Xurshid Saidmuhammad | Notes – Telegram
Xurshid Saidmuhammad | Notes
638 subscribers
214 photos
32 videos
13 files
155 links
🔹Shaxsiy rivojlanish📚
🔹Tarjimalar📝
🔹Topilgan Hikmatlar💭
Download Telegram
Diqqatimni bir joyga jamlashda qiynalaman, bir ishni boshlayman deb boshlay olmayman deb savol beryapganlar uchun Jahongir do'stimdan tavsiyalar. 👇
🐳5
Forwarded from JR TwitGram 🥂
Hozirgi va keyingi avloding eng katta epidemiyasi

Bu mavzu haqida ko’p aytaman, yozman lekin shunchalik jiddiyki menimcha yana va yana takrorlagim kelaveradi.

Telefon, social media, YouTube va hokazolar. Bizning miyamiz bunchalik ko’p ma’lumotlarni bunchalik qisqa vaqt davomida qabul qilishga moslashmagan. “Permanently Connected” bo’lish bizga juda va juda yomon ta’sir qiladi. Bu ketishda 5-10 yilda diqqatni bir joyda uzoq jamlay olmaydigan, natijada kitob o’qiy olmaydigan, “deep work” qila olmaydigan, faqat 10-20 sekundlik kontentni miyasi qabul qila oladigan yoshlarimiz ish bozoriga chiqishadi. Ular egallagan sohada yaxshi rivojlanish bo’lmaydi va kundan kunga yomonlashib ketaveradi.

Bu muammo haqida ko’pchilik o’ylanmayotganga o’xshaydi. Sizku yaxshi ham shu kanalda bor ekansiz. Bilib oldingiz 🙃 Ho’p, endi nima qilish kerak?

1. “Deep Work” kitobini o’qish kerak: https://www.goodreads.com/en/book/show/25744928. Umuman olganda Cal Newportni boshqa kitoblari ham zo’r.
2. Agar shu deep work qilish qobiliyatini kuchaytirsangiz siz juda osonlik bilan boshqalarni ortda qoldirib keta olishingizni tushunishingiz kerak. Chunki boshqalar TikTok, Instagram Stories ko’rish bilan band.
3. Bolalaringizni to’g’ri yo’lga solish kerak.
4. Bu videoni ko’rish kerak: https://www.youtube.com/watch?v=1TewCPi92ro
5. Olish kerak 🥂
👍6
#101Maslahat

💡7️⃣ Vaqtingizni qadrlashni boshlash vaqti keldi!

Tan olaylik: hammamiz Facebook, Youtube, Instagram, Tiktok va hkzlarga bog’lanib qolganmiz. 2012-yilgi ma’lumotga ko’ra smartphone foydalanuvchilarining 79 foizi har kuni uyg’onib-uyg’onmay telefonlarini tekshirishar ekan. 11 yil davomida bu raqam oshgan bo’lsa oshganki, pasaymagani aniq. Ayniqsa, pandemiyada davridagi insonlarning smartphonelarga yanada bog’lanib qolganidan so’ng. Turli emotsiyaga qurilgan qisqa videolar va ijtimoiy tarmoqlarning algaritmi miyyangizni zaiflashtirish uchun qurilgan. Tan oling, vaqtingiz qadriga yeting va sifatli kontentlar qidiring.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍215🔥2
Asssalomu aleykum azizlar!

Haftangiz samarali tugab, dam olish kunlarini yaxshi boshlab oldingiz degan umiddaman.
Kanalimiz a’zolaridan biri Appledagi 5 yillik yubiley bahonasida kitob sovg’a qilish taklifini bildirib qoldilar. Va albatta bunday xayrli taklifga rozilik ko’rsatib, kickik bir KONKURS qilishga qaror qildik.

Konkurs sharti juda ham oddiy. Quyidagi savolga eng qiziqarli va mantiqli javob bergan 5 kishiga bittadan o’zi xohlagan kitobni sovg’a qilamiz:

Savol: Kitob o’qish siz uchun najotmi yoki ehtiyoj? Nega?

G’oliblarni 3 kun davomida aniqlaymiz va 10-Oktabr kuni e’lon qilamiz. Ha aytgancha, agar bu konkurs sizga qiziq bo’lmasa befarq bo’lmay qiziqqan insonlarga yuborib qo’ying va savobiga sherik bo’ling. Hammaga omad!

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍4
#101Maslahat

💡8️⃣ Siz bilan hech kimning ishi yo’q.

O’zgarishlar oqibatidan qo’rqayotganlar, doimiy bir xillikning oqibati ham qo’rqinchli ekanini unutmang. Zo’r g’oyalar keladi, turli rejalar tuzib chiqamiz. Lekin odamlar nima deydi deb o’zgarish qilishdan qo’rqamiz. Aslida hamma o’z dardi bilan ovora, siz bilan hech kimning ishi yo’q.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯29👍5🐳21
#101Maslahat

💡9️⃣ Energiyangizni to’g’ri maqsadda foydalaning!

Ko’pincha energiyamizni o’tib ketgan ishlarni o’ylashga, qaytarib bo’lmaydigan va to’g’rilab bo’lmaydigan xatolarni soatlab o’ylab o’tirishga sarflab qo’yamiz. Energiyangiz sizga faqat oldinga qarab yurish uchun kerak.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍234
⚠️Eslatma!

Hammaga xayrli kun azizlar!

Kitob tanlovimizning bugun oxirgi kuni. Ulgurmaganlar ulgurib qolinglar.

Hammaga yaxshi kayfiyat!

👉@lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🐳4
#101Maslahat

💡1️⃣0️⃣ Odatlarimizni atrof-muhit ham shakllantiradi!

Qiziqishlaringizni boshlashga to’sqinlik qilyotgan, zalga shug’ullangani chiqish kabi yangi hobbylarni boshlashingizga halaqit qilyotgan omillardan biri bu har kunlik ishingizdan charchab qolyapganingiz. Yangi odatlarni boshlashni biroz ta’til olishdan boshlang.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥1
Hormanglar azizlar!

Bugun va’da qilganimdek kichik tanlovning 5 nafar g’oliblarini birozdan so’ng e’lon qilamiz. Biz bilan qoling!
Barcha qatnashganlarga minnatdorchilik bildiramiz!

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥4❤‍🔥2🐳2
🎉Tanlov g’oliblari!🎉

Avvalambor, barcha ishtirok etganlarga kattadan-katta tashakkurlar bildiramiz. Vaqt ajratib, kitob o’qishga rag’bat ko’rsatib, bir-biridan qiziqarli fikrlarni ulashganingiz uchun. Albatta, bu bir kichik tanlov va men ojiz aqlim yetganicha eng qiziqarli va bir-biriga o’xshamagan 5 ta javobni tanlashga harakat qildim.

Tanishing! 5 nafar g’oliblarimiz:

- Azizulloh Ibn Abubakr
- Dilafruz (@Dilafruz327)
- Doston Sultonov
- Axrorbek Sodiqov
- Arabcha “Mim” nomli account


G’oliblar bilan shaxsiy telegram hisoblari orqali aloqaga chiqaman. Bu safarlik nasib etmaganlarga, albatta oldinda yana boshqa tanlovlar uyushtirishga harakat qilamiz.

Hammaga yana bir bor tashakkurlar!

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥182❤‍🔥1👍1🐳1
#101Maslahat

💡1️⃣1️⃣ Rahmat aytishga odatlaning!

Ba’zan qachon bir-birimizga oxirgi marta rahmat aytganimizni eslay olmaymiz ham. Munosabatlarni mustahkamlash uchun, bir-birimizga doim samimiy bo’lishimiz uchun, yoki shunchaki atrofimizga yaxshi insonlarni yig’ishimiz uchun oddiygina “Rahmat” aytishning o’zi kifoya qiladi.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍3
Azon Kitoblari do'koni va nashriyoti rebrending munosabati bilan "Ildiz nashriyoti"dan chiqqan ilk yangi tarixiy kitob va ildizkitoblari.uz veb-sayti taqdimotini o'tkazayotgan ekan!

Yangi nomga ham, logotipga ham qoyil qolmay iloj yo'q. Juda chuqur ma'no-mazmunni aks ettiruvchi go'zal ko'rinishga kelibdi. Brend ham shunga yarasha bo'ladi degan umiddamiz.

Taqdimot tadbiri ertaga 12-oktyabr 14:00 da. Ko'p mehmonlar bo'ladi deyishyapti. Albatta keling!

Manzil

📌 @javharuz 📌
🔥7👍42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mahallamizda sayl!

Yaponiyada pandemiya butun dunyo bo’ylab eng uzun davom etdi adashmasam. Yilda bir necha marotaba bo’ladigan shu kabi festivallar deyarli bo’lmadi hisob. 3 kun davom etadigan saylning bugun oxirgi kuni. Insonlar bir-biriga kerakligining bir misoli.

(Videoda Yapon atmosferasi ko’rishingiz mumkin)

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍4
#101Maslahat

💡1️⃣2️⃣ Shaxsiy chegarangiz bo’lsin!

Munosabatlarda 3-shaxsni o’rni yo’q. Bir kishi bilan qaysidir muammoni hal qilmoqchimisiz, yechim faqat anashu inson bilan bo’ladigan muloqaatga 3-kishining aralashmasligi. 3-shaxs aralashdimi, qaysidir biringiz anashu 3-shaxsning tarafiga o’tib qolasiz va har qanaqa fikrlaganda ham adolatsizlik paydo bo’ladi. Hech kimning fikriga ehtiyot emasmiz, shunchaki o’zaro suhbatlashishga ehtiyojimiz bor.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍184🔥1
#Iqtibos_time

"Muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqmang. Muvaffaqiyatsizlik emas, balki past maqsad jinoyatdir. Katta urinishlarda muvaffaqiyatsizlikka uchraganingiz ham ulug'vordir"

©️ Bruce Lee

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13❤‍🔥3👍2
#101Maslahat

💡1️⃣3️⃣ Miyyada emas amalda bo’lsin!

Balkim sizda eng zo’r g’oyalar yoki takrorlanmas fikrlar bo’lishi mumkin. Bir emas, balkim bir qanchasi miyyada chang bosib yotgan bo’lish ehtimoli katta. Har kuni o’zingizni solishtirayotgan o’sha insonlarni sizdan bitta katta farqi, g’oyalarini miyyada emas balki amalda ko’proq bajarayotganida.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤‍🔥2
#101Maslahat

💡1️⃣4️⃣ Kuniga 5000+ qadam!

Sog’lom turmush-tarzini albatta semirib ketib yoki buning oqibatida og’ir kasallikka chalingandan so’ng boshlash shart emas. Shunchaki har kuni eng kamida 5000 qadam yurishni ta’minlaydigan odatlarni yo’lga qo’ysangiz bo’lgani.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍141
Xullas, 14-Maslahat qayerdan keldi?!

Hozirgina Subyektivning yangi sonini ko’rib chiqdim. Yigitlar semizlik haqida judayam tushunarli, sodda va botib ketadigan darajada tushuntirib berishgan. Shu hujjatli filmni ko’rish davomida miyyamdan faqat va faqat “Shukronalik” hissi o’tib turdi. Negaki, mening kunlik ish-faoliyatim aktiv harakatga qurilgan. Ya’ni deyarli har kuni o’rtacha 6000-7000 qadam yuraman va bu mening vaznimni normadan semizlikka o’tib ketmasligiga yordam beradi. Jismoniy harakatdan boshqa yana bir qancha muhim faktorlarni tekinga, o’z hayotida experiment qilib ko’rib 50 daqiqaga joylagan bu yigitlarni jasoratiga va mehnatiga rahmat deyman. Endi sizning navbatingiz. Biroz vaqt ajratib ko’ring(uyalib ketasiz bilan) va semizlikdan o’zingizni saqlab qoling.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
#101Maslahat

💡1️⃣5️⃣ Aybni o’zimizdan qidiraylik!

Ko’pincha hayotimizda ro’y berayotgan bizga yoqmaydigan holatlarda imkon qadar boshqalarni ayblashga odatlanganmiz. Hamma biz kabi boshqalarni ayblayversa, bahonalar topaversa yoki mas’uliyatni boshqalarga ag’darib qo’yaversa atrof-muhitimiz yaxshi tarafga o’zgarishi qiyin. Nimadir yoqmadimi yoki o’xshamayaptimi avvalo aybni o’zimizdan qidiraylik. Biz yaxshiroq qilishimiz mumkin bo’lgan nimadir bor albatta.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍103
“Bilmaganini bilish - bu yarim ilm!”

Yaponiyaga kelishimdan oldin hayollarimda hamma narsani bilardim. Kimdir qo’limdan kelmaydigan ishni so’rasa yoki taklif qilsa darrov “bo’ldi, hop” deb keyin uni amalga oshirish uchun yoki o’zimni ortiqcha qiynab qo’yardim yoki uyalib qolardim. Lekin shunda ham bilmagan paytim qo’rqmasdan bilmadim deya olish uyat emasligini tushunib yetmas edim. Xattoki, Yaponiyaga o’qishga kelib o’zimdan 10 barobar bilimli tengdoshlarimni ham bilmagan payti bilmadim deb aytgan paytlariga guvoh bo’lganimda ham tushunib yetmaganman. Qachonki, men universitetda o’tkazilgan katta O’zbekiston madaniyat haftaligiga liderlik qilgan paytimda zo’r tushunib yetganman. Deyarli har kuni oldimga jamoadoshlarim muammolar bilan kelishardi va ko’piga menda javob bo’lmas edi. “Bilmadim” deb javob berib, biladiganlarni topish va har gal shu orqali bilimimni, tajribamni oshirib borganman. Ya’ni bosh borib devorga tegmagunicha “Bilmadim” desam xuddiki uyalib qolaman, xuddiki obro’yim tushib ketadi deb o’ylaganman. Ba’zida shunaqa bo’ladiki, hayot ko’rsatib qo’ymagunicha qotib qolgan ongimiz biz xohlamagan narsalarni qabul qilmaydi. Shu oddiy narsani ham bilmaysanmi deyishlaridan qo’rqmang. To’g’ri o’sish doim og’riqli bo’ladi. Bilmadim deb aytishga odatlanasiz va boshida og’riqli bo’ladi. Shu og’riq sizni o’z ustingizda ishlashga majbur qiladi. Oxir oqibat qancha o’rganganingiz sari shuncha ko’p bilim olishga rag’batingiz kuchayadi. “Bilmadim” deyishga odatlanaylik va “biladiganlar” qatorida bo’laylik.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥42