UzDevid – Telegram
UzDevid
4.57K subscribers
78 photos
19 videos
117 links
Dasturlash - bu nafaqat mening kasbim, balki bu mening yoqtirgan mashg'ulotim. Men uchun doimiy o'rganish va rivojlanish manbai.

https://tirikchilik.uz/uzdevid
Download Telegram
Yangi chiqayotgan (hali chiqmagan) Yii3 freymvorki haqida video kurs chiqaraylikmi?
Anonymous Poll
57%
Xa
23%
Albatta
20%
Zarar qilmaydi
👍53😁30🔥137🥰3👎2👏2
Backendda tashqi Rest-API lar bilan integratsiyani qanday amalga oshirasiz? curl_* funksiyalari orqalimi yoki Guzzle mijozi bilanmi? Integratsiyalarni qulay va OOP uslubida qilishga nima deysiz?

Conflux-HTTP - moslashuvchan va keng imkoniyatlarga ega HTTP sdk.

Kamchiliklari bo'lsa issue yoki PR kutaman 👨‍💻

@uzdevid
👍73🔥2👏2
Yii3 frameworkining dunyodagi ilk video kursi 👨‍💻

Ushbu birinchi video darsda Yii3 fraymorki bilan ishlashni boshlash uchun zarur bo'lgan barcha asosiy tushunchalar va vositalar bilan tanishasiz. Darsda Yii3 ilovasini yaratish, sozlash va uni ishlatishning boshlang'ich bosqichlari ko'rsatiladi. Har bir qadamni aniq tushuntirib, sizni Yii3 bilan ishlashda to'g'ri yo'naltiramiz. Bu darsda Yii3 arxitekturasi, fayl tuzilmasi, va birinchi ilovangizni yaratishga qaratilgan amaliy misollar ko'rsatiladi.

https://www.youtube.com/playlist?list=PLjQt6UfhObShjbLyRcl3KcgM4gmpqlCUo
🔥8👏4😁3👍2
Ushbu video darsda PSR-15 middleware’lari haqida va ularni Yii3 frameworkida qanday qo‘llash mumkinligi haqida batafsil tushuntirib beriladi. Dars davomida middleware nima ekanligi, ularning vazifasi va qanday ishlashi haqida nazariy tushunchalar beriladi, shuningdek, real amaliy misollar orqali Yii3 ilovasiga middleware’larni qanday qo‘shish va sozlash ko‘rsatib o‘tiladi.

Ayniqsa, so‘rovlarni filtrlash, autentifikatsiya, loglash kabi funksiyalarni qanday amalga oshirish mumkinligi o‘rganiladi.

https://www.youtube.com/watch?v=zQs3zZaSzb8

@uzdevid
👍3🔥3👏31
Final sinflar va metodlar — afzalliklar, muammolar va yechimlar.

PHP dasturchilar ko‘pincha final yordamida sinf va metodlarni himoya qilishadi. Biroq bu qaror foydali bo‘lishi bilan birga, ba’zida muammolarga ham sabab bo‘lishi mumkin. Davomini medium-da o'qing
🔥6👍31👏1
Yuqoridagi kod nimani aks ettiradi?

👍 - a
🔥- 455
👎 - Fatal error

@uzdevid
🔥27👎7👍5👏1
Yuqoridagi kod nimani aks ettiradi?

👍 - 2
🔥 - 3
🤔 - 1

@uzdevid
🔥31👍8🤔52👏1
Ushbu darsda biz Yii3 doirasida zamonaviy dasturlash tamoyillaridan biri bo'lgan Dependency Inversion Principle (DIP) va Dependency Injection (DI) konsepsiyalarini ko'rib chiqamiz.

https://youtu.be/46f1Dw3tOiM

@uzdevid
👍4🔥4👏21
gPortni serverini qaytadan Yii3-da yozmoqchiman. Yii3da web socket bilan ishlaydigan paket yo'q ekan. Avval shu paketni yozmoqchiman 🔥


Client => (ws://) => Centrifugo => (grpc://) => RoadRunner => Yii3


Maqsad uy qurish, lekin, avval sement zavodini qurish kerak...

@uzdevid
🔥11👍32👏2😁2
Zamonaviy, moslashuvchan va qulay yangi Yii3 frameworkini quyidagi playlist-dan bepul o'rganishingiz mumkin.

https://www.youtube.com/playlist?list=PLjQt6UfhObShjbLyRcl3KcgM4gmpqlCUo

@uzdevid
👍6🔥5👏3
Keyingi video Yii3 + RoadRunner mavzusida! PHPni 30-40 barobarga tezlatamiz 🔥
👍7🔥6👏1
PHP o'ladi! Xa, har bir so'rovga javob berganidan so'ng PHP o'ladi, kelasi safar yana tiriladi va bu bir hil jarayonni qayta qayta amalga oshirib qimmatli vaqtni yo'qotadi. Ushbu videoda bu narsaga chek qo'yadigan yo'llar haqida gaplashamiz.

https://www.youtube.com/watch?v=7SaUXLii9ok

@uzdevid
🔥6👍5😁1
MVC arxitekturasida M, ya'ni model deganda nimani tushunasiz?

🔥 - bazadagi jadvalning ORM modeli
👍 - biznes logika qatlami
🔥24👍11
UzDevid
MVC arxitekturasida M, ya'ni model deganda nimani tushunasiz? 🔥 - bazadagi jadvalning ORM modeli 👍 - biznes logika qatlami
Agar model tushunchasi va ORM modeli bir hil narsa bo'lsa savol: Biznes logika qaysi qatlamga yoziladi?

- Controller — yo'q
- Model — S buzuladi, yo'q
- View — albatta yo'q)

@uzdevid
👍5👏21🔥1
OOPda abstraksiya tamoyili.

Internetdagi manbaalarda tushunarsiz yoritilgan mavzulardan biri.

"Kodni yashiradi" kimdan yashiradi, nima uchun yashiradi? Xo'p, yashirgan bilan qanaqa muammo hal qilinadi?

Batafsil video tayyorlaymiz...

@uzdevid
🔥10👍4👏1😁1
Open-Source loyihalar, qimmatli postlar va bepul video qo'llanmalar ko'payishini xohlaysizmi? Qo'llab-quvvatlang)

https://tirikchilik.uz/uzdevid

@uzdevid
👍18🔥5😁4👏1