sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.92K subscribers
1.75K photos
312 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
#loyiha

💙🎵 «SHAROIT PLYUS» qoshida media-markaz tashkil etish uchun yordamingiz kerak!

👩🏻‍🦽🧑🏻‍🦯 Tashkilotimiz turli xil nogironligi bor shaxslarning kasbiy malakasini oshirish, munosib ish topish, huquqiy savodxonliklarini oshirib ularga bepul huquqiy maslahatlar berib kelyapti. O‘tgan yili O‘zbekistonda inklyuziv va ijtimoiy rivojlanish haqida xabardorlikni oshirish maqsadida MediaPlus.uz platformasini ham ishga tushirdi.

💁🏻‍♀️ Ammo bu faoliyatni yanada samaraliroq tashkil etish uchun turli toifadagi nogironligi bo‘lgan xodimlarimiz erkin harakatlanoladigan suratga olish joyi, video olish va uni montaj qilish hamda ovoz yozish studiyalariga o‘tkir ehtiyoj sezilmoqda. Mazkur loyiha «SHAROIT PLYUS» qoshida zamonaviy media-markaz tashkil etishni ko‘zda tutadi.

Loyiha haqida YouTubeda tomosha qiling: https://youtu.be/Rh6LpVK1leA


💳 Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz loyihamizga Click, Payme va Payze orqali homiylik qiling.

☎️ Loyihaga nomoddiy shaklda yordam bermoqchi bo‘lsangiz hamda savol va takliflaringiz bo‘lsa +998 (90) 113-25-52 telefon raqami orqali murojaat qiling.

Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Barcha uchun qulay sharoitlar!

www.sharoitplus.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1
sharoitplus.uz
#loyiha 💙🎵 «SHAROIT PLYUS» qoshida media-markaz tashkil etish uchun yordamingiz kerak! 👩🏻‍🦽🧑🏻‍🦯 Tashkilotimiz turli xil nogironligi bor shaxslarning kasbiy malakasini oshirish, munosib ish topish, huquqiy savodxonliklarini oshirib ularga bepul huquqiy maslahatlar…
#проект

💙🎵 Нужна ваша помощь для создания медиацентра при ООИ «ШАРОИТ ПЛЮС»!

👩🏻‍🦽🧑🏻‍🦯 Наша организация помогает людям с различными формами инвалидности повышать профессиональные навыки, находить достойную работу, повышать правовую грамотность и предоставляет бесплатные юридические консультации.

Однако для более эффективной организации нашей деятельности возникла острая необходимость в студиях для видеозаписи, монтажа и звукозаписи, которые были бы доступны для сотрудников с различными формами инвалидности. Данный проект предполагает создание современного медиацентра при ООИ «ШАРОИТ ПЛЮС».

Узнайте больше про проект на YouTube: https://youtu.be/Rh6LpVK1leA (видео на узбекском языке с субтитрами на русском)


💳 Если вы также хотите внести свой вклад в это благое дело, поддержите наш проект через Click, Payme и Payze.

☎️ Если вы хотите помочь проекту в нематериальной форме или у вас есть вопросы и предложения, обращайтесь по телефону +998 (90) 113-25-52.

Поддержи проекты | Стань волонтёром | Стань членом

Доступные условия для всех!

www.sharoitplus.uz/ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
sharoitplus.uz
#вебинар 🧏🏻‍♀️🥐 Инклюзия на рабочем месте: опыт фабрики «Safia» и извлеченные уроки 💁🏻‍♀️ С сентября 2023 года Ish Plus в сотрудничестве с кондитерским домом «Safia» обеспечили инклюзивную занятость более 80 человек с инвалидностью на их фабрике в Ташкенте.…
Добрый день!

🔜 Сегодня 28 февраля в 15:00 состоится первый вебинар на тему "Инклюзия на рабочем месте: опыт фабрики Safia и извлеченные уроки". Наша гостья — Мафтуна Зуфарова, начальница отдела работы с персоналом производственной фабрики «Safia Bakery».

📱 Для участия в вебинаре регистрируйтесь по ссылке:
👉 Регистрация

📱
Онлайн-трансляция на YouTube: https://www.youtube.com/watch?v=bNwP3XiIkH0

Вебинар будет на узбекском с переводом на русский язык и Узбекский жестовый язык.


Ждем ваши вопросы! 🧡

#ИнклюзивныйБизнес #ИнклюзивныйHR #КорпоративнаяСоциальнаяОтветственность
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent | #Monomarkaz

✍🏻SARHISOB
"Imkoniyatlar markazi"da ko'rish bo'yicha nogironligi bo'lganlar uchun poytaxtimizdagi "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda "Kompyuter operatori" kursi tashkil etilgan. Ayni vaqtda ushbu kursni muvaffaqqiyatli tamomlayotgan tinglovchilarni bilimlari sarhisob qilindi.

Ma'lumot o'rnida,  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-390-sonli Qarori asosida "Imkoniyatlar markazi" faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, unda imkoniyati cheklangan fuqarolarga qisqa muddatli kurslarda kasb-hunar o'rganishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | Web-site | YouTube
Monomarkaz Axborot xizmati
👍3
Hurmatli va aziz ayollar!

🌷Sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin dildan tabriklaymiz! Ushbu kun butun dunyoda ayollarning huquqlari, imkoniyatlari va tengligini ta’minlash yo‘lidagi intilishlarni yuksaltirish uchun muhim sana bo‘lib, ayniqsa nogironligi bo‘lgan ayollar uchun adolatli va inklyuziv jamiyat yaratish yo‘lida alohida ahamiyat kasb etadi.

🇺🇳 Nogironligi huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning 6-moddasida har bir insonning, jumladan, nogironligi bor ayollarning ham to‘laqonli va samarali hayot kechirishini ta’minlashga qaratilgan.

👩🏻‍🦽Har bir ayol, jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollar ham teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak!


Ushbu kun sizga quvonch, sog‘lik va baxt olib kelsin! Hayotingiz doimo ezgulik, e’tibor va ehtirom bilan to‘lsin!

Hurmat bilan,
Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi

Barcha uchun qulay sharoitlar!

www.sharoitplus.uz
6👍1👏1
Уважаемые и дорогие женщины!

🌷 От всей души поздравляем вас с 8 Марта – Международным женским днем! Этот день является важной датой для всего мира, способствующей укреплению прав, возможностей и равенства женщин. Особенно он значим для женщин с инвалидностью, так как подчеркивает важность создания справедливого и инклюзивного общества.

🇺🇳 В статье 6 Конвенции ООН о правах инвалидов закреплено, что каждый человек, включая женщин с инвалидностью, должен иметь возможность вести полноценную и достойную жизнь.

👩🏻‍🦽 Каждая женщина, в том числе женщины с инвалидностью, должна обладать равными правами и возможностями!


Пусть этот день принесет вам радость, здоровье и счастье! Пусть ваша жизнь всегда будет наполнена добротой, вниманием и уважением!

С уважением,
Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Доступные условия для всех!

www.sharoitplus.uz/ru
8👍2
📣 "SHAROIT PLYUS" NJB nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalar uchun bepul tikuvchilik kursi boshlandi

👩🏻‍🏫 Kursda o‘qish uchun ariza topshirgan 19 kishidan 6 kishi Yunusobod tumanidagi bosh ofisimizdagi tikuv sexda offlayn tarzda ishtirok etishga rozi bo‘lishdi. Kursni O‘zbekiston Respublikasi "Hunarmand" uyushmasi a’zosi Umurzoqova Gulnozaxon Abduraximovna olib boryaptilar. Darslar haftasiga ikki kun bosh ofisimizda o‘tkazilyapti.


🧵✂️O‘qishda tikish-bichish texnologiyalari, har xil matolar bilan ishlash hamda turli xil uslubdagi kiyim va liboslar yaratish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalar beriladi. Kursni muvaffaqiyatli bitirganlar "SHAROIT PLYUS" NJB qoshidagi tikuv sexida davomiy ish bilan ta’minlanadi.

📸 E’tiboringizga tikuvchilik kursi o‘quv jarayonlaridan lavhalar bilan bo‘lishamiz.

🙏 Loyihamizni qo‘llab-quvvatlashda yordam bergan Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova va Jahon banki guruhi xodimlari, Yunusobod tumani hokimiyati, «Bobodehqon» mahallasi fuqarolar yig‘ini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Yandex O‘zbekiston kompaniyasi va boshqa barcha hissa qo‘shganlarga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Barcha uchun qulay sharoitlar!

www.sharoitplus.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
sharoitplus.uz
📣 "SHAROIT PLYUS" NJB nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalar uchun bepul tikuvchilik kursi boshlandi 👩🏻‍🏫 Kursda o‘qish uchun ariza topshirgan 19 kishidan 6 kishi Yunusobod tumanidagi bosh ofisimizdagi tikuv sexda offlayn…
📣 В ООИ «ШАРОИТ ПЛЮС» стартовал бесплатный курс швейного дела для женщин с инвалидностью и матерей, воспитывающих детей с инвалидностью!

👩🏻‍🏫 Из 19 человек, подавших заявки на обучение, 6 выразили готовность посещать офлайн-занятия в швейном цехе нашего головного офиса в Юнусабадском районе. Курс ведет член Ассоциации ремесленников "Hunarmand" Республики Узбекистан — Умурзокова Гульнозахон Абдурахимовна. Занятия проходят дважды в неделю в нашем головном офисе.


🧵✂️ В рамках обучения участницы освоят технологии кроя и шитья, работу с различными видами тканей, а также приобретут теоретические и практические навыки создания одежды в различных стилях. Выпускницы курса получат возможность трудоустройства в швейном цехе при ООИ «ШАРОИТ ПЛЮС».

📸 Делимся с вами кадрами учебного процесса!

🙏 Выражаем искреннюю благодарность за поддержку нашего проекта региональному директору Всемирного банка по Центральной Азии Татьяне Проскуряковой и сотрудникам Всемирного банка, хокимияту Юнусабадского района, махалле «Бободехкон», Фонду развития культуры и искусства при Кабинете Министров Республики Узбекистан, компании Yandex Uzbekistan и всем, кто внес свой вклад.

Поддержи проекты | Стань волонтёром | Стань членом

Доступные условия для всех!

www.sharoitplus.uz/ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
📣 Jurnalist va blogerlar uchun ochiq uchrashuv!

Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi sizni ijtimoiy loyihalarimiz bilan tanishtirish va ularni keng jamoatchilikka yetkazishda o‘z hissangizni qo‘shishga taklif qiladi!

🗓 Sana: 15-mart, shanba
🔜 Vaqt: 14:00
📍 Manzil: Toshkent shahri, Xiyobon ko‘chasi, 22-uy, "Sharoit Plyus" bosh ofisi.

💡 Nima uchun kelishingiz kerak?
Nogironligi bo‘lgan insonlarning hayoti qanday kechayotganini birga o‘rganamiz va ularni qo‘llab-quvvatlashning samarali yo‘llarini muhokama qilamiz! Tashkilotimiz xodimlarining 70% ini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etadi.

🏆 Bizning loyihalarimiz:
Nogiron ayollar va qizlar uchun – Tikuv korxonasi
Nogiron shaxslar uchun ish maydoni – Coworking markazi
Ko‘zi ojizlar uchun kitob chop etish – Brayl bosmaxonasi
Nogiron bolalar onalari uchun qo‘llab-quvvatlash"Matonatli onam" loyihasi
Nogiron bloger va jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlashInklyuziv media markaz
Nogiron shaxslarni ish bilan ta’minlashwww.ishplus.uz
Nogiron shaxslarga bepul huquqiy yordamwww.huquqplus.uz
Nogiron shaxslarni ish bilan ta’minlovchi ijtimoiy korxonaPraxis Plyus
Nogiron shaxslar uchun bepul ingliz tili kurslari

💁🏻‍♀️ Sizdan nima so‘raladi?
📌 Tadbirda ishtirok etib, sizga yoqqan loyiha haqida material tayyorlash
📌 Ijtimoiy tarmoqlaringiz yoki OAV orqali loyihalarimizni yoritish
📌 Ushbu muhim tashabbusni keng jamoatchilikka yetkazishda yordam berish

📞 Aloqa uchun: +998 (90) 113-25-52 (Ulug‘bek Mamatxanov)

"Sharoit Plyus"ni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram: t.me/sharoitplus
🔹 Instagram: instagram.com/sharoitplus
🔹 Facebook: facebook.com/sharoitplus
🔹 Veb-sayt: sharoitplus.uz

⚡️ Sizning ishtirokingiz jamiyat uchun juda muhim!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
sharoitplus.uz pinned «📣 Jurnalist va blogerlar uchun ochiq uchrashuv! Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi sizni ijtimoiy loyihalarimiz bilan tanishtirish va ularni keng jamoatchilikka yetkazishda o‘z hissangizni qo‘shishga taklif qiladi! 🗓 Sana:…»
💙 "SHAROIT PLYUS" 15-mart jurnalistlar va blogerlar uchun ochiq uchrashuv tashkil qildi

💁🏻‍♀️ Tashkilot faoliyati, ichki tuzilmasi, loyihalari, maqsadi va vazifalari haqida taqdimot o‘tkazildi. Uchrashuv tashkilot ichiga kichik ekskursiya bilan davom etdi. Bu ekskursiyada turli homiy va hamkor tashkilotlar bilan birga amalga oshirilgan inklyuziv tikuv sexi, kovorking markazi va ularning faoliyati haqida ma’lumot berildi.

💜 Shuningdek, "PRAXIS PLUS" ijtimoiy korxonasi tarkibidagi Brayl bosmaxonasi ham tanishtirildi. Kelgusida reja qilingan media markaz barpo etish loyihasi haqida ham so‘z yuritildi.

🎙 Uchrashuvga kelgan jurnalistlar qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Shuningdek, aytilishicha, bu yil tashkilotning asosiy maqsadi inklyuziv media markazini ishga tushirishdir. Bu maqsadga erishish uchun allaqachon ishlar boshlangan.

"Media markaz qurish orqali biz ovoz yozish studiyalariga ijod qilish uchun borishni istagan nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqsiz muhit yaratmoqchimiz. Toki ular studiyada zinalar yo‘qmikan yoki lift bormikan deb o‘ylab o‘tirmasin," deydi "SHAROIT PLYUS" Kengashi a'zosi Ulug‘bek Mamatxanov.


🤝 U shuningdek, "Xayr saxovatli insonlar ko‘p. Xayriyaning yana bir ko‘rinishi borki, uni maqsadli amalga oshirish. Ya’ni baliq emas, baliq tutish uchun qarmoq uzatish. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga bir martalik oziq-ovqat yoki moddiy yordam ko‘rinishidami yordam berish yaxshi, albatta, lekin ularga o‘z moddiy mustaqilliklarini o‘zlari ta’minlashi uchun imkon yaratishga xayriya qilish yanada manfaatliroq bo‘ladi," deya o‘z missiyalariga aniqlik kiritdi.

Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling


Barcha uchun qulay sharoitlar!

www.sharoitplus.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6