Forwarded from BilimEra
Hurmali ustozlar!
Taklif va iltimoslarni hisobga olib, "Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursining bugunga mo'ljallangan birinchi darsini ochiq qilishga qaror qildik. Siz bugun soat 19:30da boshlanadigan jonli darsda qatnashishingiz va dars materiallari bilan tanishishingiz mumkin. Darsga BilimEra platformasi orqali yoki Zoom dasturi orqali kirishingiz mumkin. Dars materiallari bilan faqat platforma orqali tanishish mumkin.
Platforma orqali jonli darsga kirish va dars materiallari bilan tanishish uchun yo'riqnoma - bu yerda.
Darsning Zoom havolasi: https://us06web.zoom.us/j/87052195080
Kursning keyingi darslarda qatnashish va kurs materiallaridan to'liq foydalanish uchun to'lovni amalga oshirish kerak bo'ladi.

❤9
#bugun
Bugun ajoyib kun bo'ldi.
Uch o'quvchi bilan "Tafakkur" jurnaliga bordik va sevimli yozuvchim Erkin A'zamning ajoyib suhbatidan bahramand bo'ldik.
Adib har birimizga kitob sovg'a qildilar: o'quvchilarga "Otoyining tug'ilgan yili" qissasi va menga yangi nashrdan chiqqan "Momaqaldiroq ostida sayr" romanini sovg'a qildilar.
Suhbat videosini kanalga joylayman, inshaallah.
Ilohim, umrlari uzoq bo'lsin!
PS. Mabodo asarlarini o'qimagan bo'lsangiz, kinolarini ko'rgandirsiz ular yozgan ssenariy asosida olingan?
- Parizod
- Zabarjad
-Qardzor
- Suv yoqalab va hk..
@suvaydo

❤44👏9🔥6👍1
#facebook
Bu ijtimoiy tarmoq degani zap antiqa narsa-da...
Hecham Facebook messengerga kirmasdim, bugun bir qarasam, xat-xabarlar to'lib ketibdi.
Ularning ichida reklamalari ham bor, tanishmoqchi bo'lgan allaqanday ajnabiy "shahzoda"lar izhorlari, bir necha yil ilgari o'qitgan o'quvchilarimning turli bayram munosabati bilan yozgan tabriklari, hatto jiyaniga kelin topishga yordamlashishimni so'ragan iltimosnomalar ham bor.
E'tiborimni tortgani bitta o'qituvchining yozgani bo'ldi:
"Siz meni suhbatdan o'tkazmadingiz. Balki, hali vaqti emasdir.
Lekin hali ko'rasiz men buyuk o'qituvchi bo'laman. Hozir esa shunchaki ism-familiyamni eslab qoling!"
Dema, huv bir zamonlar ixtisoslashgan maktablarga suhbat o'tkazganimizdan keyin yuborilgan.
Alamzada egasining toleyiga eendi ko'ribman.
Ism - familiyasini eslab qolmabman, zotan, o'qituvchilik buyulikka da'vogarlik qilinadigan kasb emas.
Odam shon-shuhrat, orden-medal uchun o'qituvchilikni tanlagan bo'lsa, undaylarni hurmat qilmayman.
Yaxshi o'qituvchining o'quvchilari muvaffaqiyatli bo'ladi..
O'sha suhbatdan beri uch yil o'tdi, hali biror o'qituvchining buyuklikka erishgani haqida xabar o'qimadim. Menga nimanidir isbotlaash uchun emas, shu kasb o'ziga yoqqani uchun ishlashi kerak muallim degani..
(Matn yengil tabassum bilan o'qilsin, kinoya va zaharxandalik bilan emas)
eh, apandi.. degan bo'lardi Dadam..

❤35😁31💯5
#qaror
Bilmadim, toqatim qanchaga yetadi, ammo o'ylab qarasam, juda ko'p vaqtim Facebook va Instagram tarmoqlaridagi oldi-qochdilarga ketayotgan ekan.
Umrimni yelga sovurayotganimni bila turib birovlarning "reels"larini tomosha qilishda davom etayotganim.. achinarli..
Xullas, kecha telefonimdan ikkala ilovani ham o'chirib yubordim. Telegram va YouTubega vaqt sarflayotganim ham yetar.
O'qilmagan kitoblarim qaancha. O'zimcha ro'yxat qilib chiqdim shaxsan sotvolgan yoki birovlar hadya qilgan kitoblatni.
Alloh shayton vasvasasidan asrasin, vaqtimni foydali ishlar uchun ajratish nasib etsin..

💯55❤34⚡11😭5👍1
Shunchaki...
Video
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, tog'li qishloqdagi qor. Qormisan qor.
@suvaydo
@suvaydo
👍12🥰6❤4
#ovozli_chat
Har oyning birinchi jumasida ovozli chat tashkillashtirishga ahd qildik.
Ilk mehmonimiz (talab va istaklarga ko'ra) - Iroda Azimova. Mening qadrdon do'stim, lingvist, f.f.n.; favqulodda aqlli, samimiy Inson!
Juma kuni 19:00da "shunchaki" kanalida suhbatlashamiz, inshaallah!
Savollaringizni chatda yozing. Suhbat chog'i ularga ham javob berib ketishga harakat qilamiz.

❤51👍1