Sherzod • IT real hayot – Telegram
Sherzod • IT real hayot
462 subscribers
10 photos
6 links
IT’da 20 yillik tajriba.
Texnologiyalar, startaplar va AI bo‘yicha real loyihalardan olingan tajriba.
Download Telegram
Salom, mening ismim Sherzod

Men IT’da 20 yillik tajribaga ega dasturchiman va UzDev Community asoschisiman.

IT’dagi faoliyatim davomida dasturchi, team lead va product owner rollarida ishlaganman. Bu tajriba menga mahsulotga faqat kod nuqtai nazaridan emas, balki biznes va jarayonlar tomondan ham qarash imkonini berdi.

So‘nggi 8 yil davomida Yevropa va AQSH kompaniyalari bilan ishlayman.
Hozirda San-Fransiskoda joylashgan outsource kompaniyada startaplar uchun real production yechimlar ishlab chiqaman.

Bu kanalni ochishdan maqsadim:
• Real loyihalarda qabul qilingan texnik qarorlar bilan bo‘lishish
• Startaplar ichidagi muammolar haqida ochiq yozish
• Arxitektura va AI’dan amaliy foydalanish tajribasini ulashish
• IT sohasidagi muhim yangiliklari


Agar qiziq bo‘lsa - marhamat 👍


👉 @SherzodTech
🔥13👍52👏2
#startup
Startaplarda eng ko‘p uchraydigan texnik xato — overengineering

Ko‘p startaplarda mahsulot hali bozorga chiqmasdan turib murakkab arxitektura qura boshlaydi. Kelajak uchun yozilgan kod, ortiqcha abstraksiyalar, “ideal” yechimlar.

Bu odatda yaxshi niyat bilan qilinadi, lekin startapda eng qimmat resurs bu vaqt!

——
Agar tizimni tushuntirish uchun 10 daqiqa yetarli bo‘lmasa - demak, hozircha u ortiqcha murakkab.
Avval ishlaydigan va tushunarli yechim quring.
Bozorda 1–2 ta mijozga soting yoki yahshisi tekin bering.
Ular mahsulotdan qanday foydalanayotganini kuzating.

Murakkablikni esa bozor talab qilganda qo‘shing
👍8💋2
Bugun bir nomzoddan texnik intervyu oldim.

Qiziqarli tajriba bo‘ldi: savollar, javoblar, fikrlash uslubi, qarorlar.
Shundan keyin o‘ylab qoldim.

Sizga qiziq bo‘larmidi, agar men vaqti-vaqti bilan:
— nega nomzodni ishga oldik
— yoki nega rad etdik

shu haqda qisqa tahlil qilib yozsam?

Agar qiziq bo‘lsa 👍 bosib qoldiring.
Agar qiziq bo‘lmasa 👎 bosishingiz mumkin.
👍158
#ai #interview
Texnik intervyular ham o‘zgardi. Nega bu safar “yo‘q” dedik?

Yaqinda senior full-stack dasturchi bilan texnik intervyu o‘tkazdik.
Texnik bilimlari kuchli edi — taxminan 9/10. Tajribasi bor, savollarga aniq javob berdi.

Lekin bitta muhim joyda to‘xtaldik.

Nomzod ochiq aytdi:
u AI’dan foydalanmaydi va ish jarayonida bunga ehtiyoj sezmaydi.

Bir necha yil oldin bu muammo bo‘lmasdi.
Lekin oxirgi 1 yil ichida texnik intervyularning o‘zi o‘zgardi.

Bugun biz faqat:
• kim ko‘proq biladi
• qaysi framework’ni yaxshi biladi

shularni emas, balki:
• odam yangi vositalarga qanchalik ochiq
• ish tezligini oshira oladimi
• AI’ni raqib emas, instrument sifatida ko‘radimi

shularni ham baholaymiz.

AI’dan foydalanish — bu “copy-paste” emas.
Bu:
• tezroq tahlil qilish
• variantlarni solishtirish
• kamroq xato qilish

demak.

Shu sababli, bilim kuchli bo‘lsa ham, hozirgi sharoitda AI’ni butunlay rad etish — risk.

Bu nomzod yomon degani emas.
Bu shunchaki talablar o‘zgarganini bildiradi.


👉 @SherzodTech
🔥19👍8👏4🥰1😭1
#ai #codereview
Oldingi postimni ba’zilar noto‘g‘ri tushungan bo‘lishi mumkin, shuni aniqlashtirib olmoqchiman.

Bu post “AI’ga hamma kodingizni yozdirish kerak” degani emas.
Ayniqsa junior va middle dasturchilar uchun.

Gap senior dasturchi haqida ketgan edi.
Senior allaqachon:
• arxitektura qanday qurilishini
• mantiq(logic) qanday ishlashini
• kod nima sababdan shunday yozilishini
tushunadi.

Shu sababli u AI’ni tool sifatida ishlata oladi.

Junior va middle dasturchilarga esa AI’da kod yozishni umuman tavsiya qilmayman.
Avval:
• dasturlash asoslarini
• mantiqni (logic)
• kodni o‘qishni va tushunishni
to‘liq o‘zlashtirish kerak.

AI’dan foydalanish mumkin bo‘lgan holatlardan biri — o‘zingiz yozgan kodni AI’ga berib, code review qildirish:
kamchiliklar va xatolarni ko‘rsatib berishi uchun.

Xulosa oddiy:
AI bilim bo‘lgandan keyin tezlikni oshirish uchun ishlating.


👉 @SherzodTech
🔥11👍7🤯3
#startup #lifestory
Qanday qilib men IT’ga kirib kelganman.

2002 yil. Men 12 yoshda edim.
Ba’zi sabablarga ko‘ra maktabga muntazam bora olmasdim. Shunda ota-onam menga kompyuter sovg‘a qilishdi — ularga katta rahmat.

Avvaliga, albatta, o‘yinlar o‘ynash bilan vaqt o‘tardi.
Lekin kompyuter tez-tez buzilardi. Men esa uni o‘zim tuzata boshladim: BIOS, Windows, sozlamalar — hammasini asta-sekin o‘rganib chiqdim.

2003 yilda uyga birinchi internet uladik.
Dial-up ovozini eslaysizmi?

Shu paytdan hammasi boshlandi.

Ertalabdan kechgacha Lineage 2 o‘ynardim. Bir kuni o‘zimga savol berdim:
“Faqat o‘ynash shartmi? Nega o‘z serverimni qilmayman?”

Akamning oldiga bordim va taklif qildim: o‘zimizning o‘yin serverimizni qilamiz.

Internetdagi forumlar va saytlarni kavlay boshladim. Shunda tushundim:
Lineage 2 klienti — frontend, u API orqali backend’ga ulanadi.

Open-source Java’da yozilgan backend topdim.
Java’ni asta-sekin o‘rgandim, server logikasini o‘zgartirdim, o‘zim xohlagandek qildim.

Eng muhim qarorni esa boshida qabul qilgan edim:
serverda “pay-to-win” bo‘lmaydi.
Stat’larni buzadigan, balansni o‘zgartiradigan, adolatsiz donat yo‘q.

Hammasi ishlay boshlagach, real server sotib oldik.
Uzinfocom bilan kelishdim va 2005 yil, 15 yoshimda serverni data-markazga joylashtirdim.

Keyin hammasi tez ketdi.

Odamlar kira boshladi. Online 1000+ ga chiqdi. Bu allaqachon 2006 yil edi.

O‘shanda buni biznes-model deb o‘ylamaganman.
Lekin odamlar ishonishdi. Va o‘ynashdi.



Loyiha oxir-oqibat yopildi.
Lekin u menga IT haqida hech bir kitob bermaydigan narsani berdi.

Shu tajribadan bitta muhim xulosani oldim:
startaplar ko‘pincha katta rejalardan emas, kichik qiziqishdan boshlanadi.

Agar biror narsani majburan emas, qiziqib qilsang —
sen undan foydalanuvchini ham, yechimni ham yaxshiroq tushunasan.

Texnologiyalar o‘zgaradi.
Biznes-modellar o‘zgaradi.

Lekin qiziqish va halollik — har doim ishlaydi


👉 @SherzodTech
🔥19👍11🎉1
#ai
So‘nggi paytlarda ko‘p gap eshitamiz:
Sun’iy intellekt insonlarning o‘rnini egallaydi, ishlar yo‘qoladi, ko‘p jarayonlar avtomatlashtiriladi.

Bu fikr qo‘rqitadi.
Lekin u juda soddalashtirilgan.

Ha, sun’iy intellekt kuchayib boryapti.
U endi shunchaki yordamchi emas, balki tahlil qilish va ishni tezlashtirish uchun vositaga aylandi.

Lekin bu yerda bitta muhim farq bor.

Sun’iy intellekt — bu tool.
U qaror qabul qilmaydi.
U javobgarlikni olmaydi.
U nimani hozir qilish kerakligini va nimani qilmaslik kerakligini o‘zi tanlamaydi.

Masalan, dasturlashni olaylik.
Sun’iy intellekt kod yozishi mumkin. Ba’zan juda yaxshi ham yozadi.

Lekin qaysi muammo muhimligini, qaysi xato qimmatga tushishini yoki qayerda soddalik kerakligini sun’iy intellekt o‘zi hal qilmaydi.

Bu qarorlar hali ham inson zimmasida qoladi.

Kelajakda insonning roli yo‘qolmaydi.
U o‘zgaradi.

Inson endi faqat topshiriq bajaruvchi yoki aytilganini qiladigan ijrochi emas.
U yo‘nalishni tanlaydi, qaror qabul qiladi va eng muhimi — natija uchun javobgar bo‘ladi.

Shu sababli men sun’iy intellektni raqib sifatida ham, tahdid sifatida ham ko‘rmayman.
Men uni tool sifatida ko‘raman.

Tool kuchli bo‘lishi mumkin.
Lekin u qanday va qayerda ishlatilishini o‘zi hal qilmaydi.

Asl savol shunchaki bitta:
Sun’iy intellekt insonning o‘rnini egallaydimi yoki insonni kuchaytiradimi — bu tanlov hali ham inson qo‘lida


👉 @SherzodTech
👍13🔥2😁1😱1
#BirKunIshda
Kecha ishda qiziq holat bo‘ldi.

DevOps mutaxassisimiz ta’tilga chiqib ketgan edi va mendan AWS’ga staging serverni deploy qilib berishimni so‘rashdi.

Men DevOps emasman.
Lekin deploy jarayonini tushunaman: risklar qayerda, javobgarlik qayerda bilaman.

AWS bilan oxirgi marta taxminan 2014 yilda ishlaganman.
Bugun esa: yangi interfeys, yangi servislar, permission’lar hammasi notanish.

Bu shunchaki kod chiqarish emas edi.

Kun davomida infratuzilmani tushunishga to‘g‘ri keldi:
Terraform konfiguratsiyasi, GitHub Actions orqali CI/CD, AWS permission’lari, DynamoDB, Redis va PostgreSQL sozlamalari.

Tushunchalar tanish, lekin AWS’da uzoq ishlamaganim uchun har qadamda to‘xtab tekshirib, yana davom etdim.

Boshida menda eng oson yo‘l bor edi:
“Men DevOps emasman, AWS bilan ishlamayman” deyish.

Lekin unday qilmadim.
O‘qidim. Urindim. Xato qildim. Siqildim. Orqaga qaytdim. Yana urinib ko‘rdim.

Kun oxirida deploy ishladi 🥳.

Bu post AWS haqida emas.

Xulosa shuki:
yangi narsadan qo‘rqmaslik kerak.
“Bilmayman” deyish mumkin — bu normal.
Lekin “qilmayman” deyish — o‘zingni rivojlanishingdan to‘xtatish.

Ko‘p hollarda yangi vazifa xavf emas.
Bu tajriba olish uchun imkoniyat.

Agar har safar “buni qilmaganman” deb chetga chiqsak — tajriba qayerdan keladi?

Tajriba aynan shunday kunlarda yig‘iladi.


👉 @SherzodTech
🔥23👍4😁1🤔1
#ai
Bugun Anthropic kompaniyasi yangi model — Claude Opus 4.6-ni taqdim qildi.

U oldingi modellarga qaraganda ancha kuchli bo‘lib, murakkab kodlarni, katta hujjatlarni va uzoq davom etadigan vazifalarni yaxshiroq tahlil qila oladi.

Asosiy yangiliklar:
• 1 000 000 tokenli kontekst oynasi — model bir marotabada juda katta hajmdagi ma’lumot bilan ishlay oladi.

• Kod yozish, debugging va agentli vazifalarni uzoqroq va barqarorroq bajaradi.

• Agent Teams funksiyasi orqali bir nechta kichik agentlar birgalikda murakkab vazifalarni yechishi mumkin.


👉 @SherzodTech
🔥9🤔1
#ai
Hozirgina OpenAI ham o'zining yangi model — GPT-5.3-Codex-ni e’lon qildi.

Bu Codex oilasidagi eng yangi va eng tezkor kod bilan ishlaydigan model bo‘lib, oldingi versiyalarga qaraganda taxminan 25% tezroq ishlaydi va murakkab, uzoq davom etadigan vazifalarga moslashtirilgan.


👉 @SherzodTech
🔥10