UzDevid – Telegram
UzDevid
4.57K subscribers
78 photos
19 videos
117 links
Dasturlash - bu nafaqat mening kasbim, balki bu mening yoqtirgan mashg'ulotim. Men uchun doimiy o'rganish va rivojlanish manbai.

https://tirikchilik.uz/uzdevid
Download Telegram
Channel created
Assalomu alaykum do'stlar, biz qaytdik!

Bir necha yil avval shaxsiy blog ochdik, darslar joyladik, qiziqarli ma'lumotlar bilan ulashdik. Bir necha oydan so'ng faoliyatni to'htatishga majbur bo'ldik, vaqt yetmadi. Endi esa yanada qiziqarli ma'lumotlar va yanada ko'proq tajriba bilan biz - ijodga qaytdik!

Qaniydi, biz ulashgan ma'lumotlar kimgadir zarrachalik foyda bersa-yu, shu inson ishlab chiqgan mahsulot butun xalqga foydasi tegsa!
👍10🔥7
Axborot Texnologiyalari sohasiga yaqinda kirgan davrlarimiz 🤓
😁11👍41🥰1
#php #yii2 #extension #telegrambot

Telegram bot yaratish uchun qulaylashtirilgan kengaytma.

Assalomu alaykum!

Telegram bot yaratishingiz uchun composer orqali kengaytmani o'rnating.

composer require uzdevid/yii2-telegrambot "dev-main"


Foydalanish yo'riqnomasini, class-lar va misolda keltirilgan kod-larni kengaytmaning github sahifasidan olishingiz.

Eslatma: Ushbu kengaytma biz qilgan loyihalar talablariga mos qilib ishlangan. Shu sababli barcha talablarga moslashtirilmagan bo'lishi mumkin.

Qanday qo'shimchalar qo'shish haqida izohlaringizni kutib qolamiz! Raxmat.
🔥5👍2
#test #project #consultme

Do'stlar! Yaqinda yangi loyiha ishlab chiqdik. Loyihaning mazmuni maslahatchi (konsultant) va foydalanuvchini "online" uchrashtirish. Uchrashuv online video chat ko'rinishida amalga oshiriladi.

https://consultme.uz/uz — marhamat, ro'yhatdan o'tib, foydalanib ko'rishingiz mumkin. Kim konsultant, kim esa foydalanuvchi bo'lishini kanalimizning chat-da muhokama qilishingiz mumkin.

Ha aytganchi! Konsultatsiyalar pullik o'tkaziladi. Lekin hozirgi holatda loyiha tekshirish (test) jarayonida bo'lganligi uchun ro'yhatdan o'tganingizdan so'ng har bir foydalanuvchiga 1.000.000 so'mdan beriladi. Bu mablag' faqat platformaning ichida ishlaydi!

Loyiha to'liq tugatildi deyolmaymiz, ammo asosiy imkoniyatlarni hammasi ishlaydi.

Ishlatish davomida yuzaga kelgan hatoliklarni, tushunmay qolgan vaziyatlarni izohlarda kutamiz. Raxmat!
🔥6👍5
Saytda video chat qilish uchun ham kengaytma tayyorlangan. Foydalanish yo'riqnomasini yozib, tez orada kanalga joylamiz!

Kanalga do'stlaringizni taklif eting. Biz qilgan kichik qulayliklar haqida ular ham habardor bo'lishsin 😉
👍9
Dasturlash – zamonaviy kasb bo'lganidek juda qiziq kasb. Dasturlash orqali minimal harakat bilan maksimal darajadagi mahsulot ishlab chiqish mumkin.

Ha, albatta, har bir loyiha ortida kutilgan va kutilmagan qiyinchiliklar turadi. Qaysidir masalani yechishga tajriba, ba'zan esa ma'lumotlar kamlik qiladi.

Biz dasturlashga to birinchi qadamimizni qo'yganimizdan buyon, boshqa dasturchilar uchun o'zimiz yechgan masalani namuna sifatida ulashishga, dasturlashga endi kirib kelgan va kirmoqchi bo'lgan do'stlarimiz uchun o'z tajribamizni ulashishga niyyat qildik.

Do'stlar, Sizlarni biz qilgan va kelajakda qiladigan ishlarimizga baho berishingiz, o'z tajribangizdan kelib chiqib bizga to'g'riroq yechimlar ko'rsatishingiz, foydali bo'lsa biz ishlab chiqgan mahsulotlardan foydalanishingiz uchun Sizni o'z kanalimizga taklif qilamiz.

Hurmat bilan Ibragimov Diyorbek.

Qaniydi, biz ulashgan ma'lumotlar kimgadir zarrachalik foyda bersa-yu, shu inson ishlab chiqqan mahsulot butun xalqga foydasi tegsa!

@uzdevid
👍12🔥9🤩1
#info #agora #videocall #voicecall

Veb sayt yoki ilovada video va ovozli chat.

Assalomu alaykum!

Agora.io – Sizga video va/yoki ovozli chat qilishingiz uchun ko'plab imkoniyatlarni beruvchi platforma.

Info: Har oy 10.000 daqiqa bepul foydalanishingiz mumkin. Narxlarini saytning pricing bo'limidan ko'rishingiz mumkin.
👍10🔥3👎2
#project #bot #calcltr

Assalomu alaykum.

Kechagi kuni hamkasbim bir misol yubordi, oddiy matematik misol, lekin dasturchi dangasa bo'ladi degan gap rost ekan, kalkulyatorga kirishga erindim. Va shu zahoti yangi loyiha uchun g'oya tug'uldi.

Hamkasbim bilan biroz maslahatlashdik keyin esa qiziqarli va foydali bo'lgan telegram uchun kalkulyator bot ishlab chiqdik.

Hohlagan chatda @calcltr_bot kiriting, keyin esa, misolni yozing.

Misol uchun:
1. @calcltr_bot sin(30)+cos(60)
2. @calcltr_bot 75+91/13

Izohlaringizni kutamiz!
👍7🔥4
Hayrli kun do'stlar!

O'z vaqtida HTML va CSS tillarini o'rgangan manbalarimni sizlar bilan ulashmoqchiman.

HTML-ni qo'pol qilib aytganda 9 soatda "Самоучитель HTML" ilovasidan o'rganganman.

CSS-ni boshlanishda "Учебник по CSS" ilovasidan, keyin esa Гуша Дударь kanalidan o'rganganman.

Bu sohada tajribali do'stlarimizdan yana qo'shimcha manbalar yuborishlarini iltimos qilamiz!
👍9
#info #yii2 #extension #telegram #bot

Assalomu alaykum.

Telegram bot yaratish uchun kengaytmani qaytadan yozdik. Class-lar strukturasi o'zgardi, imkoniyatlar oshdi 🔥

Github | Packagist
🔥6👍31
Bir loyiha uchun "Hududiy elektr tarmoqlari" tashkilotlari kerak bo'ldi, tayyor baza topa olmadim. Hammasini qo'lda yozib chiqishga to'g'ri keldi.

Agar loyihangiz uchun ushbu ma'lumotlar kerak bo'lsa github sahifamizdan yuklab olishingiz mumkin.
👍101