sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.88K subscribers
1.76K photos
313 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
​​Gaelynn Lea bilan tanishing, u amerikalik skripkachi, qo'shiqchi va nogironligi bor insonlar huquqlari himoyachisi.

18 iyun Toshkent vaqti bilan 18:00da sizni Gaelynn bilan jonli efirdagi suhbatda ishtirok etishga O'zbekistondagi Amerika elchixonasi taklif qiladi. Facebookdagi onlayn suhbat jarayonida u bir nechta qo'shiqlarni ijro etadi va uchun musiqa, sharoit va nogironligi bo'lgan bolalar ta'limi haqida suhbatlashadi.

Suhbat ingliz va rus tillarida olib boriladi va jonli efir Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari uchun mo'ljallangan.

Gaelynn Li 2016 yilda NPR musiqiy asboblari tanlovida g'olib chiqdi. Ayni paytda xonanda va qo'shiq yozuvchi 43 shtatda va 7 mamlakatda kontsert bergan va endi u Markaziy Osiyodagi tinglovchilarimiz bilan onlayn dasturini o'tkazadi!

Qo'shiqlarni yaratish va ijro etishdan tashqari, Gaelynn o'z musiqasidan nogironligi bo'lgan odamlarni huquqlarini himoya qilish va ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlash uchun platforma sifatida foydalanadi.

Suhbatda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting: https://www.facebook.com/events/287710169049592/

@sharoitplus
Sharoit+ nogironlar jamoat birlashmasi O'zbekistondagi tashkilotlar (davlat idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, biznes) va volontyorlarining o'zaro aloqa va munosabatlarini bog'lovchi ko'p funktsiyali elektron platforma UNIONS.uz ga a'zo bo'ldi.

UNIONS.uz platformasi AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) orqali ko‘rsatilgan Amerika xalqining ko‘magida YUKSALISH umummilliy harakati va ARGO tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Bizning faoliyatimiz haqidagi ma'lumotni endi UNIONS.uzda ham topishingiz mumkin: https://unions.uz/org/view?id=255

Bizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click

Faoliyatimizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter
«Imkoniyati cheklangan bolalar ham O‘zbekiston fuqarolari» - inklyuziv musiqa ta'limi muammolari haqida

Imkoniyati cheklangan bolalar ta'limida yechimini kutayotgan masalalar talaygina. Kun.uz muxbiri ko‘pchilikka sezilmaydigan, ammo minglab vatandoshlarimiz uchun dolzarbligicha qolayotgan mavzu yuzasidan qator mutaxassislar va deputatlar fikrlari bilan qiziqdi.

Maqolani o'qing: https://kun.uz/uz/32037018

@sharoitplus
​​BUNI QOʻLDAN BOY BERMANG!

🇺🇿 Xalqimizda bir ibora bor “beshta barmoq barobar emas”.
Jamiyatimizda ham “insonlar har xil, lekin ular tengdirlar”.

Kimningdir jismoniy imkoniyati cheklangan bo’lsa, kimdadir moddiy yetishmovchilik, yana kimdadir ma’naviy cheklovlar mavjud va hokazo.

Lekin hayot davom etaveradi.
Siz yashash uchun kurashishingiz, olg’a qadam tashlab yuksak cho’qqilarga erishishingiz kerak!

👨🏻‍💻 XXI asr-Internet va Texnologiyalar asridir.
IT sohasi jadal rivojlanayotgan bir paytda nega siz Zamonaviy va Ijodiy yondoshmasligingiz kerak?

Mayli siz OTga kira olmassiz, mayli siz OT bilim yurtlariga bora olmassiz, mayli siz diplomsizdirsiz, bu siz uchun to’siq bo’lmasin.

To’siqlarni yaratmang balki Ijodiy yondashuvni qo’llang!

Agar maqsadingiz yaxshi kasbga va halol mablag’ topib jamiyatda o’z o’rningizga ega bo’lish bo’lsa, bu borada men sizga maslahat bera olaman.

IT sohasining bir qancha yo’nalishlari mavjud:
1️⃣ Veb dasturlash;
2️⃣ Veb dizayn;
3️⃣ Grafik dizayn;
4️⃣ Marketing asoslari;
5️⃣ Moushn grafika va Video montaj;
6️⃣ Digital marketing;
7️⃣ Internet jurnalistika;
8️⃣ SMM

🟢 Bu yo’nalishlar ichidan SMM (Social media marketing) qiziqarli va mo'may daromad keltirishi bilan birgalikda zamonaviyligi bilan o’ziga xos yo’nalishdir.
Siz 5 yil sarflab emas, 1 oy sarflab, siz qatnab emas, uyda qolib, siz yillab to’lov qilib emas, bepul yaxshi kasb egasi bo’lishingiz mumkin.
Buning uchun sizdan kasbga qiziqish, ishtiyoq, kompyuter va internet talab etiladi xolos.

👉 Bu Imkoniyattan foydalanib qoling!

☝️Meni aytdi deysiz, Siz eplaysiz!

📌 Sizda ham masofaviy darslarda ishtirok etishni va shu soha egasi bo'lish istagi uyg'ongan bo'lsa, hoziroq bizga bog'laning va uydan chiqmagan holatda SMMni o'rganing!

❗️Oʻrinlar chegaralangan.

Murojaat uchun:
@Shodiyaxon_Saidgofur_qizi
sharoitplus.uz pinned «​​BUNI QOʻLDAN BOY BERMANG! 🇺🇿 Xalqimizda bir ibora bor “beshta barmoq barobar emas”. Jamiyatimizda ham “insonlar har xil, lekin ular tengdirlar”. Kimningdir jismoniy imkoniyati cheklangan bo’lsa, kimdadir moddiy yetishmovchilik, yana kimdadir ma’naviy cheklovlar…»
Forwarded from Xushnudbek.uz
Nogironligi bulganlarga kvota (@eduuz).pdf
285.7 KB
#abituriyent

Ногиронлиги бўлган шахслар учун давлат гранти асосидаги қабул кўрсаткичларининг ОТМлар ва таълим шакллари кесимидаги тақсимоти (умумий квотанинг 2%и).

Республика миқёсда ногиронлиги бўлган шахслар учун жами 2799та давлат гранти бўйича алоҳида квота ажратилган.

👉 кундузги таълимга – 2072 та;
👉 сиртқи таълимга – 627 та;
👉 кечки таълимга – 100 та.


👉 @xushnudbek 👈
'Ehtimol, kimdir bu harakatlarni e’tiborsiz qoldirishadi deb o‘ylagandir, chunki “kar-soqovlar” Jamiyat a’zolari baribir hech narsa eshitmaydilar va bu haqda hech narsa deya olmaydilar…'

O‘zbekiston Karlar jamiyati blogi muallifi Ma’mur Axliddinov va “Gazeta.uz” kolumnisti Dilmurod Yusupov bundan roppa-rosa 2 yil oldin Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Karlar jamiyatining Kar-soqovlar madaniyat markaziga tashrif buyurganidan so‘ng ularning hayotida nima o‘zgarganini o‘rganishdi.

Maqolani o'qing: https://www.gazeta.uz/oz/2020/06/30/deaf-and-dumb/

Ўзбек кирилл тилида: https://www.gazeta.uz/uz/2020/06/30/deaf-and-dumb/

@sharoitplus
2020 йилнинг 29 июнь куни “Газета.uz” нашрида чоп этилган “Президент ташрифидан сўнг эшитиш қобилиятидан маҳрум инсонларнинг ҳаёти қандай ўзгарди?” мақоласи ўрганиб чиқилиб, Тошкент шаҳар ҳокимлиги томонидан мазкур мақолада кўтарилган масалаларни ҳал қилиш юзасидан ишчи гуруҳи ташкил этилди.

Шу билан бирга шаҳар маъмурияти Ўзбекистон карлар жамияти блоги муаллифи Маъмур Алахиддинов ва “Газета.uz” колумнисти Дилмурод Юсуповни ишчи гуруҳ аъзоси сифатида ушбу жараёнда иштирок этишга таклиф қилади.

Ишчи гуруҳ фаолияти ҳақида жамоатчиликка батафсил маълумот берилади.

Тошкент шаҳар ҳокимлиги Матбуот хизмати
Ertaga sizlarni Toshkent vaqti bilan 15:00da "Uy zo‘ravonligini oldini olishda ta'limning o‘rni" mavzusida O'zbek tilida vebinarga taklif qilamiz.

Oilaviy zo‘ravonlik o‘zi nima, va uning qanday ko‘rinishlari mavjud? Oiladagi zo‘ravonlikning salbiy oqibatlari nima? Uydagi zo‘ravonlikni oldini olishda ta'limning qanday o‘rni bor? Ayollarga ta'lim olish uchun nimalar xalaqit beradi?

Imkoniyati cheklangan ayollarning zo‘ravonlardan azob chekishi bir necha barobarga ortadi va ularning yordam so‘rab murojaat qilishlari ham qiyinchilik tug‘diradi. Afsus bu borada O‘zbekistonda biron bir statistik ma'lumot yo‘q. Umuman olganda hozirda mamlakatimizda gender tenglikni ta'minlash maqsadida samarali natija berayotgan loyihalar bormi?

@sharoitplus
Forwarded from uzsd.uz channel
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👇Kanalga a'zo bo‘lish👇
https://news.1rj.ru/str/uzsduz
Forwarded from uzsd.uz channel
Для узбекского жестового языка 350,7 км! / O‘zbek imo-ishorasi uchun 350,7 km! (o'zbekcha 🇺🇿👇)

Вместо того, чтобы развивать узбекский язык на практике, мы всегда ищем его недостатки и критикуем в соцсетях. Например, жестовый язык имеет официальный статус во многих странах, но все еще не имеет официального статуса в Узбекистане. Как вы знаете, мы совместно с Чикой разработали видеопроект для обогащения словарного запаса детей с нарушениями слуха дошкольного возраста в Узбекистане. Внезапно ее друзья сказали, что они тоже хотят участвовать. Это меня обрадовало.
Но была проблема, друзья Чики знают узбекский язык, но не знают языка жестов. Чика живет в Нагое, Марико и Машу живут в Токио, а расстояние между городами составляет 350,7 км. Я пытался дать простые задания – назвать цвета. Когда я сказал Чике, что она может объяснить это на расстоянии, она попросила немного подождать и сказала, что скоро поедет в Токио для съемки. Я говорю, зачем для 3-х минутного ролика ей так далеко ехать? Она сказала, что если они будут неправильно махать руками, это будет равносильно орфографической ошибке, и если они допустят ошибку, ей будет стыдно. Как видите, они стыдятся допустить ошибки даже в жестовых языках, не говоря уже об узбекском языке! Перенимайте опыт освоения узбекского языка у японцев!

P.S. Правда с речью и с языком жестов есть недостатки, но это мы с японцами на расстоянии делали. И еще у них было полночь.
***
O‘zbek tilini amalda rivojlantirish o‘rniga, kamchiliklarini qidirib, ijtimoiy tarmoqda doim tanqid qilib kelamiz. Misol uchun imo-ishora tili ko‘plab mamlakatlarda rasmiy maqomga ega, O‘zbekistonda esa haliyam rasmiy maqomiga ega emas. Bilasiz, Chika bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning so‘z boyligini oshirish uchun videoloyiha ishlab chiqqanmiz. Kutilmaganda dugonalarida ham ishtirok etish istagi borligini aytdi. Bu meni xursand qildi.
Ammo bir muammo bor edi, dugonalari o‘zbek tilini bilsa-da imo-ishorani bilmasdi. Negaki Chika Nagoya shahrida, Mariko va Mashu esa Tokioda yashashadi, shahar orasida masofa esa 350,7 km.ni tashkil qiladi. Men oson vazifalarni berishga harakat qildim, ya’ni ranglar nomini. Chikaga masofadan turib tushuntirsa bo‘ladi desam, u esa ozroq kutishimni, Tokioga borib videoga olishini aytdi. Shu 3 daqiqalik rolikka shuncha yo‘lni bosish shartmi, desam. Imo-ishorada noto‘g‘ri gapirsa imloviy xato bilan barobar bo‘lishini, xató ketsa uyat bo’lishini aytdi. O‘zbek tili uyoqda tursin, hatto imo-ishorasida ham xato ketishidan uyalishadi! O‘zbek tilini rivojlantirish tajribasini yaponiyaliklardan o‘rganing!

P.S. To‘g‘ri, nutq va imo-ishorada kamchiliklar mavjud, ammo biz buni yaponiyaliklar bilan masofadan turib bajardik. Yana ularda yarim tun edi.

👇Kanalga a'zo bo‘lish👇
https://news.1rj.ru/str/uzsduz
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қабул_2020

Ногиронлиги бўлган шахслар учун қўшимча икки фоизли давлат гранти асосидаги қабул кўрсаткичларининг ОТМ ва таълим шакллари кесимидаги тақсимоти

Каналга уланиш👇👇👇
https://news.1rj.ru/str/huquqiyaxborot
Jamoaviy video orqali jismoniy imkoniyati cheklangan ayollarni ijtimoiy faolligini oshirish

NJB Sharoit+ raisi Muxabbat Raximova va loyihalar koordinatori Dilmurod Yusupov yozgan ilmiy maqolalari O’zbekiston Milliy Universitetining “21 asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari” ilmiy ishlar to’plamida nashr etildi.

Maqola bilan Sharoit+ rasmiy vebsaytida tanishishingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/sharoit-jamoaviy-video-loyihasi-haqida-ilmiy-maqola-chop-etildi/

Faoliyatimizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click |

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter | Instagram

www.sharoitplus.uz
sharoitplus.uz pinned «Jamoaviy video orqali jismoniy imkoniyati cheklangan ayollarni ijtimoiy faolligini oshirish NJB Sharoit+ raisi Muxabbat Raximova va loyihalar koordinatori Dilmurod Yusupov yozgan ilmiy maqolalari O’zbekiston Milliy Universitetining “21 asrda sotsiologiya…»
​​Toshkent shahridagi Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabi 2020-2021 o‘quv yili uchun joriy yilda umumta'lim maktablarining 9-sinfini tugatgan Imkoniyatlari cheklangan zaif eshituvchi, ko‘zi ojiz, harakati tayanch a'zolarida nuqsoni bo‘lgan hamda umumiy kasalliklardagi o‘quvchilarni o‘qishga qabul qiladi.

Kasb-hunar maktabida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilar qabul qilinadi:

1. Tikuvchi;
2. Apparat va dasturiy ta'minot sozlovchisi;
3. Poyabzallarni ta'mirlash poyabzalchisi;
4. Teleradioaparaturalarni ta'mirlash;
5. Maishiy jixozlarni ta'mirlash;
6. Tekstil'-galanter maxsulotlari to‘quvchisi.

Xujjatlar 2020 yil 5 iyuldan 20 iyulga qadar onlayn tarzda qabul qilinadi. Telegram: 90 974-40-38

O‘qishga topshiriladigan xujjatlar:
1. Shaxodatnoma;
2. 3x4 xajmdagi fotosurat;
3.Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki fuqarolik pasporti nusxasi;
4.Nogironlik ma'lumotnomasi.

Kasb-hunar maktabida o‘quvchilarning ta'lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, jumladan 3 mahal issiq ovqat hamda turar joy bilan bepul ta'minlanadi.

Manba: https://news.1rj.ru/str/KHMich1sonliToshkent

@sharoitplus
Ijtimoiy himoyaga muhtojlar 1 avgustgacha qanday omon qoladi?

Karantin choralarining navbatdagi kuchaytirilishi ehtiyojmand oilalarning taqdirini xavf ostiga qo‘yadi. Davlat ularni yetarlicha qo‘llab-quvvatalayaptimi? Qanday qilib homiylik faoliyatini samarali tashkillashtirish mumkin?

Nogironlik masalalari bo‘yicha ekspert Ulug‘bek Mamatxonov yozgan maqolani o‘qing: https://uznews.uz/uz/article/22657
Manba: @UzNewsUzb

Как выжить социально-уязвимым семьям до 1 августа?

Очередное
ужесточение карантинных мер ставит под угрозу социально уязвимые семьи. Достаточно ли наше государство поддерживает их и как можно было бы эффективнее организовать спонсорскую деятельность?

Прочитайте статью эксперта по вопросам инвалидности Улугбека Маматханова: https://uznews.uz/ru/article/22561

@sharoitplus
​​Senda hali IMKON bor!

Najot Taʼlim markazi Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda yurtimizda IT sohasini rivojlantirish hamda bu sohani jamiyatning har bir qatlamiga yetkazish maqsadida, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar, nogironligi boʻlgan yoshlarga zamonaviy kasblarni bepul oʻrgatish maqsadida IMKON nomli loyihaga start berganini maʼlum qiladi.

Ushbu loyiha orqali, nogironligi boʻlgan yoshlarni sifatli taʼlim, zamonaviy kasb bilan taʼminlash, hamda, ularga yana-da farovon hayotni taqdim etish maqsad qilingan.

Unga koʻra, 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan nogironligi bor shaxslar Najot Taʼlim markazidagi quyidagi 4 yoʻnalish boʻyicha maxsus reja asosida mutlaq bepul taʼlim olishlari mumkin boʻladi.

1. Web dasturlash

2. Grafik dizayn

3. Moushn grafika

4. SMM

Darslar yoʻnalishlarga koʻra, 2 oydan 5 oygacha onlayn tarzda olib boriladi. Kurs soʻnggida har bir bitiruvchi ABUTECH digital kompaniyasida bepul amaliyot oʻtashi taʼminlanadi.

Maxsus rejaga muvofiq, markaz shu yilning oxiriga qadar 200 nafar ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar nogironligi boʻlgan yoshlarni onlayn tarzda bepul oʻqitib, ish topishga koʻmaklashishni oʻz oldiga vazifa qilib qoʻygan.

Najot Taʼlim markazi ushbu loyihani nogironligi boʻlgan shaxslar va ularning ota-onalariga yetkazish uchun keng jamoatchilik, bloger va OAV xodimlaridan koʻmak soʻrab qoladi!

Najot Taʼlim jamoasi Imkon loyihasini millat va vatan oldidagi burchi oʻlaroq, jamiyatning har bir aʼzosi yaxshi yashash, yaxshi daromad topish huquqiga va imkoniyatiga ega boʻlishiga hissa qoʻshish uchun oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirmoqda.

👉 Batafsil

📲 Onlayn ro'yxatdan o'tish

👨‍💻 Administratorga yozish

📞
Tel: +998712001123

Manba: https://news.1rj.ru/str/najottalim/971

@sharoitplus