Xurshid Saidmuhammad | Notes – Telegram
Xurshid Saidmuhammad | Notes
638 subscribers
214 photos
32 videos
13 files
155 links
🔹Shaxsiy rivojlanish📚
🔹Tarjimalar📝
🔹Topilgan Hikmatlar💭
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀''Shaxsiy rivojlanish sari qadamlar''

💡Foydali bo'lgan bo'lsa suhbatni yaqinlar bilan ulashib qo'yishni unutmang.

👉 @lidernotes
🔥18👍8❤‍🔥2
Munosabat 💬

Lotin yozuviga asoslangan O’zbek alifbosining yangi loyihasi e’lon qilingandan so’ng turli munosabatlar va savollar paydo bo’la boshladi. Shaxsan
menga hozirgi lotin alifobosi qulay. Men unda yozaman va o’qiyman. Shu kanalda ham faqat Lotin alifbosida yozaman. Mendan katta avlod meni o’qishga qiynalib, 300ga yaqin obunachi chiqib ketishganini ham bilaman. Lekin baribir Lotin alifbosida yozib kelyapman. Men tengi 30 yildan beri katta bo’lib kelgan avlod va mendan kichik millionlab yoshlar endi bir amallab bir-birimizni tushuna boshlagan paytimizda qilinishi rejalashtirilgan bu navbatdagi ajoyib loyihaga qarshiman.

O’zgartirish bilan yangi muammo - ya’ni yana bir avlod boshqa yangi bir avlod o’rtasida muloqaat qiyinchiligi paydo bo’ladi. Qanday alifboimiz bo’lsa shunday qolgani yaxshi. Yana bir avlod savodsiz bo’lmasligi, yana navbatdagi keraksiz harajat qilinmasligi uchun.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33
Hammaga xayrli kun!

Yilning oxirgi 3 oyligiga ham kirib borar ekanmiz, sizlarga yilning oxirgi loyihasini taqdim etishga qaror qildim. Loyiha nomi “101 Maslahat” deb nomlanib, 30-Sentabrdan, ya’ni ertadan boshlab har kuni yilning oxiriga qadar ma’lum bir hayotiy maslahatlar bilan uslashib boraman. Albatta o’z mutaxassisligimdan boshqa hech bir narsada expert emasman, lekin shu 30 yil davomida o’rganilgan hayotiy darslar kimgadir manfaatli bo’lishiga umidvorman. Demak, sizda safdoshlaringizni ko’paytirish, yaqinlarni kanalimizga taklif qilish uchun yana 1 kun bor. Va biz ertadan boshlaymiz. Ertagacha🤗

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39🔥6🥰2🕊2
#101Maslahat

💡1️⃣ Tinglashni o’rganing!

Nega?
Eshitish va shunchaki tinglash orqali yaxshidan yaxshiliklarni, yomondan unga o’xshab fikrlamaslikni o’rganasiz; Insonlar ishonchini tezroq qozonasiz; va albatta muammolarga yechim beruvchi insonga aylanasiz!

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍414🔥4👏3
Forwarded from Alisher Isaev blogi
Ilm olishga intiluvchan qiz va yigitlar diqqatiga!

Sizda Sales Doctor Academy jamoasiga qòshilish imkoniyati mavjud.

Hozirda VOLONTYOR sifatida qo'shilib:
•Sales Doctor jamoasi a'zosi bòlish
•Milliard klub yig'ilishlarida shaxsan ishtirok etishingiz
•Va eng asosiy yuqori darajadagi atmosferada òz tajribangizni òshiringiz uchun bo'sh joylar bor.

Sizdan talab qilinadi:
Excel va hisob-kitobni yaxshi bilish
Ma'suliyat bilan yondashish
Muammoga yechim bera olishingiz kerak.

Yosh chegarasi: 16-25

‼️Shoshiling, joylar soni cheklangan!
Bizga ikki yigit va ikki qiz kerak!

Murojaat uchun:
📞 +998998247704
@Salesdoctoracademy
👍8
🎉 “Ustoz va murabbiylar” kuni bilan tabriklaymiz!

📚 Barchamizga ta’lim va tarbiya bergan, mashaqqatli va mas’uliyatli kasbni tanlab yillar davomida bizlarga ilm ulashib kelayotgan ustozlarimizga bayram muborak bo’lsin.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🎉21🕊1
#101Maslahat

💡2️⃣ Hotirjamlikka berilmang!

Ishlarimiz vaqtida amalga oshmayotganligi, keraksiz baholar topib bugun boshlashimiz mumkin bo’lgan ishlarni “Dushanbaga” yoki “Oyning boshiga” qoldirishimi va astalik bilan dangasaga aylanishimiz sababi bu hotirjamlikka berilib qolganimizdan. “Hali yoshman, ulguraman” deb o’zimizni aldashimizdan.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯30👍9
IKIGAI 🎯

Hayot yo’lingizni aniqlab olishda Yaponcha “Ikigai” formulasi yordam berishi haqida eshitganmisiz?

Shu formula kimga qanday foyda bergan?

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍163
#101Maslahat

💡3️⃣ Kerakli sahifani o’zini o’qing.

Podcasts/Kino/Youtube video/kitob - bularni hammasini boshidan oxirigacha ko’rish yoki o’qish shart emas. Hozirgi holatingizga, hozirgi sizdagi mavjud kamchiliklarni yaxshilashga yordam beradigan qisminigina ko’ring yoki o’qing.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
Forwarded from Alisher Isaev blogi
Олий маълумотли инсонларнинг фоизи:

Жанубий Корея 🇰🇷: 69%
Канада 🇨🇦: 67%
Япония 🇯🇵: 65%
Россия 🇷🇺: 62%
Буюк Британия 🇬🇧: 57%
Швейцария 🇨🇭: 51%
АҚШ 🇺🇸: 51%
Туркия 🇹🇷: 41%
Камерун 🇨🇲: 28.2%
Хитой 🇨🇳: 27%
Замбия 🇿🇲: 22.5%
Руанда 🇷🇼: 22.3%
Нигерия 🇳🇬: 21.5%
Сенегал 🇸🇳: 18.6%
Ўзбекистон 🇺🇿: 9.1%

Қизиқ, нима қилсак ривожланар эканмиз-а?

Telegram: @AlisherIsaev_blogi
Instagram: Alisher Isaev blogi
😢56👍23😁5🔥3👏1
#101Maslahat

💡4️⃣ Yozishni boshlang.

O’zingiz uchun eng katta qiladigan yaxshiligingiz - bu yozishni o’rganish va yozishni boshlash. Qanday ko’rinishda bo’lishidan qat’iy nazar - insho/kundalik/qaydnomalar va hkz. Bu sizga tanqidiy fikrlashni o’rgatadi. Chunki inson fikrini qog’ozga tushirar ekan tanqidiy munosabatda fikrlashni, fikrlaridan mantiq qidirishni boshlaydi. Hech bo’lmaganda har kuni kunning oxirida kuningiz qanday o’tganligi haqida yarim varoq bo’lsa yozing.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25
🏢 Jahon universitetlarining 2023-yil reytingi 📊

Yaponiya universitetlari so‘nggi Jahon universitetlari reytingida yuqoriga ko‘tarildi. Tokyo universiteti 29-o‘rinni, Kyoto universiteti ham 68-o‘rindan 55-o‘ringa ko‘tarildi, Tohoku universiteti esa o‘tgan yilgi 250-o‘rindan 130-o‘ringa ko‘tarildi. Va albatta sizlarga ma’lum bo’lgan Nagoya universiteti, Kyushu universiteti va Tsukuba universitetlari ham top 400talik ro’yxatiga ko’tarildi.

Bu yilgi reytingga 108 mamlakat va mintaqadagi 1904 ta universitet kirdi, Oxford universiteti sakkizinchi yil ketma-ket 1-o‘rinni egalladi. Stanford universiteti va Massachusets texnologiya instituti(MIT) mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga ko‘tarilib, Harvard universitetini 4-o‘ringa tushib qoldi.

Mana nega Yaponiyadagi oliy ma’lumotli insonlarning foizi 65%!

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👏5
🟩🪪

Mahalla qayerga qarayapti?! 😁

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁17🤣9👍2
Hormanglar azizlar!

Greencard (Grinkarta) o’z yo’liga mayli. O’ylaymanki hamma kunini yaxshi o’tkazyapti.

Bugungi kuningizni qaysi 1ta stiker (emoji) bilan izohlagan bo’lardingiz?

Men boshlab beraman, qani ketdik:

👨🏻‍💻

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🤓16😐14🤩9😁8🥱8🥴6🕊52😢2😭1
#101Maslahat

💡5️⃣ Feedback(tanqidiy fikr) so’rang.

Ko’p holatda qilyapgan ishlarimizdan, yoki erishayotgan yutuqlarimizdan keragidan ortiq qoniqish xosil qilamiz. Darrov havolanib ketmasdan, atrofdagi hammadan sizga va faoliyatingizga nisbatan ularning tanqidiy fikrlarini so’rang. Bu faqat sizni yana bir pog’ona yaxshiroqqa ko’taradi.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥19👍3🥱1
Hormanglar azizlar!

Bugun men uchun alohida qadrli kun.  Applega ishga qabul qilinganimga 5 yil to’ldi.🥳
Ertalabdan kunni shunaqa tabriknoma qabul qilish bilan boshladim. Kompaniyamizda shunaqa yaxshi odat bor. Har yili yillik yubileyni tabriklab xatlar va albatta 5, 10, 20, 30 yil to’lgan xodimlarga maxsus sovg’alar berib taqdirlanadi. Bu albatta sizni kompaniyadagi kelajagingiz yana eng kamida shuncha yilga uzayishini ta’minlaydi.

Xullas bayram bugun azizlar. Bir yaqin do’stim aytganidek, Oldik🥂

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉24👍61😁1
#101Maslahat

💡6️⃣ O’zingizni faqat o’zingiz bilan solishtiring!

Boshqalar bilan solishtirishni va buning oqibatida hech qanday o’sish bo’lmay qotib qolishni to’xtating. Doimiy ravishda faqat o'z ustingizda ishlang. Kimgadir o’xshashga harakat qilmang. Buning o'rniga, o'zingizning eng yaxshi versiyangiz bo'lishga e'tiboringizni qarating.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥43
Diqqatimni bir joyga jamlashda qiynalaman, bir ishni boshlayman deb boshlay olmayman deb savol beryapganlar uchun Jahongir do'stimdan tavsiyalar. 👇
🐳5
Forwarded from JR TwitGram 🥂
Hozirgi va keyingi avloding eng katta epidemiyasi

Bu mavzu haqida ko’p aytaman, yozman lekin shunchalik jiddiyki menimcha yana va yana takrorlagim kelaveradi.

Telefon, social media, YouTube va hokazolar. Bizning miyamiz bunchalik ko’p ma’lumotlarni bunchalik qisqa vaqt davomida qabul qilishga moslashmagan. “Permanently Connected” bo’lish bizga juda va juda yomon ta’sir qiladi. Bu ketishda 5-10 yilda diqqatni bir joyda uzoq jamlay olmaydigan, natijada kitob o’qiy olmaydigan, “deep work” qila olmaydigan, faqat 10-20 sekundlik kontentni miyasi qabul qila oladigan yoshlarimiz ish bozoriga chiqishadi. Ular egallagan sohada yaxshi rivojlanish bo’lmaydi va kundan kunga yomonlashib ketaveradi.

Bu muammo haqida ko’pchilik o’ylanmayotganga o’xshaydi. Sizku yaxshi ham shu kanalda bor ekansiz. Bilib oldingiz 🙃 Ho’p, endi nima qilish kerak?

1. “Deep Work” kitobini o’qish kerak: https://www.goodreads.com/en/book/show/25744928. Umuman olganda Cal Newportni boshqa kitoblari ham zo’r.
2. Agar shu deep work qilish qobiliyatini kuchaytirsangiz siz juda osonlik bilan boshqalarni ortda qoldirib keta olishingizni tushunishingiz kerak. Chunki boshqalar TikTok, Instagram Stories ko’rish bilan band.
3. Bolalaringizni to’g’ri yo’lga solish kerak.
4. Bu videoni ko’rish kerak: https://www.youtube.com/watch?v=1TewCPi92ro
5. Olish kerak 🥂
👍6
#101Maslahat

💡7️⃣ Vaqtingizni qadrlashni boshlash vaqti keldi!

Tan olaylik: hammamiz Facebook, Youtube, Instagram, Tiktok va hkzlarga bog’lanib qolganmiz. 2012-yilgi ma’lumotga ko’ra smartphone foydalanuvchilarining 79 foizi har kuni uyg’onib-uyg’onmay telefonlarini tekshirishar ekan. 11 yil davomida bu raqam oshgan bo’lsa oshganki, pasaymagani aniq. Ayniqsa, pandemiyada davridagi insonlarning smartphonelarga yanada bog’lanib qolganidan so’ng. Turli emotsiyaga qurilgan qisqa videolar va ijtimoiy tarmoqlarning algaritmi miyyangizni zaiflashtirish uchun qurilgan. Tan oling, vaqtingiz qadriga yeting va sifatli kontentlar qidiring.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍215🔥2