sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.88K subscribers
1.76K photos
313 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANONS!

NJB Sharoit+ faol a'zosi Shodiyaxon Qosimovadan yangi loyiha! "OCHIQ SUHBAT" bu O'zbekistondagi imkoniyati cheklangan insonlarni hayotda erishgan yutuqlari, muammolari va ularning qarashlari haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish loyihasi.

"OCHIQ SUHBATNING" birinchi soni boshlovchisi Murod Urunov va uning suhbatdoshi NJB Sharoit+ rahbari va boy tajribaga ega trener Muxabbat Raximova. Montaj ustasi Shodiyaxon Qosimova. Suhbatni to'liq videosini yaqin orada kanallarimizda tomosha qiling!

Biz haqimizda faqat biz orqali!

Faoliyatimizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter

www.sharoitplus.uz
Yangi metro: nogironligi bor kishilarga qanday qulayliklar yaratilgan ♿️

Anhor.uz jurnalisti Dana Oparina O'zbekiston nogironlar uyushmasining a'zolari Farhod Abdurahmonov va Oybek Isoqov bilan birgalikda yangi metro yo‘nalishidagi inklyuziv muhitni o‘rgandi.

Qonunga va shaharsozlik normalariga muvofiq davlat organlari va korxonalar nogironlikka ega kishilar uchun jamoat transportidan to‘siqsiz foydalanish uchun sharoitlar yaratishi shart. Biroq foydalanishga topshirilgan yangi metro yo‘nalishi qonunchilikka javob bermaydi.

Maqolani batafsil o'qing: https://anhor.uz/uz/society/metro-nogironligi-bor-kishilarga-qanday-qulayliklar-yaratilgan

Kanalimizga obuna bo'ling: @sharoitplus
#Bilasizmi

🚏Qonunchilikka ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turishi uchun bozorlar, savdo majmualari va boshqa ob'ektlar hududlaridagi avtoturargohlarning kirish va chiqish qulay bo‘lgan qismida to‘xtab turish joylari tashkil etiladi.

📌 Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylari to‘xtab turish joyi umumiy maydonining kamida 5 foizini (kamida 2 ta joy) tashkil etishi lozim.

⚙️ Mazkur to‘xtab turish joylariga «5.15. To‘xtab turish joyi» va «7.17. Nogironlar» yo‘l belgilari o‘rnatiladi.

Shuningdek, ushbu to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.

Manba: https://news.1rj.ru/str/huquqiyaxborot

Kanalimizga ulaning👇👇👇
https://news.1rj.ru/str/sharoitplus
“O‘zbekiston temiryo‘llari” Toshkent metrosining yangi bekatlari nogironligi bor shaxslar uchun moslashtirilmagani haqidagi tanqidlarga javob berdi.

Batafsil: http://dy.uz/EAAFO

Kanalimizga ulaning: @sharoitplus
Forwarded from Tanzila Narbaeva
“Ногиронлиги бўлган шахсларнинг ҳуқуқлари тўғрисида”ги Қонун сенаторлар тарафидан маъқулланди

Қонун кучга кириши билан тиббий текширув комиссиялари фаолияти такомиллашади, мурожаат қилувчи 10 календарь кунида хулосани олади. Тиббий текширувлар бепул амалга оширилади. Ногиронлиги бўлган шахслар амбулатор ва стационар режимида имтиёзли даволанади. Протез-ортопедия анжомларига бўлган эҳтиёжлари қондирилади.

Ногиронлиги бўлган шахслар учун биноларга кириб-чиқиш учун махсус йўлакчалар, пандуслар, жамоат транспортида махсус ўриндиқлар, тушиб-чиқиш учун бекатларда уларга шароитлар яратилади. Улар учун таълим олишнинг барча босқичларида қулайликлар кўзда тутилади. Касб-ҳунарга ўргатиш, коллеж ва техникумларда таълим олишлари давлат ҳисобидан таъминланади. Олий таълимда жами контингентнинг 2 фоизи миқдорида давлат грантлари ажратилади.

#7_yalpimajlis

Senat.uz | Facebook | Instagram | Twitter
Xalqaro mezonlardan kelib chiqib, mamlakatda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “to‘siqsiz muhit"ni shakllantirishimiz lozim

Nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy hayotga integratsiya qilishga ustuvor ahamiyat qaratish kerak. Ular jamiyatning to‘laqonli a'zosi ekanliklarini doimo his qilishlari lozim. Avvalo, bu masalaga jamiyat qarashini, munosabatini o‘zgartirish kerak. Bu esa, ishni o‘rta va uzoq muddatli, aniq strategiya va yo‘nalishlarga asoslangan holda tashkil qilishni talab etadi. Bunda nafaqat tashkiliy-huquqiy, balki axloqiy mezonlarga ham ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq.

Tanzila Narbayeva
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi

Kanalimizga ulaning👇👇👇
https://news.1rj.ru/str/sharoitplus
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OCHIQ SUHBAT: Sharoit+ rahbari Muxabbat Raximova (1-QISM)

"OCHIQ SUHBAT"ning birinchi mehmoni tashkilotimiz rahbari va boy tajribaga ega trener Muxabbat Raximova. Suhbatdoshimiz o'zlarining hayotda erishgan yutuqlari va tashkilot oldida turgan maqsad va vazifalar haqida batafsil gapirib berdilar. Marhamat, intervyuni tomosha qiling va o'z fikrlaringiz bilan bo'lishing!

Boshlovchi: Murod Urunov
Montaj: Shodiyaxon Qosimova

Youtubeda ko'ring:
1-QISM:
https://youtu.be/0JCsFEg_ezc
2-QISM:
https://youtu.be/C9rBMuAL4HA

Faoliyatimizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter

Barcha uchun to'siqlardan holi va inklyuziv jamiyat!

www.sharoitplus.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OCHIQ SUHBAT: Sharoit+ rahbari Muxabbat Raximova (2-QISM)

Youtubeda ko'ring:
1-QISM:
https://youtu.be/0JCsFEg_ezc
2-QISM:
https://youtu.be/C9rBMuAL4HA

Faoliyatimizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter

Barcha uchun to'siqlardan holi va inklyuziv jamiyat!

www.sharoitplus.uz
Yoshlar ishlari agentligi va Najot Ta'lim markazi hamkorlikda nogironligi bo'lgan yoshlar uchun grant e'lon qiladi

Yoshlar ishlari agentligi
nogironligi bo'lgan yoshlarni qo'llab quvvatlash, ularni zamonaviy kasblar egallashiga ko'maklashish maqsadida Najot Ta'lim markazi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida 100 nafar o'quvchi uchun grant e'lon qiladi.

• IT sohasiga qiziqasizmi?
• Zamonaviy kasblarni egallash orqali daromad olishni istaysizmi?
• Frilanserlik xizmatlarini ko‘rsatishning sir-asrorlaridan xabardor bo‘lishni-chi?

Endi qayg'urishga hojat yo'q!

Yoshlar ishlari agentligi hamda Najot ta’lim markazi nogironligi bo'lgan yoshlar uchun quyidagi:

Veb dasturlash;

Grafik dizayn;

Moushn grafika;

Digital marketing;

Social media marketing yo‘nalishlaridan ta’lim olish uchun “Imkon" nomli grant loyihasini e’lon qiladi.

Loyihada IT sohasiga qiziqqan 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo'lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Telefon: +998712001123

Manba: Najot ta’lim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Do'stlar xromosomalarni hisoblamaydilar

To'g'ri targ'ibot - Daun sindromi bo'lgan bolalarning ijtimoiylashuvining asosidir, deydi "Downside Sport" loyihasi asoschisi Anisa Shamsutdinova.

Bolalar har xil bo'ladi va do'stlarning yordami bu cheksiz imkoniyatlarga kalitdir!

Manba: https://news.1rj.ru/str/DownsideSportUz
“O‘zbekistonda nogironlar huquqlarini himoya qilishda AQShning nufuzli universiteti tajribasidan foydalanish imkoniyatlari” mavzusidagi videokonferensiya boshlandi.

Zoomga ulaning: zoom.us/j/2026300504
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sharoitsiz oliy ta'lim

Anhor.uz jurnalisti Dana Oparina Toshkent shahrida harakatlanishi cheklangan odamlar uchun qulay muhit mavjudligini tekshirishni davom ettirmoqda. O'zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi a'zosi Farhod Abdurahmonov bilan birga poytaxtning bir qator universitetlarida bo'lishdi.

Sharoitlar monitoringi shuni ko'rsatdiki milliy oliy ta'lim muassasalarimizda imkoniyati cheklangan talabalar uchun to'siqlar ko'p.

Batafsil (rus tilida): https://anhor.uz/society/23103

Kanalimizga ulaning👇👇👇
https://news.1rj.ru/str/sharoitplus
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sharoit+ jamoaviy video loyihasi haqida videotaqdimot

“Sharoit plyus” NNT asosiy e’tiborni imkoniyati cheklangan insonlar jamiyatda duch keladigan muammolarni o‘rganish va ularning yechimini topishga yo‘naltirgan. Ushbu videotaqdimotda Sharoit+ rahbari Muxabbat Raximova imkoniyati cheklangan insonlar va ularning ota-onalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida hikoya qiladi.

Youtubeda ko'ring: https://youtu.be/hV1E8zheafw
Manba:
Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi

Faoliyatimizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter | Instagram

Barcha uchun to'siqlardan holi va inklyuziv jamiyat!

www.sharoitplus.uz