanalimizda va boshqa platformalarda joylaymiz.

Bizni kuzatib boring! Sizlar uchun IHMA bilan hamkorlikda yana ko‘plab dolzarb mavzudagi podkastlarni reja qilib qo‘yganmiz.

📲 Avvalgi podkastlarimizni quyidagi platformalar orqali tinglang:
Veb-saytimizda | Yandex.Музыка | Apple Podcasts

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍3
Forwarded from IHMA Toshkent viloyati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥹 Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan "IHMA Sanatoriya" moduli ishga tushirildi

🎬 Ushbu video orqali modulning avzalliklari, ariza berish tartibi, sanatoriylar ro‘yxati, qolaversa, yo‘llanmalar qay tartibda berilishi haqida batafsil bilib olishingiz mumkin.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligining
Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmati


📝 telegram 🎖 www.ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5😁2
Forwarded from huquqplus.uz
🧑🏻‍🦽📑 O‘zbekistonda ilk bora “Oson matn” formatida huquqiy maqolalar chop etila boshlandi

Biz huquqplus.uz veb-portalimizda huquqiy maqolalarni “Oson matn” formatida shop etishni boshlaganimizni e’lon qilgan edik.


Obunachilarimizdan bu format bo’yicha samimiy fikrlar kela boshladi. Bu format sizga manzur bo’layotganidan, turli darajadagi nogironligi bo’lgan shaxslarga huquqiy ma’lumot va axborotlar yetib borayotganidan xursandmiz.

Havola orqali o’tib, “Oson matn” formati va obunachimizning hikoyalarini o’qishingiz mumkin:
👉 Havola

Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilishni rasmiylashtirish tartibi qanday?» mavzusidagi huquqiy maqolaning oson matnini yuklab olish uchun:
👉 Havola

Siz “Oson matn” formati haqida qanday fikrga egasiz? Kommentariyda yozib qoldiring👇

Bepul huquqiy maslahat uchun:
📞 +998 (55) 500-50-60 (3 raqamini bosing)
🤖 https://news.1rj.ru/str/huquqplus_bot


Telegram | Instagram | YouTube

#osonmatn
👍4👏2
Forwarded from huquqplus.uz
Assalomu alaykum!

🎙 Xabaringiz bo‘lsa, HuquqPlus.uz veb-portalimizda nogironligi bo‘lgan bolalarni ta’lim olishiga oid bir nechta huquqiy maqolalarni taqdim qildik:

🔹
Nogironligi bo‘lgan bolalar inklyuziv ta’limga qanday jalb etiladi?

🔹
Nogironligi bo‘lgan bolalarni uy ta’limi bilan ta’minlash tartibi qanday?

🔹 Nogironligi bo‘lgan bolalarni ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga joylashtirish tartibi qanday?

Sizlar bilan shu masalalarni muhokama qilish va savollaringizga javob berish maqsadida Huquq+ podkastni davom etamiz!

🔜 19-iyul soat 18:00 da "Nogironligi bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’lim sharoitida o‘qitish uchun imtiyoz va imkoniyatlar" mavzusida O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi Inklyuziv ta’lim bo‘limi boshlig‘i — Axmedov Sayfullo Fayzullo o‘g‘li bilan ovozli chat tashkil etamiz.


🎤 Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov

🔗 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://news.1rj.ru/str/huquqplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying!

Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring.

Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube

#podkast
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!

📚 Siz KitobPlus.uz — Oʻzbekistonda birinchi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun onlayn audio kutubxona haqida eshitganmisiz?

💁🏻‍♀️ Hozirda kutubxonamizda 700dan ortiq audio kitoblar va radio spektakllar joylashtirilgan. Dam olish kunlarini maroqli o‘tkazish uchun Kitob Plus mobil ilovasini yuklab oling va kutubxonamizdan bepul foydalaning.

📱 Play Market: http://bit.ly/kitobplus

📱 App Store: http://bit.ly/kitoblus-ios

Ro‘yxatdan o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo‘lsangiz +998 (90) 808-73-31; +998 (99) 831-69-83 telefon raqamlariga murojaat qiling.


Loyiha kanaliga obuna bo‘ling:
📱 https://news.1rj.ru/str/kitobplus_uz

Kitob Plus — siz uchun maxsus!

www.kitobplus.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
Audio
#podkast
💁🏻‍♂️ 12-iyul “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sanatoriyalarga yo‘llanmalar olish tartibi qanday?” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassislari bilan ochiq suhbat qilgan edik.

E‘tiboringizga yozib olingan podkastni taqdim etamiz.

🎙Boshlovchi:
Ulug‘bek Mamatxonov

📲 Avvalgi podkastlarimizni quyidagi platformalar orqali tinglang:
Veb-saytimizda | Yandex.Музыка | Apple Podcasts

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
👍4
sharoitplus.uz pinned «Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!

Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan qaysi mavzuda keyingi Sharoit+ podkastni tashkil etish dolzarb deb oʻylaysiz? Oʻzingiz mavzu taklif qilmoqchi boʻlsangiz, post tagidagi izohlarda yozib qoldiring.
»
#podkast

Hurmatli obunachilar!


💁🏻‍♂️ Xabaringiz bo‘lsa, 12-iyul Sharoit+ podkast loyihasining mehmonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassislari bilan bo‘lib o’tgan Sharoit+ podkast qilgan edik.

🧏🏻‍♀️ 📱 Podkastni o’tkazib yuborgan bo’lsangiz yozib olingan audio va uning O‘zbek imo-ishora tiliga tarjimasini YouTube kanalimizda tomosha qiling: https://youtu.be/52P3hMNuEJU?si=a7R-4ZFzDvyNCxcB


Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov
Tarjimon: Go’zal Rahmatullayeva

Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

Barcha uchun qulay sharoitlar!

www.sharoitplus.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4