Web Dasturlash kanali – Telegram
Web Dasturlash kanali
9.16K subscribers
1.43K photos
448 videos
31 files
1.07K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: http://t.me/techno_ads/17
Download Telegram
Forwarded from MohirDev.uz
Mohirdev.uz onlayn injinerlik platformasida o'quvchilar soni 2000+ dan oshdi.

Hozirda bizning platformamizda 10 dan ortiq bepul kurslar bo'lib. Siz hoziroq o'z kelajak kasbingizga qadam qo'yishingiz mumkin.

Mohirlardan mohirlikni o'rganing!

Telegram | Website
👍3😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu millat qora mehnat qilishga loyiq millat emas!

Siz — ziyoli millat vakilisiz! Bu millat shonli o'tmishga ega bo'lganidek, uning kelajagi ham porloq bo'lmog'i darkor. Shu maqsad yo'lida birlashib, harakat qilish siz-u bizning millat oldidagi vazifamizdir.

@webdev07
👍3
Matemetikani yaxshi biladiganlar bormi 😁

@webdev07
👍10😁5🔥1
​​JavaScript framework'lari haqida.

🔷 Framework bu maʼlum bir dasturni maqsadli tarzda yaratish uchun mo‘ljallangan funksiyalar yig‘indisidir.

🔷 O'zimiz uchun Framework tanlashda biz uning qanchalik ommaviyligi, vaqt o'tishi bilan o'zining ommaviyligini saqlab qolishi va bozordagi talabiga qarab tanlashimiz maqsadga muofiq bo'ladi.

🔷 Hozirgi kunga kelib JavaScript uchun mo'ljallangan Frameworklar juda ko'p va ular orasida eng ko'p ishlatiladiganlariga to'xtalib o'tamiz. Bular React, Angular va Vue.

🔷 Amerikaning Indeed.com saytining o'tkazgan so'rovnomasiga ko'ra ish beruvchilar talabi quyidagicha.
Unga ko'ra:

- Vue.js 0.8 %
- Angular 21.0 %
- React 78.1 %

talab natijalari e'lon qilingan.

🔶 Angular - bu Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan JavaScript framework! U bizga, ya'ni dasturchilarga sahifani yanada dinamik qilishda yordam beradi, Angular 2016 yil 14 sentabrda keng ommaga taqdim etildi. Shu kundan beri web dasturchilar tomonidan juda keng qo'llanib kelinmoqda va dasturlashdagi eng so'nggi texnologiyalar sirasiga kiradi.

🔶 Vue - bu 2013-yilda ishga tushirilgan, juda moslashuvchan foydalanuvchi interfeyslari va murakkab yagona sahifali ilovalarni yaratishga moslangan JavaScript kutubxonasi hisoblanadi.

🔶 React - bu Facebook tomonidan yaratilgan, UI (User Interface) yaratish imkonini beruvchi front-end JavaScript texnologiyasidir. Bu platforma dasturchilarga o’zining komponentlarga asoslashgan arxitekturasi bilan judayam qo’l keladi. Avvallari bunday imkoniyat faqat Java yoki C# dasturlash tillarida mavjud edi.

☑️ Xulosa: Haqiqiy dasturchi uchun tanlovning hech qanday muhim farqi yo'q, chunki dasturchi faqatgina yangi narsalarni o'rganish uchun vaqt sarflaydi. Professional dasturchilar ko'pincha ReactJS va Angular 2/4/5 bo'yicha tajriba orttirishadi, lekin Vue.js'dan ham foydalanib turishadi. Har bir tizimning afzalliklari va kamchiliklari mavjud, ya'ni mahsulotni ishlab chiqishda har bir ish uchun faqat to'g'ri tanlov bo'lishi kerak.


🔺 Agar siz JavaScript Frameworklari haqida ko'proq bilmoqchi bo'lsangiz
o'zbek tilidagi darslar 👇🏻:
Angular darslari Farhod Dadajonov
ReactJs darslari Alisher Musulmonov
Vue Js dan o'zbekcha yaxshi kantent topa olmadim, agar siz bilsangiz izohlarda qoldiring
Boshlang'ich HTML CSS va JavaScript darslarini
kanalimiz orqali videoni tomasha qilishingiz mumkin.

Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!
👇👇👇
@webdev07
Telegram
| YouTube | Instagram
👍3