Lider Notes_#106.pdf
445.3 KB
O’ylaymanki hamma yangi haftani yaxshi kayfiyatda boshlab oldi.
Hafta davomida o’zim uchun foydali deb bilgan bilimlarni “Lider Notes” jurnalining navbatdagi #106-sonida ulashyapman.
Sizlarga ham foydali bo’ladi deb o’ylayman, va albatta yaqinlaringiz, do’stlaringizga ulashib qo’yishni unutmanglar😊
Hafta davomida yaxshi kayfiyat tark etmasin🤗
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
Kuniga 1 soat kitob o'qish kuningizning atigi 4 foizini tashkil qiladi. Ammo bu 4% sizni qisqa vaqt ichida sohangizning eng yuqori pog'onasiga olib chiqadi. 4% vaqtni, 1soat uyqudan kechib, topishga harakat qilaylik azizlar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤1
Forwarded from Xushnudbek.uz
Biznesda to‘g‘ri savol qo‘ya bilish va unga samarali javob izlash juda muhim. Qanday qilib noldan kompaniya yaratish, muvaffaqiyatga erishish mumkin? Startaplar nima va ular qanday sharoitlarda paydo bo‘ladi? Sotish san’atini qanday o‘zlashtirish kerak? Nima uchun tadbirkorning global fikrlashi muhim?
“Asaxiy Books” o‘zbek tilida yangi chop etgan «Noldan birga. Startaplar haqida qaydlar yoxud kelajakni qanday ko‘rish mumkin?» kitobida mashhur tadbirkor Piter Til mana shu savollarga javob qidiradi. Piter Til PayPal to‘lov tizimi asoschisi, Facebook’ning ilk investori, Space X va bir nechta loyihalarga birinchilardan bo‘lib investitsiya kiritgan innovator tadbirkor. U mashhur Stenford universitetida ma’ruza o‘qishga taklif qilinadi va u yerda o‘z tajribalari asosida dars o‘ta boshlaydi. Bu Stenford talabalari orasida katta qiziqish uyg‘otadi va keyinchalik darsni kitob qilib yozish g‘oyasi paydo bo‘ladi. Kitob chiqqanda biznes olamida katta shov-shuvlarga sabab bo‘ladi. Kitobda Facebook, Microsoft, eBay, Twitter, Linkedin va boshqa ko‘plab kompaniyalar misolida, Paypal’dagi ulkan tajriba asosida tahliliy va asosli ma’lumot berilgan.
Kitob tadbirkorlarga, menejerlarga, marketologlarga, IT mutaxassislariga, startap asos solmoqchi bo‘lganlarga, iqtisodiyot, soliq, davlat boshqaruvi, bank va moliya sohasida o‘quvchi talabalarga tavsiya etiladi.
Narxi: 75 000 So‘m
Buyurtma berish: asaxiy.uz/u/63f8931f17be5

Kitob reklamasi👍13
🔷 Bu insonni ham o’z fikrlari, qarashlari va e’tiqodi bor, xuddi men kabi.
🔷 Bu insonda ham umid, tashvish va kamchiliklari bor, xuddi men kabi.
🔷 Bu insonni ham uni yaxshi ko’radigan do’stlari, oilasi, balkim farzandlari bor, xuddi men kabi.
🔷 Bu inson ham qadrlanishni, xurmat va e’tiborga sazavor bo’lishni xohlaydi, xuddi men kabi.
🔷 Bu inson ham tinchlik, xursandchilik va baxtni orzu qiladi, xuddi men kabi.
Lider uchun bu kabi mulohazalar qilish, har qanday bahsli munosabatlarni ikkala tarafning ham foydasiga hal qilish uchun yordam beradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥7❤1👎1
🤔 “Qachonki xatoga yo’l qo’ymasam”,
“Biror ishni tez va mukammal bajarsam”,
“Qachonki, boshqalar uchun qiyin bo’lgan narsa, men uchun judayam oson bo’lsa.”
☝️ Bu kabi fikrga ega insonlar odatda QOTIB QOLGAN ONGga va doim mukammallikka intilish hissiga ega bo’larkan.
🤩 “Qachonki biror ish haqiqatdan qiyin bo’lsa, va unga qattiq harakat qilib erishsam”,
“Uzoq vaqt davomida izlanishlar qilib, ilm olib va buning oqibatida jumboqli masalalarni tushuna boshlasam.”
☝️ Bu kabi fikrga ega insonlar odat O’SUVCHI ONGga ega, ular uchun doimiy mukammallikdan ko’ra, doimiy progress, doimiy izlanishda bo’lish muhimroq ekan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24
Yoshligimdan doim o’zimdan aqlliroq yoki tajribaliroq insonlar bilan yaqin bo’lishga, ulardan turli maslahatlar olishga harakat qilardim. Bu odatim Yaponiyada o’qish davrimda ham, universitetdan so’ng kariyeramda ham hozirgacha yordam berib keladi.
Shunday aqlli va tajribali insonlardan biri, dagi eng kuchli liderlardan biri bilan suhbat qilib o’tirganimda, prioritetlarni to’g’ri qo’yish va doimiy nazoratda ushlab turish haqida gaplashib qoldik. Birinchi bergan maslahati shu bo’ldiki:
“Qanchalik time-menejmenting kuchli bo’lmasin, maksimum 5tagacha prioritet qo’y va shu 5tasini ko’ngildagidek tugallab, so’ngra yana boshqa yangi 5ta prioritetga fokus qil.”
Bu oltinga teng maslahat haligacha ham shaxsiy hayotimda, ham liderlik faoliyatimda o’z foydasini ko’rsatib kelyapti. Xullas, kitobda yozilmagan yaxshi maslahatlarni kitobga teng insonlardan qidiring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥3❤1
Forwarded from Temurbek Adhamov
najottalim.uz jamoasiga taklif qilamiz
Yaxshi kadr uchun «Najot Ta'lim»da doim ish topiladi. Jamoamiz bilan yangi loyihani boshlash arafasidamiz. Shu sababdan bizga:
- Ingliz yoki rus tilini biladigan;
- To'liq hajmda ishlay oladigan;
- Eng muhimi tahlil qila oladigan kadrlar kerak.
Agar siz shunday inson bo'lsangiz havola orqali ma'lumotlaringizni qoldiring. Postni boshqalarga ham ulashishingizni so'raymiz.
👉 Ma'lumotlaringizni qoldiring

👍6
❇️ Ko’plab tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, muvaffaqiyatsizlik yillar davomida “jarayon”dan “status”ga aylantirib yuborildi. Bir necha marta yutqazishlarga uchragan insonga “omadsiz” maqomini berib qo’yildi.
❇️ QOTIB QOLGAN ONGga ega insonlar omadsizlikka uchraganida, o’zidan ham ko’ra omadsizlar bilan solishtirib taskin toparkan. Aksincha, O’SUVCHI ONGga ega insonlar esa, o’zidan kuchliroq, yutuqlarga erishganlar bilan solishtirib, yanada izlanishda davom etar ekan.
❇️ Omadsizlik - har ikki ONGga ega insonlarga bir xil alamli ta’sir o’tkazadi. Faqat, O’SUVCHI ONG bilan harakat qiladigan insonlar bu alamli hissiyotga bog’lanib qolishmaydi.
❇️ Toshbaqa va quyon musobaqasi haqidagi hikoyada, hech birimiz toshbaqani bolalarimizga o’rnak qilib ko’rsatmaymiz. Vaholanki, unda doimiylik, barqarorlik bo’lishiga qaramay. Aslida esa, doimiy va astalik bilan harakat qiladigan kishilar hayot musobaqasida doim g’olib bo’lishlarini unutib qo’yamiz.
Shaxsiy tajribamdan ayta olamanki, qachonki insonlar o’zlaridagi fundamental fazilatlar(skills) rivojlantirsa bo’lishiga ishonishsa, muvaffaqiyatsizliklar ularga o’gir va alamli bo’lsa ham, bu ularga “omadsiz” degan statusni berishiga yo’l qo’yishmaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
Lider Notes_#107.pdf
437.7 KB
Yana bir yangi haftani yaxshi kayfiyatda boshlab oldingizmi?
O'tgan hafta davomida o’zim uchun foydali deb bilgan bilimlarni “Lider Notes” jurnalining navbatdagi #107-sonida ulashishda davom etaman.
Sizlarga ham foydali bo’ladi deb o’ylayman, va albatta yaqinlaringiz, do’stlaringizga ulashib qo’yishni unutmanglar😊
Hafta davomida yaxshi kayfiyat tark etmasin🤗
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Yaqinda O’zbekistonda 2 ta IELTS instruktorlari eng yuqori 9.0 natijani qo’lga kiritgani shov-shuv bo’lib ketdi va albatta bu e’tirofga sazavor.
Lekin, shu ikki insondan kim intervyu olmasin, 9.0 olish siri nimada deb savol berishyapti.
O’rtoqlar! Muvaffaqiyatga erishish yoki eng yaxshisi bo’lishning qandaydir siri mavjud emas. Faqatgina, to’g’ri maqsad(Goal) va unga intilish yo’lidagi to’g’ri odatlarni(habit) shakllantirishdan iborat xolos. Va bu sizdan yaxshigina mehnatni talab qiladi.
Ma’lumot o’rnida, IELTSdan 9.0 olgan yigitlar har yili kamida 4martadan imtixon topshirib yurishgan ekan.
To’g’ri odatlarimiz bizni oliy maqsadlarimizga eltib borishiga hayotiy misol deb o’ylayman.
Xo’sh, siz maqsadlaringizga erishish uchun qanday yangi odatlar ustida ishlayapsiz?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16👍8❤1
Mukammallik!
Doimiy mukammallikka intiladigan, qilmoqchi bo’lgan ishi 99% tayyor bo’lsa ham 100% qilishga harakat qiladigan, xattoki 💯 foiz bo’lganda ham boshlashga ikkilanib turadigan azizlar.
Sizlarga xushxabarim bor!
Rivojlanish doim mukammallikdan yaxshiroqdir!
Haftalab, oylab yoki yillab mukammallikka intilib yurganingizda, boshqa tengdoshingiz har kuni ozginadan bo’lsa ham rivojlanib oldinlab ketyapganini unutmang!
Перфекционист insonlarga bu postni maksimal darajada ulashib qo’yamiz.
👉 @lidernotes

🔥12👍4
Oila rahbari, retail store menejeri va shunchaki inson sifatida yana bir kerakli ilmni olib, yangi pog’onani egalladik, Alhamdulillah.
Bugundan boshlab 2 yillik muddat ichida xalqaro darajada amalda bo’ladigan “Birinchi yordam” kursini muvaffaqiyatli tamomlab oldim.
Alloh bu ilmlarni imkon qadar ishlatmaslikni nasib qilsin.🤲
👉 @lidernotes
Bugundan boshlab 2 yillik muddat ichida xalqaro darajada amalda bo’ladigan “Birinchi yordam” kursini muvaffaqiyatli tamomlab oldim.
Alloh bu ilmlarni imkon qadar ishlatmaslikni nasib qilsin.🤲
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍5👏2😁1
Deyarli ko’plab tashkilotlar, kompaniyalar iyerarxiya asosida sistemalashtirilgan. Bu albatta yaxshi, bu albatta har bir pozitsiyadagi xodimlarga aniq mas’uliyatni yuklab qo’yadi va shu orqali vazifalar vaqtida bajarilishi ta’minlanadi.
Lekin, ko’p yillik bir xil qolipda ishlashga o’rganib qolgan kompaniya yoki tashkilotlar bir muhim faktorni, ya’ni iyerarxiyaning minus tomonini unutib qo’yishadi. Bu eng past pog’onadagi xodimning eng yuqori lavozimdagi rahbariga to’g’ridan-to’g’ri feedback(fikr-mulohaza) yoki yangi g’oyalarni taqdim qila olmasligidir.
Tasavvur qiling sizdan bir pog’ona yuqoridagi lider yangi g’oyalarga ochiq emas va har gal shu liderdan rad javobini olasiz. Lekin bilmaysizki, balkim yuqoriroqda yangi idealarga doim ochiq lider bor. Buning oqibatida sizdek kreativ, innovatsion go’yalarga boy xodim kompaniya rivojlanishiga hech qanday foyda olib kelolmay ruhan sinib yuraveradi va tabiiyki qisqa vaqt ichida yaxshiroq joyga o’tib ketadi.
Oilada ham xuddi shunday azizlar. Imkon qadar farzandingiz bilan munosabatlar o’rtasiga ayolingiz yoki katta farzandingizni, yoki har qanday shaxsni xabar tashuvchi sifatida qo’yib qo’ymang. Bu farzand to’g’ridan-to’g’ri fikr bildirishni o’rganmay katta bo’lgani sabab kelajakda jamiyatga ham foyda keltirishi qiyin kechadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥4
“O'zingizda yo'q narsaga bo’lgan xohishni oqibatida bor narsalarni ham yo’qotib qo’ymang. Unutmangki, hozir sizda bor narsa bir vaqtlar siz orzu qilgan narsalar qatorida edi.”
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤3
Yaqin kunlarda Yaponiyada sakura mavsumi(Sakura daraxti gullashi) butun mamlakat bo’ylab boshlanadi. Shaharlar, parklar shunaqa tabiatning go’zalligiga to’lib ketadi.
Bu yil esa birinchi marta pandemiyadan keyin bu mavsum chet ellik turistlarga, xalq esa niqobsiz(maskasiz) erkin, gruppa bo’lib to’planishib mavsumda yaxshi vaqt o’tkaza olishadi.
Qiziq tomoni, Kansai Universiteti professori, Katsuhiro Miyamoto tadqiqotiga ko’ra bu yilgi sakura mavsumi Yaponiya iqtisodiyotiga ham ijobiy ta’sir o’tkazishini, taxminan $4.57 milliard foyda olib kelishi mumkin.
Bizning iqtisodchilar ham qanday tadqiqotlar qilyapgani qiziq, ba’zan?!
Mayli, asosiysi Yaponiyada pandemiya shartlari anchagina yengillab insonlarni o’z ixtiyoriga qo’yib berildi. InshaAllah, bu yilgi Sakura mavsumidan ham rasmlar kutib qolinglar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤4🥰2🕊1
Ko’pchilik influenzerlar(bloggerlar) har xil smartphonelarni, masalan, Galaxy, Xiaomi, Google Pixel va hokazolarni tinmay reklama qilib, lekin baribir hammasi Ayfon ishlatib yurishlariga bormanda😁
Ayfonchilar, salomatmi?!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23😁12❤2