Sigma DevOps – Telegram
Sigma DevOps
107 subscribers
4 photos
8 links
DevOps sohasida fikr va tajriba ulashaman

@sigmaoperations
Download Telegram
Be more sigma
The place (country, region, people and etc) you are in is able to restrict you from many opportunities and it is making you disabled in some way which you never realize unless you escape it and look from the third point of view.
👍6
system architecture is about understanding both
software and hardware.
Indeed, some eloquent speech is magical
Cloud yoki on-premise. Minus va pluslari haqida doim ko'pchilikda har xil fikrlar yuradi.

Shu haqida detailed post yozaman. Minuslari va piluslari. Kimga qayerda qachon qaysinisini ishlatish to'g'ri yoki xato bo'ladi degan savolga javob bo'ladi degan umiddaman.
👍4
Tez o'zgarib boryotgan IT zamonidamiz. Yangi texnologiyalar, yangi yechimlar, yangi teoriyalar va yangi odamlar praktikalar rivojlanyapdi. AI esa bunga yanada hissa qo'shmoqda. Sekin sekinlik bilan ko'pchilik cloud yechimlarga o'tmoqda, o'zbekistonda ham. Chet elda bu ancha muncha rivojlanib ulgurgan.

Cloud yaxshimi yoki on-premise server ko'targan yaxshimi? degan debatlarga javob beramiz, asosli argumentlar bilan albatta. Shunchaki shaxsiy fikrni o'zisiz.

Odatda organizatsiyalar pullik chiqimlar, moslashuvchanlik(qaram bo'lib qomaslik kimgadir yoki nimagadir) va xavfsizlik orasida balansni ushlashga harakat qiladi (bazilari faqat pullik qismini o'ylaydi).

Xo'sh Cloud nima? On-premise'chi?

Cloud providerlar - bu tayyor IT yechimlar, tayyor servislar, avtomatizatsiyalar taqdim etadigan va qisman stabillik, xavfsizlik va moslashuvchanlikni masulyatini o'ziga oladigan xizmatlar taklfi etuvchi tashkilotlar desak bo'ladi. Bularga misol Amazon Web Service (AWS), Microsoft Azure, Google Cloud Platform (GCP) va kichkinaroqlaridan Digitalocean, Linode va Hetzner misol bo'la oladi.

On-premise - esa o'zimiz boshqaruvimiz va qarovimizdagi fizik real serverlar desak bo'ladi sodda qilib aytganda. Asosan fundamental narsalardan tashkil topgan va tayyor yechimlarni o'z ichiga olmaydi. Oddiy VM (virtual server), malumot saqlash uchun disklar va o'zaro network (tarmoq)

Cloud - esa huddi shu on-premisdedagi narsalardan tashkil topgan. Farqi biz uni endi boshqarmaymiz. Masulyat on-premisdegai muammolar va doimiy qo'llab quvvatlash qismini cloud provider o'z zimmasiga olgan bo'ladi. Va qo'shimchasiga shu fizik serverlarni ustiga yarim tayyor yechimlar qilgan bo'ladi.

Hamma cloud va IT sistemalari asosi virtual mashina, disk va tarmoq fundamentallaridan tashkil topgan. Qolgan barcha narsalar balandroq qatlamda shularni ustiga qurilgan bo'ladi. Farqi on-premiseda bizda tayyor yechim yo'q va biz bu yechimlarni qilish uchun resurs ishlatishimizga dasturchilar devops injenerlar, sistem adminstratorlar vahokazolar talab qilinadi. Cloudda dasturni o'ziga ko'proq etibor ajratishga imkon bo'ladi fIzik serverlar muammolariga emas.

Cloud ishlatishni yaxshi taraflari.
- Svet haqida qayg'urmaysiz
- Internet haqida qayg'urmaysiz
- Server xonayz yonib ketishi haqida qayg'urmaysiz
- Alohida sysadminlar server bilan shug'ullanadigan odamlar haqida qayg'urmaysiz
- Serverlarni oldindan sotib olib ishlatmasdan qo'yish shart emas. Faqat ishlatganizni o'zigagina to'lay olasiz
- Resurs yetmay qolishidan, va shu resursni olish uchun oylab kutish muammosizdan qutilasiz.
- Ko'proq kodga vaqt ajratishga yordam beradi
- Boshlang'ich xolatdagi proyektlar uchun birdaniga katta resurs sotib olib katta chiqimlar qilish shart emas
- Global zonalarda serverlarni joylashtirish mumkin.
- High availability va disaster recovery yechimlar tayyor qilingan bo'ladi va hokazolar...

Va cloudni minuslari
- Cost optimizationni o'ylash kerak. Pul to'g'ri ishlatilyotganiniga etibor berish kerak. Keraksiz ishlatilmayotgan narsalarga ham pul to'lamaslikka harakat qilish kerak. Kutilmagan rasxodlar bo'lib qolishi mumkin agar to'g'ri foydalanilmasa.
- Qaysidir manoda o'sha cloudga bog'lanib qolasiz. U keyin o'zini "qoidalarini" qo'yib qolishi mumkin
- Bazi davlatlarda cloud ishlatish taqiqlangan qonun bilan. Malumotlar ximoyasi va davlat xavfsizligi yuzasidan
- Cloud ishlatganda ozroq latency bo'yicha muammolar tufayli on-premisdaka tarmoq tezligi bo'lmasligi mumkin agar sizni zonangizda ularni datanceteri bo'lmasa

On-premise foydalari
- Resurslar ustidan 100% boshqaruv
- Kutilmagan rasxodlar chiqib qolmaydi ortiqcha resurs ishlatganligiz uchun (nimadir kuyib yonib ketmasa agar)
- Xavfsizlik va masulyat 100% o'zizni qo'lizda bo'ladi. Boshqa uchinchi partiyaga bog'liq bo'lib qolmaysiz
- Uzoq muddatda clouddan arzon tushishi mumkin.
1🔥1
On-premise minuslari
- Alohida hardware qismi uchun ishchilar olish kerak
- Tarmoq, Elektr va fizik serverlarni doim nazorat qilish kerak. Favqulotda vazyatlar uchun har xil yechimlarni tayyor qilib qo'yish kerak. Sovutish tizimlar va ideal darajaga olib kelish ancha qiyin bo'lishi mumkin. Clouddek sifatga obchiqish ancha chiqim va vaqt talab qiladi.
- Boshlang'ich startuplarni cho'ntagiga qimmatlik qilishi mumkin. Katta miqdorda server sotib olib oylab uni kutib tayyor xolatga keltirguncha vaqt va mablag'dan ancha chiqim qilishga to'g'ri keladi
- Serverlarni kuchaytirish ko'p vaqt va resurs talab qiladi. Oylab vaqt ketishi mumkin. Cloudda bitta tugma bilan ish bitib ketadi bunday xolatlarda aynan.

Yakuniy xulosaga kelsak. Qaysi biridir yaxshiroq degan gap shunchaki xato bo'ladi. Proyektga va u proyekting resurslariga qanchalik tezda bitishi kerakligiga davlat va kompaniyaning siyosatiga qarab har xil tashkilotlar o'zi hal qiladi.

Startaplar va kichik bizneslar: Cloudni boshlang'ich tanlov sifatida ko'rishsa bo'ladi, chunki u past boshlang'ich xarajat va moslashuvchanlikni ta'minlaydi har xil yarimtayyor yechimlar bilan.

Katta tashkilotlar: Hybrid yondashuv yoki to'liq on-premise yechim ko'proq mos kelishi mumkin vazyatga qarab, ayniqsa ular xavfsizlikka katta e'tibor berishsa va uchinchi partiyaga o'z ma'lumotlarini xavfsiz deb bilishmasa

AI shunga o'xshash videokarta talab qiladigan sohalar: Maxsus hardware va on-premise infrastruktura ko'pincha afzalroq bo'lishi mumkin uzoq muddatda.

Hullas vazyatga kompaniyaga cho'ntakka qarab u yoki bu varyant tanlanadi. Anniq bittasi zo'r degan yechim afsuski yo'q.
🆒6👍21
"Kompyuterimda ishlayabdiku meni muammoyim emas" degan argumentni ko‘p DevOps injenerlar eshitgan bo‘lsa kerak.

Xo‘sh, muammo aslida qayerda?

Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib vazyatiga qarab bu muammoni sabablari har xil bo‘lishi mumkin lekin asosiy qismi fundamental bilimlarning ko‘plab developerlarda yetishmasligi sabab. Hozirgi IT marketdagi ko‘pchilik injenerlar ITʼga fundamental bilimlarsiz kirib kelgan va bozor busiz ham yura olyapdi HOZIRCHA.

- Operatsion sistema nimaligini tushunmaydi. CPU, RAM va DISK orasidagi bog‘liqlik haliyam miyyasida mavhum ( shu darajadada “dumb”lar bor)

- Network nimaligini tushunmaydi localhostni 192.168.0.1 dan farqiga yetmaydi. DNS nima IP qanaqa ishlaydi bu temalarni indamay qo‘yaveramiz albatta.

- gitʼda commit, push va pull dan boshqa imkoniyatlarini umuman bilmaydi tushunmaydi. Xattoki fayl o‘chib ketsa yig‘lab siqilib o‘tiradiganlariyam topiladi git bilmagani uchun. Bunaqa qilish mumkinliginiyam bilmaydi 🤦‍♂️. Gitni tarixi maqsadi va fundamentlarini umuman bilmaydi

- browser Network toolni ishlata olmaydi yoki umuman to‘g‘ri tushunmaydi. Basic HTTP, IP, TCP/UDP tushunmaydi. Agar interneti o‘chiq bo‘lib "connestion refused" ko‘rsa darrov nimadir DevOps tarafdan ishlamayabdi deb o‘ylab yugirib keladi va tushintirib qayta yuborsang ham kelasi safarga hammasi "sug‘ur kuni" bo‘ladi turadi. Lekin shunchak internet ishlamagan 😆

- DevOps'dan mano nima backend va DevOps'ni aloqadorligi qanday. Collaboration nima. YO'Q umuman tushinmaydi. Orada ulashilgan masulyatlar borligini bilmasligiga indamay qoyaveramiz 😶

Hullas aslida juda kulguli bo‘lgan argument va sabablar tufayli odamni asabi va umrini ketkizishadi. Va o‘zlarini shu oddiy bilimsizlik, eʼtiborsizlik va erinchoqliklari ularga uzoq muddatda qaytangi yoqmisiz ekanligini tushunishmaydi. Shunchaki 50-60 soat vaqt sarflab fundamental bilimlarini to‘g‘irlashi mumkin edi TEKINGA lekin... yo‘q butun umr o‘zini qiynashi undan tashqari boshqalarniyam asab va vaqtini ketkizishni afzal ko‘radishadi.

Xo‘sh sabab nima bizda shunday bo‘lishiga? Nimaga chet elda o‘zini o‘zi aynan IT dan qoplaydigan kompaniyalar bu tipdagi ishchilar bilan allaqachon bankrot bo‘lib ketgan bo‘lardi? Nimaga shunaqa zo‘r kompaniyalarga bundaylar kira olmaydi? Chunki bunaqalar bilan jamiyat ham IT market ham to'g'ri funksionalini bajara olmaydi.

Bunday tipdagi "kallasini ishlatgisi kelmaydigan" va "soft skill nemati berilmaganlar" unaqa joylarda ishlay olmaydi. Masalan EPAMʼdaka joyda. EPAM kirish va ishlab keta olish uchun ancha muncha texnik fundamental va soft skill fundamentallari bo‘lishi kerak va shart ham albatta!

Asosan bunday “dangasa” developerlar aynan ITʼni o‘ziga qarab qolmagan joydan kompaniya molyalashtiriladigan jamoalarda “tirik” qolishi mumkin. Biznes ular shu kalla bilan qolib ketsa ham yuraveradigan joylarda joylashib olishadi va parazitlik qilishadi.

Va bu o‘z navbatida jamoadagi boshqa “yaxshi” injinerlarniyam oxiri “bor-e” nima qisang qilaver o‘zim ustimda ishlab bu yerdan “suraman” degan maʼnodagi qarorlariga sabab bo‘ladi.

Yaxshilar! Oddiy fundamental soft va hard skillarni o‘rganish bilang o‘zingizni qutqaring. O‘zingiz bilmaganizni bilmaganiz uchun o‘zingizni o‘zingiz qiynab yashayapsiz. Bu gaplarim bazilarga tegishli! Lekin buni tushinish uchun ham ozgina farosat degan soft skill ham bo‘lishi kerak. Unisiyam yo‘qlarga RIP deya olamiz.

Vaqt o‘tgan sari raqobat oshib bundaylarga sekin sekin bozorda joy qolmaydi. Masalan chet elga ketgan bir ikkita tanishalrim bor. Haqiqiy global IT marketda talab va raqobat juda kuchli ular bunga javob berolmay oddiy ishlar qilib eplab kun ko‘rib yuribdi. Oz qoldi o‘zbekistondayam shunday raqobat darajasi bo‘ladi. Zo‘rlar qoladi va bu eng to‘g‘ri yo‘l dumblar yo‘qoladi tabiiy ravishda.

Shunday qolib ketaveringlar xurmatli «dumblar» sizlarga boshqa yechim yo‘q. Farosati borlar o‘zini o‘zgartirishga harakat qiladi va qilyapdi. Sizlar qolib ketyapsizlar!

Gaplarim shu keltirgan xolatlarim uchungina emas. Post qisqa bo'lishi uchun oddiy misollar keltirdim. Bu gaplar BAZILAR'ga tegishli.
🔥5🎉2🏆2👍1
https://www.cloudping.info/

Cloudlardagi zonalarni siz turgan lokatsiyaga eng kam ping bilan ishlaydiganini topish uchun zo'r sayt ekan

Vultr'dagi natijalarni ko'rib to'g'risi xayron qoldim 🤔
Kubernetes de facto deployment standardga aylanib ulgurdi

Statistika bo'yicha
96% foiz organizatsiyalar kubernetes ishlatyapdi yoki ko'chish jarayonida unga

Cluster management bozorida kubernetes 97.3% foiz ustunlikni o'zida saqlab turibdi. Deyarli unga konkurent yo'q desayam bo'ladi

Dunyo bo'yicha 5.6 million userlar kubernetes ishlatyotgan ekan

70% IT liderlar va ularni organizatsiyalari kamida containerlar ishlatyotganini report qilgan

Kubernetes developerlarni 50% qismi AQSH'liklarga to'g'ri kelarkan

So'rovlar bo'yicha kubernetes ishlatyotganlarning 50 foizi Amazon Kubernetes Servicedan foydalanarkan (organizatsiyalar yani)

Manba
🔥4👍2👌1
Malumot o'rnida kubernetes faqat DevOps Engineerlar bilishi muhim bo'lgan narsa emas.

Deployment standardga aylanib ulgurgandan keyin logik tarafdan olib qarasak ham developerlar o'zini yozgan kodini deploy qila olishi kerak

Kubernetes murakkab abstraksiyalardan tashkil topgan

Kimdirlar kubernetes adminstratorlik qiladi
Kimdirlar kubernetes developer
Kimdirlar kubernetes security engineer vahokazo

Sekin sekin o'zbekistondayam kubernetes ishlatyotganlar ko'p ko'zimga ko'rinyapdi va bu albatta quvonarli
Sigma DevOps
Kubernetes de facto deployment standardga aylanib ulgurdi Statistika bo'yicha 96% foiz organizatsiyalar kubernetes ishlatyapdi yoki ko'chish jarayonida unga Cluster management bozorida kubernetes 97.3% foiz ustunlikni o'zida saqlab turibdi. Deyarli unga…
Va yana bitta malumot. Bu statistikadagi kubernetesdan maqsad faqat "core kuberntes" emas.

Linux degan OS aynan bo'lmagandek yani distributionlari bor ko'p(Ubuntu, Centos, Mentos ) kubernetesni ham shunga o'xshatsak bo'ladi (qisman albatta, chunki core kubernetesni o'zinigina ham bemalol ishlatsa bo'ladi)


Kubernetesni ham editionlari ko'p. Cloudlar bor o'ziga qisman to'g'irlab integratsiya qilgan har xil o'zgartirishlar bilan


Undan tashqariyam:
- k3s
- Rancher
- Openshift
- Microk8s
- EKS
- AKS
- GKE
lar bor )
11👍1🔥1👌1
To'g'ri kegan kompaniya, ish va odamlarni tanqid qilaverish doim ham tanqid qilyotgan odamni aqlliligini anglatmaydi.

Dunyo doim ham sizni atrofizda aylanmaydi. O'zi UMUMAN aylanmaydi. Siz aylanasiz. Yerni quyoshni atrofida quyosh esa boshqa narsani atrofida aylanadi.

Kibr deyiladi buni hamma narsani o'zini o'lchovi bilan o'lchab o'zinikini to'g'ri deyaverish.

Faqat negativ aqllilar ham bor. Yo'q emas afsuski. Nimagadir mutloq fikr bildirish o'ta ketgan ahmoqlik. Odamda prinsip bo'lishi kerak. Nimadir o'ziga qonun qoida qilib yashashi kerak emasmi?

Sababli argument so'rasang makillab qoladi? Nimaga? Nima kerak sanga? O'zingni aqlli ko'rsatishing kerakmi?
Nima bo'ladi aqlli ko'rinsang?

Shoxing chiqadimi?

Bazi odamlar uchun tortishuvda argument, logika degan narsa UMUMAN muhim emas.

UMUMAN!

Unda nimaga tortishasan? Nimaga negativsan? Ungayam UMUMAN sabab YO'Q

Bittagina odamchani fikri ko'p narsnai o'zgartirmaydi baribir. Shu kalla bilan shu yoshigacha yashaganiga xayron qolasan kishi
🤣7👍51❤‍🔥1🔥1💯1
Ucell'ga ishga kirdim!

2 oydan oshdi Ucellga ishga kirganimga. Hali e'lon qilishga ulgurmagan edim. Linkedinda ham boshqa joyda ham.

O'zbekistondagi eng katta kompaniyalardan biri, ish jarayonlari yaxshi yo'lga qo'yilgan. O'zini ishini biladigan professionallar yig'ilgan joy.

Taasurotlar ancha yaxshi. Soft skill va hard skill tarafdan ham yaxshi odamlar yig'ilgan.

Bunaqa katta kompaniya to'g'ri boshqarilmasa bunaqa muvaffaqiyatga shunchaki erishib qolmaydi albatta.

Proyektlar masalasiga kelsak undanam udar juda katta ko'lamdagi proyektlar. Tajriba orttirish uchun bunaqa infrastrukturali joyni topish osonmas. Ajoyib imkoniyat bo'lyapdi men uchun.

Hozirda mani proyektimga ,manga sherik izlayapmiz. Xohlovchilar bo'lsa zo'r imkoniyat


https://hh.uz/vacancy/119467708?from=share_android
9🔥2
Forwarded from DevOps&SRE Library
Kubernetes Best Practices I Wish I Had Known Before

1. Don't Skimp on Resource Requests and Limits
2. Namespace Like Your Life Depends on It
3. Avoid Running Multiple Containers in One Pod Unless Necessary
4. Use a Package Manager for Your YAML Files
5. Ingress and Networking Best Practices
6. Lean On Liveness, Readiness, and Startup Probes
7. Mind Your Security: RBAC, Pod Security, and Secrets
8. Monitor Everything (And Then Monitor Some More)
9. Automate Deployments with CI/CD
10. Keep Your Kubernetes Cluster and Components Updated
11. Use Labels and Annotations Wisely
12. Adopt a Multi-Environment Approach
13. Optimize Your Container Images
14. Implement a Reliable Logging Strategy
15. Treat Kubernetes Like Cattle, Not a Pet
16. Consider a Higher-Level Approach for Complex Deployments
17. Final Thoughts


https://www.pulumi.com/blog/kubernetes-best-practices-i-wish-i-had-known-before
🔥3🤝1
Forwarded from LearnKube news
This week on Learn Kubernetes Weekly 135:

🛜 The Kubernetes networking guide
🐜 Configuration Management at Ant Group: Generated Manifest and Immutable Desired State
🪵 My favourite Kubernetes audit log policy
🙅‍♂️ Can't NAT after NAT
🥊 Readiness vs Liveness Probes: What is the Difference? (and Startup Probes!)

Read it now: https://learnk8s.io/issues/135

⭐️ This newsletter is brought to you by @arm — Explore learning paths and technical resources to start, accelerate, or complete your cloud migration https://ku.bz/xFNgz9S9h
Anchadan beri Apache produktlari bilan o'ralashib yuribman. Zo'r yechimlar qilishgan lekin juda bosh og'riq va ko'tarishga vaqt oladi. Osongina ishlab ketaqolmaydi.

Yomon tarafi undanam. Juda kam auditorya ishlatadi bazi produktlarini muammolarga yechim topish qiyin.

Ingliz auditoryasidagi muammko bu. Haliyam boshqa tillarda emas.

Hozir data analitika uchun ishlatiladigan toolar bilan ishlayapman.

Yarn Ozone Hadoop Spark kafka vahokazolar. O'zimga sabr tilayman.

Qiziq bo'lsa bilimlarimni ulashish niyyatim bor. Ancha narsa o'rgandim. Boshlab olish uchun yetarli bo'lgan bilimlarni videodarslikmi yoki maqolami qilib ulashish niyyat bor.

rosa rahmat aytishadi agar shu ishni qilsam keyinchalik ).
🔥7🤝3
Maqola yozishni kelajaki haqida o'ylab qoldim.

Hozirgi kundaku mayli lekin yaqin kelajakda texnik maqola yozish arziydimi degan savol tug'ildi?

Har xil senariylarni o'ylab o'ylab arziydi degan fikrga keldim.

Chunki

Odamlar hechqachon dokumentatsiyani esida qoldirmaydi. Voqealarni (tajribalarni) esida qoldiradi.

Nima demoqchiman.

Masalan tajriba ulashish bo'yicha maqolalar "Biz kubernetesda bunday qilib A dan B narsaga migrate qildik"

yoki bo'lmasam

"Helm yoki Kustomize qaysi birini tanlash yaxshiroq" degan manodagi maqolalarda baribir AI fikridan ko'ra odam fikri kelgusi o'quvchilarga ko'proq maqul bo'lsa kerak.

Odamlar doim ham shunchaki o'rganish uchun emas o'qimaydi. Ishonch uchun o'qiydi deb hisoblayman.

Shunday yaxshi maqolalarni ulashib turadigan bir yaxshi kanalni pastda qoldirdim.

https://news.1rj.ru/str/devopslibrary
👍3