Xurshid Saidmuhammad | Notes – Telegram
Xurshid Saidmuhammad | Notes
638 subscribers
214 photos
32 videos
13 files
155 links
🔹Shaxsiy rivojlanish📚
🔹Tarjimalar📝
🔹Topilgan Hikmatlar💭
Download Telegram
#Iqtibos_time

Ish qidirib yurganimda yapon kompaniyalarining intervyularidan yiqilib juda qiynalganman. Lekin oxirida to’la qonli yapon qadryatlariga asoslangan kompaniyadan ish olganman, va bu kompaniya menga to’g’ri kelmasligini yangi ishchilar hammamiz birincha marta yig’ilganimizda xodimlarning bir-biriga bo’lgan munosabatidan sezganman.(Oradan 5yil o’tdi, hozir ancha yaxshilangan bo’lishi mumkin)

Va menda hozirgi kompaniyam bilan shu yapon kompaniyasi o’rtasida tanlash imkoni bo’lgan. Xattoki, yapon kompaniyasi moddiy tarafdan yaxshiroq variant taklif qilgan bo’lsada, hozirgi kompaniyamdagi inson qadri, uning imkoniyatlari va ko’nikmalari inobatga olinishi, doimiy shaxsiy rivojlanish uchun imkoniyat borligi sabab shu variantni tanlaganman.

Qisqa xulosa shundaki, kompaniyaning chiroyli nomi yoki 100yillik tarixi emas, ichki madaniyati, insonlarga yaratib beradigan imkoniyatlari, jamiyatda oddiy shaxs, korxonada xodim, oilada ota yoki ona vazifalarini mo’tadil bajarishingiz uchun qanday yordamlar qila oladi - shu faktorlar asosiy o’lchovingizga aylangani to’g’riroq deb o’ylayman.

Sizningchachi?

👉@lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥1
Yoshlikdan birga katta bo’lgan do’stlarimiz yana navbatdagi katta loyihaga qo’l urishibdi. Kelajak avlod uchun qayg’uradigan, farzandim mendan ko’ra yaxshiroq hayotga, yaxshiroq sharoitda ta’lim olishga haqli deb bilgan barcha ota-onalarimizni Novda Schoolga taklif qilib qolamiz.

@novdaschool
👌5👍31🔥1
Forwarded from START21.LC
Sizga tayyorlab qo'ygan ajoyib yangiligimizni qarshi oling!

Tayyorlab qo`ygan yangiligimizda siz Start21 o`quv markazining xususiy maktabi NOVDA School haqida batafsil ma`lumot bilib olishingiz mumkin.


Tomosha qilish uchun link
👍9🔥1
Tinglash - bu faqat eshitish emas!

Kuchli liderda yaxshi tinglay olish ko’nikmasi bo’lishi lozimligi haqida ko’p eshitganmiz. Lekin juda ham kam ta’kidlanadigan bir qiziq faktor bu suhbatlashayotgan insondagi xatti-harakatlarni ham tinglay olish ko’nikmasidir.

Ko’p holatlarda oddiygina quloq orqali eshitishni o’zi bilan chegaralanamiz va suhbatning maqsadiga yetib borishga qiynalamiz. Demak, faqatgina aytilgan gapni tinglash emas, balki aytilmagan gaplarni ham tinglay olishimiz kerak ekan.

Aytilmagan gap yoki so’zlar nima bo’lishi mumkinligi esa bu sizning qanchalik kuzatuv qobilyatingiz yuqoriligiga bog’liq.

👉@lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥31
Men futbolning emas, Messining muxlisiman. Endi US futbolini ko’rar ekanmizda Messichilar😁

Qiziq, Beckham nima deb ko’ndirgan ekan-a?

👉@lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8😁5👍2😢1
#Iqtibos_time

Eng pozitiv motivatsiyani olsa bo’ladigan o’zgarmas hayot haqiqati bor:

“Doim ko’proq harakat qilgan, ko’proq tayyorgarlik ko’rgan inson yutadi.”

Nega menda o’xshamayapti, nega doim mag’lubiyatlar bilan yakunlanyapti deb o’zingizni qiynamang. Shunchaki, kimdandir ko’proq harakat qilmaganingizni tan olib, davom eting.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥8
Chegaralar!

Tadqiqotlarga ko’ra, Qo’shma Shtatlarda ishi kuchi energiya inqiroziga yuz tutmoqda ekan. Odatda 59% Amerikalik ishchilar BURNOUT (Charchash)ni boshidan o’tkazayotgan bo’lsa, 66% ishchilar esa haddan tashqari charchoq tufayli yuqori darajadagi stress holatini boshidan o’tkazyapti.

Qizig’i, ular shu holatni ozmi-ko’pmi tushunishyapti.

Men uchun doim O’zbek halqining stress holatiga nisbatan tushunchasi qanday ekanligi qiziq bo’lgan.

Stress haqida gapiray deysanu, lekin shaxsiy chegaralar shu darajada buzilib yotibdiki, bu haqida o’ylashning o’zi stress.

Shaxsiy chegaralarimizni asraylik, ularni yaxshi ma’noda belgilab olaylik, va kamroq stressda yashaylik.

👉@lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍3🤔1
Forwarded from Aziz Rahimov
O’rgatish shart emas

“Men hech qachon chekmayman” deb qoldi otasi chekadigan tanishim. “Uyda hidiga to’yganman”.

“Bolalarim bo’lganda, ular bilan ko’p gaplashaman”, deb qoldi o’quvchimiz. “Men bilan kam gaplashishgan”.

Shogirdimiz odobiga qoyil qolaman. Ustozlarini yonida yurish eng katta sabab bo’lgan ekan.

“Yigirma yosh bo’lsangiz ham, biznesni yaxshi tushunar ekansiz” dedim.
“-Bilmasam. Bobom bilan yurganimda ko’rganlarimni qilaman xolos” deb javob berdi.

Bu voqealarni nega misol qilyapman?

Oddiy haqiqatni tushuntirish uchun:

O’rganishingiz uchun, birov o’rgatishi shart emas.

@azizrakhimov_blog
👍16
10-minut qoidasi.

Unumdorlik bo’yicha Expert David Allenning “2-minutlik qoida”si haqida bilsangiz kerak. Qaysiki, agar oldingizda turgan vazifani bajarish uchun 2 daqiqa vaqt ketsa, uni vazifalar ro’yxatiga (to-do list) kiritib qo’yish o’rniga shu zahotiyoq bajaring. Bu usul sizga kichik vazifalarni to’planib ketib, kechiktirib yuborishingizni oldini olishga yordam beradi.

Bu masalaga nisbatan shaxsiy fikrim biroz boshqacha. 2-daqiqalik ishni o’ylab ham o’tirmay darrov bajarib qo’yamanku deb o’ylashingiz tabiiy. Unda sizga yangi usulni taklif qilib ko’raman.

Bu - 10-minut qoidasi😊

Deyarli ko’pchiligimizda 10 minut ichida bajarsa bo’ladigan vazifalarimiz ko’p va tan olaylik shularni keyinga qoldiramiz yoki boshqa bo’shroq kunimizga(to-do list) kirib qo’yamiz. Va to’planib qolgan bir qancha 10 minutlik vazifalar bizga bir dunyo ishdek ko’rinadi va qolgani o’zimizga ma’lum.

Turli time-menejmentni o’rgatadigan kitoblarni o’qishni to’xtataylik va 10-minutlik vazifalarni shu zahotiyoq bajarishga odatlanaylik.

👉@lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍5👏3
📣Farzandi kelajagi uchun befarq bo’lmaganlar ota onalar diqqatiga!

“Novda School”da qabul boshlandi!

🔥Novda School”Namangandagi yoshlarga ta'lim berish va ularni davlat va xorijiy oliygohlarga tayyorlashni o’z oldiga maqsad qilib olgan.

⚡️ Ushbu maktabimiz 5-11-sinflar uchun mo’ljallangan bo’lib 3 xil yo’nalishlar mavjud: Aniq fanlar,Ijtimoiy fanlar va filologiya.

Sharqona tarbiya darslari!
📚 3 xil ta’lim yo’nalishi
🍽 2mahal sifatli ovqatlanish;
🧠 Tajribali, kreativ pedagoglar;
🥋 Turli-tuman sport to'garaklari;
👩‍⚕ Psixolog nazorati;
🗺 Shahar markazidagi qulay joylashuv.

Shoshiling, qabul imtihon asosida amalga oshiriladi, o'quvchilar soni esa cheklangan!

🧑‍💻 Ro’yxatdan o’tish

📞 Tel:+998881405555
👍5🔥31
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 azizlar!

Biroz tanaffusdan so’ng, men yana Telegramga qaytdim. Yanada rivojlangan, yanada o’zimni o’zgartirgan holatda.

Bizni kuzatishda, liderlar safimizni kengaytirishda davom eting azizlar. Zero har bir inson lider bo’lishi kerak, eng avvalo o’z hayotini va oilasini boshqarish uchun.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍153🐳2🔥1
Nega o’zgardim? Loyihasi 9-mavsumiga speaker sifatida taklif qilishdi. Shunday ilmli ustozlarning orasida bo’lish, ular bilan bir safda turishni o’zi katta sharaf.

Loyihaga qiziqqanlar batafsil kirib ko’rishingiz mumkin.

Bizga “Shaxsiy rivojlanish” mavzusi berildi😊

👉@lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🤩3
Forwarded from Nega o'zgardim?
Maqsadning naqdi yaxshi,
O‘zgarishning o‘z vaqti!


Biz sizga o‘zgarish, shaxsiy rivojlanish, ilm hamda kitobga muhabbatingizni oshirish imkoniyatini taqdim etish maqsadida "O‘ZGARAMIZ" kitoblar bilan ilmiy marafonining 9-mavsumiga start bermoqdamiz!

Loyiha haqida batafsil bu linkda!

Shartlarimiz juda oddiy:
1. @nega_ozgardim telegram kanaliga obuna boʻling.
2. Mana shu postni kanal va guruhlarga(egasidan ruxsat olib) yoki 10 ta doʻstingizga yuboring.
3. Postni tarqatganingiz tasvirlangan ekran rasmlarini
Qizlar: @Qabul_qizlar1
Yigitlar: @Qabul_profil ga yuboring va ishtirokchiga aylaning.

@nega_ozgardim
🔥83
Shaxsiy rivojlanish nimadan yoki qayerdan boshlanadi?

Birinchi navbatda, o’zini yaxshi ko’rgan va xurmat qilgan inson yoki o’ziga eng yaxshilarini ravo ko’radigan inson shaxsiy rivojlanish haqida o’ylaydi. Bunday hislatlar esa insonning o’ziga bo’lgan ishonchi baland bo’lishiga yordam beradi. O’z ustida doimiy ishlayotgan qancha insonni tanisam har birida o’ziga bo’lgan ishonchni va xurmatni ko’rganman. Davomli bir joyda ishlash, davomli bir xil lavozimda ishlash va har oy shunchaki oylik maosh uchun ishga borib kelish ular uchun zerikarli.

Shaxsiy rivojlanish o’zni yaxshi ko’rishdan, xurmat qilishdan va eng yaxshilarini ravo ko’rishdan boshlanadi.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥132👏2
24 x GRAND SLAM Champion

Novak Djokovic -
dunyoning GOAT tennis sportchisi yaqinda 24-chi GRAND SLAM kubogini qo’lga kiritdi. O’yindan keyingi Press konferensiyada shunday deydi: “36 yoshli sportchi sifatida har gal o’zimni qaytadan kashf qilishga majburman. Ham ruhan, ham jismonan. Va albatta yangi marralarni, maqsadlarni qo’yishdan to’xtamayman. Chunki shaxsiy rivojlanishni davomli qilib turadigan omil bu har doim yuqoriroq maqsad bo’lishi.”

Tinimsiz mehnat, kuchli iroda va o’ziga eng yaxshisini ravo ko’rish deganda shu sportchining hayoti yaqqol misol bo’la oladi. Sizda tinimsiz mehnat va kuchli iroda katta ehtimol bilan bo’lsa kerak. Endi o’zingizga eng yaxshilarini ravo ko’rish qoldi xolos.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍31
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩9👍3🔥1
“O’zgaramiz” loyihasidagi ilk suhbatni ham yakunlab oldik. Ajratgan vaqtinglarga rozi bo’lasizlar. Kamchiliklarni endi shu yerda to’ldirib boramiz nasib qilsa.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰16👍13🐳1
Forwarded from Nega o'zgardim?
🤩 9-mavsumning ilk darsi, eng zo‘r ustozlardan ta'lim olish imkoniyati va biz boshladik!

Suhbatimiz mavzusi: "Shaxsiy rivojlanish"

Suhbatimizni ilk mehmoni:
- Namangan viloyatida tavallud topgan;
- Yaponiyada biznes boshqaruvi va marketing sohasida bakalavrni tamomlagan;
- Menejment konsalting sohasida faoliyat yurituvchi;
- Hozirgi kunda Apple kompaniyasida Retail bo’limining liderlaridan biri - Xurshid Saidmuhammad bo‘ladilar.

Shaxsiy rivojlanish, o‘zimizni o‘zgartishdir

Suhbat vaqti: 20-sentabr 20:30
Manzil: "O‘zgaramiz" yopiq kanali
👍17🥰165🔥3🐳1
“Shaxsiy rivojlanish sari qadamlar” mavzusidagi suhbatimizni podcasts shaklida qayta joylaylikmi?

(Agar obunachilar soni 1K dan oshsa sifatli formatda joylaymiz😊 Maqsadimiz ko’plikka ulashish)
Anonymous Quiz
77%
HA, Albatta! 😊
11%
Bo’lmasamchi, joylang! 🤓
12%
Hozir 1K dan oshiramizda! 😁
👍30🔥6🦄1
Indeed 😁

©️ Azon Kitoblari
😁65👍64🕊1🐳1