Xurshid Saidmuhammad | Notes – Telegram
Xurshid Saidmuhammad | Notes
639 subscribers
214 photos
32 videos
13 files
155 links
🔹Shaxsiy rivojlanish📚
🔹Tarjimalar📝
🔹Topilgan Hikmatlar💭
Download Telegram
#101Maslahat

💡8️⃣1️⃣ Amal qilmayotgan ilmni olishni to’xtating!

Bugun bir podcastda juda chiroyli so’zlangan quyidagi gaplar e’tiborimni tortdi:

“Hadis ilmini o’rganayotgan bir sahobiydan onalari so’radilar: o’g’lim yodlayotgan hadislaringizning qanchasiga amal qilyapsiz? Agar hammasiga amal qilmayotgan bo’lsangiz, hadis yodlashni to’xtating va bilganlaringizga amal qilishni boshlang.”

Bu gaplar menga 2 xil turdagi tanishlarimni yodga soldi. Birlari bor, ko’p kitob o’qishadi, lekin o’qiganlarini kam tadbiq qilishadi. Boshqa bir do’stlarim esa kam kitob o’qishadi, lekin doim o’qiganlarini hayotda tadbiq qilib yurishadi.

Har qanday ilm yodlash bilan emas, qanchalik hayotga tadbiq qilinayotgani bilan foydali hisoblanadi.

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍3🕊1
Bir gap aytaymi?!

Qishda uxlaganim bo’yicha bugun ertalab bahorda uyg’onibman🙃
😁23🤣12🔥2
Yana bir gap aytaymi?!

Umrimning 10 bahorini Yaponiyadi o’tkazar ekanman.

10-yil Ramazonni Yaponiyada kutib olar ekanman.

Va yana odatdagidek ko’p narsalar 10-yil Yaponiyada yashab o’tilar ekan.

Eng katta kamchiligim - yana qancha umrim Yaponiyada o’tishini bilmasligimda.

😞
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢23👍8🔥3
Barchamizga Ramazon oyi muborak bo’lsin!

Ko’pchiligingiz bilan 2-yil birgalikda Ramazon oyiga yetkazganiga shukur.

😊
👏205🎉5👍3🥰3🔥2🕊1🤗1
#101Maslahat

💡8️⃣2️⃣ Eng yaxshi istak - bu o’zgarishni istash!

Aslida ko’p maqsadlarimiz, harakatlarimiz yoki istaklarimiz nimanidir o’zgartirishga va yaxshilashga qaratilgan bo’ladi. Lekin aksariyat holatlarda bir xil muhitda bo’lish o’zgarishimizga to’sqinlik qiladi.

Yaqinda bir xodimimizni 6 oylik malaka oshirishga boshqa ofisimizga yubordik. Qaytib kelganda butunlay o’zgargan edi: ham kariyera tarafdan, ham shaxs sifatida. Shunda yana bir-bor amin bo’ldimki, eng yaxshi istak bu o’zgarishni istash va o’zgarish uchun eng yaxshi muhit bu yangi muhit ekan.

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤‍🔥4🔥31👏1🫡1
#101Maslahat

💡8️⃣3️⃣ O’zgarishlar ildiz otib amalga oshishi uchun vaqt talab qiladi!

Bog’dorchilik, ekin ekib yetishtirishdan xabari borlar biladiki, ekinning ildiziga zarar kelsa hosil kutilganidek bo’lmaydi. O’zgarishga harakat qilinayotganda ham xuddi shunday.

Yapon liderlaridan biri haqida mashxur bir voqea borki, u kompaniyasida sifatni o’zgartirish jarayonida juda ko’p stress va qiyinchiliklarga duch keladi. Va xulosa qilib aytadiki: O’zgarish jarayoni xuddi bambuk daraxtini yetishtirishdek. Bog’bon bambuk urug’ini ekkandan keyin har kuni suv quyida. Va urug’ yerdan unub chiqgungacha 4 yil shu jarayon davom etadi. Va nihoyat, urug’ unub chiqqandan keyin 90 kun ichida 18 metrgacha o’sadi va go’zal daraxtga aylanadi.

Bu hikoya bizga yana bir-bor o’zgarish, bo’lib ham sifatli o’zgarish ildiz ortishi vaqt talab qilishini eslatishi kerak.

➡️Qisqa vaqt ichida osonlikcha nimagadir erishishga harakat qiladigan yaqinlarga shu postni ulashib qo’ying!

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥6👏31💯1
#101Maslahat

💡8️⃣4️⃣ O’zgarishni qiyin bo’lganlaridan boshlang!

Hamma rivojlanishni, o’zgarishni va hayoti yanada yaxshilanishini xohlaydi. Lekin qachon o’zgarishga to’g’ri kelsa komfort zonadan chiqgisi kelmaydi. Chunki o’zgarishlar va rivojlanish yo’lidagi qiyinchiliklar ko’zga ko’rina boshlaydi.

O’zgarishni xohlasak, qiyinlaridan boshlashimiz kerak. Boshqachasi shunchaki bizni aldaydi xolos.

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤‍🔥31🥰1
Forwarded from Khamidulla Inoyatov
Bugun, 2 Aprel, Xalqaro autizm haqida axborot tarqatish kuni. Mening autizm sindromli farzandim bor. U bilan o’tkazgan har bir kunim menga yangi qiyinchiliklar va shu bilan bir qatorda yangi g’alabalar (new challenges and triumphs) olib keladi; har bir yangi kun menga sabr-toqat, hamdardlik va farzandga bo’lgan cheksiz muhabbatning haqiqiy ma’nosini o’rgatadi. Farzandimning autizm sindromi - bu mening bu dunyoni tushunishim va uni boricha qabul qilishim borasida ko’zlarimni ochdi. Bu yerda har bir kichik o’zgarish juda muhim! Ta’lim va himoya orqali, men autizm haqida xabardorlikni oshirishga va autizm spektridagi barcha uchun inklyuzivlikni targ’ib qilishga intilaman. Keling, autizm bilan aloqador barchaga mehr ko’rsatib, ularni qo’llab-quvvatlab, bu spektr haqidagi to’g’ri ma’lumotni birga tarqataylik. Farzandlarimiz va kelajak avlodlarimiz uchun yanada inklyuziv va ularni boricha qabul qiladigan jamiyat qurishda davom etaylik. #autizm #autizmawareness

@khamidulla_inoyatov
👍6
#101Maslahat

💡8️⃣6️⃣ Andoza olishni boshlang!

Barchamizga ma’lumki, ixtirolar oldin mavjud bo’lgan boshqa bir ixtirodan ilhomlanib kashf qilinadi. O’z ustimizda ishlash ham xuddi shunday. Bizdan ko’ra ko’proq rivojlanishga, yutuqlarga erishgan insonlar ham muvaffaqiyat kalitini 0 dan ixtiro qilmaganlar. Buyuklarining andozalaridan o’zlariga ma’qul tarafini olib o’zlariga moslashtirish orqali yo’lni boshlaganlar.

Siz erishmoqchi bo’lgan yutuqlarga allaqachon erishgan insonlarni qidirib toping va ularning andozalarini o’rganishni boshlang. Imkon qilsangiz ular bilan bog’lanishga va oz bo’lsa ham suhbat qilishga harakat qiling.

Bu jarayonni o’z yo’lingizni qidirib topgunga qadar takrorlashda davom eting!

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82
#101Maslahat

💡8️⃣8️⃣ Qonun boshqa, qoida boshqa!

“Qoidalar buzish uchun chiqariladi!”

degan gapni eshitgan bo’lsangiz kerak. Bu ibora borligining asl sababi menimcha, o’zgarishlar, yanada yaxshiroq o’zgarishlar qilish uchun deb o’ylayman.

Ko’p holatlarda shaxsiy rivojlanishimizga ham atrofimizdagi qoidalar to’sqinlik qilayotgan bo’ladi. Shunchaki, siz bilan menga o’xshagan insonlar chiqargan qoidalar.

Agar atrofingizda siz uchun mantiqsiz bo’lgan va o’zgarishingizga halaqit berayotgan qoidalar bo’lsa buzib ko’rishga harakat qiling.

Qoidabuzarning jazosi albatta Qonunbuzarnikidan yengil bo’ladi. Havotir olmang. Eng kamida o’zingizdan faxrlanasiz!

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🕊1
Qishlog’imizda Sakura gullashni boshladi 🌸

Bu yil ancha kech boshladi Sakura mavsumi. Xatto tabiat ham o’z qoidasiga bo’ysinmayapti😊
👍22🕊43👏1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Barchamizga Ramazon Hayiti muborak bo’lsin!

🎉
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥3🕊2❤‍🔥1🎉1
#Iqtibos_time

“Inson - siyosiy maxluq. Inson birlashishga va suhbatlashishga ehtiyoji bor!”


©️Aristotel

Fikrlashamizmi?

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥111
👆

“O’zgaramiz” kitoblar bilan marafonining 13-mavsumiga start berildi. Kamina ham shunday ilmli ustozlar qatorida turib, bilganlarimizni ulashishga harakat qilamiz.

Ishtirok etishga qiziqqanlar quyidagi havola orqali ro’yhatdan o’tishingiz mumkin.

https://news.1rj.ru/str/nega_ozgardim/1758
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🕊1
👍👍👍👍

Albatta tanishib chiqishni tavsiya qilaman!

☺️☺️☺️☺️☺️

https://news.1rj.ru/str/novdaschool/570
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🕊2
#101Maslahat

💡8️⃣9️⃣ Berishni o’rganmasdan, kutuvni katta qilmaylik!

Aslida menga qolsa umuman insonlardan kutuvni to’xtatishimiz kerak. Nega deganda bu stereotip bizning qon-qonimizga singib ketgangi, har narsadan kutuvimiz bor. Achinarlisi, ko’p holatlarda moddiy kutuv.

Hozir Googlega kirib nega berishni o’rganish kutuvchi bo’lishdan yaxshiroq deb qidirsangiz bir qancha sabablar kelib chiqadi. Lekin men eng ko’p uchratgan va guvohi bo’lgan muhim sabab bu sizni maqsadli insonga aylantiradi. Qilayotgan ishingizda ma’no paydo bo’ladi, har bir luqma va har qanday ehtiyoj uchun doimiy harakatda bo’lasiz, atrofingizda faqat yaxshi insonlar paydo bo’ladi, bir martalik inson bo’lmaysiz(ya’ni insonlar bilan doimiy bog’lanish paydo bo’ladi) va kutilmagan vaqtda tasavvur qilib bo’lmaydigan risq eshiklari ochilib ketadi.

Appleda ham bizning eng asosiy qadryatlarimizdan biri bu - “We give more than we take” (Biz olganimizdan ko’proq narsani beramiz). Bu nima degani, balkim Apple mahsulotlari qimmat bo’lishi mumkin, lekin undan insonlar olayotgan imkoniyatlar, qulayliklar va foydalar anchagina qimmatroq turadi.

Bu shunchaki misol, lekin o’ylab ko’raylik. O’zimizga rostgo’y bo’lib, turli savollar berib ko’raylik. O’zbekchilik deb farzandimizni bizni boqishi uchun katta qilmayapmizmi, kun ora o’g’illarimizga ishonganimiz sensan, sen bizni boquvchimiz bo’lasan deb yana bir yangi KUTUVCHIni tarbiyalamayapmizmi? Farzandimizni o’qitayotganda bu kasbni tanla chunki puli yaxshi, hech bo’lmasa “leviysi” bor deb hayolimizdan o’tkazmayapmizmi? Va shunga o’xshash uyaladigan odatlarimiz sanab tugatib bo’lmaydi, shunday emasmi?

Balki biroz qolipdan chiqadigan vaqt kelmadimikin? Balki ko’proq farzandlarimizga oilaviy qadryatlar va har narsani moddiyatga bog’lamaslikni so’zlar bilan emas o’z xatti-harakatlarimiz bilan o’rgatadigan payt kelmadimikin?

Kimningdir moddiy ehtiyojini qoplab qo’ydingiz degani, undan kutuvni katta qilishingiz kerak degani emas. Agar maqsadingiz shu bo’lsa, qaytadigan qiymat ko’pi bilan shu moddiyat darajasida bo’ladi.

Qolipdan chiqaylik azizlar, berishni o’rganaylik, kutuvni kamaytiraylik!

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥10👍3
#101Maslahat

💡9️⃣0️⃣ Ba’zida e’tiborning o’zi yetarli!

Yaqinda 4 yoshga to’ladigan o’g’lim bilan 1 yillik tanaffusdan keyin suzishga borishni boshladik. 6 oylik chaqaloqligida boshlaganmiz. (Nega yaponlar imkon qadar farzandini suzishga berishi haqida yana alohida yozarman) Hozir kattalar gruppasiga borayotgani uchun ota-onalar baseyn oldidagi kutish oynasidan kuzatib turamiz. Ota-onalarning ko’pi o’zimga o’xshagan yosh ota-onalar.

O’tgan safar bir qiziq hodisa bo’ldi. Bir bolakay har bir yangi harakatni o’rganganida ota-onalar tarafga qarab ko’zlari yonib e’tibor kutyapti. Bu holat 3-4 marta takrorlandi va har safar murabbiyning maqtovi bilan davom etdi. Kim ekan deb e’tibor bersam, telefonda serial tomosha qilib o’tirgan bir yosh ona.(Muhokama qilishdan yiroqman, farzand o’stirish qiyinligini bilaman)

Qanchalik stress holatda bo’lmaylik, farzandimiz uchun biz doim qahramon, unga dalda beruvchi, qo’llab turuvchi shaxs sifatida ko’rinamiz. Agar biz vaqtida e’tiborni bermasak, farzandlarimiz boshqa yerdan e’tibor qidirib qoladi. Yaxshi insonlarga uchrasa boshqa masala, lekin ko’pincha yomon muhitga tushib qolishi kuzatiladi.

Shunchaki e’tiborning o’zi yetarli aslida!

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥2😢1
ℹ️

Keyingi 10 ta maslahat liderlar uchun bo’ladi.

Jamoa boshqaruvi, samaradorlikni oshirish va yetakchilik qobilyatlarni kuchaytirish haqidagi o’zim bilgan mavzularda yozishga qaytamiz yana.

😎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18😎3🔥21
#101Maslahat

💡9️⃣1️⃣ Ishtahangizni 100%ga jilovlang!

Oxirgi paytlar yosh Menejer va CEOlar bilan Coaching konsultatsiyalar o’tkazayotganda umumiy bir kamchilikni kuzatdim. Bu imkon qadar mukammallikka intilish xohishi.

Xalqaro tajribada yaxshi lider va rahbardan talab qilinadigan muhim ko’nikmalardan biri Action-Oriented ya’ni mukammallikka intilmaslik qobilyati. Qisqa vaqt ichida o’sib borayotgan har bir xodimda albatta bu ko’nikmani uchratasiz.

Chunki ular doimiy ravishda quyidagilarni bajarishadi:

Har doim ham to’g’ri bo’lish shart emasligini tan olish;
Mukammal bo’lish uchun sarflanayotgan vaqt aslida rivojlanishdan orqaga tortishi mumkinligini unutmaslik;
Ma’lum darajadagi informatsiyaning o’zi bilan harakatni boshlash va qolganini jarayonda o’rganish;
Mag’lubiyatdan qo’rqsa, kichik risklar olishdan boshlash;
Hammadan ko’ra ertaroq harakatni boshlash;
O’ziga bo’lgan ishonch faqat va faqat harakat qilish orqali kuchayishini esda tutish.

Agar siz ham perfektsionist yoki ishlarni kechiktiruvchi inson bo’lsangiz yuqoridagi tavsiyalarni sinab ko’ring!

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥5👍42💊1