sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.92K subscribers
1.75K photos
312 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
Forwarded from Mass-media fondi
9-10-aprel kunlari Mass-media fondida jurnalist va blogerlar uchun nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan bog‘liq mavzularni OAVda to‘g‘ri yoritishga bag‘ishlangan ikki kunlik trening o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent shahar “Sharoit Plyus” nogironlar jamoat birlashmasi mutaxassislari ma’ruzachi sifatida ishtirok etdilar.

Treningda nafaqat to‘g‘ri terminologiyadan foydalanish va nogironligi bo‘lgan shaxslar haqidagi stereotiplarga qarshi kurashish masalalariga, balki jurnalistik materiallarni tayyorlashda ular bilan muloqot madaniyatining nozik jihatlariga ham katta e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ma’ruzachilar nogironlik — bu hukm emasligini ta’kidlab o‘tishdi. Zarur sharoitlar, tegishli infratuzilma, shuningdek, axborotdan foydalanish imkoniyati yaratilganda, ko‘plab nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatga to‘liq integratsiyalashishi, o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi va ijtimoiy hayotning turli sohalariga sezilarli hissa qo‘shishi mumkin.

🌐Website|📱Telegram|📱Instagram|🌐LinkedIn | 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Mass-media fondi
В Фонде массмедиа 9 и 10 апреля прошли тренинги для журналистов и блогеров, посвящённые этичному освещению в СМИ тем, связанных с людьми с инвалидностью.

Спикерами на мероприятии выступили специалисты общественного объединения людей с инвалидностью г. Ташкента Sharoit Plus — организации-партнёра Фонда массмедиа.

На тренингах было уделено большое внимание не только использованию правильной терминологии, борьбе со стереотипами в отношении людей с инвалидностью, но и нюансам культуры общения с ними при подготовке потенциальных материалов.

Как отмечали спикеры, инвалидность — это не приговор, вследствие которого люди безвозвратно утрачивают способность выполнять некоторые обычные функции. При создании необходимых условий, соответствующей инфраструктуры, а также доступа к информации, многие лица с инвалидностью смогут полноценно интегрироваться в общество, реализовать свои способности и внести значительный вклад в различные области жизни, включая культуру, науку и экономику.

🌐Website|📱Telegram|📱Instagram|🌐LinkedIn | 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Bandlik va inklyuziya: Toshkentda ochiq muloqot

👍 17-aprel kuni Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi “MediaDialog" doirasida navbatdagi ekspertlar uchrashuvini oʻtkazdi. Tadbir “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash: muammolar, yechimlar va medianing o‘rni” mavzusiga bag‘ishlandi.

Uchrashuvda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Sharoit Plus” NNT, “PRAXIS PLUS” MChJ hamda nodavlat tashkilotlar va OAV vakillari faol ishtirok etishdi.

💬 Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan muloqotda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga yollagan ish beruvchilarga beriladigan subsidiyalar va imtiyozlarning ishlashi bilan bog‘liq muammolar, nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, mehnat bozorini inklyuziv qilish yo‘llari, inklyuziv bandlikni targ‘ib qilishda OAVning o‘rni hamda ish o‘rinlari yaratishdagi amaliy yondashuvlar va innovatsiyalar kabi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

🟢 Uchrashuv nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotiga to‘laqonli integratsiyalashuvi, xususan, ularning munosib ish bilan ta’minlanishi yo‘lidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish va hamkorlikda yechimlar ishlab chiqish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.

#InklyuzivJamiyat #FCDO #EGED #UKinKyrgyzstan #ӨСИ_ИПР #ДатаЖурналистика #MJDC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1