sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.88K subscribers
1.76K photos
313 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Koronavirus pandemiyasi paytida eng muhim tavsiya - UYDA QOLISH 🏠. O'zbekiston Karlar Jamiyati blogi muallifi Mamurjon Axliddinov tayyorlagan videoni tomosha qiling. Sizga uyda qolishni kimlar tavsiya qilmoqda?

Ushbu videorolik karantin vaqtida eshitishida nuqsoni bo'lgan insonlarni qo'llab-quvvatlash, ularni karantinga rioya qilishga chorlash hamda zerikish va siqilishni oldini olishga bag'ishlangan. Barcha ishtirokchilarga www.uzsd.uz blogi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

@sharoitplus
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
# Men oilamda o‘z hunarim bilan bandman #chellenjiga O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi a'zosi, “Jasorat” medali sohibi, hunarmand Jasur Jumaev shunday deydi:

Bugun dunyo aholisi sarosimada. “Tojdor virus” balosi insonlarni o‘z uyida o‘tirishga majbur qildi. Bu holatdan vahima qilish kerak emas. Hayotning bizga bergan bir sinovidir....
Shunday lahzalarda biz oila a'zolarimiz bilan sevimli mashg‘ulotimiz- hunar bilan bandmiz. Mening imkoniyatim cheklangan, lekin oilamni, yurtimni, hunarimni yaxshi ko‘raman. Ayni paytda uydaman. Yuqori kayfiyatda farzandlarim bilan yangi bir asar yaratish jarayonidaman.
Siz ham uyda qoling.
Shunda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.

Jasur Jumaevni onlayn ko'rgazmasini tomosha qiling.

@sharoitplus
2020-yil 5 may 12:00da ZOOM platformasi orqali "O‘zbekistonda nogironligi bor shaxslarning turmush sifatini oshirishning tibbiy va ijtimoiy jihatlari" mavzusida onlayn respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tadi.

Konferensiya tashkilotchilari Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish kafedrasi, O'zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi, Respublika Bolalar Ijtimoiy Moslashuvi Markazi.

Konferensiyada ishtirok etish uchun 2020-yil 25 aprelga qadar maqolalaringizni elektron pochta orqali jo'natishingiz kerak. Batafsil ma'lumot uchun konferensiya ro'znomasini ko'ring.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega ko'chalarimizda va jamoat joylarda nogironligi bor shaxslar uchun sharoitlar yaratilmagan? Yaratilgan "QULAYLIKLAR" esa aslida NOQULAY?

Sharoit+ nogironlar jamoat birlashmasining yana bir ''NOQULAY QULAYLIKLAR'' ko'rsatuvining 5-soni taqdim etadi. Qahramonlarimiz Toshkent shahrining turli hududlaridagi dorixonalar, do'konlar va go'zallik salonlarida sharoitlar tekshiruvini o'tkazishdi.

O'zingiz guvoh bo'ling. Munosabatingizni bildirgan holda o'z fikr mulohazalaringizni yozib qoldiring.

Video montaj: Shodiyaxon Qosimova

Shiorimiz: "Insonlar har xil, lekin ular teng!"

Faoliyatimizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click |

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter | Instagram

www.sharoitplus.uz
O'zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi Oybek Isoqov koronavirus bilan kurashish bo'yicha maxsus komissiya Covid-19 pandemiyasi paytida nogironligi bo'lgan odamlarga ovqat tarqatishdan tashqari zarur bo'lgan boshqa narsalar to'g'risida nogironlar tashkilotlari bilan maslahatlashishi kerak deb hisoblaydi.

Jamiyat imkoniyati cheklangan odamlarni uy qamog'iga qamab qo'ydi, deya hisoblaydi Isakov. Saida Mirziyoyeva qulay muhit va sharoitlar masalasiga e'tibor qaratganida edi, jamoat tashkilotlari eshitilib, hukumat nogironligi bor fuqarolar uchun sharoitlarni yaxshilashni o'z zimmasiga olar edi, deya hisoblaydi Oybek Isoqov.

Maqolani rus tilida o'qing: https://anhor.uz/society/seychas-kazhdiy-na-sebe-pochuvstvoval-kak-zhivut-lyudi-s-invalidnostyyu-v-izolyacii-desyatkami-let

@sharoitplus
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
UYDAGI YULDUZLAR: UMIDA

Sharoit+ nogironlar jamoat birlashmasi a'zosi Alimova Umida Bo'stonliq tumani Toshkent viloyatida istiqomat qiladi. U Hunarmand uyushmasi a'zosi. Karantin sababli mehnat faoliyatini uyda olib boryapti va biser mo'nchoqlardan har xil daraxt va gullar yasayapti. Siz ham karantindan unumli foydalaning!

Faoliyatimizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click |

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter | Instagram

www.sharoitplus.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SIZ HAM UYDA QOLING 🏡

Toshkent shahar 77-sonli ko'zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internati o'quvchilari karantin paytida vaqtni maroqli o'tkazmoqdlar. Siz ham shu vaqtdan unumli foydalaning va uyda qoling!

@sharoitplus

www.sharoitplus.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
RAMAZON MUBORAK!

Barchangizni kirib kelgan Ramazon oyi bilan tabriklaymiz va Sharoit+ a'zolari Shodiyaxon Qosimova yozgan she'rini Aziza Qahhorova ijrosida sizga havola etamiz.

RAMAZON
Nafsimiz qilsa neni,
Gʻaflatta boʻldik hazon.
Sogʻinib kettik seni,
Xush kelibsan Ramazon!

Rahmatlarga toʻlgan oy,
Qurʼon nozil boʻlgan oy.
Nafslarimiz oʻlgan oy,
Xush kelibsan Ramazon!

Saharlaring gʻanimat,
Iftorliklaring neʼmat.
Har bir soniyang hikmat,
Xush kelibsan Ramazon!

Shafqat boʻlib kelgan oy,
Hikmat boʻlib kelgan oy.
Savob, ajrlarga boy,
Xush kelibsan Ramazon!

Kishanlanar shaytonlar,
Tavba qiling yomonlar.
Ruhni poklang insonlar,
Xush kelibsan Ramazon!

Senda Qadr kecha bor,
Senda sabr kecha bor.
Ajri asr kecha bor,
Xush kelibsan Ramazon!

Moʻmining davlatisan,
Solihning savlatisan.
Ruhimning jannatisan,
Xush kelibsan Ramazon!

Faoliyatimizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click |

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter | Instagram

www.sharoitplus.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekistondagi Amerika elchixonasi xabar berishicha AQSh Davlat departamentidan grant oluvchi “Mehrli Qo’llar” imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi #COVID19 inqirozi paytida ajoyib ishni amalga oshirmoqda. Odamilylik Yo’lida turkumiga oid birinchi olingan videoni ko’rib, markaz faoliyati bilan tanishing!

Eslatib o'tamiz “Mehrli Qo’llar” Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi hamkori.

@sharoitplus
Aziz do‘stlar!

Bizning hamkorimiz bo'lgan O'zbekiston Karlar Jamiyati blogini endi Telegramda ham kuzatsangiz bo'ladi: @uzsduz

Blog asosan eshitishida nuqsoni bo‘lgan insonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ta’lim, ilm-fan, sport, madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha maqolalar berib boriladi. Bundan tashqari, dunyoda ro‘y berayotgan karlar yangiliklari, ularning muvaffaqiyatlari, dunyodagi taniqli karlar bilan suhbatlar va boshqa qiziqarli mavzularda ham maqolalar beriladi.

@sharoitplus
Hududlarda bittadan maktabda rivojlanishda turli nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun sinf ochiladi

Nogironligi bo‘lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Prezidentning “Nogironligi bo‘lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Maqolani o'qing: https://kun.uz/uz/20092915

@sharoitplus
Yolg‘izlik, izolyatsiya va diskriminatsiya. Imkoniyati cheklanganlar uchun pandemiya nimani anglatadi?

Butun dunyo bo‘ylab imkoniyati cheklangan shaxslar o‘zlariga doimiy ko‘rsatib kelinadigan yordamni olishida muammolar yuzaga kelmoqda. Shuningdek, tibbiy resurslar yetishmovchiligi kuzatilganda ham imkoniyati cheklanganlarning qurbon bo‘lishi ehtimoli ortyapti.

Batafsil o'qing: https://kun.uz/uz/60147285

@sharoitplus
Fransiyaning Kann shahrida 2019-yil 14-25 may kunlari bo‘lib o‘tgan xalqaro kinofestival doirasida bo‘lib o‘tgan “International Festival Entrʼ2 marches” qisqa metrajli filmlar festivalida hamyurtimiz, yosh, umidli kinorejissyor Shokir Xoliqovning “Choy” deb nomlangan filmi Gran-priga sazovor bo‘lgani haqida xushxabar tarqalgan edi.

Bu o‘zbek kinosi uchun tarixiy voqea. Bu festivalni Kanning asosiy festivaliga solishtirib, oddiy til bilan tushuntiradigan bo‘lsak, sportchilarning Olimpiada hamda Paraolimpiadasiga qiyoslash mumkin. U qanday nomlanmasin, baribir Kann kinofestivali sanaladi va bu o‘zbek kino san’atida sodir bo‘lgan katta hodisa.

O‘tgan yili Kann safari chog‘ida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodieva aynan shu yo‘nalishda o‘zi boshqarayotgan markaz nomidan film qilish niyatini bildirgan edi. Shokir Xoliqov esa ana shu niyatni amalga oshirdi.

Manba: UzA

Youtubeda tomosha qiling: https://youtu.be/LwPjP_tZ-gY

@sharoitplus
Ertaga “O‘zbekistonda nogironligi bor shaxslarning turmush sifatini oshirishning tibbiy va ijtimoiy jihatlari” onlayn Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida Sharoit+ nogironlar jamoat birlashmasi raisi Muxabbat Raximova va Sharoit+ loyihalar koordinatori Dilmurod Yusupov birgalikda tayyorlagan "Jamoaviy video orqali jismoniy imkoniyati cheklangan ayollarni ijtimoiy faolligini oshirish" izlanish taqdimoti bo'lib o'tadi.

Konferensiya 5 may kuni soat 12:00 da (Toshkent vaqti bilan) ZOOM dasturi orqali onlayn ravishda quyidagi havola orqali o‘tkazaladi:
https://us02web.zoom.us/j/2733958830
ID: 273 395 8830

@sharoitplus
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon keldi, Ramazon!

Rano Shodiyeva rahbarligidagi 'Mehrli Qo'llar' Imkoniyati cheklangan yoshlar va bollar markazi tomonidan "Ramazon keldi, Ramazon" qo'shig'i imo-ishorada eshitish qobiliyati cheklangan insonlar uchun kuylandi. Tomosha qiling!

@sharoitplus
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun alohida sinflar ochish inklyuziv ta'lim tamoyiliga to‘g‘ri keladimi? – Ekspert fikri

Yaqinda Xalq ta'limi vazirligi «Nogironligi bo‘lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori loyihasi va O‘zbekistonda 2030 yilgacha inklyuziv (integratsiyalashgan) ta'limni rivojlantirish konsepsiyasini muhokamaga qo‘ydi.

O‘zbekistonda turli xil nogironligi bo‘lgan bolalar inklyuziv (uyg‘unlashgan) sharoitda sifatli ta'lim olishlari va keyinchalik munosib ish o‘rinlari bilan ta'minlanishlari uchun qanday choralar ko‘rilishi kerak? Buyuk Britaniyadagi Sasseks universiteti doktoranti Dilmurod Yusupov ushbu maqolasida shu haqda so‘z yuritadi.

Maqolani o'qing: https://kun.uz/uz/37698914
Kun olimi. Abdullo Abduxalilov: “Nogironlik masalalari boʻyicha qabul qilinayotgan qarorlar ilmiy asosga ega emas!”

Sharoit+ nogironlar jamoat birlashmasi a'zosi Abdullo Abduxalilov sotsiologiya boʻyicha fan nomzodi va hozirda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti Ijtimoiy ish kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi nogironlik bo'yicha qabul qilinayotgan qonunlar haqida o'z fikr mulohazalari bilan bo'lishdi.

Batafsil o'qing: https://mininnovation.uz/oz/news/2000

@sharoitplus
Forwarded from uzsd.uz channel
«ILHAQ» filmi haqida
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan suratga olingan bu filmni anonslarda ko‘rib ta’sirlandim. Kecha ijtimoiy tarmoqda filmni ko‘rganlar yuqori baholashdi. Men va menga o‘xshagan minglab jamiyatimiz a’zolari ham ko‘rishni istashgani shubhasiz. Lekin bizga ko‘rish uchun ba’zi «ta’qiq» qo‘yilib, «ovozsiz» efirga uzatildi.
Buni oldindan bilganim uchun televizorga yaqinlashmadim, o‘g‘illarimga tavsiya qildim. Bir necha daqiqadan so‘ng o‘g‘lim boshqa xonaga oldimga kelib, subtitrlar orqali berilayotganini aytdi, bunga ishonmadim va ekran tarafga shoshildim. Unda faqat ruscha gapirayotgan joylarini tarjima qilib, o‘zbekcha matnli subtitrlar kiritilgan ekan.
Ovozsiz film – g‘ildiraksiz avtomobil kabi ta’siri bilinadi. Nega biz ham barcha kabi teng huquqga ega bo‘lib, filmni hech qanaqa to‘siqlarsiz ko‘ra olmaymiz? Axir bu film prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilgan, barcha uchun ko‘rishga imkoniyat yaratish kerak. O‘zbekiston karlar jamiyatida 25 ming atrofida eshitishida nuqsoni bo‘lgan insonlar mavjud, ularga tariximiz va avlodlarimizni bilib olish katta dars.
Qachon televideniye va filmlarimizni subtitrlar bilan tomosha qilamiz?

👇Kanalga a'zo bo‘lish👇
https://news.1rj.ru/str/uzsduz
Forwarded from •Uchinchi sektor•
​​Sharoit Plus Nogironlar birlashmasining imkoniyati cheklangan insonlarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida "Imkoniyati cheklangan insonlar jamoatchilik nigohida" nomli videoroliklar tayorlashgan.

Quyida videolarning ro‘yxatini taqdim etamiz.
1-son: Imkoniyati cheklangan insonlar jamiyatda qanchalik faol? - 📽https://youtu.be/Wc8rySNahrM
2-son: Imkoniyati cheklangan insonlar uchun jamiyatda sharoitlar qanday? -📽https://youtu.be/yN3R_9W-Azo
3-son: Noqulay qulayliklar1 - 🎥https://youtu.be/jsDBYxWIva0
4-son: Noqulay qulayliklar2 -📽https://youtu.be/bm8_QLmaa6c
5-son: Matonatli onalar1 - 📽https://youtu.be/Ll-gc5LfyZI
6-son: Matonatli onalar2 - 📽https://youtu.be/Du8DwNaWtjk
7-son: "Jamoaviy video" loyihasining natijasi haqida -📽https://youtu.be/0WfiBqr55Ek

Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi (NNT) rasmiy kanali va vebsayti - https://news.1rj.ru/str/sharoitplus www.sharoitplus.uz

Videoroliklarni ko'rishni tavsiya etamiz va fikrlaringizni kutib qolamiz!
@Uchinchi_Sektor