sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.88K subscribers
1.76K photos
313 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
​​Surdo-Online

O‘zbekiston Karlar Jamiyati blogi xabar berishicha eshitish qobiliyati cheklangan insonlar 1197 «Call-markaz»iga qo‘ng‘iroq qilishda qiyinchiliklarga duch kelishayotgan edi. Mana endi «Surdo-Online» (SOL) 1197 «Call-markaz» bilan hamkorlikda Toshkent shahrida yashayotgan eshitishida nuqsoni bo‘lgan insonlar uchun oziq-ovqat tarqatish tizimini surdo tarjimonlar yordamida yo‘lga qo‘yibdi.

Buning uchun ushbu https://sol-uz.online/ havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi. Batafsil ma’lumotlarni yuqoridagi havola yoki +998 90 9516585 (Go’zal) raqamidan videomurojaat orqali bilib olishingiz mumkin.

Toshkent viloyati va Respublikamiz viloyatlariga ham bunday xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Manba: https://news.1rj.ru/str/uzsduz/315

@sharoitplus
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayni damda СOVID-19 pandemiyasi, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash tadbirlari sharoitida ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan aholi qatlamlari, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha videomuloqot bo‘lib o‘tdi.

📌 Mazkur videomuloqotda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddi rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi hamda O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etishdi.

Manba: mtrk.uz

@sharoitplus
Assalomu alaykum azizlar!

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bitiruvchi talabasi Xasanov Shaxzod ko'zi ojiz tengdoshlari bilan IT sohasidagi bilganlarini ulashish uchun Telegramdan kanal ochdi. Bu yerda ko'zi ojizlarga mo'ljallangan audio podkastlar va sinovdan o'tgan, foydali dasturlarni qo'yib boradi.

Kanalga ulaning: https://news.1rj.ru/str/it_help_uz

Savollaringizni shu kanalning guruhiga qo'shilgan holda berishingiz mumkin.

Guruhga qo'shiling: https://news.1rj.ru/str/it_help_uz_group

@sharoitplus
Конун лойихаси.docx
57.3 KB
"Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari
to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi.
sharoitplus.uz pinned Deleted message
Bizning huquqlarimiz haqidagi yangi Qonun muhokamasi

Senatning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 22 iyulda kabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ko‘rib chiqilmokda.

Ertaga 5-avgust soat Toshkent vaqti bilan soat 14:00da O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi va nogironligi bo‘lgan shaxslarning nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda mazkur Qonunning muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

Zoomdagi uchrashuvga ulanish uchun havola:
https://us04web.zoom.us/j/2818214481?pwd=bjBmZmcrdDR3eDdzL0tLZGhNZm1jZz09

Muhokamada albatta qatnashing va sizning fikr va takliflaringizni joriy yilning 10 avgust kuniga kadar Senat qo‘mitasiga yuboramшz. Sizlarning fikr va mulohazalaringiz qonun mukammal bo‘lishiga xizmat kiladi.

Muhokamaga tayyorgarlik sifatida tepadagi ilovada Qonun matni bilan O‘zbek tilida tanishib chiqishingiz mumkin.

@sharoitplus
«O‘zbekistondagi ijtimoiy himoya tizimini baholash» hisoboti jamoat muhokamasi uchun e’lon qilindi

Hisobotga ko‘ra O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi nisbatan yaxshi tashkillashtirilgan bo‘lsada, aholining deyarli yarmi va kam ta’minlangan oilalarning uchdan bir qismi ijtimoiy himoya dasturlari bilan qamrab olinmagan.

Siz ham o‘z fikr va mulohazalaringizni bildirgan holda hisobot muhokamasida faol ishtirok etishingiz mumkin: https://jamoatchilik.uz/project/uz/

Maqolani batafsil o‘qing: https://www.gazeta.uz/oz/2020/08/12/social-assistance-programs/

Ўзбек кирилл тилида ўқинг: https://www.gazeta.uz/uz/2020/08/12/social-assistance-programs/

@sharoitplus
Nogironligi bo‘lgan insonlar mahallalarda kam ta'minlangan oilalar uchun belgilangan ijtimoiy nafaqalarni olishlarli mumkinmi?

Ha, 2020-yil 3 apreldan boshlab agar siz yoki oila a'zolaringiz
- nogironlik bo‘yicha nafaqa
- boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga)
- bolalikdan nogiron bo‘lgan 16 yoshdan katta shaxslarga nafaqa
- 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarga nafaqa
olishsalar, bu nafaqalar kam ta'minlangan oilalar uchun ijtimoiy nafaqalarni belgilashda o‘rtacha oylik jami daromad qiymatini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga, oila a'zolari tomonidan olingan daromadlar turiga kiritilmaydi.

Ya'ni nogironlik bo‘yicha nafaqalar oilaning umumiy daromadini aniqlash jarayonida ishlatilmaydi.

Manba: https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/mahallalarda_ijtimoiy_nafaqalarni

Kanalimizga obuna bo‘ling: @sharoitplus

Yana savollaringiz bo‘lsa botimizga murojaat qiling: @SharoitAloqa_bot
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

Аҳолига давлат ижтимоий хизматлари ва ёрдам тақдим этиш тартиби такомиллашади

Каналга уланиш👇👇👇
https://news.1rj.ru/str/huquqiyaxborot
Tadbirkorlar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olishga rag‘batlantiriladi

Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ish bilan ta'minlashga oid yangi prezident qarori qabul qilindi. Unga muvofiq O‘zbekistonda ishga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslarning elektron reyestri tuziladi.

Maqolani batafsil o‘qing: https://kun.uz/uz/55454816

Kanalimizga obuna bo‘ling: @sharoitplus
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.

Ma'lum qilinishicha, bu tadbirlarni amalga oshirish natijasida har yili 60 ming nafarga yaqin ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga bepul o‘qitish imkoniyati yuzaga keladi, 25 mingdan ziyod nogironlarning bandligi ta'minlanadi.

Maqolani
batafsil o‘qing: https://kun.uz/uz/14950547

Kanalimizga obuna bo‘ling: @sharoitplus
Bugun 14-avgust soat 17:00 da (Toshkent vaqti bilan) Yevroosiyo jamg'armasining O'rta Osiyo dasturi (EFCA) tomonidan tomonidan moliyalashtirish yutib olgan 5 ta NNT o’z loyihalari natijalari haqida taqdimot qiladi.

Bizning tashkilotimiz NNT Sharoit+ rahbari Muxabbat Raximova jamoat birlashmamiz haqida taqdimot qiladilar.

Anjumanga ulanish uchun havola: https://us02web.zoom.us/j/5872505497?pwd=WjJieUZzbmk3bDErK3V6K3lpbHZhZz09
Parol: Workplan

Manba: @Uchinchi_Sektor

@sharoitplus
Siz nogironligi bor insonlarga yordam berasiz va qiziqarli ijtimoiy loyihani amalga oshirishni xohlaysizmi? Agar shunday bo'lsa, bu imkoniyat siz uchun! Nogironlik masalalari bo'yicha tashkilotlarning kichik ijtimoiy tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash tanlovida ishtirok eting! Tanlov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ijtimoiy himoya bo'yicha qo'shma dasturi doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan o'tkazilmoqda.

Arizalarni qabul qilish uchun ohirgi muddat: 2020 yil 15 sentabr.

Tanlov shartlari bilan tanishish uchun ushbu havolaga bo’sing.

@sharoitplus
​​​​📍 Iltimos befarq boʻlmang!
🧕 Men Qosimova Shodiyaxon Imkoniyati Cheklangan Shaxslar bilan ko'rsatuv tayyorlash maqsadida, syo'mkaga mos klassik uslubda jihozlangan Toshkent shahar hududida joylashgan har qanday binoning xonasiga ehtiyojim bor.
❤️ Sidqi dildan shu masalada yordam beruvchi Insonlar boʻlsa @Shodiyaxon_Saidgofur_qizi ga murojaat qilishilarni iltimos qilib qolaman.

📌 Xona jihozlari: 2ta kreslo, 1ta stol va 1ta tuvak gul.
Xona foni: klassik uslubda va yorug'.
«Temir daftarga» kiritilgan aholining muhtoj guruhlari davlat tomonidan mahallalar orqali moddiy yordam olishmoqda. Sub’ektiv yondashuv va korrupsiogen (korrupsiyani keltirib chiqaruvchi) omillarning oldini olgan holda ijtimoiy yordam sifatini qanday yaxshilash mumkin — Dilmurod Yusupov maqolasida.

Batafsil o'qing: https://www.gazeta.uz/oz/2020/08/17/social-support/

Ўзбек кирилл тилида: https://www.gazeta.uz/uz/2020/08/17/social-support/

Kanalimizga obuna bo'ling: @sharoitplus
Forwarded from Rasmiy axborot
📖 Илк бор кўзи ожизлар учун 10-11 синф дарсликлари чоп этилмоқда

Бу йил махсус таълим йўналишида имконияти чекланган ўқувчилар учун 2020-2021-ўқув йилида 160 номдаги дарсликлар чоп этилмоқда. Республика таълим маркази матбуот хизматининг хабар беришича, аввал ҳеч қачон кўриш имконияти чекланган ўқувчилар учун бундай катта ҳажмда дарсликлар чоп этилмаган.

❗️Илгари кўзи ожиз ўқувчиларимиз учун чоп этилаётган Брайль дарсликларида расмлар сўз орқали ифодаланган. Бу йилги ўзгартиришлардан бири, ушбу дарсликларга бўртма шаклдаги расмлар ва хариталарнинг киритилишидир.

📗 Шунингдек, илк бор 10 ва 11-синфлар учун 9 номдаги брайль дарсликлари ҳамда кар ва заиф эшитувчи ўқувчилар учун 4 номдаги янги дарсликлар тайёрланмоқда.

@aoka_uz
#abituriyent2020