sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.88K subscribers
1.76K photos
313 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
Ertaga “O‘zbekistonda nogironligi bor shaxslarning turmush sifatini oshirishning tibbiy va ijtimoiy jihatlari” onlayn Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida Sharoit+ nogironlar jamoat birlashmasi raisi Muxabbat Raximova va Sharoit+ loyihalar koordinatori Dilmurod Yusupov birgalikda tayyorlagan "Jamoaviy video orqali jismoniy imkoniyati cheklangan ayollarni ijtimoiy faolligini oshirish" izlanish taqdimoti bo'lib o'tadi.

Konferensiya 5 may kuni soat 12:00 da (Toshkent vaqti bilan) ZOOM dasturi orqali onlayn ravishda quyidagi havola orqali o‘tkazaladi:
https://us02web.zoom.us/j/2733958830
ID: 273 395 8830

@sharoitplus
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon keldi, Ramazon!

Rano Shodiyeva rahbarligidagi 'Mehrli Qo'llar' Imkoniyati cheklangan yoshlar va bollar markazi tomonidan "Ramazon keldi, Ramazon" qo'shig'i imo-ishorada eshitish qobiliyati cheklangan insonlar uchun kuylandi. Tomosha qiling!

@sharoitplus
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun alohida sinflar ochish inklyuziv ta'lim tamoyiliga to‘g‘ri keladimi? – Ekspert fikri

Yaqinda Xalq ta'limi vazirligi «Nogironligi bo‘lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori loyihasi va O‘zbekistonda 2030 yilgacha inklyuziv (integratsiyalashgan) ta'limni rivojlantirish konsepsiyasini muhokamaga qo‘ydi.

O‘zbekistonda turli xil nogironligi bo‘lgan bolalar inklyuziv (uyg‘unlashgan) sharoitda sifatli ta'lim olishlari va keyinchalik munosib ish o‘rinlari bilan ta'minlanishlari uchun qanday choralar ko‘rilishi kerak? Buyuk Britaniyadagi Sasseks universiteti doktoranti Dilmurod Yusupov ushbu maqolasida shu haqda so‘z yuritadi.

Maqolani o'qing: https://kun.uz/uz/37698914
Kun olimi. Abdullo Abduxalilov: “Nogironlik masalalari boʻyicha qabul qilinayotgan qarorlar ilmiy asosga ega emas!”

Sharoit+ nogironlar jamoat birlashmasi a'zosi Abdullo Abduxalilov sotsiologiya boʻyicha fan nomzodi va hozirda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti Ijtimoiy ish kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi nogironlik bo'yicha qabul qilinayotgan qonunlar haqida o'z fikr mulohazalari bilan bo'lishdi.

Batafsil o'qing: https://mininnovation.uz/oz/news/2000

@sharoitplus
Forwarded from uzsd.uz channel
«ILHAQ» filmi haqida
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan suratga olingan bu filmni anonslarda ko‘rib ta’sirlandim. Kecha ijtimoiy tarmoqda filmni ko‘rganlar yuqori baholashdi. Men va menga o‘xshagan minglab jamiyatimiz a’zolari ham ko‘rishni istashgani shubhasiz. Lekin bizga ko‘rish uchun ba’zi «ta’qiq» qo‘yilib, «ovozsiz» efirga uzatildi.
Buni oldindan bilganim uchun televizorga yaqinlashmadim, o‘g‘illarimga tavsiya qildim. Bir necha daqiqadan so‘ng o‘g‘lim boshqa xonaga oldimga kelib, subtitrlar orqali berilayotganini aytdi, bunga ishonmadim va ekran tarafga shoshildim. Unda faqat ruscha gapirayotgan joylarini tarjima qilib, o‘zbekcha matnli subtitrlar kiritilgan ekan.
Ovozsiz film – g‘ildiraksiz avtomobil kabi ta’siri bilinadi. Nega biz ham barcha kabi teng huquqga ega bo‘lib, filmni hech qanaqa to‘siqlarsiz ko‘ra olmaymiz? Axir bu film prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilgan, barcha uchun ko‘rishga imkoniyat yaratish kerak. O‘zbekiston karlar jamiyatida 25 ming atrofida eshitishida nuqsoni bo‘lgan insonlar mavjud, ularga tariximiz va avlodlarimizni bilib olish katta dars.
Qachon televideniye va filmlarimizni subtitrlar bilan tomosha qilamiz?

👇Kanalga a'zo bo‘lish👇
https://news.1rj.ru/str/uzsduz
Forwarded from •Uchinchi sektor•
​​Sharoit Plus Nogironlar birlashmasining imkoniyati cheklangan insonlarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida "Imkoniyati cheklangan insonlar jamoatchilik nigohida" nomli videoroliklar tayorlashgan.

Quyida videolarning ro‘yxatini taqdim etamiz.
1-son: Imkoniyati cheklangan insonlar jamiyatda qanchalik faol? - 📽https://youtu.be/Wc8rySNahrM
2-son: Imkoniyati cheklangan insonlar uchun jamiyatda sharoitlar qanday? -📽https://youtu.be/yN3R_9W-Azo
3-son: Noqulay qulayliklar1 - 🎥https://youtu.be/jsDBYxWIva0
4-son: Noqulay qulayliklar2 -📽https://youtu.be/bm8_QLmaa6c
5-son: Matonatli onalar1 - 📽https://youtu.be/Ll-gc5LfyZI
6-son: Matonatli onalar2 - 📽https://youtu.be/Du8DwNaWtjk
7-son: "Jamoaviy video" loyihasining natijasi haqida -📽https://youtu.be/0WfiBqr55Ek

Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi (NNT) rasmiy kanali va vebsayti - https://news.1rj.ru/str/sharoitplus www.sharoitplus.uz

Videoroliklarni ko'rishni tavsiya etamiz va fikrlaringizni kutib qolamiz!
@Uchinchi_Sektor
Ta'limdagi integratsiya va inklyuziya o'rtasidagi farq nima? Nogironligi bo'lgan bolalar sifatli ta'lim olishlari va keyinchalik munosib ish topishlari uchun haqiqiy inklyuziv sharoitlarni qanday yaratish mumkin? Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tayyorlangan inklyuziv (integratsiyalashgan) ta'limni rivojlantirish to'g'risidagi Prezident qarori loyihasi bilan tanishing va jamoatchilik muhokamasida ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/uz/document/17141

Sasseks universiteti qoshidagi Taraqqiyot tadqiqotlari instituti doktoranti Dilmurod Yusupov yozgan maqolalarni o'qing.

O'zbek tilida: https://kun.uz/news/2020/05/08/nogironligi-bolgan-bolalar-uchun-alohida-sinflar-ochish-inklyuziv-talim-tamoyiliga-togri-keladimi-ekspert-fikri

На русском: https://www.gazeta.uz/ru/2020/05/09/education/

@sharoitplus
Koronavirus COVID-19 va unga qarshi choralar sizga qanday ta'sir qilyapti?

16 may
shanba kuni soat 14:00dan 16:00ga qadar (Toshkent vaqti bilan) "COVID-19 karantin imkoniyati cheklangan insonlarga qanday taʼsir koʻrsatdi?" mavzusida ZOOMda suhbat oʻtkazamiz! Barchangizni shu suhbatga taklif qilamiz.

ZOOMga ulanish uchun havola:
https://us04web.zoom.us/j/2818214481?pwd=bjBmZmcrdDR3eDdzL0tLZGhNZm1jZz09

ZOOM ID: 281 821 4481
Parol: 3QoXQh

Faoliyatimizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click |

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter | Instagram

www.sharoitplus.uz
"COVID-19 karantin imkoniyati cheklangan insonlarga qanday taʼsir koʻrsatdi?" mavzusidagi ZOOM davra suhbatimiz boshlanyapti! Barchangizni shu suhbatga taklif qilamiz.

ZOOMga ulanish uchun havola:
https://us04web.zoom.us/j/2818214481?pwd=bjBmZmcrdDR3eDdzL0tLZGhNZm1jZz09

ZOOM ID: 281 821 4481
Parol: 3QoXQh

@sharoitplus
COVID-19 karantini imkoniyati cheklangan insonlarga qanday taʼsir koʻrsatdi?

Bugun Sharoit+ nogironlar jamoat birlashmasi a'zolari bilan COVID-19 karantin imkoniyati cheklangan insonlarga qanday taʼsir koʻrsatdi? mavzusida ZOOMda 15-20 kishi bilan 2 soatlik suhbat oʻtkazdi! Barcha imkoniyati cheklangan insonlar va ularning hayotiga befarq bo'lmagan insonlarni shu suhbatda ishtirok etganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Birinchi masofaviy davra suhbati davomida koronavirus pandemiyasi paytida imkoniyati cheklangan insonlarni qiynab kelayotgan muammolar hamda karantin joriy etilishining ijobiy tomonlari ham atroflicha muhokama qilindi. Natijada bunday suhbatlarni davomiy tashkillashitirsh va muhokama videosi/audiosini ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishga kelishildi.

Faoliyatimizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click |

Sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter | Instagram

www.sharoitplus.uz
Yangi tahrirdagi “Ta'lim to‘g‘risida"gi qonunga inklyuziv ta’lim tushunchasi kiritiladi

Yangi tahrirdagi “Ta'lim to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi. Qonunga har bir bolaning ta’lim olishdagi teng huquqliligini ta’minlash, har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini olishga qaratilgan “inklyuziv ta’lim” tushunchasi ham kiritildi.

“Bu esa, har bir bolaning ta’lim olishdagi teng huquqliligini ta’minlash, har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini olishga xizmat qiladi”, deya tushuntiriladi xabarda.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/oz/2020/05/19/inclusive-education/

@sharoitplus
​​“MENING HAYOT YO’LIM”

“Sharoit+NJB” tashkiloti sizlarga maktab davringizga qaytishingizga sharoit yaratib bermoqchi.

🏫 Barchamiz maktab chog’larida diktant, insho, bayon va hikoyalar yozganmiz.
Hayoliy qahramonlarimizni shu bayon va hikoyalarimizda aks ettirganmiz.
Endi esa o’zimiz hayotiy qahramonga aylandik.
Sizdan so’rayotganimiz shu qahramon haqida hikoya yozib, bizlarga jo’natishdir.

Buning uchun nima qilaylik deysizmi?
Bu juda oson. Qo’lingizga smartfoningizni olingda, zamonaviy tarzda bir maktab davrlaringizni yodga olib hikoya yozishni boshlang.

📝 Hikoyangiz mavzusini “Mening hayot yo’lim” deb nomlang.

Hayotingizda nimaniki boshingizdan kechirgan bo’lsangiz barini hikoyangizda so’zlar bilan jonlantiring va rasmiy botimizga jo’nating.

🎊 Biz sizga nafaqat sharoit yaratib bermoqchimiz balki, biz sizni mukofot bilan ham taqdirlaymiz!

🎁 Jo’natgan hikoyangizni ma’muriyatimiz ko’rib chiqib;
1-o’rin uchun 50ming so’m;
2-o’rin uchun 25ming so’m;
3-o’rin uchun 15ming so’m;
💰 Pul o’tkazmalarini telefon raqamingizga amalga oshiradi.

👨‍🎓 G’oliblar 2020 yil 25-kuni e’lon qilinadi.

📌 O’zingizni bir sinab ko’ring va g’oliblikni qo’lga kiriting!

Rasmiy botimiz: @SharoitAloqa_bot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter
sharoitplus.uz pinned «​​“MENING HAYOT YO’LIM” “Sharoit+NJB” tashkiloti sizlarga maktab davringizga qaytishingizga sharoit yaratib bermoqchi. 🏫 Barchamiz maktab chog’larida diktant, insho, bayon va hikoyalar yozganmiz. Hayoliy qahramonlarimizni shu bayon va hikoyalarimizda aks…»
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Talk" (Suhbat)

E'tiboringizga bir ajoyib filmni taqdim etamiz! Dastlab sharoiti cheklangan insonlar huquqlari bo‘yicha komissiya tomonidan yaratilgan bu fil'm o‘zbek tiliga Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi homiyligida 2012 yilda tarjima qilingan.

Filmda sharoiti cheklangan insonlarning kundalik hayotiga yangicha nazar tashlash orqali ular jamiyatda duch kelayotgan to‘siqlar va ijtimoiy muammolar ko‘rsatilgan.

Film haqidagi mulohazalaringizni bizga yozib yuboring @SharoitAloqa_bot va do‘stlaringiz bilan ham bo‘lishing.

Faoliyatimizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click |

Sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter | Instagram

www.sharoitplus.uz
So‘rov: Mehribonlik uylari kerakmi?

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar joylashtiriladigan “Mehribonlik” uylari va bolalar doimiy yashaydigan ixtisoslashtirilgan maxsus maktablar va maktab internatlarga munosabatingizni bilmoqchimiz.

Iltimos, so‘rovnomaning 5ta savoliga javob bering. Bu tahminan 5 daqiqa vaqtingizni oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2020/05/23/survey/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu aleykum va rohmatullohi va baraktuhu!

🕌 "Sharoit+" NJB Tashkiloti siz azizlamizni "Eid ul Ramazon" ayyomi bilan muborakbod etamiz!
💝 Barcha ezgu tilaklarimiz sizga hamroh bo'lsin!
Faoliyatimizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click |

Sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter | Instagram

www.sharoitplus.uz
Forwarded from •Uchinchi sektor•
​​Депутатлар Ўзбекистонда БМТнинг ногиронлар ҳуқуқлари тўғрисидаги конвенциясига мувофиқ, ногирон сўзи ўрнига “ногиронлиги бўлган шахс” атамаси татбиқ этилишини таклиф қилмоқда.

Бу атаманинг киритилишида ногиронлиги бўлган шахсларнинг жамият ҳаётида фаол иштирок этиши, ўз салоҳиятини намоён этиши учун зарур шароит яратишни мақсад қилинган. Шунингдек, ушбу соҳадаги муаммоларни ҳал этиш мақсадида ногиронликни белгилаш механизмларини ва унинг муддатларини, тегишли меъёрий-ҳуқуқий ҳужжатларни такомиллаштириш юзасидан бир қатор янги нормалар қонун лойиҳасига киритилмоқда.

Жумладан, ногиронликни белгилаш янги қонун лойиҳасида тиббий-ижтимоий эксперт комиссиялари ва ўн саккиз ёшгача бўлган болалар педиатрия тиббий-ижтимоий эксперт комиссиялари томонидан амалга оширилиши белгиланяпти. Бундан ташқари, ногиронлик белгилари яққол кўриниб турган беморларни ортиқча ташхис-текширувлари ўтказмасдан тўғридан-тўғри тиббий-ижтимоий эксперт комиссияларига юбориш тартиби киритилмоқда.

Манба: http://parliament.gov.uz/uz/events/opinion/31111/

@Uchinchi_Sektor
Nogironlikni belgilashda sansalorlik boʻlmaydi

BMTning nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasiga muvofiq, nogiron soʻzi oʻrniga “nogironligi boʻlgan shaxs” atamasi tatbiq etilmoqda. Bu atamaning kiritilishida nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi, oʻz salohiyatini namoyon etishi uchun zarur sharoit yaratishni maqsad qilingan. Maʼlumotlarga koʻra, bugun sayyoramizda salkam bir milliardga yaqin nogironligi boʻlgan shaxslar hayot kechirmoqda.

Siz nima fikrdasiz? Mulohazalaringiz bilan bo'lishing.

Maqolani o'qing: http://xs.uz/uz/post/nogironlikni-belgilashda-sansalorlik-bolmajdi

@sharoitplus
Ertaga 27 May 18:00da (Toshkent vaqti bilan) O'zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati va ularga COVID-19 ta'siri mavzusida @Uchinchi_Sektor vebinari bo'lib o'tadi.

Hozirgi kunda COVID-19 ta'siri har qanday tashkilotlar faoliyatiga ta'sir ko'rsatib kelmoqda. O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan NNTlar faoliyatiga bu kasallik va uning oqibatidagi karantin qanday ta'sir ko'rsatayotgani haqida suhbat olib boramiz.

Vebinar imo ishora tiliga (surdo) tarjima qilib boriladi.

Zoomga ulanish uchun havola:
https://us02web.zoom.us/j/5872505497

Meeting ID: 587 250 5497

@sharoitplus