Yoshlar Ventures – Telegram
Yoshlar Ventures
8.59K subscribers
639 photos
109 videos
377 links
“Fikr bor, lekin kimga aytaman?”, deb o‘ylayapsizmi?
Bizga ayting!
Yoshlar Ventures - yoshlarga startap qilishga yordam beradigan fond.
- Pul kerakmi?
$200.000 gacha sarmoya beramiz.
- Pitch bilmayapsizmi?
O‘rgatamiz.
- PR, mentor, tarmoq - hammasi bor.
Download Telegram
🚀Startup Ambassadors Camp — 7 kunlik oflayn liderlik lageri boshlandi!

Kecha 204 nafar Ambassadorlar Yoshlar Ishlari Agentligida yig'ilib, Bo‘stonliqdagi lagerga yo‘l olishdi. Lager doirasida Campning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda - Yoshlar Ventures vakili Firdavs O’rinov va Topcoach ceosi - Orzugul G’oyibovalar tomonidan savol-javob, o‘yinlar va team-buildinglar o‘tkazilib, ishtirokchilar bir-birlari bilan yaqindan tanishib oldilar.

Bugundan bo‘lajak ambassadorlar startap va liderlik bo‘yicha mentorlar bilan ishlash orqali respublika bo‘ylab networking qilish va o‘z hududlarida startap klublarini yo‘lga qo‘yishga tayyorlanishadi.


Lagerdagi yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring.

⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2516👍106
2025: Yoshlar siyosati – raqamlar va real natijalar

⚡️2025-yil davomida yoshlar bilan ishlash sohasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar aniq raqamlar va sezilarli natijalar bilan o‘z tasdig‘ini topdi. Yil davomida ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, sport va ijtimoiy faollik yo‘nalishlarida yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan olib borilgan ishlar natijasida 414 mingdan ortiq yosh bandlik va tadbirkorlik dasturlari orqali qo‘llab-quvvatlandi. Hayot yo‘lida adashgan 51 mingdan ziyod yosh bilan tizimli ishlar tashkil etildi.

Yil davomida tanlovlar, festivallar, sport va ta’lim loyihalari orqali 20 milliondan ortiq yosh qamrab olindi. “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Ustoz AI”, “Qizlar akademiyasi”, “UzChess” kabi loyihalar millionlab yoshlarni bilim va rivojlanishga undadi.

Yoshlar yetakchilari tizimi doirasida 338 nafar yosh yetakchi yuqori lavozimlarga tayinlandi, 295 nafari rag‘batlantirildi. Shuningdek, 13 213 nafar yetakchi turli o‘quv-seminarlar orqali bilim va malakasini oshirdi.

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi orqali 1 300 dan ortiq yoshga imtiyozli kreditlar ajratildi. “Ko‘mak” loyihasi doirasida esa chekka hududlarda o‘quv markazi ochayotgan 100 nafardan ortiq yoshga foizsiz ssudalar berildi. “Yoshlar Ventures” orqali istiqbolli startaplarga 161 ming AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritildi.

Yoshlar jinoyatchiligini oldini olish borasida 4 388 ta mahalla jinoyatchilikdan xoli hududga aylandi, umumiy ko‘rsatkich esa 17 foizga kamaydi.

Shuningdek, “Yoshlarni eshitamiz” ochiq muloqotlari doirasida 9 ta uchrashuv o‘tkazilib, 7 115 nafar yosh qamrab olindi hamda 1 000 dan ortiq taklif va tashabbuslar bildirildi.

Batafsil: gov.uz/yoshlar

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65🔥3
🔥Startup Ambassadors Camp davom etmoqda!

Lagerdagi 208 nafar Ambassadors o‘z hududlari kesimida 10 ta guruhga bo‘linishdi: SpaceX, Uber, Tesla, Microsoft, OpenAI, Meta, Apple, Google, Airbnb va Amazon. Har bir guruh o‘z nomidagi kompaniya ruhida ishlashyapti.

Kecha barcha guruhlarda mentorlar bilan amaliy darslar bo‘lib o‘tdi. Darslar har kuni uch qismda o‘tkazilmoqda: ertalab mentorlar bilan mashg‘ulot, so‘ng workshop shaklida guest spiker bilan uchrashuv, va yakunda mustahkamlovchi erkin suhbatlar hamda faoliyatlar bilan yakunlanadi.

Kechagi workshop qismida Guest SpikerAbdul Sharopov ishtirokchilarga liderlikdagi qiyinchiliklar, motivatsiya va o‘z yo‘lini topish haqidagi tajribalarini ulashdi.

Kun yakunida Yoshlar Ventures rahbari Abdulaziz Yakubov ham mentor sifatida qatnashib, Leadership journey & Q&A mavzusida masterclass o‘tib berdi va shu tariqa kechagi kun darslarini yakunlab berdi.


⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15🔥116👍3