sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.88K subscribers
1.76K photos
313 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.

Ma'lum qilinishicha, bu tadbirlarni amalga oshirish natijasida har yili 60 ming nafarga yaqin ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga bepul o‘qitish imkoniyati yuzaga keladi, 25 mingdan ziyod nogironlarning bandligi ta'minlanadi.

Maqolani
batafsil o‘qing: https://kun.uz/uz/14950547

Kanalimizga obuna bo‘ling: @sharoitplus
Bugun 14-avgust soat 17:00 da (Toshkent vaqti bilan) Yevroosiyo jamg'armasining O'rta Osiyo dasturi (EFCA) tomonidan tomonidan moliyalashtirish yutib olgan 5 ta NNT o’z loyihalari natijalari haqida taqdimot qiladi.

Bizning tashkilotimiz NNT Sharoit+ rahbari Muxabbat Raximova jamoat birlashmamiz haqida taqdimot qiladilar.

Anjumanga ulanish uchun havola: https://us02web.zoom.us/j/5872505497?pwd=WjJieUZzbmk3bDErK3V6K3lpbHZhZz09
Parol: Workplan

Manba: @Uchinchi_Sektor

@sharoitplus
Siz nogironligi bor insonlarga yordam berasiz va qiziqarli ijtimoiy loyihani amalga oshirishni xohlaysizmi? Agar shunday bo'lsa, bu imkoniyat siz uchun! Nogironlik masalalari bo'yicha tashkilotlarning kichik ijtimoiy tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash tanlovida ishtirok eting! Tanlov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ijtimoiy himoya bo'yicha qo'shma dasturi doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan o'tkazilmoqda.

Arizalarni qabul qilish uchun ohirgi muddat: 2020 yil 15 sentabr.

Tanlov shartlari bilan tanishish uchun ushbu havolaga bo’sing.

@sharoitplus
​​​​📍 Iltimos befarq boʻlmang!
🧕 Men Qosimova Shodiyaxon Imkoniyati Cheklangan Shaxslar bilan ko'rsatuv tayyorlash maqsadida, syo'mkaga mos klassik uslubda jihozlangan Toshkent shahar hududida joylashgan har qanday binoning xonasiga ehtiyojim bor.
❤️ Sidqi dildan shu masalada yordam beruvchi Insonlar boʻlsa @Shodiyaxon_Saidgofur_qizi ga murojaat qilishilarni iltimos qilib qolaman.

📌 Xona jihozlari: 2ta kreslo, 1ta stol va 1ta tuvak gul.
Xona foni: klassik uslubda va yorug'.
«Temir daftarga» kiritilgan aholining muhtoj guruhlari davlat tomonidan mahallalar orqali moddiy yordam olishmoqda. Sub’ektiv yondashuv va korrupsiogen (korrupsiyani keltirib chiqaruvchi) omillarning oldini olgan holda ijtimoiy yordam sifatini qanday yaxshilash mumkin — Dilmurod Yusupov maqolasida.

Batafsil o'qing: https://www.gazeta.uz/oz/2020/08/17/social-support/

Ўзбек кирилл тилида: https://www.gazeta.uz/uz/2020/08/17/social-support/

Kanalimizga obuna bo'ling: @sharoitplus
Forwarded from Rasmiy axborot
📖 Илк бор кўзи ожизлар учун 10-11 синф дарсликлари чоп этилмоқда

Бу йил махсус таълим йўналишида имконияти чекланган ўқувчилар учун 2020-2021-ўқув йилида 160 номдаги дарсликлар чоп этилмоқда. Республика таълим маркази матбуот хизматининг хабар беришича, аввал ҳеч қачон кўриш имконияти чекланган ўқувчилар учун бундай катта ҳажмда дарсликлар чоп этилмаган.

❗️Илгари кўзи ожиз ўқувчиларимиз учун чоп этилаётган Брайль дарсликларида расмлар сўз орқали ифодаланган. Бу йилги ўзгартиришлардан бири, ушбу дарсликларга бўртма шаклдаги расмлар ва хариталарнинг киритилишидир.

📗 Шунингдек, илк бор 10 ва 11-синфлар учун 9 номдаги брайль дарсликлари ҳамда кар ва заиф эшитувчи ўқувчилар учун 4 номдаги янги дарсликлар тайёрланмоқда.

@aoka_uz
#abituriyent2020
19 avgust kuni Toshkent shahridagi Diagnostika va reabilitatsiya markazida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga eshitish moslamalarini tarqatish aksiyasi tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Aksiya doirasida kam ta'minlangan oilalardagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan 30 nafar bolaga eshitish moslamalari bepul taqdim etilmoqda.

«Eshitish moslamalarilarning qolgan 20donasi bolalarga viloyatdagi filiallarimiz orqali yetkaziladi. Yomon eshitadigan yoki umuman eshitmaydigan bolalarning 50 foizi tug‘ma bo‘lib, bu yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh sababli paydo bo‘ladi. Aynan shu sabab tufayli vodiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida eshitishda tug‘ma nuqson bilan tug‘ilish juda ko‘p uchraydi.

«Eshitish moslamalarilarning qolgan 20donasi bolalarga viloyatdagi filiallarimiz orqali yetkaziladi. Yomon eshitadigan yoki umuman eshitmaydigan bolalarning 50 foizi tug‘ma bo‘lib, bu yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh sababli paydo bo‘ladi. Aynan shu sabab tufayli vodiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida eshitishda tug‘ma nuqson bilan tug‘ilish juda ko‘p uchraydi.

Batafsil: https://kun.uz/uz/97902268

Kanalimizga obuna bo'ling: @sharoitplus
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bahodir Qurbonov, Musiqa va san'at maktabi o‘qituvchisi ko‘zi ojiz maktab o'quvchilarini to‘lovdan ozod qilish masalasida necha yillardan beri turli tashkilotlarga murojaat qilib kelyapti ammo natija yo'q.

Oqituvchining aytishicha ko‘zi ojiz bolalarning aksar qismining musiqa to‘lovini amalga oshirish imkoni cheklangan, chunki ularning ota-onalari ham nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki moddiy jihatdan imkoniyati yo‘q. Toshkent shahrida esa musiqa maktablari uchun to‘lov boshqa hududlarga qaraganda ancha qimmatroq: 177 ming so‘m atrofida.

Batafsil muammo haqida: https://kun.uz/uz/news/2020/06/17/imkoniyati-cheklangan-bolalar-ham-ozbekiston-fuqarolari-inklyuziv-talim-muammolari-haqida

Kanalimizga obuna bo'ling: @sharoitplus
🔊BU SIZ UCHUN!

Nogironlik masalalari bo’yicha tashkilotlar a’zosimisiz?
Qiziqarli ijtimoiy loyihani amalga oshirishni xohlaysizmi?

💪AGAR SHUNDAY BO’LSA, BU IMKONIYATNI QO’LDAN BOY BERMANG!

🇺🇳Tanlov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ijtimoiy himoya bo'yicha qo'shma dasturi doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan o'tkazilmoqda.

💰Tanlab olingan loyihalarga 3000 AQSH dollaridan 5000 AQSH dollarigacha bo’lgan texnik yordam beriladi.

📌BIZNING MAQSAD:

🎯Nogironligi bor insonlarning ijtimoiy himoyasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish
🎯Nogironligi bor insonlarning jamoat hayotining turli jabhalariga kiritilishini ta’minlash
🎯KOVID-19 pandemiyasi sharoitida nogironligi bor insonlarni, ayniqsa nogironligi bor ayollar va yoshlarni har tomonlama ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashga innovatsion yondashuvlarni amalga oshirish

⚖️BAHOLASH MEZONLARI:

🧩Loyihaning amalda qo’llanilishi
🧩Tanlov ishtirokchisi tashkilotining nogironlik bilan bog’liq bo’lgan maqsadli guruhlarning aniq muammolarini hal qilishga ta’sirini kuchaytirish
🧩Loyihaning dolzarbligi va nogironlik masalalari bilan bog’liq muammolarni hal etishga yangicha yondashuv
🧩Loyihaning uzoq muddatli barqarorligi
🧩Belgilangan muddatda loyihani to’liq amalga oshirish uchun ijrochilarning malakasi
🧩Ushbu loyihada ishtirok etuvchi tashkilotning hissasi (moddiy, moliyaviy)
🧩Grantlar bilan ishlash tajribasiga egaligi (belgilangan maqsadlarga erishish va moliyaviy hisobot talablarini bajarish)

MUDDAT: 2020 yil 15 sentyabrgacha

☝️Arizani o'zbek, rus yoki ingliz tillarida to'ldirishingiz mumkin

🔤Ariza shaklini quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://docs.google.com/document/d/1CwRNw-hphjz5AnFcSz5lH0XyjXqkzsj45v4d2m-1k5M/edit#

@sharoitplus
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Koʻzi ojiz yigit hikoyasi: Birovga muhtoj emasligimdan xursandman (Video)

25 yoshdagi Shavkatbek Mirzanarov Oʻsh viloyatining Qorasuv shahrida yashaydi. 16 yoshidan beri koʻzi koʻrmaydi. Ammo bu muammo uning intilishlariga, boshqalar kabi hayot kechirishiga toʻsqinlik qila olmadi.

Manba: https://www.amerikaovozi.com/a/5551053.html

@sharoitplus
«Mehribonlik uylari — bolalarning joyi emas» — Bolalar huquqlari bo‘yicha ombudsman Aliya Yunusova maxsus ixtisoslashtirilgan muassasalardagi (mehribonlik va muruvvat uylaridagi) bolalarni oilalarga qaytarish vazifalari haqida gapirib berdi.

Batafsil o'qing: https://www.gazeta.uz/oz/2020/08/24/deinstitutionalization/

Ўзбек кирилл тилида ўқинг: https://www.gazeta.uz/uz/2020/08/24/deinstitutionalization/

@sharoitplus
Forwarded from UNICEF Uzbekistan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍👩‍👧‍👦 To'siqlarsiz ijtimoiy himoya: Sirdaryo viloyatida sinov tariqasida ishga tushirilgan Yagona reyestr tizimi kam ta’minlangan oilalar uchun nafaqalarni rasmiylashtirishni osonlashtirdi.

🔴 Videoni YouTube sahifamizda ham tomosha qilsangiz bo'ladi: https://youtu.be/ysTrXNg8WCk

@unicefuzbekistan
Facebook | Instagram | Twitter
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan imkoniyati cheklangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni munosib ta'lim olishi, tibbiy xizmatlardan teng huquqli shaxs sifatida foydalanishi, kasb o‘rganishidagi mavjud muammolari va takliflarini o‘rganish maqsadida bugun 27 avgust kuni soat 17:00da “Zoom” platformasi orqali onlayn uchrashuv o‘tkaziladi.

Mazkur sohada faoliyat yuritayotgan barcha NNT rahbarlari va mas'ul xodimlarini o‘zlarining aniq takliflari bilan uchrashuvga ishtirok etishga taklif qilamiz.

Zoomdagi uchrashuv havolasi:
https://us02web.zoom.us/j/86167294048

Meeting ID: 861 6729 4048

@sharoitplus
Barcha a'zolarimiz va hamyurtlarimizni Mustaqillik bayrami bilan tabriklaymiz!

Sizlarga salomatlik va barcha ishlaringizda mustaqil bo'lib, o'z shaxsiy fikringiz va xar doim o'zingiz uchun qaror qabul qilishingizni tilab qolamiz.

Biz esa O'zbekistondagi barcha sharoiti cheklangan insonlar o'zlari mustaqil hayot kechirishlari va barcha uchun to'siqlardan holi va inklyuziv jamiyat qurishga qaratilgan harakatlarimizni davom ettiramiz!

Hurmat bilan Sharoit+ jamoasi!

Bizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click

Faoliyatimizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter

www.sharoitplus.uz
Forwarded from Yuksalish — LIVE
Ўзбекистон ногиронлар ассоциацияси Тошкент метрополитенининг янги ер усти линиясида жамоатчилик мониторингини ўтказди. Натижада 7 та бекатнинг 5 таси ногиронлиги бўлган шахслар учун мослаштирилгани, 2 бекат эса мослаштирилмагани аниқланди.

Yuksalish_live
Channel name was changed to «Sharoit+»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1-sentabrdan boshlab hojatxonasiz yoqilg‘i quyish shoxobchalari qonunga muvofiq neft mahsulotlari va gazni olishni to‘xtatishi mumkin. Shaharda yoqilg‘i quyish shoxobchalarini qonunga muvofiqligini tekshirildi.

Toshkent shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchalaridagi hojatxonalarni ko'pi imkoniyati cheklangan insonlarga moslashtirilmaganligi ma'lum bo'ldi.

Manba: Anhor.uz

@sharoitplus