UzDevid – Telegram
UzDevid
4.57K subscribers
78 photos
19 videos
117 links
Dasturlash - bu nafaqat mening kasbim, balki bu mening yoqtirgan mashg'ulotim. Men uchun doimiy o'rganish va rivojlanish manbai.

https://tirikchilik.uz/uzdevid
Download Telegram
Rayani modelini o'qitish vaqtida datasetni idea orqali yozish va tahrirlash noqulay bo'ldi. Aynan .jsonl bilan ishlaydigan biror tool topolmadim, balki yaxshi izlamagandirman.

jsonl.uzdevid.com — kichik sayt lekin men uchun foydasi katta bo'ldi

@uzdevid
👍5🔥43👏3
Rayadan foydalanish arzonlashdi!

GPT-4.1 asosida yangi R001 modeli o'qitildi va stabil ishlayabti. Bu chiqimni biroz kamaytirdi va shuni hisobiga foydalanish arzonlashdi.

R002 ga qarab harakat qilyabmiz.

> raya.uzdevid.com

@uzdevid
👍5🔥43
Raya, yana Raya...

Desktop client-ga kengaytmalar bilan ishlash imkoniyati qo'shildi.

Va ?

Community dasturchilar Rayani imkoniyatini .dll, .pyd va .so plaginlari orqali kengaytirishi mumkin.

Dasturchilar tomonidan ishlab chiqilgan plaginlar mutlaqo xavfsiz ekanligini tekshiramiz, so'ng foydalanuvchilarga taqdim qilamiz.

#soqqatime - dasturchilar o'zi ishlab chiqgan plaginlarni sotish huquqiga ega :)

@uzdevid
🔥11👍52🥰2
Huddiki xa katta bo'lsam Megan kabi bo'laman deydigandek

@uzdevid
😁7👏4🔥32😱1
MVVM nima?

Ko’rinish, ma’lumotlar va boshqaruvni alohida qilib olish. Ma’lumot olish (api) + UI ni yasadingiz va ularni yana bir component ochib uning ichida birlashtirdingiz. Davomi

@uzdevid - Ismoil Turdaliyev
153🔥3👏3👍1
Rayani shu ko'rinishdagi launcher-installer orqali o'rnatish va boshqarish imkoniyati ustida ishlayabmiz.

@uzdevid
👍75🔥2👏2
#n8n

N8N - haqida bir necha oy avval eshitgandim, lekin foydalanib ko'rishga vaqtim bo'lmagan edi. Kecha Raya uchun tizimlarni integratsiya qilish yo'llarini ko'rib chiqib n8n-ni ishlatib ko'rishga qaror qildim.

Ajoyib yechim - ko'plab tizimlar bilan integratsiyalar mavjud. Tayyorlik va moslashuvchanlikdagi balans.

@uzdevid
10🔥8👏3
Raya - barcha device va online xizmatlaringizni bir joyga jamlaydi, boshqaruvni oson qiladi.

Genisys - barcha devicelaringizni birlashtiradi, boshqaruvni oson qiladi.

O'xshashlik yo'q a?

@uzdevid
🔥149👏6🥰2
#maqtanishmasu

Click-da sinov muddatim muvaffaqiyatli yakunlandi. Natija yaxshi.

@uzdevid
1👍32🔥139👏5🥰4
Dasturchilar bo'sh vaqtlarida ba'zan esa uxlamasdan kichik loyihalar qilishadi. Afsuski bu loyihani ommalashishiga va rivojlanishiga birgina kodning o'zi kamlik qiladi.

Dasturchilar hamjamiyatini qo'lidan kamida nima keladi? Foydasiz va ishonchsiz ko'rinsa ham, sizni kundalik hayotingizda kerak bo'lmasa ham ishlatib ko'ring!

Siz uchun bu oddiy ish, lekin u loyihani yaratgan inson uchun katta ko'rsatgich. Ehtimol bu loyiha ommalashib ketar, balki! Lekin hech bo'lmasa biz qo'llab quvvatlamasak quruq kod bo'lib qolib ketishi aniq.

Kanal va guruh egalariga esa alohida tegishli, siz uchun arzimas 2 qatorli post bilan loyihani kelajagini hal qilib qo'yishiz mumkin.

Zero biz qo'llab quvvatlamasak o'zga sayyoraliklar buni qilmaydi :)

@uzdevid
15🔥103👏3🥰2😁2👍1
Xa aytganche, @IbragimovDiyorbek profiliga yozib loyihangiz haqida kanalga e'lon bersangiz bo'ladi :)

@uzdevid
10🔥114👍3😱3🤯2
#kalla

Raya engine-da plaginlar bilan ishlash arxitekturasida qo'pol xatolik. Maksimal muloqot uchun plaginlarni pythonda yozgan edim, natijada .pyd (.dll ga o'xshagan kengaytma) faylini shakillantirdim.

Muammo:
.pyd ishlashi uchun python va o'rntilgan kutubxonalar majburiy ekan. Ya'ni foydalanuvchi Rayadan foydalanish uchun kompyuteriga python va bir nechta kutubxonalarni o'rnatishi kerak. Va bu yaxshi emas.

Endi bu arxitekturani o'rniga local websocket server ko'tarmoqchiman. Shunda plaginlar pythondan boshqa tillarda yozilishi yoki umuman veb saytda foydalanishi mumkin. Albatta barchasi xavfsizlik talablariga mos holatda bo'ladi.

@uzdevid
👍73🔥2👏1
OpenAI Assistant API-ni qo'llab quvvatlashdan to'xtadi. 26 avgust 2026 yildan o'chiriladi. Uni o'rniga Responses modulidan foydalanish mumkin.

@uzdevid
👍97🔥2👏1
O'yinni ichiga qo'yilgan reklamani birinchi ko'rishim. Yaxshi ekan.

@uzdevid
👍1110🔥3👏3😁1
JetBrains Toolbox-ga balki ancha bo'lgandir, lekin men endi ko'rdim. Bir nechta ide-dan foydalanadigan menga bu juda qulay :)

@uzdevid
👍54😁2👏1
Uzoq kutilgan reliz 🔥

Yii3 frameworkining shabloni reliz qilindi.

Rasmiy shablon: Yii App
O'zim uchun sozlangan shablon: Yii3 Template

Izohingizni qoldiring

@uzdevid
5🔥5👏4👍3👎1
🚀 Valyuta ayirboshlash uchun eng yaxshi narxlarni taklif qiladigan bankni beradigan yangi bot ishlab chiqdik.

Sotib olish uchun eng past narx, sotish uchun esa eng baland narxni olishingiz mumkin.

@vAnalizbot - foydalanib ko'ring, kamchilik va takliflarni izohga yozib qoldiring.

Hozircha bir nechta bank bilan ishlay oladi.

@uzdevid
5👍3🔥3👏3🤔2👎1
1099 kun.

@calcltr_bot - telegramda inline kalkulyator botimizni ishga tushurganimizga 3 yil bo'libti. Deyarli 21K foydalanuvchi.

@uzdevid
🔥75👍4👏3🥰2👎1
Qaysi mavzuda kurs, maqola yoki servis chiqishini xohlaysiz?

Kommentda yozib qoldiring.

@uzdevid
3👍2🔥2👎1🥰1👏1😢1
💵 Dollar olmoqchisiz yoki so'm qilmoqchisiz. Eng zo'r narxlarni taklif qiladigan banklarni bilmaysiz, har birini ko'rib chiqish esa noqulay va ko'p vaqt talab qiladi.

Bunga yechim bor!

V.Analiz boti orqali, sotish uchun eng baland, xarid uchun esa eng past narxni taklif qiladigan banklarning bankomat, mobil ilova va ayriboshlash shaxobchalari kesimidagi kurslarni olishingiz mumkin.

👉 @vanalizbot

@uzdevid
9🔥6👏2👎1🥰1