Xurshid Saidmuhammad | Notes – Telegram
Xurshid Saidmuhammad | Notes
638 subscribers
214 photos
32 videos
13 files
155 links
🔹Shaxsiy rivojlanish📚
🔹Tarjimalar📝
🔹Topilgan Hikmatlar💭
Download Telegram
Forwarded from Alisher Isaev blogi
Англияда бир нарсага кўз тушди. Покистонликлар, ҳиндлар фарзандларини энг зўр мактабга беришга харакат қилишар экан, инглизлар эса - уйига энг яқинига!

Оқибат: Буюк Британиянинг бош вазири ҳинд, Лондон хокими - Покистонлик! Бу бошланиши!

Фарзандларни яхши мактабда ўқиши кўпроқ нарсага эришишини эҳтимолини анчага оширади!

Telegram: @AlisherIsaev_blogi
Instagram: Alisher Isaev blogi
👏11👍6
Vatan sog’inchini bosib turadigan makon va avrab qo’yadigan issiq choy!

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍141🔥1
📖Tungi mutolaadan xulosa!

Kechadan beri “Tazkirat ul-avliyo” kitobini o’qiyapman. Avliyolar hayotidan, ularning hikmatli so’zlari va o’gitlaridan shunday mazza qilyapmanki. Lekin ularni sizlar bilan ulashishga meni haddim yetmas ekan. Yaxshisi, birgalikda o’qiganimiz ma’qul ekan!

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👍6
Forwarded from Najot Ta'lim
Savodxonlik madaniyatdir

⚫️ Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqda "savodsizlik" sindromi avj olib, ko'pchilik "zamonaviy alifbo"dan foydalanmoqda.

Harflarni atayin o‘z o'rnida qo'llamasdan, o'zbek imlo lug'atida yo'q so'zlardan foydalanadiganlarning asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi.

⚙️ Ushbu postda tuzatishimiz shart bo'lgan ba'zi xatolarni keltirdik.

🎉 O'zbek tili bayrami muborak bo'lsin, o'z ona tilimizni hurmat qilaylik!

➡️ Postni "zamonaviy alifbo"dan foydalanadigan do'stlaringizga yuboring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍2
#101Maslahat

💡2️⃣0️⃣ Oddiylikka o’rganing! Materialist bo’lmang! (Bu shaxsiy xatoimdan olgan xulosam)

Butun umr uy qurish uchun, to’y qilish uchun va hech kimdan kam bo’lmay yashash uchun qilyotgan harakatlarimiz oqibatida eng muhim vazifalarimizni unutib qo’yamiz. Masalan, o’zimizni oilaga va ota-onalikka tayyorlash, farzandlarimizning kelajagi uchun jiddiy qayg’urish yoki shunchaki kerakli paytda oilamizga vaqt ajrata olishimiz. Menimcha, ozgina materialistlikdan voz kechsak, eng muhim vazifalarning hammasiga ulgursak bo’ladi. Har oy yangi kiyim kiygandan ko’ra, qaysidir oy bir dona kitob ham olishni odat qilib qo’yaylik.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍134🔥2👏2
#101Maslahat

💡2️⃣1️⃣ Ijobiy (Pozitiv) munosabat bildirib qo’yavering!

Inson ongi atrofdagi holatlarga salbiy reaksiya bildirishga moyilligi ko’proq, ijobiy munosabat bildirishdan ko’ra. Albatta, har narsaga ham pozitiv munosabat bildirib bo’lmaydi, ortiqcha pozitivlik sog’liqqa zarar (hazil). Lekin 90% holatlarda ijobiy tarafini ko’rsa bo’ladi. Kimdir nimadir qilmoqchimi, agar uni hech kimga zarari bo’lmasa pozitiv munosabat bildirib qo’yavering. Chunki bu atrofga pozitiv energiya tarqatadi, o’zingiz bilib-bilmay kimnidir olg’a yurishiga sababchi bo’lib qolasiz. Shularni yozar ekanman, ko’z oldimdan birgina ijobiy munosabat bildirganim uchun o’zi xohlagan natijadan ko’ra yaxshirog’iga erishgan do’stlarim, jamoadoshlarim o’tdi. Albatta buni ko’plari bilishmasa ham kerak😊 Shuning uchun birovdan, uni ishidan ayb qidirmay ijobiy reaksiya qilib qo’yavering. Masalan, shu postga ham ijobiy munosabat qilib imkon qadar tarqatib tashlayvering, kimgadir foydali bo’lib qoladi😊

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥23👍11😁53😇2
#Iqtibostime

“Muloqotda eng muhim narsa aytilmagan narsalarni eshitishdir.”

©️ Peter Drucker

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍181👏1
#101Maslahat

💡2️⃣2️⃣ Liderlik - bu voz kechib bo’lmas ko’nikma!

Sohangizning eng bilimdoni bo’lasizmi, yoki oilada eng kattasi bo’lasizmi yoki qaysidir davrada eng tajribali inson bo’lasizmi - ma’lum bir nuqtaga kelganda bularning birortasi ham yetarli bo’lmay qoladi. Bu nuqta sizdan liderlik mahorati talab qilingan nuqta. Ishga kirganingizga 5 yil bo’lgan, lekin hali ham bir xil lavozimdamisiz, unda sizga liderlik mahorati yetishmayapti. O’qish joyingizda balkim eng bilimdoni sizsiz, lekin guruh sardori emassiz chunki sizga liderlik mahorati yetishmayapti. Xullas, shu kabi holatlarga hayotimizning turli nuqtalarida duch kelamiz. Shu nuqtadan bir pog’ona yuqoriga chiqishimiz uchun esa bizdagi liderlik mahorati yordam beradi. Liderlik esa talant emas, aksincha o’zlashtiriladigan mahoratdir.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍141
Hammaga xayrli kun!

Boshlayotgan yangi haftangiz samaradorlikka boy bo’lsin.

Yangi haftangizni qaysi 1ta iqtibos bilan izohlagan bo’lardingiz?

Men boshlab beraman, qani ketdik:

“Hafsalamiz pir bo’lishining sababi, katta rejalar qilib shunga yarasha harakat qilmasligimizda”

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍41
Hammaga xayrli kun!

Hafta davomida kutilmagan voqealar va rejadan tashqari ishlar biroz band qilib qo’ydi. Biroz tanaffus uchun uzr, va xabar olib yozganlarga e’tibor uchun tashakkur.

4 kun #101Maslahat seriyamizda davomatim yaxshi bo’lmagani uchun o’zimga jazo sifatida kuniga 2tadan maslahat post qilishni belgilab oldim. Sizlardan qo’llab-quvvatlash endi azizlar!

Kimda hafta qanday o’tdi yoki o’tyapti? Stickerlar bilan izoh qoldiramiz. Men boshlab beraman, qani ketdi:

🤯😮‍💨 👨🏻‍💻

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍195🔥3🤯3🤓2😁1😱1
#101Maslahat

💡2️⃣3️⃣ Zanjirning uzing #2!

Hech o’ylab ko’rganmisiz, ota-onangiz orzularini amalga oshirish uchun yashaysiz. Negaki, ota-onalarimiz ham o’z ota-onalarining orzularini amalga oshirish uchun yashashgan va o’z orzularini amalga oshirish uchun ulgurmay qolishgan. Bu zanjir ham avloddan avlodga bog’lanib keladi. Bu zanjirni uzish vaqti kelmadimikin?! Ota-onalarimiz yashamoqchi bo’lgan hayotni bizda ko’rishni xohlashadi va biz ham andisha qilib buni amalga oshiramiz. O’z orzularingizni amalga oshirishga va ota-ona roziligini o’z orzularingiz ichida ko’rishga harakat qiling!

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥3👍1
🙋🏻‍♂️ Savol?

Kunlik suhbatlarimizning necha foizini g’iybatdan iborat deb o’ylaysizlar?

Kommentlarda javob qoldiramiz. Keyingi post shu haqida🤩

👉@lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁7
#101Maslahat

💡2️⃣4️⃣ Storytelling - bu statistikadan ko’ra kuchliroq!

So’ngi 2 yillik tadqiqotlarga ko’ra, kunlik suhbatlarimizning deyarli 60 foizini g’iybat va qandaydir voqealarni(Story) gaplashish bilan o’tar ekan. Masalan, falonchi yangi mashina olibdi va shu mashinani olguncha bo’lgan qiyinchiliklari, yoki kichik davralarda qaysidir joydagi muammolarni soatlab gaplashish kabi. Va aksariyat holatlarda, shu suhbatlarimiz kimgadir foydali bo’lmaydi afsuski. Qanchalik aniq statistikalardan foydalib g’iybatlashib o’tirmang, agar sizda hikoya qilib berish(Storytelling) qobilyati bo’lmas ekan u suhbat ta’sirli va kuchli bo’lmaydi. Hayotingizning har bir nuqtasida storytelling qobilyati kerak bo’lishini unutmang!

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
5🔥5